Keyingi 3 ta bo‘limni Visotskiy «angredientlar» deb atadi,
ya’ni ular oldingilarga-«prevalidlar» ga tobe o‘simliklardir.
Shunday qilib G.N.Visotskiy sistemasi L.I.Kazakevich (1922)
«Materialы k biologii rasteniy Yuga-Vostoka Rossii» nomli kitobida
hayotiy formalarning original sistemasini ishlab chiqishi uchun asos
bo‘ldi. Kazakevich asosan Visotskiy g‘oyalariga tayangan holda
hayotiy formalarni 5 gruppaga bo‘ldi. Uning sxemasini quyidagi
jadvaldan ko‘rish mumkin:
Keyinchalik novdalari hayotining davomiyligi va yer osti
organlarining
qanchalik saqlanishiga qarab, hap qaysi gruppa,
gruppachalarga
bo‘linadi.
Yuqorida
keltirilgan
gruppalardan
tashqari, Kazakevich yanada daraxtlarni (
h
) va kam yilliklarni (ʘ, ʘ)
ajratdi. O‘simlik guruhlarini hayotiy formalar tarkibi bo‘yicha
o‘rganishga statistik yondoshganligi uning katta xizmati va fanga
qo‘shgan xissasi hisoblanadi. U hayotiy formalarning protsent
nisbati bo‘yicha konkret guruhlar uchun spektr tuzishni taklif etdi.
Quyida misol tariqasida taklif etilgan shunday spektr keltirilgan (7-
jadval).
Bunday spektrlar analiz qilish fitotsenolog va botanik
geograflarnnng ishidir, biz uni ekologik tadqqotlarga yondashish va
organik metod sifatila keltirdik.
Hayotiy formalarning ba’zi klassifikatsiyalari
ana shulardan
iborat.
HAYOTIY FORMALAR EVOLYUTSIYASINING BA’ZI
ASPEKTLARI.
Ma’lumki, hayotiy formalarga birinchi e’tibor bergan olim
A.Gumboldt hisoblanadi (1906). U o‘sha vaqtda «fizionomik
formalar»
jihatida
gapirgan
edi.
Albatta
A.Gumboldtning
qarashlarida hayotiy formalarning tarixi, evolyutsion rivojlanish
g‘oyalari butunlay yo‘q edi. Uning fikricha, planetadagi turli
o‘zgarishlar natijasida formalar faqat almashinishi mumkin bo‘lgan.
Qizig‘i
shundaki, hayotiy formalarga evolyutsion-tarixiy nuqtai
nazardan qarash yaqin vaqtda paydo bo‘ldi. Chunonchi, ular XIX va
XX asrlar chegarasida, ya’ni Darvinning evolyutsion nazariyasi
tasdiqlangandan ancha keyin yuzaga keldi. Shunga ko‘ra,
hayotiy
formalar evolyutsiyasi masalalari hali yetarli darajada ishlab
chiqilmagan, u ko‘plab munozarali konsepsiyalarga ega, bu boradagi
tortishuvlar poyoniga yetganicha yo‘q. Bunda shuni nazarda tutish
kerakki, hayotiy formalar (agar ularni taksonomik birlik deb
hisoblasak) evolyutsiyaga duchor bo‘lmaydi.
Chunki evolyutsiya
populyatsiyadan boshlanadi va tur evolyutsiya qiladi buning
natijasida esa turning asosiy belgisi bo‘lgan hayotiy formalar ham
evolyutsiyaga duchor bo‘ladi, ya’ni bu protsess qolgan barcha
belgilar kompleksi bilan birga boradi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning oxirlarida ba’zi avtorlar turli
ma’lumotlarga asoslanib, daraxtsimon
hayotiy formalar birinchi
bo‘lib, o‘tsimonlar esa ikkinchi bo‘lib kelib chiqqan degan xulosaga
kelganlar. Masalan, A.N.Krasnov 1899 yilda bir yillik va o‘tsimon
hayotiy formalarni eng yangi deb hisoblagan, daraxt tipidagilarning
avval past bo‘yli, so‘ng o‘tsimonlarga aylanishi Yerdagi hayot
sharoiti evolyutsiyasi bilan birga borganligini, ya’ni quruqliknnng
rivojlanishi, tog‘lar va tepaliklar ko‘tarilishi va iqlim o‘zgarishi
munosabati bilan borganligini ta’kidlaydi.
U ayniqsa tropiklardan
Osiyo va Yevropaning mu’tadil Xamda sovuq zonalariga o‘tishda
bunday informatsiya bo‘lishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Keyinchalik ko‘pchilik olimlar yopiq urug‘lilar orasida
daraxtlar
birlamchi
o‘rinda
turishini
qayd
qilganlar.
V.G.Aleksandrov,
M.P.Golenkin,
A.A.Grossgeym,
B.M.Kozo-
Polyanskiy, M.G.Popov, A.L.Taxtadjan, Beyli, Korner, Ims, Gallir,
Jeffri, Sinnot va boshqalar shular jumlasidandir. Bu olimlarning
hammasi «somatik reduksiya» deb atalgan nazariyaga, ya’ni daraxt
hayotiy formalar birinchi va o‘t o‘simlik hayotiy formalar ikkinchi
degan nazariyaga u yoki bu darajada. Xissa qo‘shganlar. «Somatik
reduksiya» terminini 40-yillarda M.G.Popov taklif etgan.
Galler esa
1905 yilda qadimgi magnoliyalardan lianalarga, butalarga va (dastlab
ko‘p yillik, so‘ngra bir yillik) o‘tlarga o‘tadigan zanjirni aniqladi.
Ekologiyaning yetakchi masalalaridan biri bo‘lgan hayotiy
formalarni o‘rganishning ba’zi aspektlari shulardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: