Reflekslar
Reflekslar — organizmning markaziy nerv
sistemasi orqali ichki yoki tashqi muhit
omillari taʼsiridan retseptorlar
qoʻzgʻalishiga javob reaksiyasi. R.ning
tuzilish mexanizmi reflektor yoydan
iborat. Bunda retseptorlar taʼsirotni qabul
qilib, sezuvchi (afferent) nervlarga, ular
miya markaziga, markaziy nerv sistemasi
qoʻzgʻalishi miyadan harakat organlariga
uzatuvchi (efferent) nervlarga, ulardan
effektorlar — muskullar, bezlar hamda
ichki aʼzolarga oʻtkazadi. R. aʼzolar ishini
va ularning oʻzaro taʼsirini tartibga
keltirishda (qarang Gomeostaz),
organizm bir butunligini sak,lash hamda
yashash sharoitiga moslanishda katta
ahamiyatga ega.
R. haqidagi dastlabki tasavvurlarni
fransuz filosofi va tabiatshunosi R.
Dekart ilgari surgan. 18-asrda R. va
reflektor apparat toʻgʻrisidagi taʼlimotga
shveysariyalik A. Galler, chex Y. Proxaska,
shotland Ch. Bell, fransuz F. Majandi va
boshqa oʻz hissasini qoʻshdi. 19-asrning
2-yarmiga kelib, reflektor (avtomatik,
ixtiyorsiz), shuningdek, ixtiyoriy
harakatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
toʻplandi. I. M. Sechenov oʻz asarlarida
"hayotdagi barcha ongli va ongsiz aktlar
butun mohiyati bilan R.dir" degan edi. Bu
tushunchani I. P. Pavlov oliy nerv faoliyati
toʻgʻrisidagi taʼlimotda rivojlantirdi. I. P.
Pavlov barcha R.ning kelib chiqishi,
mexanizmi va biologik ahamiyatini
hisobga olib, tugʻma R.ni shartsiz
reflekslar va hayot davomida orttirilgan
R.ni shartli reflekslarta ajratdi.
R. turiga qarab, millisekunddan bir necha
sekundgacha davom etadi. Qoʻzgʻalish
reflektor yoyda faqat bir yoʻnalishda —
afferent neyrondan efferentga tomon
oʻtkaziladi. Bu xususiyat neyronlararo
qoʻzgʻalishni uzatish paytida ajralib,
sinaptik tutashishni vujudga keltiruvchi
kimyoviy moddalar (mediatorlar)ta
bogʻliq. R. aloxidaalohida kechmasdan,
maʼlum funksional hamda biologik
ahamiyatga ega boʻlgan murakkab
reflektor aktlarga birlashadi (Mas,
ogʻriqni sezish natijasida hosil boʻladigan
reflektor R. da bir muskul qisqarsa,
ikkinchisi boʻshashadi, nafas hamda
yurak faoliyati oʻzgaradi va h.k.). Ichki
aʼzolar kasalliklari natijasida patologik R.
roʻy berishi mumkin. Mas, oʻpka arteriyasi
ichki pardasining maʼlum kiyem iga yot
tana taʼsirida yurak ishi toʻxtaydi (shartsiz
patologik R.), obhavo yomon paytda
toqqa koʻtarilayotganda yurak toj
tomirlarida spazm roʻy beradi, xuddi shu
holat obhavo yaxshi vaqtda ham xuddi
oʻsha joyda takrorlanishi mumkin (shartli
patologik R.). Shartli patologik R. takror
taʼsirot bilan mustahkamlanmasada,
uzoq vaqtgacha saqlanadi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-
yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Last edited 1 year ago by EdgarsBot
Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Reflekslar&oldid=2003013
"
dan olindi
Do'stlaringiz bilan baham: |