HAYOTIY FORMALAR HAQIDAGI TA’LIMOTNING TARIXI
Shuni
qayd
qilish
kerakki,
hyotiy
formalar
botanika
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayo tadqiqotchilar e’tiboriga
loyiq ob’ekt bo‘lib qolgan. «Hayotiy forma» tushunchasining o‘zi
Teofrast asarlaridayoq (eramizdan avvalgi 300 yil) keng muhokama
qilingan edi. Ma’lumki u ««Issledovaniya o rasteniyax» deb
nomlangan asarida daraxt, buta, chala buta va o‘tlar kabi formalarni
ancha to‘liq ta’riflagan va o‘z sistemasini tuzishda undan
foydalangan.
Keyinchalik
hayotiy
formalar
ham
sistematik
maqsadlarda, ya’ni sistemalarni tuzishda foydalaniladigan bo‘ldi.
Buni Chezaliino (1583), Morison (1715), Turnefor (1719) va bir
qator boshqa botaniklarning ishlarida ham kuzatish mumkin. Lekin
K.Linney ishlaridan sung, sistematikada hayotiy formalardan (asosiy
vegetativ belgilardan) foydalanish amalda to‘xtatildi va bu «gul
gipnozi» ta’sirida xatto qo‘pol xato hisoblanadigan bo‘ldi.
Ma’lumki, Linney o‘z sistemasini faqat generativ, jinsiy belgilarga
asoslanib tuzgan.
Hayotiy formalarga qiziqish 19-asrda, A. Gumboldtning «Idei
fizionomichnosti rasteniy» nomli asari (1806) bosilib chiqandan
keyingina turildi. Chamasi hayotiy formalar haqidagi ta’limot ana
shu asardan boshlansa kerak. Gumboldt tog‘lari, odatda, botanik
geografiyada o‘rganiladi. Shuni eslatib o‘tish kerakki, Gumbolt
dastlab 16 ta, keyin esa 19 ta «asosiy formalar» ni aniqlagan. Lekin
ular fizionomik jihatdan bir-biridan keskin farq qilar edi. Masalan,
palmalar,
banandoshlar,
baobadoshlar,
kaktuslar,
orxideyalar,
lianalar, g‘alladoshlar, paporotniksimonlar, toldoshlar, nina barglilar
va boshqalar. Lekin bu gruppalar bir xil bo‘lmay, Gumboldt
aytganidek, birinchi galda iqlim sharoitiga bog‘liq holda tashqi
qo‘rinishidan bir-biridan farq qiladi. Gumboldtning ushbu g‘oyalari
keyinchalik boshqa olimlar tomonidan rivojlantirildi.
Turli olimlar hayotiy formalarning har xil sitemasi yoki
klassifikatsiyasini taklif etganlar 19-20-asrlardagi klassifikadiyalar
orasidan I. G. Serebryakov (1962) ikkita yo‘nalishni tanlab oldi.
Hayotiy formalarning ekologik-fizionomik klassifikatsiyalari,
ya’ni o‘simliklarning tashqi ko‘rinishiga gabitusiga asoslangan
klassifikatsiya. Bu gruppaga aftorlar tomonidan taklif etilgan
klassifikatsiyalarni kiritish mumkin. Shulardan faqat quyidagilarni
keltiramiz.
1.Kerner 1863 yilda «Jizn rasteniy Dunayskix stran nomlangan
kitobida yoppasiga tarqalganligi bilan farq qiladigan 12 ta «asosiy
forma» ni ta’riflaidi. Kernerning bu formalari Gumboldtning «asosiy
formalari» dan farq qilib, faqat mo‘tadil kengliklar uchun xos
bo‘lgan formalar hisobladi. U daraxtlar, butalar, yirik o‘tlar, serildiz
va kam ildizli o‘simliklar chirmashib va yoyilib o‘sadigan
o‘simliklar va hokazolarni farq qilgan.
2.Grizebax
(1872) «Rastitelnost zemnogo shara» deb
nomlangan kitobida (1874 va 1877 yillarda A.N.Beketov tomonidan
ruschaga tarjima qilinib nashr etilgan) ancha mukammal ishlangan
klassifikatsiyani taklif etadi. U «asosiy formalar» ni 7 ta gruppaga
ajratgan. Bular daraxtsimonlar; sersuvlilar (sukkulentlar), chirmashib
o‘suvchilar, epifitlar o‘tsimonlar, boshoqdoshlar, tomirsizlar (moxlar
va lishayniklar) dan iborat. Bu «asosiy formalar» o‘z navbatida
barglari va poyalarining tuziliщiga ko‘ra 54 ta «O‘simlik formalari»
ga bo‘linadi. ( Grizebax ta’kidlashicha, forma yoki har bir formalar
gruppasi mamlakat iqlimining xususiyatlarini va uning tarixini aks
ettirishi
kerak.
Bu
sistemadan
hozirgacha
ko‘p
avtorlar
foydalanishadi, chunki u turli geografik kengliklardagi deyarli
barcha xilma-xil o‘simliklarni qamrab olgan.
Lekin na Gumbolt va na Grizebax hayotiy forma tushunchasiga
biror moslashgan yoki evolyutsion fikr qo‘shmaganlar. Ularning
haetiy formalari ko‘proq geografik, «landshaft» tushunchalari
bo‘lgan.
O‘tgan
asrning
oxirlarida
hayotiy
formalar
klassifikatsiyasiga Darvinning evolyutsion nazariyasi katta ta’sir
ko‘rsatadi. Masalan 1884 yilda Negeli tashqi muhitga kam bog‘liq
bo‘lgan “tashkiliy” belgilarni (maslan, reproduktiv sfera) va tashqi
muhit ta’sirida o‘zgaruvchi “moslashuv” belgilarni farqlashni taklif
etgan. Belgilarning bunday ifodalanishi, albatta, hayotiy formalar
klasifikatsiyasiga ta’sir etadi.
3.O.Drude (1887 o‘z klassifikatsiyasini «biologik» ya’ni
moslashuv belgilari asosida tuzdi. U «o‘simlik formalari»ning 7 ta
asosiy gruppasini aniqladi. Keyinroq, 1913 yilda Drude yanada
yaxshi ishlangan sistemani taklif etdi va birinchi bo‘lib haetiy
formalarni tekshirishda filogenetik yondashish haqidagi masalani
ko‘tardi. Endi u yer yuzasida o‘sadigan va suv o‘simliklarining 40 ta
hayotiy formasini aniqladi, bunga tuban o‘simliklar ham kiritilsa,
hammasi bo‘lib 55 ta forma bo‘ladi.
1931 yilda Dyu Rie o‘z sistemasini taklif etdi. by, ehtimol, eng
kichik ekologik klassifikatsiya bo‘lsa kerak. Dyu Rie aslida
adaptatsiya nazariyasidan uzoqlashdi va turli belgilar, chunonchi,
rivojlanishning davriyligi, kurtaklarning joylashishi, kurtaklarning
ximoyalanganligi va boshqalar asosida klassifikatsiya tuzdi.
Haqiqatan ham uniig «o‘sish formasi» sistemasi, tarkibida o‘tsimon
o‘simliklar bo‘lmasa ham, ancha batafsil ishlangan.
Mamlakatimizda ham «ekologik-fiziologik yo‘nalish» dagi bir
qator sistemalar taklif etilgan. Masalan, 1928 yilda V. N. Sukachyov
SSSR tayga zonasining o‘rmonlari uchun hayotiy formalarning o‘ziga
xos gruppalarini taklif etdi. B. A. Keller 1923, 1926 va 1933 yillarda
cho‘l, chala cho‘l va dashtlar uchun hayotii formalar sistemasini
taklif etdi; u sistematikada o‘ziga xos ekologik-geografik metodni
asoslab berdi. V.V.Alyoxin 1936 yilda «Geografiya rasteniy» deb
nomlangan darsligida SSSRning Yevropa qismndagi dashtlar uchun
hayotiy formalar klassifikatsiyasini batafsil ishlab chiqdi. U
hayotiy formalarning 15 ta gruppasini aniqlaydi. Ye.P.Korovin va
D.N.Qashqarov Betpaqdalaning gil tuproqli cho‘llari uchun asosiy
ekologik formalar ruyhatini tuzdilar, cho‘llardagi hayotiy formalar
umuman A.V.Prozorovskiy (1936, 1940) tomonidan ancha batafsil
ishlab chiqilgan; keyinroq esa L.Ye.Rodin (1963), N.T.Nechaeva,
V.K.Vasilevskaya, K.G.Antonovalar (1973) tomonidan o‘rganilgan.
I.G.Serebryakov ajratgan ikkinchi yo‘nalish-morfologik-biologik
yo‘nalish bo‘yicha hayot formalarini klassifikatsiyalashda ularning
biologik
xususiyatlaridan,
masalan,
hayotining
davomiyligi,
rivojlanish ritmi, oziqlanish usullari va xokazolardan foydalaniladi.
Albatta, bu belgi va xususiyatlar birinchi navbatda morfologiyada
namoyon bo‘ladi, shunga ko‘ra, ikkala yo‘nalish bir-biriga ancha
yaqin, lekin dastlab ular birmuncha mustaqil rivojlangan.
Ehtimol, Ogyust Piram Dekandol (1918) sistemasi hayot
formalarini morfologik-biologik klassifikatsiyalashdagi birinchi
urinish bo‘lsa kerak. U hayotining davomiyligi, meva berishining
takrorlanishi, novdalarining strukturasi va boshqa belgilari buyicha
o‘simliklarni 8 gruppaga bo‘ldi. Bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik
monokarp, polikarp o‘simliklar shular jumlasidandir. U polikarp
o‘simliklarni har yili hosil beradigan va novdalari qurib qoladigan
o‘simliklar, chala butalar, butalar, daraxtlarga ajratdi. Dekandol taklif
etgan bunday bo‘linish sistemasi ko‘plab hozirgi ishlarda ham saqlanib
kelmokda. O‘tgan asrning o‘rtalarida Irmish (1851) va Braun (1852)
ajoyib sistemalarni taklif etdilar. Lekin faqat Ch.Darvin ta’limoti ta’sirida
hayotiy formalar mazkur yo‘nalish bo‘yicha ham muhitga moslashish
usuli sifatida o‘rganiladigan bo‘ldi.
Hayotiy
formalar
tushunchasining
avtori
bo‘lgan
Barminu 1884 yilda ancha batafsil morfologik-biologik sistema taklif
etdi. U o‘simliklarni ikki asosiy gruppaga bo‘ldi: gapaksant
o‘simliklar,
ya’ni
monokarplar-monotsikllilar,
ditsikllilar,
politsikllilar (ko‘p yilliklar) va hokazolar; ko‘p yillik polikarplar.
Keyingi asosiy gruppani u yana ikkita gruppachaga bo‘ldi: a)
harakatsiz yoki sust harakatlanadigan o‘simliklar-bularning asosiy
ildizi butun hayoti davomida saqlanadi (13 ta gruppacha); asosiy
ildizi nobud bo‘ladi, vegetativ ko‘payish ustunlik qiladi; b)
hararakatlanish xususiyatiga ega bo‘lgan o‘simliklar-er ustida
harakatlanadi (parxish, jingalaklari orqali), yer ostida harakatlanadi
(ildizioyasi, o‘q ildizlari va boshqalar orqali), suvda suzib yuradi.
Varming sistemasining asosiy negizi shundan iboratki, u
Gumboldt yoki Grizebax kabi o‘simliklar «fizionomiyasi» ni aks
ettirishga urinmay, balki ularning moslanuvchanlik belgilarini
aniqladi. U birinchi bo‘lib yer osti organlarga ham katta e’tibor
berdi. Lekin Varming sistemasi batafsil ishlangan bo‘lishiga
qaramay, hech qanday yagona prinsipga ega emas edi; u ko‘proq,
vegetativ belgilari bo‘yicha taksonomik sistemadan iborat edi.
XX asrning boshlarida (1903, 1905, 1907) Raunkier shu
vaqtgacha keng tarqalgan sistemasini taklif etdi. U o‘z
sistemasida
hayotiy formalar yilning noqulay sharoitida hayot kechirishiga qarab
farq qilishiga asoslandi. Lekin moslashuv belgilarining bu
kompleksidan ham bittasi, ya’ni yangilanish kurtaklari yoki novdalar
uchki qismining noqulay sharoit davomida yer (yoki suv yuzasiga
nisbatan joylashuvi tanlab olingan. Dastlab hayotiy formalar 5 tipga
bo‘lingan.
1.Fanerofitlar
(R)-kurtaklari
yuqorida
(30
sm),
ochiq
joylashgan; 2. Xamefitlar (Ch)-noqulay davrda yangilanish kurtaklari
tuproq yuzasiga yaqin (20-30 sm) joylashgan; 3. Gemikriptofitlar
(N)-yangilanish kurtaklari va novdalarning uchki qismi bevosita
tuproq yuzasida, to‘shama ostida joylashgan; 4. Kriptofitlar (K)-
«yashirin»; yer ustki poyalari to‘liq nobud bo‘ladi, yangilanish
kurtaklari yer ostida har xil chuqurlikda saqlanib qoladi. Kriptofitlar
quyidagi gruppachalarga bo‘linadi: a) geofitlar (G)-er ostki,
ildizpoyali, piyozli va hokazo; b) gelofitlar-botqoqlik, ochiq poyalari
suv yuzasida, yangilanish kurtaklari suv ostida joylashgan; ye)
gidrofitlar-butun o‘simlik suv ostida bo‘ladi. 5. Terofitlar (Th)-
noqulay davrda urug‘ shaklida bo‘ladigan bir yilliklar. Hayot
formalarining
bu
tiplari
gruppachalarga
bo‘linadi:
masalan,
fanerofitlar
balandligi
bo‘yicha
mego,
mezo,
mikro
va
napofanerofitlarga bo‘linadi; gemikriptofitlar esa to‘pbargi bor-
yo‘qligiga qarab, to‘pbarglilarga va to‘pbargsizlarga bo‘linadi;
terofitlar bahorgilarga va kuzgilarga; geofitlar esa vegetativ
ko‘payish organlarining harakteri buyicha bo‘linadi.
Ko‘pchilik avtorlar Raunkier gruppalarini yana qandaydir
qo‘shimcha belgilari buyicha bo‘lib, uni to‘ldiradilar va
kengaytiradilar. Lekin shuni ta’kidlash ham kerakki, Raunkierning
hayotiy formalari Yerning florasi va o‘simliklari juda qadimgi davri tarixida
differensiyalangan o‘simliklar strukturasining asosiy modellari bo‘lib
hisoblanadi. Ular tarqalish oblasti va iqlim sharoitidan qat’iy nazar, har bir
palmada bir yillik terofitlardan tashqari, hayotiy yirik takson doirasida
takrorlanaveradi (masalan, formalariing barcha gruppalari aniqlangan).
Raunkier statistik metodni qo‘llab, hayotiy formalar gruppalari iqlim
sharoitiga bog‘liq holda tarqalishini ko‘rsatdi. Turli oblast va zonalar uchun
o‘z gruppalarining protsent hisobida tarqalishini hisoblab, biologik spektor
deb atalgan oddiy metodni taklif etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |