Mavzuning dolzarbligi. Sabzavotlar ichida piyoz nisbatan ko‘p ekiladigan xalqimiz sevib iste’mol qiladigan ekin xisoblanadi. Piyoz ekilgan maydonlarni kengaytirish, xosildorlikni oshirish, urug‘chiligini tashkil etish ko‘p jixatdan ekin tezpishar, o‘rta tezpishar navlarni to‘g‘ri tanlashga, yer maydonini tanlash va sifatli tayyorlashga, qulay ekish muddatida ekisholdi tayyorlash usullariga bog‘liqdir. Xozirgi kunda piyoz ekinidan erta xosil olish va sifatli maxsulot yetishtirish eng dolzrb mavzu xisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi va vazifasi. O‘zbekiston janubiy sharoitida piyozning juda ertapishar va ertapishar navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqib ularni yetishtirish agrotexnikasi elementlarini ishlab chiqish, superelita, elita, reproduksiya urug‘larini yetishtirishning resurstejamkor hamda intensiv usullarini aniqlash, Bosh piyoz markaziy mintaka tuprok iklim sharoitida eng kulay ekish muddatlari va joylashtirish kalinliklari va serxosil navlarni tanlash. muxim vazifalardan xisoblanadi.
Tadqiqot obyekti va predmeti. Piyozning juda ertapishar “Bahoriy” navining yetishtirish muddatlari, bosh piyoz ekish muddatlarining urug‘ hosili va sifatiga ta’siri, ekish muddatlari, joylashtirish kalinliklari, yetishtiriladigan navlari tadkikot ob’ekti va predmeti xisoblanadi.
Ishni bajarish uslubi. Bitiruv malakaviy ishni bajarishda “Metodika optnogo dela v ovoshevodstve i baxchevodstve ”. M., VO Agropromizdat, [1992], “Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi ”.-T.:O‘ME, [2002] ushbu metodikalarga asoslanib olib borildi. Metodika polevogo opita [osnovami statisticheskoy obrabotki rezultatov issledovaniy] [B.A.Dospexov 1985] kabi ushbu metodikalarga asoslanib olib borildi.
ADABIYOTLAR SHARHI
Piyoz [A. cepa L.] – piyozdosh ekinlar orasida eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, uning 1000 dan ortiq navlari mavjuddir, shulardan MDH davlatlarida 100 dan ortig‘i ekib o‘stiriladi [Alekseeva, 1960].
Yer sharida tarqalgan barcha madaniy piyoz navlari qator morfologik, biologik va boshqa belgilari bilan o‘zaro farqlanadi va bu belgilar ularning tur bo‘yicha tasniflashda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Piyozning shakli asosiy navdorlik belgi hisoblanadi. Shakli bo‘yicha piyozboshlar olti guruhga ajratiladi: yassi, yassi-yumaloq, yumaloq, oval, uzunchoq-oval va uzunchoq. Ayrim janubiy navlar ancha shimoliy tumanlarga [Xorazm viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi] piyozboshining shakli, rangi va ta’mi bo‘yicha o‘zgaradi. Piyozboshi shakli tuproq tipi va agrotexnik tadbirlarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi.
Piyozboshining o‘lchami bo‘yicha ham navlar orasida xilma-xillik kuzatiladi. Piyozboshining o‘sishi va shakllanishi o‘sish sharoitlarining majmui, xususan yorug‘ kun uzunligi va harorat bilan belgilanadi.
Piyozda morfo-biologik belgilari bilan bir qatorda uning kimyoviy tarkibi ham yuqori darajada o‘zgaradi.
Yetishtirish hududida bog‘liq ravishda piyozboshlarning sifat tarkibi ham o‘zgaradi.
Sharqiy Qo‘qonning yirik shag‘alli tuproqlarida o‘ziga xos yumaloq shaklli, pastga qarab biroz cho‘zilgan kichik va o‘tkir uchli piyoz tarqalgan. Mahalliy aholi ushbu shaklni “kirpitumshuq” deb atashadi. Bu yerda uning ekiladigan maydonlari 60-90% ni tashkil etadi. Biroz sharqda, barcha tumanlardagi o‘tloqi-botqoq bo‘z tuproqlarda, ayniqsa Farg‘ona va Marg‘ilon-Quvaga yondoshgan yerlarda oval [60-65%, tuxum-piyoz] va cho‘zinchoq [20%] shakl eng ko‘p tarqalgan, ushbu shakl mashhur Marg‘ilon piyozi uchun tipik hisoblanadi. Andijon oq piyozi yumaloq shaklli bo‘lib, barcha tumanlarda Marg‘ilon piyozi bilan birgalikda uchraydi.
Har xil tuproq iqlim sharoitlarida muayyan shakllar ustunlik qiladi, ular seleksion-yaxshilov ishlari mobaynida mustaqil nav sifatida ham ajralishi mumkin. Binobarin, Farg‘ona viloyatida shunday to‘rtta navni ko‘sratish mumkin: Rapkanskiy, Qo‘qon “kirpitumshug‘i”, Marg‘ilon uzun piyozi [tuxum-piyoz], Andijon yumaloq piyozi. Bundan tashqari, Xo‘jand viloyatida [Tojikiston] Xo‘jand yassi piyozi [kulcha piyoz] nomi bilan ataluvchi nav seleksiyalangan va keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda Marg‘ilon piyozining uzunchoq shakli butun Farg‘ona vodiysida, sirdaryo oqimi bo‘ylab Chinozgacha va Mirzacho‘lning yangidan o‘zlashtirilgan yerlarida keng tarqalgan asosiy nav hisoblanadi.
Mamlakatimizda sabzavotchilik qishloq xo‘jaligining g‘ayat muhim tarmoqlaridan biri hisoblanib, respublikamizdagi 3,5 mln. gektar sug‘oriladigan maydonning 289-290 ming gektarini yoki 8,1-8,2 foizdan ortiqrog‘ini sabzavot, poliz va kartoshka ekinlari egallaydi [Bo‘riev X., Zuev V., Qodirxo‘jaev O., Muxamedov M., 2002].
Piyoz mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash bo‘yicha ma’lumotlar Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda yoritilgan. Ibn al Xaysam [965-1035], Ibn Xatib ar Roziy [1149-1209], Ibn Rashta (XII asr), Ibn Hammar (942 yilda tug‘ilgan) Muhammad Ibn Baxrom (1194 yilda vafot etgan), Abu Hamid Ibn Ali Ibn Umar, Xasrat Mashxadiy Sayid Muhammad (XVII asr) kabilarning asarlarida dehqonchilik mahsulotlarini, xususan piyozni qayta ishlash tilga olingan. Ular bu mahsulotlarning foydaliligini va ularni qishin - yozin iste’mol qilish zarurligini batafsil bayon etganlar. Oddiy piyozning O‘rta Osiyo navlari tarkibida quruq modda 14-16,5%, shakar 7,8-11,1% va shu jumladan, saxaroza 4,8-8,2% va 1,37-6,9 mg% vitamin S borligi aniqlangan. Piyoz A, V1, V2 vitaminlarga ham boy, deb habar qiladi N.N. Balashev va G.O. Zeman [1977]. D.D. Brejnevni [1979] habar qilishicha oddiy piyoz tarkibida askorbin kislotasi mavjud bo‘lib, u piyoz bargi tarkibida 20 mg dan 35 mg gacha 100 g massasida, 10 mg dan 15 mg gacha piyoz boshchasida bo‘lar ekan. I.N. Yershova, A.A. Kazakovalarning [1967] ma’lumotiga ko‘ra piyoz tarkibida vitamin V2 0,016-0,123 va RR – 0,1-0,15 mg% mavjud ekan. Bundan tashqari uni mineral tuzlari tarkibida kaliy – 15 mg, flsfor – 123 mg, kalsiy – 29 mg, temir – 0,4 mg, shuningdek, ruh, aluminiy, mis va boshqa elementlar ham mavjud ekan. G‘. Shermatovning [1973] ma’lumotiga ko‘ra piyozning tarkibida S vitamini, kletchatka, kalsiy, fosfor tuzlari, organik kislotalar, fermentlar, azotli moddalar, glyukozidlar, sanonin va efir moylari mavjud bo‘lib, shu boisdan ham u qondagi xolosterin moddasini kamaytirar ekan.
M.V. Alekseevaning [1960, 1967] habar qilishicha, A.I. Vednskiy “Flora SSSR” 1935 y. IV tom asarida ko‘rsatishi bo‘yicha Xitoy va Osiyooldi mamlakatlari piyoz turlari eng ko‘p tarqalgan makon bo‘lganligi to‘g‘risida habar qilgan, ammo u yovvoyi va madaniy piyozlarni birini ikkinchisidan ajratmagan.
P.N. Dudko [1954] oddiy bosh piyozning vatani O‘rta va Kichik Osiyo bo‘lib, bu yerlarda hozirgi kungacha ularning yovvoyi turlari shu yerlarda tog‘lik rayonlarda uchraydi, deb ma’lumot bergan..
G‘. Shermatovni [1973] ma’lumotlarida ko‘ra, piyoz eng ko‘p ishlatiladigan piyozguldoshlarga mansub o‘simliklardan biridir. U allium turkumiga kiradi. Mamlakatimizda piyozning 226 turi borligi aniqlandi. Piyozlarning aksariyat qismi tog‘larda va tog‘oldi tekisliklarida bitadi. Ba’zilari cho‘llarda ham o‘sadi. Botanik olimlarning ma’lumotlarida ko‘ra O‘rta Osiyoda piyozlarning 191 yovvoyi turi uchraydi. Ularning ko‘pchiligi O‘rta Osiyo uchun endem hisoblanadi. Piyoz tog‘li rayonlarda, xususan Tarbag‘atay, Talas, Qoratog‘, Tyanshan tog‘lari va Pomir-Oloy tizmalarida hamda Turkmanistonning Kopetdog‘ida keng tarqalgan.
Xom piyoz ishtahani ochadi, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi suyuq-liklarning ajralishini kuchaytiradi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Shuning uchun ham piyozni turli salat tarzida ovqatdan oldin iste’mol qilish tavsiya etiladi, deb habar qilgan X. Mirpayozov [1970].
Alekseeva M.V., [1982] ma’lumotlariga qaraganda piyoz kimyoviy tarkibi o‘zgaruvchan bo‘lib, u yetishtirilayotgan nav, qo‘l-laniladigan agrotexnika hamda o‘stirilayotgan tuproq-iqlim sharoiti bilan bog‘liqdir. Piyoz tarkibidagi quruq moddalar, qandlar va efir moylarini ko‘p yoki kamligiga ko‘ra uni ta’mini achchiq yoki chuchuk bo‘lishligi aniqlana-di. Piyozning chuchuk va achchiq navlari piyozboshi tarkibidagi quruq modda-lari miqdori 9-11% dan 16-22% gacha, umumiy qandlari 6-8% dan 10-11% gacha, efir moylari esa 10-20 dan 26-130 mg gacha 100 g xom moddasi tarkibida bo‘ladi.
Oddiy piyozning O‘rta Osiyo navlari tarkibida quruq modda 14-16,5%, shakar 7,8-11,1% va shu jumladan, saxaroza 4,8-8,2% va 1,37-6,9 mg% vitamin S borligi aniqlangan. Piyoz A, V1, V2 vitaminlarga ham boy, deb habar qiladi N.N. Balashev va G.O. Zeman [1977].
D.D. Brejnevni [1979] fikriga ko‘ra oddiy piyoz tarkibida askorbin kislotasi mavjud bo‘lib, u piyoz bargi tarkibida 20 mg dan 35 mg gacha 100 g massasida, 10 mg dan 15 mg gacha piyoz boshchasida bo‘lar ekan.
I.N. Yershova, A.A. Kazakovalarning [1967] ma’lumotiga ko‘ra piyoz tarkibida vitamin V2 0,016-0,123 va RR – 0,1-0,15 mg% mavjud ekan. Bundan tashqari uni mineral tuzlari tarkibida kaliy – 15 mg, fosfor – 123 mg, kalsiy – 29 mg, temir – 0,4 mg, shuningdek, ruh, aluminiy, mis va boshqa elementlar ham mavjud ekan.
M.V. Alekseevaning [1960, 1967] habar qilishicha, A.I. Vednskiy “Flora SSSR” [1935 y. IV tom] asarida ko‘rsatishi bo‘yicha Xitoy va Osiyo-oldi mamlakatlari piyoz turlari eng ko‘p tarqalgan makon bo‘lganligi to‘g‘ri-sida habar qilgan, ammo u yovvoyi va madaniy piyozlarni birini ikkinchisi-dan ajratmagan.
Oddiy bosh piyozning vatani O‘rta va Kichik Osiyo bo‘lib, bu yerlarda hozirgi kungacha ularning yovvoyi turlari shu yerlarda tog‘lik rayonlarda uchraydi [P.N. Dudko 1954].
G‘. Shermatovni [1973] ma’lumotlariga ko‘ra, piyoz eng ko‘p ishlatiladigan piyozguldoshlarga mansub o‘simliklardan biridir. U allium turkumiga kiradi. Mamlakatimizda piyozning 228 turi borligi aniqlandi. Piyozlar-ning aksariyat qismi tog‘larda va tog‘oldi tekisliklarida bitadi. Ba’zilari cho‘llarda ham o‘sadi. Botanik olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra O‘rta Osiyo-da piyozlarning 191 yovvoyi turi uchraydi. Ularning ko‘pchiligi O‘rta Osiyo uchun endem hisoblanadi. Piyoz tog‘li rayonlarda, xususan Tarbag‘atay, Talas, Qoratog‘, Tyanshan tog‘lari va Pomir-Oloy tizmalarida hamda Turkmaniston-ning Kopetdog‘ida keng tarqalgan.
X.Ch. Bo‘riev, V.I. Zuev, O. Qodirxo‘jaev va M. Muxamedovlarning [2002] habar qilishlaricha piyoz O‘zbekistonda sug‘orib dehqonchilik qilina-digan 212-213 ming gektar maydonni 23-25 foizida yetishtirilar ekan. Demak, bu o‘simlikni bunday katta maydonda yetishtirilishiga sabab nima degan savolning tug‘ilishi tabiiy bir xoldir. Bunga uning kimyoviy tarki-bini turli xildagi mineral tuzlar, vitaminlar, fitonsidlar va efir moy-lariga boyligidir.
N.P. Rodnikov, I.A. Kuryukov, N.A. Smirnovlar [1978] piyoz navlari achchiq, yarim achchiq va chuchuk turlarga bo‘linadi. Achchiq navlar efir moylari-ni, quruq moddalarini ko‘p saqlashligi [o‘rtacha 15,1%] va qandlarini [9,1%] serob bo‘lishligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Achchiq navlardan Bessonovskiy, Pogarskiy, Sinskiy, Maskovskiy va Karatalskiylar ko‘p ekilmoqda, deb habar qilganlar.
Rossiyaning Noqoratuproqli zonalarida piyozning Djonson 4, Jeltiy shar, Ispanskiy 313, Oktabrskiy hamda Skvirskiy navlarini ekiladi, deb habar qilganM.V. Alekseeva [1982]
I.I. Yershova, A.A. Kazakovalar [1967]ning fikricha hozirigi davrda Rossiyada piyozning 75 seleksion va mahalliy navlari rayonlashtirilgan bo‘lib, ularning 29 navi Noqoratuproqli zonada ekishga tavsiya etilgan. Bu-lardan eng ko‘p Arzamasskiy mestniy, Bessonovskiy mestniy, Danilovskiy 301, Rostovskiy kubastiy hamda Krasnodarskiy G-35 lar ekiladi. Bu navlar gektardan 150- 300 s gacha hosil beradilar. Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoitida piyozni Kaba, “Tuxum piyoz, Andijon oq piyozi, Farob kabi navlarni ekish gektardan olinadigan hosilni 15-20 foizga ko‘paytiradi, deb yozadi X. Mirpayozov [1970].
Do'stlaringiz bilan baham: |