1.3.Piyozni morfologik va biologik xususiyatlari.
Piyoz o’simligi o’zining morfologik va biologik xususiyatlari bilan boshqa sabzavotlardan ajralib turadi. Ularni bilish hozirgi paytda katta ahamiyatga egadir.
Sabzavot o’simliklarining hayoti-tashqi muhit – ekologik sharoit bilan uzviy bog’langan holda o’sish va rivojlanishdan iboratdir. Mutaxassislar va sabzavotlarning piyoz mahsuloti yetishtirish qonuniyatlarini yaxshi bilishlari va ularni tegishli ravishda boshqara olishlariga olinadigan mahsulot sifati va hosildorligi bog’liq bo’ladi. Dexqonchilikda bu qonuniyatlarni yaxshi anglamaslik ko’pincha salbiy natijalarga olib kelishi mumkin. (B.J.Azimov, X.CH.Bo’riyev, B.B.Azimov, 2001 y).
Ko’pchilik o’rganilgan adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda boshpiyoz – ikki yillik o’simlik bo’lib, urug’idan ekilganda birinchi yili bosh tugadi, ikkinchi yili esa urug’ beradi.
Piyozning ildiz sistemasi bosh ildizga ega. Uning kuchsiz rivojlangan ildizlari xaydalgan tuproqda jamlangan. Ba’zi ildizlari 40-60 sm chuqurlikka va 40-50 sm yon tarafga tomir otadi. O’ta kalta poyasi “tub” deb ataladi. Unga quvirsimon barglari tutashgan bo’lib, qo’ltig’ida murtak tugiladi. Har bir navbatdagi barg oldingisining ichidan chiqib murakkab poya hosil qiladi. Barg qinit asosida extiyot moddalar to’planadi. Keyinchalik ular yupqalashib, piyoz boshini hosil qilishadi. Quvursimon barglar ko’pincha mumg’ubor qatlam bilan qoplangan, ularning tusi turli tovlanishda yashil. (Qodirxo’jayev O., Otaxo’jayev A., Muxamedov M., Asatov SH., 2001 y)
Piyoz o’simligi madaniylashish darajasiga qarab ikkinchi yoki uchinchi yili 1,0 – 1,8 m uzunlikda gul o’zagi – to’pgul chiqaradi. To’pgulda 200 – 800 gul mavjud bo’ladi. Guli olti gultojibargli, oq yoki ko’kish oq, ikki jinsli. Mevasi uch qirrali ko’sakcha, to’liq urug’lantirganda 6 urug’i bo’ladi. Urug’i uchqirrali bo’lib, burishiq yuzali, qora tusda. Urug’ massasi 2,5-5 g.
Piyoz urug’i unib chiqishi paytida urug’palla tirsakka o’xshab sirtmoqsimon bukiladi, tirsak uchi urug’ ichida qoladi. Urug’pallaning asosi urug’idan chiqib o’sa boshlaydi, sirtmoq o’sib urug’ qobig’ini tuproq tashqarisiga olib chiqadi. Zich tuproqli yerlarga urug’ chuqur tashlanganda urug’ qobigi emas, balki ildiz yuzaga chiqishi va o’simlik nobud bo’lishi mumkin. Piyozning sirtmoqsimon nihollari urug’ ekilgach, 8-18 kundan keyin paydo bo’ladi. (V.I.Zuyev, A.Abdullayev 1997).
Piyozning o’sishi va rivojlanishi birinchi davrida juda sekin kechadi. Bir oy davomida bor-yo’g’i 4-5 juda mayda chin barg hosil bo’ladi. Keyin uning o’sishi tezlashib 25 va undan ham ko’proq barg hosil qiladi.
Xaddan ziyod bo’lganda noqulay sharoitda piyoz bargining o’sishi va shakllanishi to’xtaydi, hamda piyoz boshi va poya hosil bo’la boshlaydi. (xatto 2-3 barglidayoq).
Piyoz boshining pishishi barg yotgandan keyin boshlanadi. Barg bo’g’izi qurib, quruq po’stloq hosil bo’ladi, ular piyoz boshini to’la qoplab, unga naviga xos rang beradi. Ayni paytda piyoz boshlari o’sish xususiyatlarini yo’qotib, uzoq muddat saqlanish xususiyatini kasb etadi. Turli navlarning uyqudagi holati 1-5 oyga cho’ziladi. Kuz – qish davrida uyqulik holatida bo’lishiga qaramay piyoz boshi nish ura boshlaydi, hamda uning urchish organlari tabaqalanadi. SHu boisdan hayotining ikkinchi yili barg o’sib chiqishi bilan bir paytda gul o’zagi va gul xosil bo’ladi. Urug’ining changlanishidan pishib yetilishigacha 35-55 kun o’tadi. Xavo va tuproq harorati sabzavot o’simliklarining o’sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Haroratning tabiy sharoitdagi o’zgarib turishiga o’simliklar yaxshi moslashgan. Tuproq va xavo harorati orasidagi farq 2-40 S ko’p bo’lish kerak emas. Bunda tuproq harorati xavo harorati ortidan borishi: kunduzgi pastroq kechasi balandroq bo’lishi kerak, shunda o’simlikka mineral tuzlarning kirishi va tanasida siljishi jadallashadi. Piyoz yaxshi o’sib rivojlanishi va hosil berish uchun quyidagi xarakatlar optimal hisoblanadi (jadval 2) (B.J.Azimov, X.CH.Bo’riyev, B.B.Azimov, 2001).
Jadval .3.1.
Jadval. Sabzavot o’simliklari uchun qulay harorat, 0 S
(B.J.Azimov, X.CH.Bo’riyev, B.B.Azimov (2001) malumoti bo’yicha)
Ekinlar
|
Urug’ una boshlaydigan harorat
|
Nihollar paydo bo’lgandan keyingi 3-5 kun ichidagi harorat
|
Vegetativ va generativ organlarining o’sishi uchun kunduzgi maqbul harorat
|
Maysalar tez ko’karadigan xarorat
|
O’simlik o’sishdan to’xtaydigan harorat
|
past
|
yuqori
|
Piyoz
|
3-5
|
9-12
|
18-20
|
15-18
|
1-2
|
35
|
Oddiy piyoz sovuqqa chidamli o’simlik. Uning urug’i 2-30 S da unib chiqa boshlaydi. Lekin uning yaxshi unishi uchun eng qulay harorat 18-200. Niholi – 3-5 0 ta’sirchan. yetuk o’simligi esa – 1-30 sovuqqa ham chidamli. Bargi 18-250 yaxshi o’sadi, ildizi uchun harorat tuproq yuzasidagi haroratga nisbatan pastroq bo’lishi mumkin. O’rta Osiyo mahalliy piyozlarining o’suv davri urug’idan ekilganda 130 kundan 160-180 kungacha davom etadi. Urug’lik piyoz boshi o’tkazilgandan to urug’ pishguncha 110-130 kun o’tadi. Piyoz boshning shakllanishi uchun eng qulay harorat 20-300 harorat bundan pastroq bo’lsa, piyoz bosh sust o’sadi: harorat yuqori bo’lsa, tarkibidagi plastik moddalarning nafas olishiga sarflanishi tufayli piyoz bosh mayda bo’lib qoladi. (Balashov N., Zeman O., 1977, Zuyev V. va boshqalar , 2010) Shimoliy nav piyozlarining o’sishi uchun 15-18 soatlik uzun kun qulay hisoblanadi. Uzun kun sharotida piyozbosh tez shakllanadi, barfaqt yetiladi va ancha yirik bo’ladi, qisqa kunda esa piyozboshlarning shakllanishi va yetilishi kechikadi. Janubiy piyoz navlari uchun, aksincha qisqa kun kerak. Bu piyoz shimolda ekildi, uzun kun sharoitida pishmay qoladi. Piyoz shakllanayotgan vaqtda piyoz tubidagi seret pardalar orasida boshlang’ich murtak bo’lib, bulardan esa kelasa yili gulpoyalar yoki mayda piyoz boshlar hosil bo’ladi. Kurtakdan yangi piyozbosh hosil bo’lishi yoki gulpoya chiqishi turli sabablarga, birinchi navbatda piyozboshning saqlanishi haroratga bogliq.
Oddiy piyoz tuproq namligiga talabchan. Ayniqsa o’suv davrining birinchi yarmida bargining kattalashishi va boshining shakllanishi ana shu jarayonda piyozga namga talabchanligini yanada oshiradi. Piyoz boshining pishishi paytida namligining oshib ketishi bargining yopishish hamda uning yetilishini sekinlashtiradi.
Oddiy piyozning ildiz sistemasi nimjon bo’lgani tufayli, u tuproq unumdorligiga talabchan. SHo’rga o’rtacha chidamli, neytral yoki kuchsiz sho’rlangan yerlarda yaxshi o’sadi. (rN – 7,0-6,5). (V.Zuyev, A.Abdullayev 1997.
Yuqorida keltirilgan piyoz o’simliklarini biologik xususiyatlarini va tashqi muhitga talabini albatta yaxshi bilib, uni yetishtirishda bu bilimlarda unumli foydalanish darkordir.
Do'stlaringiz bilan baham: |