hayvonlar —
nematodlar, kanalar, hasharotlar (chumoli, qo‘ng‘iz,
termitlar,
ularning
lichinkalari),
chuvalchanglar,
halqali
chuvalchanglar, umurtqalilardan har xil yerqazirlar. Dyuvino va
Tang (1968) bo‘yicha tuproq umurtqasiz hayvonlari asosiy
gruppalari vakillarining soni quyidagicha (5-jadval).
Tuprok umurtqasiz hayvonlari asosiy gruppalari vakillarining
soni (har 1 m
2
maydonda)
B
io
ti
p
Xasharotlar va
lichinkalar
Yomg‘ir
chuvalcha
nglari
enhitreidlar
kanalar
N
e
m
a
to
d
la
r
O‘
rm
o
n
3000
78
3500
300000
6 mln
O‘
tl
o
k
4500
97
10500
40000
5 mln
E
k
in
z
o
r
1000
41
2000
10000
4,5 mln
V.I.Vernadskiy
tuproq
qatlamidagi
nihoyatda
ko‘p
mikroorganizmlarni ko‘plab ildizlar bilan birgalikda olib, tuproqni
«biokos» jism deb atagan. Tuproqning 0-25 sm li qatlamidagi tirik
bakteriyalar soni gektariga 3-7 t ni tashkil etadi,
bu tuproq
massasining 0,1-0,2% ga teng keladi, xamma bakteriyalarning
yig‘indisi yuzasi bir gektar chirindili gori- zontda 500 gektarga
yetishi mumkin.
Tuproqda bakteriyalarning ko‘p qismi kolloid zarrachalarni
o‘rab turgan suv pardasida bo‘lishi aniqlangan. Boshqa
mikroorganizmlar esa ildizlar sirtida va aychiqsa rizosferada, ya’ni
tuproqning bevosita ildizlarga tegib turadigan qismida bo‘ladi.
Mikroorganizmlarning eng ko‘p qismi rizosferada bo‘ladi. Shu bilan
birga
o‘simliklarning
ildiz
tukchalari
atrofida
bo‘ladigan
bakteriyalar yanada ko‘p miqdorni tashkil etadi,
bu esa ildiz
tukchalari shakar, aminokislota- lar, organik kislotalar, vitaminlar
ajratishiga bog‘liq bo‘ladi. O‘z navbatida rizosfera mikroflorasi
yuksak o‘simliklar uchun xam muhim ahamiyatga ega, chunki
mikroblar juda ko‘p moddalar, masalan, o‘sish stimu- lyatorlari,
antibiotiklar va hokazolar ajratadi.
Bundan tashqari, ular ildizda,
rizosferada muhofaza zonasi hosil qiladi va u yerga boshqa, ayniqsa
patogen mikroblar kirishiga yo‘l qo‘ymaydi. Lekin ildizlar nobud
bo‘lishi
bilanoq
ularda
bakterial
parchalanish
boshlanadi.
Rizosferada har xil turlarning o‘ziga xos mikroflorasi yashaydi,
chunki ularga ildiz ajratmalari selektiv, tanlab ta’sir ko‘rsatadi.
Muhit reaksiyasi ham o‘ziga xos axamiyatga ega: masalan,
ko‘pchilik bakteriyalar neytral reaksiyani yoqtirsa, zamburug‘lar
kislotali muhitni afzal ko‘radi. Zamburug‘lar bilan bakteriyalarning
o‘zaro nisbati xam muhit reaksiyasiga va bundan tashqari,
to‘shamaning tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Ninabargli o‘rmonlarda
to‘shamani asosan zamburug‘lar parchalasa, bargli o‘rmonlarda
saprofit bakteriyalar ko‘pchilikni tashkil qiladi.
Shuni xisobga olish
kerakki, mikroorganizmlar nafas olishida ko‘p kislorod iste’mol
qiladi, ba’zan kislorod yetishmasligi mumkin, natijada esa
ildizlarning faoliyati susayib ketadi. Tuproqda yashil, ko‘k yashil va
diatom suvo‘tlar yashaydi. E.A.Shtin ma’lumotiga qaraganda,
chimli-podzol tuproqlarning 1 g da 16 mingdan 378 minggacha
suvo‘t bo‘lib, ular gektariga 500 kilogrammgacha biomassa hosil
qiladi.
Shunday
qilib,
saprofit-mikroorganizmlar
organik
moddalarning parchalanishida katta rol o‘ynaydi, ularning har bir
tipi, parchalanishning har kaysi bosqichida o‘ziga xos saprotrof
bo‘ladi.
Agar
minerallanish
protsessi
uchun
sharoit
qulay
(temperatura, namlik,
aeratsiya, pH normal) bo‘lmasa, unda sikl
oxirigacha davom etmaydi va tuproqning unumdorligi past bo‘ladi.
Tuproqdagi
tirik
organizmlar
ko‘p
jihatdan
tuppoq
eritmasidagi K, R va Ca kabi elementlar mikdoriga ta’sir qiladi,
chunki ular karbonat angidrid ajratadi, bu gaz esa mazkur elementlar
tuzlarining eruvchanligiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan bir vaktda
ayrim o‘simliklarning ildiz sistemasidan ham zaharli moddalar
(masalan, zamburug‘lar uchun) ajraladi. Ayrim zamburug‘lar va
bakteriyalar o‘simliklarning o‘sishini tezlashtiruvchi moddalar
ajratish xususiyatiga ega bo‘ladi (masalan, 3-indolilsirka kislota aj-
ratadi). Nihoyat, ba’zi bakteriyalar va ko‘k yashil suvo‘tlar
gazsimon azot fiksatsiya qiladi, tarkibida azot bo‘lgan oqsil
birikmalarini minerallashtirib, azotni organik siklga kiritadi.
Tuproqdagi birmuncha yirik
organizmlar uni mexanik
aralashtirish nuqtai nazaridan muhim xisoblanadi. Yer qazuvchi
kemiruvchilar pastki qatlamdagi tuproqni yer yuzasiga chiqaradi.
Masalan, chala cho‘l va dasht zonalarda sug‘urlar ini atrofida
tuproqning ostki gorizontiga tegishli materiallar to‘planib qoladi,
shuning uchun bu uyumlar kalsiyga boy o‘ziga xos flora
xisoblanadi. Tuproqdagi jonivorlar ochgan yo‘llar unga havo va suv
kirishiga
imkon
beradi.
Lekin
ba’zi tuproq organizmlari
o‘simliklarniig ildizi, o‘simtasi va urug‘ini zararlab, qishloq
xo‘jaligiga zarar yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: