II BOB.Erta muddatda piyoz yetishtirish texnologiyasi xususiyatlari…… 29
2.1. Tajriba o‘tkazilgan joyning tuproq-iqlim sharoiti....................................... 29
2.2.Tezlashtirilgan urug‘ yetishtirish uchun bahorgi va yozgi urug‘
sepish muddatlarining urug‘ hosili va sifatiga ta’siri …………………….. 32
2.3 Piyozning juda ertapishar Bahoroy va ertapishar Ravnaq
navlarini yetishtirish...........................................................................................35
2.4. Piyozni o’g’itlash va sug’orish………………………………………. …. 39
2.5.Piyozni kasallik, zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari….. 43
2.6. Piyoz yetishtirishda gerbitsidlarni qo’llash……………………………… 47
2.7. Etishtirilgan hosilni yig’ib terib olish…………………………………… 48
2.8.Piyoz urug’chiligi………………………………………………………….. 51
Xulosa …………………..……………………………………………….…....... 56
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati….....………………………………… .. 59
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son Farmonida «oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash va iste’mol ratsionini yaxshilash, talab etiladigan miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni nazarda tutuvchi oziq-ovqat xavfsizligi davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish»dek muhim vazifalardan biri qilib belgilangan.
2020 yil 15 oktyabrda PQ-4863 son «Sarimsoqpiyoz hamda to‘qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmon va qarorlari hamda mazkur faoliyatga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga aholi tomonidan piyoz yetishtirish jarayonida muayyan darajada xizmat qiladi. Shu bois piyozni yangi serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalardan hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida hozirgi davrda piyoz yetishtiriladigan maydon 24 ming gektarni tashkil etib undan olinadigan yalpi hosil 591926 tonna, o‘rtacha hosildorlik gektaridan 25 tonnani tashkil etmoqda. Bu mahalliy aholining talabini to‘liq qondiradi. Ammo, bu ekin hosilini eksport qilish imkoniyatini yanada ko‘paytirish uchun undan olinadigan yalpi hosilni ko‘paytirishni taqozo etmoqda. Uni ishlab chiqarishni ko‘paytirishni, u ekiladigan maydonni kengaytirish hisobiga amalga oshirish mumkin emas, chunki sug‘orib dehqonchilik qilinadigan yerlar chegaralangandir.Ushbu qo‘llanma piyoz o‘simligining morfo-biologik xususiyatlari, ekish muddat va usullari, parvarishlash va yetishtirish texnologiyasini o‘rganishda kerakli ma’lumotlarni beradi degan umiddamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 yanvardagi «Respublikada xorij tajribasi asosida achchiq qalampir yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 62-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmonida «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi» ishlab chiqildi. Ushbu Harakatlar strategiyasining 3-bandi Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida «Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish» maqsadida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, bo‘shagan yerlarga kartoshka, sabzavot, ozuqa va yog‘ olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy yer-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish topshiriqlari berilgan.
Aholi salomatligini muhofazalash, sog‘lom ovqatlanishga oid harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda olimlar sabzavot ekinlari turlarini kengaytirish; yetishtirilgan mahsulotlar sifatini oshirish, yuqori mahsuldor, sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli, eksportbop navlarni yaratish kabi masalalar yechimiga qaratilmoqda. Bular esa o‘z navbatida aholi salomatligini muhofazalash, umrining davomiyligi oshirish bilan chambarchas bog‘liqdir.
Piyoz juda ko‘pchilik mamlakatlarda asosiy sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning tarkibi qimmatli oziqa elementlariga, mikro va makroelementlarga boy sabzavot ekinidir. Ta’miga qarab piyoz uch guruhga bo‘linadi: achchiq, yarim achchiq va shirin yoki salatbop va shunga qarab tarkibi ham turlicha bo‘ladi. Ularning tarkibida quruq moddalar 10-22%, qand miqdori 6-9%, oqsil 1,5%, pektin 0,5-0,6%, kletchatka 0,5-0,8% ni tashkil etadi. Tarkibida V1, V2, S, RR vitaminlari mavjud. Tarkibidagi mineral tuzlar 18 ta ximiyaviy elementlar , jumladan kaliy ,fosfor, kalsiy, natriy elementlari birikmalaridan tashkil topgan. Unda antioksidant selen moddasini borligi ma’lum.
Yashil barglarida 7% quruq moddalar, 1,3% oqsil, 3,5% qand, 0,9% kletchatka, 0,2% organik kislotalar, vitaminlar: S-48 mg%, veta-karotin -5 mg%, V1, V2, RR mavjud. Piyozning tarkibidagi fitonsidlar va efir moylari unga o‘ziga xos hid, ta’m beradi va antibiotikligini ta’minlaydi.
O‘zbekistonda ham piyoz asosiy sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning erta o‘rtapishar Sumbula, ertapishar Ravnaq, juda ertapishar Bahoroy navlari yaratilib, ulardan Sumbula va Ravnaq navlari davlat reestriga kiritilgan, Bahoroy navi esa Davlat nav sinovidan o‘tmoqda. Respublikamizning janubiy xududlarida ushbu navlar mahsuloti mart oyining oxirida-may oylarida pishib yetiladi va shu davrda eksportga chiqariladigan asosiy sabzavot mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Ana shu navlardan Ravnaq va Bahoroy keyingi yillarda yaratilgan bo‘lib ularning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib yetishtirish agrotexnikasi va urug‘chiligi masalalari, bu tadbirlarni resurstejamkor va intensiv texnologiyalar orqali tashkil etish ilmiy asoslanmagan.
Shundan kelib chiqib ushbu navlarning biologik xususiyatlarini, ulardan mahsulot yetishtirish va urug‘chilik texnologiyasini ishlab chiqish hozirgi zamon sabzavotchiligining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Aholi is’temol qiladigan mahsulotlar orasida ancha to’yimli va shifobaxsh xususiyatlarga ega bo’lgan sabzavot ekinlari muhim o’rinni egallaydi.
Bu mahsulotlarga aholi ehtiyojini qondirish va jaxon bozoriga eksport mahsulot chiqarish soxa oldida turgan asosiy masaladir.
Sabzavotchilik mamlakatimizda qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Sabzavotlarni inson uchun muhim oziqalik ahamiyati yaxshi ma’lum. Kishi organizmi uchun zarur bo’lgan barcha vitaminlardan 13 tasi sabzavotlarda mavjud. Mineral tuzlar, fermentlar, fitonsidlar va boshqa biologik faol moddalar bo’yicha esa sabzavotlarga teng keladigan yo’q desa bo’ladi. SHu bois sabzavotchilik tarmog’ini rivojlantirish muammosi inson hayoti davomiyligi va uni mehnat qilish qobiliyati bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra 2018 yilda respublikamizdan qiymati 274,34 mln dollarga teng bo‘lgan 778 ming tonna piyoz eksport qilingan. 2016 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan eksport qilingan mahsulot miqdori 35%ga, pul tushumi miqdori esa 16%ga oshgan.
Soxa mutaxassisliari oldida O’zbekistonda sabzavot ekinlarini potensial hosildorligini yanada oshirish ularni turli xil mintaqalarda yetishtirib, aholini mumkin qadar uzluksiz sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida erta pishar, o’rta pishar va kech pishar uzoq saqlanadigan va qayta ishlashga moslashgan maxsulotlarni yetishtirishdan iborat muhim masalalar turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |