Lot selectio tanlash, saralash yuqori mahsuldor oʻsimliklar



Download 88,23 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana18.01.2022
Hajmi88,23 Kb.
#390033
  1   2
Bog'liq
Seleksiya - Vikipediya



Seleksiya

Seleksiya (lot. selectio — tanlash,

saralash) — yuqori mahsuldor oʻsimliklar

navlari va duragaylarini, hayvonlar

zotlarini va mikroorganizmlar

shtammlarini yaratish nazariyasi va

amaliyoti. S.ning ilmiynazariy bazasi

genetika hisoblanadi. Oʻsimliklar S.si

botanika, sitologiya, embriologiya,

gistologiya, fiziologiya, fitopatologiya,

entomologiya, ekologiya, biokimyo,

oʻsimlikshunoslik va q. x. mahsulotlarini

qayta ishlash texnologiyasi bilan




chambarchas bogʻliq. Ibtidoiy S.

koʻrinishlari (beixtiyor tanlash)

dehqonchilik paydo boʻlgan davrlardan

boshlangan. Bunday S. astasekin

muayyan maqsadli yoʻnalishlarda olib

borilgan.

Xalq seleksiyasi Oʻrta Osiyoda ham

rivojlanib, gʻoʻza, zigʻir, don, beda,

sabzavotpoliz ekinlari, tok va mevali

daraxtlarning qimmatli navlari yaratilgan.

3—4-asrlarda afrikaosiyo gʻoʻzasining

qattiq quruq iqlimga moslashgan

ertapishar shakllari chiqarilgan. Yumshoq

bugʻdoyning Qizil bugʻdoy, Tuyatish

navlari hosildorligi, qurgʻoqchilik va

kasalliklarga chidamliligi hamda donining




sifati bilan mashqurdir. Tok (Soyaki,

Sohibi, Parkent va boshqa navlari), oʻrik

(Koʻrsodiq, Obinovvot), arpa (Toshkallak),

sholi (Arpa sholi, Xoʻjaahmad, Qozoqi),

joʻxori (Xoʻraki, Kattabosh), qovun

(Joʻjaburun), tarvuz (Qoʻzivoy), sabzi

(Mirzoi, Mushak), piyoz (Oq piyoz) va

boshqalarning sifatli mahsulot beradigan,

mevasi uzoq saqlanadigan koʻpchilik

navlari hozir ham ekiladi. Beda

seleksiyasi sohasida, ayniqsa, katta

yutuqlarga erishilgan. Xorazm va

Samarqand bedalari butun dunyoga

mashhur boʻlib, hozir ham juda qimmatli

navlar hisoblanadi. Chorvachilikda uzoq

tanlash yoʻli bilan qorakoʻl, hisori qoʻy

zotlari, qorabayir, laqay ot zotlari va



boshqa yaratildi. Keyinchalik koʻpgina

muhim xoʻjalik xususiyatlarga ega boʻlgan

bu navlar va zotlardan S. ishlarida

qimmatli boshlangʻich material sifatida

foydalanildi.

CH. Darvin oʻzining "Turlarning kelib

chiqishi" (1859) asari bilan S.ning ilmiy

asosini yaratdi (qarang 

Evolyusion

taʼlimot


), hayvonlar va oʻsimliklar

dunyosida yangi shakllarning paydo

boʻlishida tanlaitit ahamiyatini koʻrsatib

berdi.


S.ning keyingi rivojlanish bosqichlarida

irsiyat qonunlarining kashf etilishi katta

ahamiyatga ega boʻldi. Shuningdek,

S.ning rivojlanishida I.V. Michurinnit ishlari




ham muhim rol oʻynadi. Irsiy

oʻzgaruvchanlikning gomologik katorlar

qonuni hamda madaniy oʻsimliklarning

kelib chiqish markazlari toʻgʻrisidagi

taʼlimot muallifi N. I. Vavilov S.ning

rivojiga katta hissa qoʻshdi.

Yevropa va Amerikada S. 19-asrda

rivojlana boshladi. Fransiyada L.

Vilmoren koʻp marta tanlash yoʻli bilan

qand lavlagining tanlab olingan shakllari

qandliligini 3 hissa oshirishga erishdi.

Shved seleksioneri G. NilsonEle oʻzidan

changlanuvchi oʻsimliklarda yakka

tanlash usulini qoʻllab, sulining qimmatli

navini yaratdi. AQShdaL. Byorbank

duragaylashni qatʼiy tanlash bilan




qoʻshgan holda mevali oʻsimliklar va

boshqa ekinlarning eng yaxshi navlarini

yaratdi. Rossiyada S. ishlari 19-asr

oxiridan rivojlana boshladi.

Oʻzbekistonda ilmiy S.ning boshlanishi

20-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Rossiya

imperiyasi sanoatining paxta xom

ashyosiga boʻlgan katta ehtiyojlari

taʼsirida dastlab gʻoʻza S.si bilan

shugʻullanadigan muassasalar tashkil

etildi. 1898 yilda ish boshlagan Turkiston

qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasida (hozirgi

Shreder nomidagi Bogʻdorchilik,

uzumchilik va vinochilik i.t. instituti) R. R.

Shreder qishloq xoʻjaligi sohasida koʻp

qirrali ilmiy faoliyat bilan birga gʻoʻza,




gʻalla, sholi S. ishlariga asos soldi. 1899

yilda Andijon tajriba dalasi. 1900 yilda

Mirzachoʻl tajriba dalasi, 1913 yilda

Namangan sh. yaqinidagi Paxtalikoʻlda

gʻoʻza boʻyicha maxsus Fargʻona

seleksiya st-yasi tashkil etildi. M.M.

Bushuyev, G. S. Zaysev, Ye. L. Navrotskiy

kabi olimlar gʻoʻza, gʻalla ekinlari,

qoramolchilik boʻyicha S. ishlarini faol

olib borishdi va gʻoʻzaning yangi mahalliy

169 (Dehqon), 182 (Oq joʻra), Amerikadan

keltirilgan Rusel navidan "Navrotskiy",

Triumf navidan "Navrotskiy zafari" navlari,

Bushuyev koramol zoti yaratildi.

20-asrning 20y.laridan boshlab

Oʻzbekistonda oʻsimlikshunoslik,




chorvachilik, yilqichilik, qorakoʻlchilik,

pillachilik va boshqa yoʻnalishlarida

tajriba va S. st-yalari, i.t. muassasalari

tashkil etila boshladi. 1922 yilda

Turkiston seleksiya st-yasi (1965 yildan

Butunittifoq gʻoʻza seleksiya va

urugʻchiligi i.t. instituti), 1924 yilda

Butunittifoq oʻsimlikshunoslik institutining

Oʻrta Osiyo tajriba st-yasi, 1925 yilda

Milyutin (hozirgi Gʻallaorol gʻalla ekinlari)

tajriba st-yasi, 1927 yilda Oʻrta Osiyo

ipakchilik instituti, 1929 yilda Butunittifoq

paxtachilik instituti (SoyuzNIXI), 1932

yilda Oʻzbekiston sholichilik tajriba st-

yasi, 1934 yilda Oʻzbekiston sabzavot va

kartoshka ekinlari tajriba st-yasi, 1935

yilda Butunittifoq qorakoʻlchilik instituti,



1940 yilda Oʻzbekiston chorvachilik

instituti va ularning respublikaning turli

zonalarida joylashgan keng tarmokli

styalari ish boshladi.

Chorvachilikda S. mollarning

mahsuldorlik va mahsulotlari sifati,

kasalliklarga bardoshi, sharoitlarga

moslashishi, yem-xashakdan samarali

foydalanishi boʻyicha olib boriladi. Yalpi,

yakka, yakkaqarindoshlik,

guruhliqarindoshlik belgilari majmui

boʻyicha tanlash S.ning asosi hisoblanadi

(qarang Duragaylash, Naslchilik,

Saralash).

Oʻsimliklar S.da navning asosiy yaroqlilik

belgisi uning hosildorligi va hosili




tarkibida koʻzlangan zarur moddalar

(mas, bugʻdoyda oqsil, kartoshkada

kraxmal)ning koʻpligi hisoblanadi.

Shuningdek, tanlashda oʻsimliklarning

noqulay omillarga (qurgʻoqchilik, sovuqqa

chidamlilik, kasalliklar va

zararkunandalarga) bardoshlik,

mexanizatsiya bilan ishlov berishga

qulaylik, agrotexnologiyaga moyilligi ham

muhim belgilar hisoblanadi.

Oʻsimliklar S.si boshlangʻich material

yaratish yoki tanlashdan boshlanadi. Ular

tabiiy va duragay populyasiyalar, ilgari

yaratilgan navlar, oʻzidan changlangan

liniyalar, poliploidlar, mutantlar boʻlishi

mumkin. Boshlangʻich materialdan tanlab




olingan oʻsimliklar avlodi dastlabki

baholash, baʼzan qayta tanlash uchun

seleksion koʻchatzorlarga ekiladi.

Ularning eng yaxshilari nav sinash uchun

(dastlabki, stansion, konkurs) tanlab

olinadi. Soʻngra ular yakuniy baholash va

r-nlashtirish uchun Davlat sinoviga

oʻtkaziladi (qarang Davlat nav sinash

tarmogʻi, Nav). Makkajoʻxori S.da

geterozisi yuqori boʻlgan liniyalararo va

nav liniyalari duragaylari yaratiladi. Qand

lavlagining yuqori geterozisli shakllarini

yaratish uchun diploidlar tetraploidlar

bilan chatishtiriladi. Sorgo, pomidor,

garmdori, piyoz, poliz va boshqa ekinlar.

S.sida ham geterozis duragaylari

chiqariladi.



Gʻoʻza S.si yalpi tanlash, yakka tanlash

usullari bilan serhosil va tezpishar navlar

yaratish yoʻnalishida olib boriladi. Bunda

navlarning sifat belgilariga (kasallik va

zararkunandalarga, qurgʻoqchilikka,

shoʻrga chidamliligi, tola chiqishi,

mashinada terishga qulayligi va

boshqalar) eʼtibor beriladi. Boshlangʻich

material sifatida chet el S. navlaridan, tur

ichida va turlararo madaniy, yovvoyi,

yarim yovvoyi nusxalarni va turlarni

chatishtirish yoʻli bilan olingan

populyasiyalardan, radioaktiv nurlanishlar

va kimyoviy mutagenlar taʼsirida

chiqarilgan populyasiyalardan

foydalaniladi. Bir qancha mamlakatlarda

geterozis samaradorligidan yoki turlararo



va tur ichidagi duragaylar birinchi

boʻgʻinining yuqori biologikxoʻjalik

mahsuldorligidan foydalaniladi. Gʻoʻza

S.sida oddiy yoki juft, pogʻonali,

duragaylar ichida, duragaylararo, takroriy

(bekkross), murakkab chatishtirish

usullari qoʻllaniladi.

20-asrda Oʻzbekiston olimlari S.ning

nazariy va amaliy masalalarini ishlab

chiqishga munosib hissa qoʻshdilar.

Gʻoʻza S. sida S. S. Kanash, A. I.

Avtonomov, L. V. Rumshevich, A.

Dadaboyev, S. S. Sodiqov, S. M.

Mirahmedov, O. Jalilovvab., mevalar va

tok S.sida M. Mirzayev, M. S. Juravel, A.

M. Negrul, subtropik ekinlar (limon)




S.sida 3. Faxriddinov, sabzavot, poliz

ekinlari kartoshka S.sida D. Abdukarimov,

A. Obidov, K. Yusupov, Ye. V. Yermolova,

A. S. Hakimov va boshqa, krramolchilik

S.sida U. Nosirov, parranda (tovuq)

S.sida S. Gʻ. Azimov, qoʻychilik S.sida

I.N.Dyachkov, ipak qurtining yangi zotlari

va duragaylarini yaratishda B.L.Astaurov,

V.A. Strunnikov, U. Nasrillayev va

boshqalarning xizmatlari katta.

Oʻzbekistonda S. ishlari Oʻzbekiston FA

Genetika va oʻsimliklar eksperimental

biologiyasi instituti, Oʻzbekiston Qishloq

va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi

ilmiyishlab chiqarish Markazining

paxtachilik; gʻoʻza seleksiyasi va




urugʻchiligi; oʻrmon xoʻjaligi; sholichilik;

oʻsimlikshunoslik; bogʻdorchilik,

uzumchilik va vinochilik; sabzavot, poliz

ekinlari va kartoshkachilik; sugʻoriladigan

yerlarda don va dukkakli ekinlar;

chorvachilik; krrakoʻlchilik; ipakchilik i.t.

intlarida; lub ekinlari tajriba st-yasida;

K,oraqalpogʻiston dehqonchilik i.t.

institutida; Toshkent agrar universiteti,

Andijon, Samarqand qishloq xoʻjaligi

intlari S. kafedralarida olib boriladi.

Oʻzbekistonda S. amaliyoti, uni tashkil

etish va S. yutuqlari (oʻsimliklar navi,

hayvonlar zoti)ga doir huquqiy

munosabatlarOʻzbekiston

Respublikasining "Seleksiya yutuqlari




toʻgʻrisida" qonuni (1996 y. 30 avg .) bilan

tartibga solinadi.

Chet el mamlakatlarida S. ishlarini davlat

seleksiyatajriba muassasalari va xususiy

urugʻchilik firmalari amalga oshiradi.

Meksikada yaratilgan kalta poyali bahori

bugʻdoy navi (Sonora 63, Lerma Roxo va

boshqalar) boshqa mamlakatlarda

bahori bugʻdoy S.sida foydalaniladi.

Bunday navlarni yaratish burdoy

hosildorligini ancha oshirish imkoniyatini

berdi. Makkajoʻxorining (AQSH) yuqori

hosilli duragaylari, qand lavlagining

liniyalararo duragaylari (AQSH,

Shvetsiya), kalta poyali javdarbugʻdoy

amfidiploidlari (Kanada), serkraxmal




kartoshka navlari (Gollandiya, GFR,

Polsha), uy parrandalari inbred liniyalari

(AQSH) muhim oʻrinda turadi.

Simongulyan N. G., Shafrin A. N.,

Muhammadxonov S.R., Gʻoʻza

genetikasi, seleksiyasi va urugʻchiligi,

T., 1974; Miraxmedov S, Mirjurayev M .,

Kachestvo volokna i seleksiya sortov

xlopchatnika, T., 1986; Yigitaliyev M .,

Muhammadxonov S, Dala ekinlari

seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981;

Abdukarimov D., Safarov T.,

Ostonaqulov T., Dala ekinlari

seleksiyasi, urugʻchiligi va genetika

Adabiyot



asoslari, T., 1989; Seleksiya yutuklariga

oid qonunlar va meʼyoriy hujjatlar

toʻplami, T., 2001; Oʻzbekiston

Respublikasi hududida ekish uchun

tavsiya etilgan qishloqxoʻjaligi ekinlari

taʼrifi, T., 2001.

Bahodir Normatov.

1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-




Download 88,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish