Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi


HAYOTIY FORMALAR HAQIDAGI TA’LIMOTNING TARIXI



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

 
HAYOTIY FORMALAR HAQIDAGI TA’LIMOTNING TARIXI
Shuni 
qayd 
qilish 
kerakki, 
hyotiy 
formalar 
botanika 
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayo tadqiqotchilar e’tiboriga 
loyiq ob’ekt bo‘lib qolgan. «Hayotiy forma» tushunchasining o‘zi 
Teofrast asarlaridayoq (eramizdan avvalgi 300 yil) keng muhokama 
qilingan edi. Ma’lumki u ««Issledovaniya o rasteniyax» deb 
nomlangan asarida daraxt, buta, chala buta va o‘tlar kabi formalarni 
ancha to‘liq ta’riflagan va o‘z sistemasini tuzishda undan 
foydalangan. 
Keyinchalik 
hayotiy 
formalar 
ham 
sistematik 
maqsadlarda, ya’ni sistemalarni tuzishda foydalaniladigan bo‘ldi. 
Buni Chezaliino (1583), Morison (1715), Turnefor (1719) va bir 
qator boshqa botaniklarning ishlarida ham kuzatish mumkin. Lekin 
K.Linney ishlaridan sung, sistematikada hayotiy formalardan (asosiy 
vegetativ belgilardan) foydalanish amalda to‘xtatildi va bu «gul 
gipnozi» ta’sirida xatto qo‘pol xato hisoblanadigan bo‘ldi. 
Ma’lumki, Linney o‘z sistemasini faqat generativ, jinsiy belgilarga 
asoslanib tuzgan. 
Hayotiy formalarga qiziqish 19-asrda, A. Gumboldtning «Idei 
fizionomichnosti rasteniy» nomli asari (1806) bosilib chiqandan 
keyingina turildi. Chamasi hayotiy formalar haqidagi ta’limot ana 
shu asardan boshlansa kerak. Gumboldt tog‘lari, odatda, botanik 
geografiyada o‘rganiladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, Gumbolt 
dastlab 16 ta, keyin esa 19 ta «asosiy formalar» ni aniqlagan. Lekin 
ular fizionomik jihatdan bir-biridan keskin farq qilar edi. Masalan, 
palmalar, 
banandoshlar, 
baobadoshlar, 
kaktuslar, 
orxideyalar, 
lianalar, g‘alladoshlar, paporotniksimonlar, toldoshlar, nina barglilar 
va boshqalar. Lekin bu gruppalar bir xil bo‘lmay, Gumboldt 
aytganidek, birinchi galda iqlim sharoitiga bog‘liq holda tashqi 


qo‘rinishidan bir-biridan farq qiladi. Gumboldtning ushbu g‘oyalari 
keyinchalik boshqa olimlar tomonidan rivojlantirildi. 
Turli olimlar hayotiy formalarning har xil sitemasi yoki 
klassifikatsiyasini taklif etganlar 19-20-asrlardagi klassifikadiyalar 
orasidan I. G. Serebryakov (1962) ikkita yo‘nalishni tanlab oldi. 
Hayotiy formalarning ekologik-fizionomik klassifikatsiyalari, 
ya’ni o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga gabitusiga asoslangan 
klassifikatsiya. Bu gruppaga aftorlar tomonidan taklif etilgan 
klassifikatsiyalarni kiritish mumkin. Shulardan faqat quyidagilarni 
keltiramiz.
1.Kerner 1863 yilda «Jizn rasteniy Dunayskix stran nomlangan 
kitobida yoppasiga tarqalganligi bilan farq qiladigan 12 ta «asosiy 
forma» ni ta’riflaidi. Kernerning bu formalari Gumboldtning «asosiy 
formalari» dan farq qilib, faqat mo‘tadil kengliklar uchun xos 
bo‘lgan formalar hisobladi. U daraxtlar, butalar, yirik o‘tlar, serildiz 
va kam ildizli o‘simliklar chirmashib va yoyilib o‘sadigan 
o‘simliklar va hokazolarni farq qilgan. 
2.Grizebax 
(1872) «Rastitelnost zemnogo shara» deb 
nomlangan kitobida (1874 va 1877 yillarda A.N.Beketov tomonidan 
ruschaga tarjima qilinib nashr etilgan) ancha mukammal ishlangan 
klassifikatsiyani taklif etadi. U «asosiy formalar» ni 7 ta gruppaga 
ajratgan. Bular daraxtsimonlar; sersuvlilar (sukkulentlar), chirmashib 
o‘suvchilar, epifitlar o‘tsimonlar, boshoqdoshlar, tomirsizlar (moxlar 
va lishayniklar) dan iborat. Bu «asosiy formalar» o‘z navbatida 
barglari va poyalarining tuziliщiga ko‘ra 54 ta «O‘simlik formalari» 
ga bo‘linadi. ( Grizebax ta’kidlashicha, forma yoki har bir formalar 
gruppasi mamlakat iqlimining xususiyatlarini va uning tarixini aks 
ettirishi 
kerak. 
Bu 
sistemadan 
hozirgacha 
ko‘p 
avtorlar 
foydalanishadi, chunki u turli geografik kengliklardagi deyarli 
barcha xilma-xil o‘simliklarni qamrab olgan.
Lekin na Gumbolt va na Grizebax hayotiy forma tushunchasiga 
biror moslashgan yoki evolyutsion fikr qo‘shmaganlar. Ularning 
haetiy formalari ko‘proq geografik, «landshaft» tushunchalari 
bo‘lgan. 
O‘tgan 
asrning 
oxirlarida 
hayotiy 
formalar 
klassifikatsiyasiga Darvinning evolyutsion nazariyasi katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan 1884 yilda Negeli tashqi muhitga kam bog‘liq 
bo‘lgan “tashkiliy” belgilarni (maslan, reproduktiv sfera) va tashqi 
muhit ta’sirida o‘zgaruvchi “moslashuv” belgilarni farqlashni taklif 
etgan. Belgilarning bunday ifodalanishi, albatta, hayotiy formalar 
klasifikatsiyasiga ta’sir etadi.
3.O.Drude (1887 o‘z klassifikatsiyasini «biologik» ya’ni 
moslashuv belgilari asosida tuzdi. U «o‘simlik formalari»ning 7 ta 
asosiy gruppasini aniqladi. Keyinroq, 1913 yilda Drude yanada 


yaxshi ishlangan sistemani taklif etdi va birinchi bo‘lib haetiy 
formalarni tekshirishda filogenetik yondashish haqidagi masalani 
ko‘tardi. Endi u yer yuzasida o‘sadigan va suv o‘simliklarining 40 ta 
hayotiy formasini aniqladi, bunga tuban o‘simliklar ham kiritilsa, 
hammasi bo‘lib 55 ta forma bo‘ladi. 
1931 yilda Dyu Rie o‘z sistemasini taklif etdi. by, ehtimol, eng 
kichik ekologik klassifikatsiya bo‘lsa kerak. Dyu Rie aslida 
adaptatsiya nazariyasidan uzoqlashdi va turli belgilar, chunonchi, 
rivojlanishning davriyligi, kurtaklarning joylashishi, kurtaklarning 
ximoyalanganligi va boshqalar asosida klassifikatsiya tuzdi. 
Haqiqatan ham uniig «o‘sish formasi» sistemasi, tarkibida o‘tsimon 
o‘simliklar bo‘lmasa ham, ancha batafsil ishlangan.
Mamlakatimizda ham «ekologik-fiziologik yo‘nalish» dagi bir 
qator sistemalar taklif etilgan. Masalan, 1928 yilda V. N. Sukachyov 
SSSR tayga zonasining o‘rmonlari uchun hayotiy formalarning o‘ziga 
xos gruppalarini taklif etdi. B. A. Keller 1923, 1926 va 1933 yillarda 
cho‘l, chala cho‘l va dashtlar uchun hayotii formalar sistemasini 
taklif etdi; u sistematikada o‘ziga xos ekologik-geografik metodni 
asoslab berdi. V.V.Alyoxin 1936 yilda «Geografiya rasteniy» deb 
nomlangan darsligida SSSRning Yevropa qismndagi dashtlar uchun 
hayotiy formalar klassifikatsiyasini batafsil ishlab chiqdi. U 
hayotiy formalarning 15 ta gruppasini aniqlaydi. Ye.P.Korovin va 
D.N.Qashqarov Betpaqdalaning gil tuproqli cho‘llari uchun asosiy 
ekologik formalar ruyhatini tuzdilar, cho‘llardagi hayotiy formalar 
umuman A.V.Prozorovskiy (1936, 1940) tomonidan ancha batafsil 
ishlab chiqilgan; keyinroq esa L.Ye.Rodin (1963), N.T.Nechaeva, 
V.K.Vasilevskaya, K.G.Antonovalar (1973) tomonidan o‘rganilgan. 
I.G.Serebryakov ajratgan ikkinchi yo‘nalish-morfologik-biologik 
yo‘nalish bo‘yicha hayot formalarini klassifikatsiyalashda ularning 
biologik 
xususiyatlaridan, 
masalan, 
hayotining 
davomiyligi, 
rivojlanish ritmi, oziqlanish usullari va xokazolardan foydalaniladi. 
Albatta, bu belgi va xususiyatlar birinchi navbatda morfologiyada 
namoyon bo‘ladi, shunga ko‘ra, ikkala yo‘nalish bir-biriga ancha 
yaqin, lekin dastlab ular birmuncha mustaqil rivojlangan. 
Ehtimol, Ogyust Piram Dekandol (1918) sistemasi hayot 
formalarini morfologik-biologik klassifikatsiyalashdagi birinchi 
urinish bo‘lsa kerak. U hayotining davomiyligi, meva berishining 
takrorlanishi, novdalarining strukturasi va boshqa belgilari buyicha 
o‘simliklarni 8 gruppaga bo‘ldi. Bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik 
monokarp, polikarp o‘simliklar shular jumlasidandir. U polikarp 
o‘simliklarni har yili hosil beradigan va novdalari qurib qoladigan 
o‘simliklar, chala butalar, butalar, daraxtlarga ajratdi. Dekandol taklif 
etgan bunday bo‘linish sistemasi ko‘plab hozirgi ishlarda ham saqlanib 


kelmokda. O‘tgan asrning o‘rtalarida Irmish (1851) va Braun (1852) 
ajoyib sistemalarni taklif etdilar. Lekin faqat Ch.Darvin ta’limoti ta’sirida 
hayotiy formalar mazkur yo‘nalish bo‘yicha ham muhitga moslashish 
usuli sifatida o‘rganiladigan bo‘ldi. 
Hayotiy 
formalar 
tushunchasining 
avtori 
bo‘lgan 
Barminu 1884 yilda ancha batafsil morfologik-biologik sistema taklif 
etdi. U o‘simliklarni ikki asosiy gruppaga bo‘ldi: gapaksant 
o‘simliklar, 
ya’ni 
monokarplar-monotsikllilar, 
ditsikllilar, 
politsikllilar (ko‘p yilliklar) va hokazolar; ko‘p yillik polikarplar. 
Keyingi asosiy gruppani u yana ikkita gruppachaga bo‘ldi: a) 
harakatsiz yoki sust harakatlanadigan o‘simliklar-bularning asosiy 
ildizi butun hayoti davomida saqlanadi (13 ta gruppacha); asosiy 
ildizi nobud bo‘ladi, vegetativ ko‘payish ustunlik qiladi; b) 
hararakatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar-er ustida 
harakatlanadi (parxish, jingalaklari orqali), yer ostida harakatlanadi 
(ildizioyasi, o‘q ildizlari va boshqalar orqali), suvda suzib yuradi. 
Varming sistemasining asosiy negizi shundan iboratki, u 
Gumboldt yoki Grizebax kabi o‘simliklar «fizionomiyasi» ni aks 
ettirishga urinmay, balki ularning moslanuvchanlik belgilarini 
aniqladi. U birinchi bo‘lib yer osti organlarga ham katta e’tibor 
berdi. Lekin Varming sistemasi batafsil ishlangan bo‘lishiga 
qaramay, hech qanday yagona prinsipga ega emas edi; u ko‘proq, 
vegetativ belgilari bo‘yicha taksonomik sistemadan iborat edi. 
XX asrning boshlarida (1903, 1905, 1907) Raunkier shu 
vaqtgacha keng tarqalgan sistemasini taklif etdi. U o‘z 
sistemasida 
hayotiy formalar yilning noqulay sharoitida hayot kechirishiga qarab 
farq qilishiga asoslandi. Lekin moslashuv belgilarining bu 
kompleksidan ham bittasi, ya’ni yangilanish kurtaklari yoki novdalar 
uchki qismining noqulay sharoit davomida yer (yoki suv yuzasiga 
nisbatan joylashuvi tanlab olingan. Dastlab hayotiy formalar 5 tipga 
bo‘lingan. 
1.Fanerofitlar 
(R)-kurtaklari 
yuqorida 
(30 
sm), 
ochiq 
joylashgan; 2. Xamefitlar (Ch)-noqulay davrda yangilanish kurtaklari 
tuproq yuzasiga yaqin (20-30 sm) joylashgan; 3. Gemikriptofitlar 
(N)-yangilanish kurtaklari va novdalarning uchki qismi bevosita 
tuproq yuzasida, to‘shama ostida joylashgan; 4. Kriptofitlar (K)-
«yashirin»; yer ustki poyalari to‘liq nobud bo‘ladi, yangilanish 
kurtaklari yer ostida har xil chuqurlikda saqlanib qoladi. Kriptofitlar 
quyidagi gruppachalarga bo‘linadi: a) geofitlar (G)-er ostki, 
ildizpoyali, piyozli va hokazo; b) gelofitlar-botqoqlik, ochiq poyalari 
suv yuzasida, yangilanish kurtaklari suv ostida joylashgan; ye) 
gidrofitlar-butun o‘simlik suv ostida bo‘ladi. 5. Terofitlar (Th)-
noqulay davrda urug‘ shaklida bo‘ladigan bir yilliklar. Hayot 


formalarining 
bu 
tiplari 
gruppachalarga 
bo‘linadi: 
masalan, 
fanerofitlar 
balandligi 
bo‘yicha 
mego, 
mezo, 
mikro 
va 
napofanerofitlarga bo‘linadi; gemikriptofitlar esa to‘pbargi bor-
yo‘qligiga qarab, to‘pbarglilarga va to‘pbargsizlarga bo‘linadi; 
terofitlar bahorgilarga va kuzgilarga; geofitlar esa vegetativ 
ko‘payish organlarining harakteri buyicha bo‘linadi. 
Ko‘pchilik avtorlar Raunkier gruppalarini yana qandaydir 
qo‘shimcha belgilari buyicha bo‘lib, uni to‘ldiradilar va 
kengaytiradilar. Lekin shuni ta’kidlash ham kerakki, Raunkierning 
hayotiy formalari Yerning florasi va o‘simliklari juda qadimgi davri tarixida 
differensiyalangan o‘simliklar strukturasining asosiy modellari bo‘lib 
hisoblanadi. Ular tarqalish oblasti va iqlim sharoitidan qat’iy nazar, har bir 
palmada bir yillik terofitlardan tashqari, hayotiy yirik takson doirasida 
takrorlanaveradi (masalan, formalariing barcha gruppalari aniqlangan). 
Raunkier statistik metodni qo‘llab, hayotiy formalar gruppalari iqlim 
sharoitiga bog‘liq holda tarqalishini ko‘rsatdi. Turli oblast va zonalar uchun 
o‘z gruppalarining protsent hisobida tarqalishini hisoblab, biologik spektor 
deb atalgan oddiy metodni taklif etdi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish