Ekologiyaning qisqacha rivojlanish tarixi



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/63
Sana07.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#533850
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63
Bog'liq
af28d4741e881e0c7667589aa2fd2e03 Ўсимликлар экологияси (1)

KARBONAT ANGIDRID 
 
Biosfera to‘xtovsiz hosil bo‘ladigan, o‘zgarib turadigan va 
parchalanadigan uglerod birikmalarining murakkab aralashmasidan 
iborat. 
Uglerod aylanishining asosiy yo‘li quyidagicha: atmosferadagi 
uglerod (IV)-oksiddan tirik moddaga va aksincha uglerod (IV)-
oksidga 
o‘tadi. 
Uglerod 
aylanishi 
fotosintez 
protsessida 
atmosferadagi karbonat kislota fiksatsiyasidan boshlanadi. Bunda 
uglevodlar hosil bo‘ladi, shu vaktning o‘zida atmosferaga uchib 
ketadigan kislorod ajralib chiqadi.
Uglerod va karbonat angidrid gazining fylanishi ( Bolin 
boyicha. 1972) 
 
Hosil bo‘lgan uglevodlarning bir qismidan o‘simliklar energiya 
manbai sifatida nafas olishda foydalanadi, karbonat angidrid esa 
nafas olish mahsuli sifatida atmosferaga uchib ketadi. Yashil 
o‘simliklar har yili atmosferadagi karbonat angidridning 6-7% ga 
yaqin qismidan foydalanadi. Assimilyatsiya qilingan moddaning 30% 


ga yaqini o‘simliklarning nafas olishi uchun sarflanadi, qolgan qismi 
geterotrof organnzmlarning oziq manbai hisoblanadi. 
O‘simliklarda faqat yashil, fotosintezlovchi tuzima va organlar 
bo‘libgina qolmay, balki barglar faoliyati hisobiga yashaydigan va 
nafas oladigan bir qator to‘qima va organlar ham bo‘ladi. Shuning 
uchun 
atmosferadagi 
S0
2
balansida 
bu 
yashil 
bo‘lmagan 
o‘simliklarning nafas olishini ham hisobga olish kerak. Bu ayniqsa 
guruhlarda faqat nafas oluvchi organlar ko‘pchilikni tashkil qilgan 
holda juda muhim hisoblanadi. Masalan, mu’tadil zonadagi bargli 
daraxtlarning fotosintezlovchi yashil massasi faqat 1-2% ni tashkil 
qilgani holda, yog‘ochlangan tanasi deyarli 80% ga yetadi, ildiz va 
poyalari 20% atrofida bo‘ladi. Cho‘l va baland tog‘ o‘simliklarining 
yer osti organlari jami fitomassaning 80-90% ni tashkil qiladi, dasht 
o‘simliklarida bu miqdor 70-90% ga teng. 
O‘simliklar to‘plagan uglerodning ma’lum qismi hayvonlar 
tomonidan iste’mol qilinadi. Nobud bo‘layotgan o‘simliklar yer 
yuzasida to‘shama hosil qiladi, bu to‘shama nobud bo‘layotgan 
hayvonlar bilan birga mikroorganizmlar tomonidan parchalanadi, 
ya’ni 
minerallashadi. 
Bunda 
to‘qimalar 
uglerodi 
karbonat 
kislotagacha oksidlanadi va «tuproqning nafas olishi» orqali 
atmosferaga qaytadi. Atmosferadagi karbonat kislotaning hammasi 
taxminan 300 yil davomida shu sikl orqali o‘tadi. 
Havodagi karbonat angidridning xajmiy xissasi hammasi bo‘lib 
0,032% ga yoki 0,57 mg l ga to‘g‘ri keladi. Havoda karbonat 
angidrid bunchalik kam bo‘lishiga qaramay, uning miqdori juda oz 
bo‘lsa ham o‘zgarganda fotosintezga ta’sir etishi mumkin. Karbonat 
angidrid konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan unga bevosita bog‘liq 
bo‘ladigan fotosintez intensivligi ham o‘zgarishi haqida miqdorida 
gapirgan edik. Bundan tashqari, ma’lumki, fotosintez protsessi sutka 
davomida o‘zgarib turadi, shu bilan birga CO
2
ning konsentratsiyasi 
ham o‘zgaradi. Quyosh chiqishi bilan o‘rmonda fotosintez 
boshlanadi va barglar tomonidan o‘zlashtirilishi hamda organik 
birikmalarga aylanishi munosabati bilan karbonat angidridning 
konsentratsiyasi keskin pasayib ketadi. Kunning yarmiga borganda 
temperatura ortishi bilan nafas olish kuchayadi va shox-shabbalar 
orasidagi karbonat kislota miqdori ancha baravarlashadi. Lekin bu 
o‘zgarish uncha katta emas. Kuyosh botishi bilan fotosintez protsessi 
to‘xtaydi, nafas olish ustunlik qila boshlaydi va yer yuzasiga yaqin 
joyda S0
2
ning konsentratsiyasi 0,4% gacha oshishi mumkin. Bu 
o‘sishni «tuproqning nafas olishi» orqali undan S0
2
ning ajralishi 
bilan izohlash mumkin. Karbonat angidrit miqdorining sutka 
davomida o‘zgarib turishi qalin o‘simlik guruhlarida o‘rtacha 
qiymatining 25% atrofida bo‘lishi mumkin va bu o‘zgarish 


atmosferaning yuqori qatlamlarigacha tarqalishi kuzatiladi. Konkret 
guruhlarda CO
4
ning sutkalik sikli o‘zgarib turishi mumkin. 
Karbonat angidridning to‘planish tezligi o‘simliklar tipiga 
bog‘liq holda keng doirada o‘zgarib turadi (Bolin, 1972). Nam tropik 
o‘rmonlarda yil davomida har 1 m
2
maydonda 1 dan 2 
kilogrammgacha karbonat angidrid to‘planadi, bu taxminan uning 
havo ustuni bo‘yicha atmosfera chegarasigacha yetgan har 1 m
2
kesimidagi miqdoriga teng keladi. Arktika tundrasida yoki cho‘llarda 
to‘plangan karbonat angidrid yuqorida keltirilgan miqdorning faqat 
1% ni tashkil qiladi. Umuman, Yer yuzasida karbonat angidrid 
bo‘yicha mahsuldor rayonlar juda kam. Odatda, butun quruqlik sathi 
bo‘yicha bir yilda organik birikmalarda 20-30 mlrd t uglerod 
to‘planadi. Quruqlikdagi o‘simliklar qancha uglerod o‘zlashtirsa, 
okean fitoplanktoni ham taxminan shuncha uglerod iste’mol qiladi. 
Dengizda uglerod aylanishi balanslangan, ya’ni ajralib chshqadigan 
kislorodni dengiz organizmlari o‘zlashtiradi, ular nobud bo‘lganidan 
keyin chirish mahsuli-karbonat angidrid yana eritmaga tushadi. 
Okean bilan atmosfera orasida, ayniqsa to‘lqin va shamol vaqtida 
CO
2
almashinishi ro‘y beradi. Hisoblarga qaraganda, atmosferadagi 
jami karbonat kislota okeanda 5-10 yil ichida erib ketardi, boshqacha 
aytganda, bir yilda okeanda 100 mlrd t gacha atmosfera karbonat 
kislotasi eriydi, lekin shu bilan bir vaqtda deyarli shuncha 
miqdordagi karbonat kislota okeandan atmosferaga ajratiladi. 
Shunday qilib, dunyo okeani karbonat angidrid almashinishida asosiy 
bufer hisoblanadi. Havodagi CO
2
sutka davomida o‘zgarishidan 
tashqari, yil davomida ham o‘zgarib turishi kuzatiladi. Bunday 
o‘zgarish ayniqsa quruqlik ustunlik qiladigan shimoliy yarimsharda 
keskin 
bo‘ladi. 
Shimoliy 
oblastlarda 
baxor 
kelishn 
bilan 
rivojlanayotgan o‘simliklar karbonat angidridni tuproqdan kelib 
turishiga qaraganda ma’lum darajada ko‘proq o‘zlashtiradi. Bahorda 
SO
2
konsentratsiyasining pasayishi stratosferagacha kuzatiladi; 
apreldan to sentabrgacha bizning yarimshardagi atmosferada 30-
paralleldan boshlab shimolga tomon butun CO
2
zapasining deyarli 
3% yo‘qoladi, bu taxminan 3 mlrd t uglerodni tashkil etadi. Agar bir 
vaqtda tuproqda organik moddalarning parchalanishi hisobiga 
karbonat kislota miqdori to‘lib borishi hisobga olinsa, apreldan 
sentabrgacha shimoliy yarimsharda atmosferadan 5-6 mlrd t uglerod 
o‘zlashtiriladi, bu quruqlikning yillik mahsuldorligining taxminan 
1/4 yoki 1/5 qisminn tashkil etadi, deyish mumkin.
O‘rmonlar

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish