(introduksiya) hayotiy formalari va tashqi ko‘rinishida yanada katta
o‘zgarishlar ro‘y beradi. Yevropaning shimolidagi mo‘’tadil iqlim sharoitida
o‘sadigan subtropik daraxtlar shoxlarini har yili sovuq urishi natijasida ular
chala buta shaklida o‘sadi. Kola yarim orolida zarang bilan jo‘ka daraxtlari
buta va chala buta ko‘rinishida o‘sadi. Aksincha, Gvineyada choy o‘simligi
bo‘yi 5-6 m ga, diametri 6-7 sm ga yetadigan daraxt shaklida o‘sadi.
Boshqacha aytganda, yashash sharoiti-ekologik faktorlar (iqlim,
tuproq, senotik faktor va hokazolar) o‘zgarishi bilan hayotiy formalar ham
o‘zgaradi.
Ikkinchidan, turli floristik oblastlarda, iqlim, tuproq senotik
sharoit va boshqalar o‘xshash bo‘lgan sharoitda sistematik jihatdan bir-
biridan uzoq bo‘lgan turlar o‘xshash, analogik, konvergent hayotiy formalar
hosil qiladi. Masalan, Markaziy Amerikada sukkulent, «kaktussimon»
formalar haqiqiy kaktuslardan hosil bo‘lgan. Afrikada esa bir xil sharoitda
konvergent hayotiy formalar sutlama va boshqa
sistematik gruppalar hosil
qiladi. yoki bo‘lmasa, dunyoning deyarli barcha oblastlaridagi baland
tog‘larda turli sistematik gruppalar orasida ancha o‘xshash bo‘lgan
yostiqsimon hayotiy formalar kuzatiladi. Bunday konvergensiya
taksonomik (sistematik) va ekologik klassifikatsiyalar bir-biriga mos
emasligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Ko‘pchilik avtorlar hayotiy formalarni o‘simliklarning ustun
ekologik sharoitga moslashuvi ifodasi deb qaraydilar. Lekin bunday
qarash
biz
yuqorida
to‘xtalib
o‘tgan ekologik gruppalarga
(mezofitlar,
kserofitlar, soyada o‘sadigan, yorug‘sevar o‘simliklar,
galofitlar va hakazolarga) ham mos keladi. Shunda ularning farqi
nimada, degan haqli savol tug‘iladi. Chamasi, ekologik gruppalar
alohida ekologik faktorlarga (namlik, temperatura, shurlanish,
tuproqqa) moslashganligini, xayotiy formalar esa o‘simliklarning
ko‘plab ekologik faktorlar yig‘indisiga, ya’ni
yashash joyining
o‘ziga xos xususiyatiga butunlay tarixiy moslashganligini aks
ettiradi. Shuning uchun «xayotiy forma» tushunchasi bilan «ekologik
gruppa» tushunchasini chalkashtirish mumkin emas.
«Xayotiy forma» terminini 1884 yili Varming taklif etgan.
Xayotiy forma deganda, u individning vegetativ tanasi butun hayoti
davomida tashqi muhit bilan bog‘lik bo‘lgan formani tushungan.
I.G.Serebryakov
(1962,1964)
hayotiy
forma
haqida
yanada
mukammal tushuncha bergan. Hayotiy forma deganda, u o‘simliklar
gruppasining mavsumiy rivojlanishi bilan bog‘liq xolda ifodalangan
o‘ziga xosligini tushungan.
Chunonchi, ularning mavsumiy
rivojlanish spetsifikasi, har yili o‘sish va yangilanish usullari,
organlarining tashqi va ichki strukturasi, shuningdek,
aniq tuproq,
iqlim va fitotsenotik sharoitda tarixiy hosil bo‘lgan tashqi
ko‘rinishlarda bu sharoitga o‘simliklarning moslashuvchanligi aks
etadi. Hayotiy formalarning yana boshqa bir qancha ta’rifi bor.
O‘simliklar ontogenezida hayotiy formalarning doimiy
emasligini ham hisobga olish zarur. O‘simliklar hayoti davomida har
xil hayotiy formalarga (morfogenez fazalari) ega bo‘lishi mumkin,
ya’ni ontogenezida individual hayotiy formalari almashinishi
mumkin. Voyaga yetgan o‘simliklarning hayotiy formasi shakllangan
bo‘ladi, shuning uchun hayotiy formalarni klassifikatsiyalashda
undan foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuning
uchun tur bitta yoki bir
nechta hayotiy forma bilan harakterlanadi. O‘simliklar ontogenezi
davomida o‘zgarib turadigan hayotiy formalar turning bir qismini va
ayni paytda fntotsenozning bir qismini tashkil etuvchi populyatsiyalar
hosil qiladi. Demak, fitotsenoz faqat voyaga yetgan o‘simliklarning
emas, balki yoshi bo‘yicha almashinuvchan bo‘lgan hayotiy formalar
to‘plami bilan ham harakterlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: