bir-biriga bog‘liq holda kechadi. Shunga ko‘ra, tabiatda bironta o‘simlik
yoki hayvon, yoki bo‘lmasa mikroorganizm turi yakka holda yashashi, bir-
biriga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatmasdan hayot kechirishi mumkin
emas.
Qisqasi, o‘simliklar qoplamini tashkil etadigan barcha o‘simliklar
gruppani, tuproqdagi, suvli muhitdagi mikroorganizmlar, shuningdek,
hayvonlar guruhi doim o‘zaro ta’sir etib hayot kechiradi.
Biotik faktorlar quyidagi gruppalarga bo‘lib o‘rganiladi:
a)
o‘simliklarning o‘simliklarga ta’siri;
b)
hayvonlarning o‘simliklarga ta’siri;
v)
mikroorganizmlariing o‘simliklarga ta’siri;
g)
yuqoridagi uch gruppa organizmlarning o‘zaro ta’siri.
O‘SIMLIKLARNING O‘SIMLIKLARGA TA’SIRI
Guruhdagi o‘simliklar doimo boshqa o‘simliklar ta’sirida bo‘ladi.
Fitotsenozda o‘simliklarning bir-biriga ta’sirini o‘rganishda tuban
o‘simliklarni ham kuzda tutish kerak bo‘ladi. Mikroorganizmlar yuksak
o‘simliklarga ham ta’sir ko‘rsatadi, bir tur yuksak o‘simlikning boshqasiga
ta’sir ko‘rsatishi ham tez-tez uchrab turadi.
Shunday qilib, o‘simliklarning
o‘simliklarga ko‘rsatadigan ta’siri juda xilma-xil bo‘ladi. Ularning bevosita
va bilvosita ko‘rsatadigan ta’siri farq qilinadi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bevosita ko‘rsatadigan ta’siriga
quyidagilar kiradi: parazitizm, simbioz holat, bir o‘simlikning boshqasiga
mexanik ta’siri, bir o‘simlik boshqasini siqib chiqarishi, lianlar va epifitlar.
Parazitizm ta’sir ko‘rsatish deganda, shuni tushunish kerakki, bunda
bir o‘simlik (parazit) boshqa o‘simlik tanasi hisobiga yashaydi. Ko‘pgina
tuban o‘simliklar yuksak o‘simliklarda parazitlik qilgai holda hayot
kechiradi, ayniqsa ular orasida zamburug‘ va bakteriyalar ko‘pchilikni
tashkil qiladi. Bu xildagi o‘simliklar xo‘jayin o‘simlikka
zaharlaydigan
darajada ta’sir qiladi, asta-sekin uni nimjon qilib qo‘yadi, ko‘pincha esa
nobud qiladi. Ular boshoqdosh va o‘t o‘simliklarnigina emas, balki daraxt
hamda butalarni ham nobud qiladi.
Yuksak o‘simliklar orasida Cuscuta turlari ancha xavfli parazitlardan
hisoblanadi. Cuscuta trifolii-sebargada, Cuscuta arvensis-beda, soya,
no‘xatda va boshqa o‘simliklarda parazitlik qiladi. Zarpechak, ya’ni boshqa
o‘simliklarga chirmashib o‘sadigan begona o‘t urug‘i o‘simliklar nihollari
yetarli kuchga kirgan davrda una boshlaydi. Jumladan, zarpechak
nihollarining uchi xo‘jayin-o‘simlikni topib, uning atrofiga o‘ralib va
surg‘ichlari bilan o‘simlikka tirmashib oladi. Bu so‘rg‘ichlar
shakli
o‘zgargan to‘yintiruvchi ildizlardir. Zarpechak xo‘jayin-o‘simlikka
yaxshiroq yopishgan holda tuproq bilan aloqasini yo‘qotadi va to‘la
parazitga aylanadi. Yashil barglarini yo‘qotgan va xo‘jayin-o‘simlik hisobiga
oziqlanadigan o‘simliklar to‘la parazitlar deb ataladi. To‘la parazitlarga
shumriya (Orobanche) avlodining turlari ham kiradi, ular ildiz parazitlari
hisoblanadi, chunki shumriya urug‘i xo‘jayin-o‘simlik ildizlariga bevosita
tekkandagina una boshlaydi. Ular shuvoq ildizlariga yopishib yashaydi.
Havorang shumriya (Orobanche ramosa), qum shumriyasi (Orobanche
arenaria) shular jumlasidandir. Tamakida, pomidorda va boshqa
o‘simliklarda shoxli shumriya (Orobanche ramosa), dastarbosh ildizida tukli
qizil shumgiya (Orobanche purpurea) parazitlik qiladi.
Bundan
tashqari, chala parazitlar ham bo‘ladi. Bular xlorofillga ega
bo‘lib, o‘zi uglevodlar hosil qiladi, lekin xo‘jayin-o‘simlik hisobiga suv va
unda erigan tuzlarni oladi. Chala parazitlarning tipik vakili doim yashil,
xlorofillga boy bo‘lgan o‘simliklardan oq omela (Viscum album) dir. U
oqqarag‘ayda, olmada, jo‘kada va terakda parazitlik qiladi.
Simbioz bu o‘simliklarning birgalikda yashashidir, masalan,
lishaynik-suv o‘tlari va zamburug‘lariing birga yashashi. Zamburug‘lar bilan
chirmashgan suv o‘tlari, ulardan suv va unda erigan mineral tuzlarni oladi,
bularni zamburug‘lar tuproqdan o‘zlashtiradi. Zamburug‘, o‘z navbatida, suv
o‘tlaridan ba’zi oziq moddalarni, asosan uglevodlarni oladi. Masalan,
mikoriza zamburug‘ining yuksak o‘simliklar
ildizida yashashi ham
simbiozga misoldir. Mikoriza ko‘p daraxt va o‘t o‘simliklarda topilgan. Ichki
(endotrof) va tashqi (ekzotrof) mikoriza farq qilinadi. Endotrof mikorizada
zamburug‘lar ildizniig ichida bo‘ladi, ekzotrof mikorizada esa o‘simlik
ildizlarining uchini g‘ilof kabi o‘rab olgan bo‘ladi. Endotrof mikoriza tufayli
ko‘pchilik o‘simliklar, masalan, orxideya, archagul, boshokdosh o‘simliklar
nitrat tuzlari kamchil tuproqlarda o‘sishi mumkin. Bundan tashqari,
rizosferadagi zamburug‘li o‘simliklar azotli birikmalarning ba’zi tuzlaridan
foydalanadi. Ekzotrof mikorizada zamburug‘ giflari bilan faqat ildizni o‘rab
olmay, balki ulardan ba’zilari ildiz hujayralari ichiga qisman kirib, ulardagi
uglevodlarni o‘zlashtiradi. Zamburug‘ning tashqi giflari ildizdan ajralgan
moddalar bilan oziqlanadi. Zamburug‘ning alohida giflari tuproqqa kirib,
undagi suv va unda erigan oziq moddalarni o‘zlashtiradi, bu esa o‘simlikning
o‘sishi va rivojlanishiga imkon beradi.
Lianalar boshqa o‘simliklardan tayanch sifatida foydalanib o‘sadigan
o‘simliklardir. Lianalar yorug‘sevar o‘simliklar gruppasiga kiradi va
barglariga yorug‘lik yaxshi tushishi uchun boshqa o‘simliklardan balandroq
ko‘tarilib oladi. Lianalarning poyasi nimjon bo‘lib, vertikal holatda o‘sa
olmaydi, shuning uchun ular boshqa o‘simliklarga, ya’ni daraxt va butalarga
tayanib (chirmashib) o‘sadi. To‘qaylarda o‘sadigan ilono‘t (Clematis
orientalis), yovvoyi tok (Vitis vinifera) limono‘t (Schizandra) va
boshqalar lianalarga kiradi. Tropik o‘rmonlar lianalarga boy bo‘ladi,
bu yerlarda ular yaxshi rivojlanadi va turlarga boy bo‘ladi.
Epifitlar boshqa o‘simliklarda o‘suvchi o‘simliklardir.
Ular bu
xildagi o‘simliklardan mustaxkamlanish joyi sifatida foydalanadi va
xo‘jayin-o‘simlikka zarar yetkazmaydi. Odatda, ular daraxtlarda
o‘talarda, lianalarda, poya, shoxlar orasida, uncha ko‘p miqdorda
bo‘lmasa ham tuproq to‘plangan joylarda o‘sadi. Epifitlar havo
sernam
bo‘lgan
tropik
oblastlarda
ko‘p
uchraydi.
Ularga
Bromelaceae oilasining ko‘p turlari va orxideyalar kiradi.
O‘simliklarning o‘simliklarga bilvosita ta’siri tuproq, iqlim,
hayvonlar va mikroorganizmlar orqali o‘tadn. Garchi bu ta’sir har
xil bo‘lsa ham, ular orasida tor doiradagi munosabat va o‘zaro
bog‘liklik mavjud. Ma’lumki, fitotsenozda bir o‘simlik boshqalariga
qaraganda ustun bo‘luvchi, asosiy, ya’ni
muhit hosil qiluvchi
fitotsenoz quruvchisi bo‘lib hisoblanadi. By asosiy o‘simlik asta-
sekin muhitnn o‘zgartirib boshqa o‘simliklar uchun qulay sharoit
yaratadi. Lekin bu xildagi sharoit ikkinchi o‘simlikka qulay,
uchinchisi uchun esa noqulay bo‘lishi mumkin. O‘simliklarning bir-
biriga tuproq orqali ta’siri tuproq fizik xossalarining, ya’ni mexanik
tarkibi, strukturasi, zichligi, rangining o‘zgarishi protsessida,
ximiyaviy xossalarining, ya’ni tuz rejimining, ildiz ajratmalari, o‘lik
qoldig‘larning o‘zgarishi protsessida sodir bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: