atmosferaning yuqori qatlamlarigacha tarqalishi kuzatiladi. Konkret
guruhlarda CO
4
ning sutkalik sikli o‘zgarib turishi mumkin.
Karbonat angidridning to‘planish tezligi o‘simliklar tipiga
bog‘liq holda keng doirada o‘zgarib turadi (Bolin, 1972). Nam tropik
o‘rmonlarda yil davomida har 1 m
2
maydonda 1 dan 2
kilogrammgacha karbonat angidrid to‘planadi, bu taxminan uning
havo ustuni bo‘yicha atmosfera chegarasigacha yetgan har 1 m
2
kesimidagi miqdoriga teng keladi. Arktika tundrasida yoki cho‘llarda
to‘plangan karbonat angidrid yuqorida keltirilgan miqdorning faqat
1% ni tashkil qiladi. Umuman, Yer yuzasida karbonat angidrid
bo‘yicha mahsuldor rayonlar juda kam. Odatda, butun quruqlik sathi
bo‘yicha bir yilda organik birikmalarda 20-30 mlrd t uglerod
to‘planadi. Quruqlikdagi o‘simliklar qancha uglerod o‘zlashtirsa,
okean fitoplanktoni ham taxminan shuncha uglerod iste’mol qiladi.
Dengizda uglerod aylanishi balanslangan, ya’ni ajralib chshqadigan
kislorodni dengiz organizmlari o‘zlashtiradi, ular nobud bo‘lganidan
keyin chirish mahsuli-karbonat angidrid yana eritmaga tushadi.
Okean bilan atmosfera orasida, ayniqsa to‘lqin va shamol vaqtida
CO
2
almashinishi ro‘y beradi. Hisoblarga qaraganda, atmosferadagi
jami karbonat kislota okeanda 5-10 yil ichida erib ketardi, boshqacha
aytganda, bir yilda okeanda 100 mlrd t gacha atmosfera karbonat
kislotasi eriydi, lekin shu bilan bir vaqtda deyarli shuncha
miqdordagi karbonat kislota okeandan atmosferaga ajratiladi.
Shunday qilib, dunyo okeani karbonat angidrid almashinishida asosiy
bufer hisoblanadi. Havodagi CO
2
sutka davomida o‘zgarishidan
tashqari, yil davomida ham o‘zgarib turishi kuzatiladi. Bunday
o‘zgarish ayniqsa quruqlik ustunlik qiladigan shimoliy yarimsharda
keskin
bo‘ladi.
Shimoliy
oblastlarda
baxor
kelishn
bilan
rivojlanayotgan o‘simliklar karbonat angidridni tuproqdan kelib
turishiga qaraganda ma’lum darajada ko‘proq o‘zlashtiradi. Bahorda
SO
2
konsentratsiyasining pasayishi stratosferagacha kuzatiladi;
apreldan to sentabrgacha bizning yarimshardagi atmosferada 30-
paralleldan boshlab shimolga tomon butun CO
2
zapasining deyarli
3% yo‘qoladi, bu taxminan 3 mlrd t uglerodni tashkil etadi. Agar bir
vaqtda tuproqda organik moddalarning parchalanishi hisobiga
karbonat kislota miqdori to‘lib borishi hisobga olinsa, apreldan
sentabrgacha shimoliy yarimsharda atmosferadan 5-6 mlrd t uglerod
o‘zlashtiriladi, bu quruqlikning yillik mahsuldorligining taxminan
1/4 yoki 1/5 qisminn tashkil etadi, deyish mumkin.
O‘rmonlar
Do'stlaringiz bilan baham: