R o m a n ik dostonlar.
0 ‘zbek xalq b ax sh ilari re p e rtu a rid a g i
dostonlarning eng katta qismi rom anik dostonlardir. «Xalq rom ani»,
«romanik» term inlari turkologiyada shartli ravishda qabul qilingan
b o ‘lib, ular og‘zaki yaratilgan, b a’zan kelib chiqishi jihatidan kitobiy
m anbaga ega b o ‘]gan va og‘zaki ijro etilgan muayyan dostonlar
guruhini bildiradi. V .M .Jirm unskiy va H .T.Zarifovlar bu term inlarni
m uayyan dostonlar turiga nisbatan qo‘llaganlarida, atam aning shartli
ekanligini va ularni Evropadagi «xalq kitoblari» bilan aralashtirmaslik
kerakligini ta ’kidlagan edilar. Chunki bu xil dostonlarda ko‘tarinki,
ro m a n tik sevgi m o tiv la ri d o sto n q a h ra m o n la rin in g fan tastik ,
g ‘ayritabiiy sarguzashtlari girdobida tasvirlanadi.
0 ‘zbek dostonchiligining qahram onlik eposidan keyingi yangi
taraqqiyot bosqichi — rom anik dostonlar o‘tm ish davrlaming ijtimoiy-
siyosiy munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning mohiyatini sevgi
mojarolari, qo‘rqinchli sarguzashtlar, eitakka xos fantastik voqealar,
shu bilan birga, hayotiy hodisalar tasviri belgilaydi. Ko‘tarinki ishq
tuyg‘ulari va bu yo‘ldagi jasorat ideali bu tip dostonlaming asosini
tashkil qiladi. Ularda ulug‘vor sevgi romantikasi bilan unga erishish
yo‘lidagi fantastik sarguzashtlar qahramonligi birlashib, chatishib ketgan.
R om anik d o sto n la m in g sujeti sxemalari nihoyatda bir-biriga
o ‘xshash b o ‘lib, odatda. qahram on g‘oyibona oshiq bo‘lgan go‘zalni
izlab safarga o tlan ad i, ajo yib -g‘aroyib hodisalarni, m ashaqqatli
sa rg u z ash tlarn i b o sh id a n kech iradi, g‘ayritab iiy ku ch lar bilan
to ‘qnashadi, barcha qiyinchiliklarni yengib, o ‘z maqsadiga erishadi.
D oston voqealari hasham atli saroylarda, shovqinli bozorlarda, sehrli
b og‘larda, tilsimli q o ‘rg‘onlarda, vahimali g‘orlarda, qo‘rqinchli yer
va suv osti yo‘llarida kechadi. Biroq bu dostonlam ing har biri
kom pozitsion qurilishi, obrazlari, motivlarining ishlanishi. xarakteri
va m azm uni jihatidan mustaqildir.
Fantastik voqealar, sarguzashtlar girdobida murakkab ijtimoiy
voqelikni barcha real tafsilotlari, ikir-chikirlari va qarama-qarshiliklari
bilan tasvirlash rom anik dostonlarga xos sodda realizm ni tug‘diradi.
H ayotiy-m aishiy xarakterdagi bunday realistik mavzu xalq yumori
va didaktikasi xususiyatlari bilan m ahkam bog‘liqdir.63
Rom anik dostonlam ing tarkibi nihoyatda murakkab. Qahramonlik
dostonlarida rom anik unsurlar b o ‘lganidek, rom anik dostonlardan
q a h ra m o n lik elem en tlari, jan g n o m alarga xos xususiyatlar ham
m ustahkam o ‘rin olgan. H atto bir dostonda bir necha mavzu baravar
ishlangan boMishi m um kin. Shularni hisobga olib, bu tip dostonlarni
beshta ichki turga b o ‘lish m um kin. Bular: a) jangnom a-dostonlar
(«Y usuf bnlan A hm ad», «Alibek bilan Bolibek»); b) qahram onlik-
rom anik dostonJar («Yakka Ahmad», «Ernazar», «Rustam» turkum i,
«G o‘ro ‘g‘li» turkum i); s) ishqiy-rom anik dostonlar («K untug‘mish»,
«Ravshan», X orazm dostonlari); d) m aishiy-rom anik do sto n lar
(«Sohibqiron», «Orzigul», «Erali bilan Sherali», «Shirin bilan Shakar»,
«Xurshidoy»); e) kitobiy dostonlar («Farhod va Shirin», «Layli va
M ajnun», «Bahrom va G ulandom », «Varqa bilan G ulshoh», «Vomiq
bilan Uzro», «Zevarxon»).
Jangnom a-dostonlar qahram onlik dostonlari bilan rom anik epos
o‘rtasidagi alohida bosqichni tashkil etadi. Shu m a’noda ular alohida
turni tashkil etishi mumkin. A m m o ularning qadimgi nam unalari
bizgacha yetib kelmaganligi sababli qo'limizdagi mavjud nusxalarida
rom anik dostonlam ing jan r xususiyatlari yetakchilik qiladi va ular
o‘zlarining keyingi taraqqiyotida romanik eposga yaqinlashib bordilar
ham da uning tarkibiy qismiga aylandilar.
Jang-u jadallar, tarixiy yoki afsonaviy urushlar va bunday jang
epizodlarida qo‘shin va yakka shaxslaming jasoratlarini tasvirlovchi
dostonlar jangnoma-dostonlar deb yuritiladi. Jangnomalar qahramonlik
dostonlari ta’sirida feodalizm davrida shakllangan. Agar bosh qahramon
faoliyati qahram onlik dostonlarida yakkam a-yakka olishuvlarda,
bahodirlik shartlarini bajarishda nam oyon bo'lsa, jangnomalarda turli-
tum an xarakterdagi urush epizodlarida ko‘rsatiladi.
H ukm ron tabaqa islom dinini harbiy kuch bilan yoygan shaxslami
xalq o rasid a ta rg ‘ib qilish m aqsadida ja n g n o m a k o ‘rin ish idan
foydalangan. Natijada «Jangnomayi Abo Muslim» «Jangnomayi Sayid
Battol G ‘oziy», «Jangnomayi Am ir Hamza» kabi islom dinini zo‘rlik
bilan targ‘nb etgan shaxslaming nomi bilan bog‘langan jangnom alar
yuzaga kelgan. 0 ‘rta Osiyoda kengtarqalganjangnom alam ing qadimgi
namunalariga «Rustami Doston», «Jangnomayi Jamshid», «Qahramoni
qotil», «Hushang», «To‘maris» kabilarni ko‘rsatish mumkin.
0 ‘zbek baxshilari repertuarida jangnom alar nihoyatda ozchilikni
tashkil etadi. U rug‘, qabila yoki xalqning mustaqilligi uchun olib
borilganjanglam i tasvirlovchi qadimgi jangnom alar («To‘maris» kabi)
zam onlar o ‘tishi bilan turli sabablarga ko‘ra, epik repertuardan tushib
qolgan bo‘lishi mumkin. Buning o ‘miga ideologik tazyiq tufayli janglar
biror xalqning diniy e ’tiqodlarini g‘ayri dinlardan him oya qilish, o ‘z
d inini o ‘tkazish tarzida talq in etila boshlagan. B iroq baxshilar
repeituaridagi jangnomalarda «muqaddas urushlar» umumiy bir fondir,
xolos. Aslida esa, dushmanga qarshi kurashda m ardlik va jasorat
k o 'rsa tish , o n a -y e r daxlsizligi uchu n kurash. e l-y u rtla r birligi,
vatanparvarlik va d o ‘stlik kabi olijanob g‘oyalar kuylanadi. «Yusuf
bilan A hm ad» va uning davom i b o ‘lgan «Alibek bilan Bolibek»
dostonlari buniig yorqin misolidir. H ar ikkala doston vatanparvarlik
tuyg‘ulari. ona-yurt sog‘inchi bilan yo‘g‘rilgan. M asalan, Yusufning
G o ‘zalshoh huzurida o ‘z yurtini maqtashi, asirligida tu rn alar orqali
diyoriga salom yo‘llashi, Alibekning o ‘zga mamlakatlarda b o ‘lganida,
U rganch elin i q o ‘m sashi ep izodlari g ‘oyatda t a ’sirlid ir, ularni
to ‘lqinlanm ay o ‘qish va eshitish mumkin emas. Yoki jangnom a-
dostonlam ing ko‘pgina xususiyatlari mujassamlashgan «Xoldorxon»
dostonida urush oqibatlarini, keraksiz jang-u jadallarni tasvirlash
orqali xalqning bosqinchilik urushlariga qarshi keskin noroziligi baralla
yangraydi. D em ak, jangnom a-dostonlam ing asosini xalqchil g‘oyalar,
um um bashariy qarashlar tashkil etadi.
R om anik dostonlarning qahram onlik-rom anik turiga mansub
asarlarda qahram onlik yo‘nalishi yetakchilik qiladi, ya’ni ularda sevgi,
mojarolariga nisbatan qahram onlik mavzusini ishlash birinchi planda
turadi. « G o‘ro ‘g ‘li» turkum i dostonlarining ko‘pchiligi bunga yorqin
misoldir.
«G o‘r o ‘g4i* turkumi
« G o ‘ro ‘g‘li» dostonlari xalq dostonchiligida h ar b in mustaqil
yashagan va ayrim -ayrim nomga ega bo‘lgan asarlar silsilasi, muayyan
om illar bilan bir-biriga birlashgan kattakon turkum b o ‘lib, ko‘pgina
xalqlar orasida ju da keng tarqalgan. hatto ayrim xalqlarda baxshilar
tom onidan hozir ham kuylanib kelinmoqda. Bu dostonlar o ‘zbek,
tojik, turkm an, ozarbayjon, turk, qozoq, qoraqalpoq, arm an, gruzin,
kurd xalqlari epik ijodiyotida o ‘ziga xos turkum lam i tashkil etadi.
G o ‘ro ‘g ‘li Sibir tatarlari, B ulg‘o r turklari. E ron ozarbayjonlari,
Stavropol turkm anlari, Afg‘oniston o ‘zbeklarining ham sevimli epik
q ahram onlaridan biridir. T urkum ning ayrim lavhalari 0 ‘rta Osiyo
(Buxoro) arablaridan ham yozib olingan. Bunday keng hududda,
asosan, turkiy elatlar va qism an turkiy bo‘lmagan xalqlar orasida
juda ham keng miqyosda tarqalgan, turkumlashishning barcha xillarini
o ‘z ichiga olgan bunchalik ko‘p tarm oqli biror-bir epik asam i dunyo
fo lk lo rsh u n o s lig i b ilm ay d i. S h u n in g u ch u n h am o zarb ay jo n
versiyasining 13 majlisini (dostonini) yozib olib. 1842-yilda uni
inglizcha taijim asi bilan birinchi marta nashr etgan diplomat Xodzko:
«Osiyoda birorburchak yo'qki, u yerda Ko‘ro‘g‘lining nomi aytilmasin.
H a tto Bessarabiya va M oldaviyada uning otini eshitasiz. Agar
adiblam nng shuhrati va mashhurligi ularning o ‘quvchilarining soni
bilan hisoblansa, unda Firdavsiy Ko‘ro‘g ‘lidan biroz ortiq bo'ladi»,
— deb yozgan edi. G o ‘ro‘g‘li, Ko‘ro ‘g ‘li, K aro‘g kli, ozarbayjon,
gruzin, turk va boshqalarda Ko‘ro‘g‘li nomi bilan shuhrat qozongan.
Olimlar «Go‘ro‘g“li» turkumi dostonlarining kattakon ikki tarmoqqa
b o ‘linishini qayd etadilar.64 Fanda ularning biri Zakavkaze va Yaqin
Sharq versiyalari (ozarbayjon, arman, gruzin, turk va boshqalar) deb
yuritilsa, ikkinchisi, 0 ‘rta Osiyo versiyalari (o‘zbek, qozoq, qoraqalpoq,
turkm an, tojik va boshqalar) deb ataladi. Bu ikki tarm oqqa birlashgan
versiyalar o‘zaro muayyan umumnylikka ega bo‘lsa-da, dostonlarda
qam rab olingan voqelik, epik an ’ana va bosh qahramonga berilgan
baho, ularning hajmi, tarkibi, kuylanish va tarqalish xususiyatlari
jihatidan bir-birlaridan jiddiy ravishda farq qiladi.
Turkum ning ozarbayjon versiyasi Zakavkaze va Yaqin Sharq
versiyalariga xos umumiy xususiyatlarni to ‘la ifodalay oladi, deb
hisoblash mumkin. Bu versiyada tasvirlanishicha, Ko‘ro‘g‘li qirq yigitga
bosh bo‘lib, mavjud tuzumga qarshi isyonkorlik harakatlarini olib
boradi. Kutilmaganda savdogarlar karvonini talaydi, o ‘ziga dushm an
qo'shni podsholiklami yengadi, bunday janglarda ajoyib jasorat va
qahramonliklar ko‘rsatadi. cho‘pon, otboqar, darbadar baxshi, duoxon,
folbin qiyofalarida dushman ichiga kirib, juda usta tadbirkorlik bilan
asir tushgan yigitlariga yordam beradi, o ‘ziga va yigitlariga m a’qul
b o ‘lgan go‘zallarni olib qochadi. Ko‘ro‘g‘lining jasorati va mardliklari
haqidagi bunday hikoyalar yarim tarixiy, yarim afsonaviy xarakterga
ega. Bu hikoyalar mag‘zida xalq og‘zaki ijodi b o ‘yoqlaridagi real tarix
yotibdi. Turkiya sultoni yoki Eron shohlariga tobe yarim mustaqil
podsholiklardagi turli xil saroy intrigalari, hukmdorlar yashagan gavjum
savdo va hunarmandchilik shaharlaridagi hayot, katta karvon yo‘llaridagi
janglar ozarbayjon versiyasining tarixiy asoslari hisoblanadi va shunga
k o ‘ra, Ko‘ro‘g‘li Eron shohi Abbos 1 ning (1585—1628) zam ondoshi
qilib ko‘rsatiladi. Chindan ham arm an tarixchisi Arakel Tavriziyning
(vafoti 1670-yil) kokrsatishicha, shoh Abbos va Turkiya sultoniga qarshi
q o ‘zg‘olon koltarganlaming boshliqlaridan biri Kolro‘g‘li bo‘lgan. «Bu
— ho zir oshiqlar kuylayotgan ju d a k o ‘p q o ‘sh iqlarni to ‘qigan
K.o‘ro‘g‘liniig xuddi o'zi», — deya yanada aniqlik kiritadi arm an
tarixchisi.65 Demak, ozarbayjon versiyasida konkret shaxs va davr bilan
bog‘liq voqealar tengsiz kuch-qudrat va shijoat, olijanob insoniy
fa z ila tla r id eali n u q ta y i n a z a rid a n k u ylan ad i. A m m o b u n d a
umumlashtirish va ideallashtirish muayyan davr va tarixiy voqealam i
inkor etish darajasida emas, balki u (xalq ideali) aniq biografik detallar
va hayotiy lavhalar bilan cham barchas bog‘lanib ketgan.
0 ‘rta O siyo versiyalari, xususan. o ‘zbek v aria n tla rid a esa,
umumlashtirish va ideallashtirishning juda yuqori darajasini ko‘ramiz.
Bunda qahram onona o ‘tm ish aniq tarixiy voqealar sifatida em as,
balki mislsiz rom antik lavhalarda, xalqning beqiyos ideallari ko iam id a
tasvirlanadi. H am m a narsa - hayot ham , xalq turm ushi ham, mavjud
zam on yetishtirgan qahram onlar ham ko‘tarinki romantik bo‘yoqlarda,
b epoyon badiiy ideal ta saw u rla rd a, cheksiz obrazlar girdobida
gavdalanadi. 0 ‘zbek « G o‘ro ‘g‘li»si boshqa xalqlar «G o‘ro ‘g‘li»sidan
turkumga birlashgan dostonlam ing hajman kattaligi (monumentalligi)
va xilma-xilligi, turkumlashishning murakkab jihatlariga asoslanganligi
bilan ajralib turadi.
0 ‘zbek dostonlarida G o ‘ro‘g‘H turkm an va o ‘zbeklarning begi,
qonuniy hukm dor, o ‘z xalqi. vatani uchun qayg‘uruvchi va uni turli
dushm anlar bosqinidan him oya qiluvchi dono murabbiy, k o ‘plab
xalq botirlarini tarbiyalab yetishtirgan ^engilmas bahodir sifatida
tasvirlanadi. Bosh qahram onga berilgan m ana shu bahodan kelib
chiqib. Cham bil yurtining afsonaviy hukmdori G o ‘ro‘g‘lining bahodir
qirq yigiti bilan birgalikda ona yeriniig xavfsizligi va ozodligiga tahdid
soluvchi q o ‘shni podsholiklarga qarshi olib borgan kurashi C ham bil
eli, qabila ozodligi uchun olib borilgan urush tarzida nam oyon
b o ‘ladiki, bu o ‘zbek eposidagi bosh masaladir.
«G o‘ro ‘g‘li» turkum i dostonlari 0 ‘zbekistonning barcha yerlarida
yashagan baxshilardan, shuningdek, mam lakatim izdan tashqarida
yashovchi o ‘zbeklar orasidan yetishib chiqqan ijodkorlardan ham
yozib olingan. Xalq shoirlari G o ‘ro ‘g‘lini buyuk samimiyat va iftixor
bilan ardoqlab, uning xalqqa m ehr-sadoqati, dushmanlarga cheksiz
g‘azab-nafrati, m am lakat mudofaasida yovuz bosqinchilarga qarshi
ayovsiz kurashlari, el-yurt farovonligi uchun g‘amxo‘rligini zavq bilan
kuylaydilar. Turkum ga kiruvchi barcha dostonlar m a’lum bir nisbiy
m ustaqillikka ega b o ‘lib, jonli og‘zaki epik a n ’anada yakka-yakka
ijro etilsalar-da, ular epik C ham bil yurti, G o ‘ro lg‘li tipi, uning
jangovar safar yo‘ldoshi g‘irot, bir qator a n ’anaviy obrazlar (qirq
yigit, A hm ad Sardor. Soqibulbul, parilar va boshqalar) kabi qator
vositalar bilan o ‘zaro birlashadi.
0 ‘zbek xalqi G o ‘ro‘g‘li va uning yigitlari haqida «Kunlarim».
«G o‘ro‘g‘li». «G o‘ro‘g‘libek — z o ‘r botir», «Armoning qolmasin»,
«Bormi jahonda». «Armonim qolmadi» kabi termalar bilan bir qatorda,
har biri bir yarim-ikki ming satrdan tortib, o ‘n -o ‘n ikki ming misrali
(qariyb shuncha nasriy qism ham mavjud) ko‘plab dostonlar yaratgan.
Bu materiallarni qiyosiy o ‘rganish shuni ko‘rsatadiki, «G o‘ro‘g‘li»
turkum i dostonlari o‘zbeklar orasida bir-biridan jiddiy ravishda farq
qiluvchi ikki versiyada tarqalgan.
Bu versiyalarning biri Xorazm «G o‘ro‘g‘li» dostonlari b o ‘lib, ular
turkm an versiyasiga juda o ‘xshash, ozarbayjon «Ko‘ro ‘g‘li»siga ancha
yaqin turadi. Turkumga birlashgan Xorazm dostonlari yigirmadan
ortiq bo‘lib, sujet xarakteri, ijodiy uslubi va kuylanishi jihatidan
jid d iy a lo h id a lik la rg a ega, u la rn in g h ajm i n is b a ta n q isq a.
«G o‘ro‘g‘Iining do'rayishi», «Yunus pari», «Arab Rayhon», «Arab
tangg‘an», «Avaz keltirgan». «Avaz uylantirgan», «Avazning ozod
etilishi», «Qirq minglar», «Bozirgon». «Kampir», «Xirm on dali»,
«Gulruh pari» va boshqa dostonlar Xorazm «G o‘ro ‘g‘li» turkum ini
tashkil etadi.
0 ‘z b e k is to n n in g X o ra z m d a n b o ‘la k y e r la r id a ta rq a lg a n
«G o‘ro ‘g‘li» dostonlari ham alohida mustaqil bir versiyani tashkil
etib, bu versiya hajmining kattaligi, ijro usuli bilan ajralib turadi.
H ar ikki versiyada bosh qahram onning um um iy faoliyatida va bir
qancha motivlarda o'xshashlik ko‘zga tashlanadi. A m m o alohida
olingan dostonlarda o ‘xshashlik deyarli yo‘q, ya’ni birida b o klgan
doston (masalan, «Qirq minglar») ikkinchisida, ikkinchisidagi (masalan,
«Ravshan») birinchisida mavjud emas. Versiyalar orasida bu darajada
jiddiy ayirm alam ing mavjudligi turkum ga birlashgan dostonlarning
m uayyan qism i ikki joyda, ikki xil ijtim oiy-iqtisodiy sharo itd a
yaratilganligi va mustaqil rivojlanishda davom etganligini k o ‘rsatadi.
«G o‘ro ‘g‘li» dostonlarini ko‘p bilgan va go‘zal kuylay olgan
baxshilar ularning sonini «Qirq» raqam i bilan belgilaydilar. A m m o
ularning ham m asini to ‘la bilgan baxshilar aniqlangan em as. Faqat
ayrim baxshilarning «Go‘ro*g‘li» dostonlarini ko‘p bilganligi qayd
etilgan, xolos. Bizning kuzatishim izcha, «Qirq» raqam i an'anaviy
bo‘iib, u haqiqiy holni ifoda etmaydi. Aslida o ‘zbek elida tarqalgan
« G o ‘r o ‘g ‘li» d o sto n la rin in g so n i y u zd an o shad i. H o z irg a c h a
folklorshunoslar tom onidan yozib olingan va 0 ‘zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti
F o lk lor arxivida saqlanayotgan «Go*ro‘g‘li» dostonlarining soni
oltm ishdan ortiqdir. T urkum ning variantlari va Xorazm «G o‘ro‘g‘li»
si bu hisobga kirm aydi. X orazm dostonlarini maxsus o ‘rgangan
professor S .R o‘zimboyevning fikricha, vohada tarqalgan «G o‘ro‘g‘li»
dostonlarining umumiy soni yigirma to ‘rttadir. Shundan o‘n sakkiztasi
yozib olingan. Bunga haligacha yozib olinmagan, unutilib ketgan
«S hodm onbek», « D o n iy o rx o ‘ja», «Oydinoy», «X oldor buvish»,
«Bektosh arab», «Ahmad Sardorning suyagi», «Ahmad Sardor va
H asan sh o h » , «A hm ad S ard o r va Avaz». «Sherali» kabi o ‘nlab
doston lam i q o ‘shsak, yuqorida aytilgan yuz raqamiga yaqinlashib
qolam iz. Yozib olingan dostonlam ing baxshilar o ‘rtasida bo‘linishi
ham b ir xilda emas. M asalan, atoqli baxshi Ergash Jumanbulbul
o ‘g ‘lidan 5, Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘lidan 10, Islom shoirdan 3, РоЧкап
shoirdan 16, B ekm urod J o ‘raboy o ‘g‘lidan 2, Saidm urod Panoh
o ‘g‘lidan 1, U m ir Safar o ‘g‘lidan 3, M ardonaqul Avliyoqul o ‘g‘lidan
2, R ahm atulla Yusuf o ‘g‘lidan 27 doston yozib olingan.
« G o‘ro ‘g‘li» turkum i dostonlarini o ‘rganishda bosh qahram onning
epik biografiyasiga mos ravishda ularning birin-ketinlik tartibini
belgilash ham muhimdir. Atoqli folklorshunos Hodi Zarif 1941-yilda
n a s h r e tilg a n « R avshan» d o sto n ig a yozgan s o ‘zb o sh isid a 39
d o s to n n in g sh u n d ay b irin -k e tin lig in i belgilagan edi. X orazm
dostonlarini kiritmagan holda yozib olingan «G o‘ro‘g‘li» turkum i
dostonlari silsilasini biz quyidagicha belgiladik: 1. G o ‘ro ‘g‘lining
tu g ‘ilishi. 2. G o ‘r o ‘g ‘lining bolaligi. 3. C h o rto q li C ham bil. 4.
Zaydinoy. 5. Yunus pari. 6. Misqol pari. 7. G ulnor pari. 8. Qirq yigit
bilan qirq qiz. 9. Hasan ko‘lbar. lO.Rayhon arab. 11. Shohdorxon.
12. Zam onbek. 13. Xidirali elbegi. 14. Berdiyor otaliq. 15. Elomon.
16X oldorxon. 17. Soqibulbul. 18. G o ‘ro‘g‘lining qrimga borishi. 19.
G o vdaroz dev. 20. Besh podshoning Chambilga yov bo‘lib kelishi.
21. S hoqalandar. 22. R o‘zaxon. 23. Yosaqila. 24 Hasanxon. 25.
C h a m b il q am a li. 26. D alli. 27. A vazxon. 28. G ulq izo y . 29.
O ygulqizning vafoti. 30. Intizor. 31. Malika ayyor. 32. M ashriqo. 33.
Zulfizar. 34. Bo‘tak o ‘z. 35. Q unduz bilan Yulduz. 36. Sarvinoz. 37.
B alogardon. 38. Avazning arazi. 39. A hmad Sardorning o ‘limga
buyurilishi. 40. Avaz o ‘g‘lonning Rumga qochishi. 41. Avazxonning
o ‘limga hukm etilishi. 42. Girdob. 43. Xonimoy. 44. Avaz va Gulshan.
45. Xushkeldi. 46. Oltin qovoq. 47. Zayidqul. 48. Gulixiromon. 49.
Zamigor. 50. Og‘a Yunusning olib qochilishi. 51. Ravshan. 52. Nurali.
53. N u ralin in g yoshligi 54. Balxivon. 55. Jo rx o n m aston. 56.
Sumbulsoch beka. 57. Nurali va qari Ahmad. 58. Nuralining yutilishi.
59. M alla savdogar. 60. Jah o n g ir. 61. E ro ‘g ‘li (S h ah id n o m a,
G o‘ro ‘g‘lining o‘limi, G o ‘ro‘g‘lining g‘oyib bo‘lishi).
D ostonchilar m a’lumotiga qaraganda, «Ero‘g‘li» turkum ning
oxirgi dostoni bo‘lib, unda G o ‘ro‘g‘lining
keksaygan
davri
va
Sulduzi tog‘ida g‘oyib bo‘lishi
tasvirlanadi. Epik an ’anaga ko‘ra,
G o ‘r o ‘g‘liga uzoq umr — 120 yosh berilgan b o ‘lsa-da, u oMmaydi,
b alki afsonaviy Sulduzi to g ‘id a g ‘oyib b o ia d i. R ivoyatlarga
qaraganda, sevimli yorlari Yunus va Misqol parilar G o ‘ro ‘g‘liga,
k eksayganingda sening n o m in g n i o ‘ch irm ay m iz, d o sto n in g n i
ayttiram iz, deb va’da bergan em ish. Parilar esa o ‘lmaydi, ular
baxshilarga qo‘nib yurib, G o ‘ro ‘g‘li so‘ziarini ularning ichiga joylar
emish, shu tufayli baxshilar ham G o ‘ro‘g‘lining o ‘g‘illari emish. Mana
Shunday e ’tiqodlar tufayli irim qilib, «Ero‘g‘li» dostonini yaxshi
bilsalar ham, boshqa asarlarday keng kuylab yurish baxshilar o ‘rtasida
rasm bo‘lmagan. Shuning uchun ham uning m ukam m al variantini
yozib olishga muvaffaq bo'linm agan. Atoqli folklorshunos Hodi Zarif
m a’lum o tlarig a qaraganda, xalq shoiri P o 'lk a n rep ertu arid ag i
«Ero‘g‘li» dostonining she'riy qismi 12 misradan ortiqroq bo‘lgan.
H ozirgacha ushbu d o stonning «S hahidnom a», « G o ‘ro ‘g ‘lining
o ‘lim i» , « G o ‘r o ‘g i i n i n g g ‘o y ib b o ‘lishi» n o m la rid a ay rim
tugallanm agan variantlari yozib olingan. Sherobodlik Yusuf 0 ‘tagan
o ‘g‘lidan 1945-yilda M.Afzalov tom onidan yozib olingan, hozircha
nisbatan to ‘la deb hisoblangan «Shahidnoma» dostoni ham baxshilar
repertuaridagi «Ero‘g‘li» dostonining barcha xususiyatlarini o ‘zida
m ukam m al saqlay olmagan.
« G o ‘ro‘g‘li» dostonlari muayyan bir turkum ni tashkil etsalar-da,
ular qahram onning bir-biriga uzviy bog‘langan m untazam biografiyasi
em as, balki turli baxshilar va dostonchilik maktablari tom onidan
uning ayrim jasorat va m ardliklarini tasvirlovchi turli davrlarda
yaratilgan asarlarning keyinchalik nasliy. biografik va geografik
turkum lik doirasida o‘zaro birlashtirilishidan iborat. Shuning uchun
ham bu dostonlar bir davrda bir-ikki baxshi tom onidan yaratilgan
em as, balki ular uzoq davrlar mobaynida ko‘plab talantli dostonchilar
va dostonchilik maktablarining kuchi bilan ijod etilgan. Ularning
ba’zilari uzoq tarixda. 0 ‘rta Osiyoda islom dini tarqalishidan burungi
davrlarda m aydonga kelgan. Ba'zilari bundan u ch -to ‘rt asr ilgari
yaratilgan va zam onam izga q adarjuda ko‘p xalq shoirlari tom onidan
har qaysisining o ‘z zam oni talablariga ko‘ra qayta-qayta ishlanib,
ko‘p variantlarda bizgacha yetib kelgan.66
«G o‘ro‘g‘Ii» dostonlari turkumi xalq bahodirining ajoyib-g‘aroyib
holda tug‘ilishi va qahram onona yoshligini tasvirlovchi «G o‘ro*g‘lining
tu g ‘ilishi», « G o ‘ro ‘g‘lining bolaligi» dostonlari bilan boshlanadi.
Ularning Po‘lkan shoir variantida tasvirlanishicha, G o‘ro‘g‘lining bobosi
T o iib o y sinchi Mari yurtining begi qovishtixonning o ‘g ‘li bo‘lib,
yoshligida Yovmit podshosi Odilxonga asir tushadi. T o‘liboy sinchi
xizmatlaridan ko‘ngli to ‘lgan Odilxon qizi Oyshani unga nikohlab
beradi. Bulardan bo‘lg‘usi qahramonning otasi Ravshan tug‘iladi. Taka-
Yovmit yurtining doim iy dushm ani Shohdorxonning navbatdagi
bosqinchiliklaridan birida Ravshan, shuningdek, T aka-turkm an begi
Jig‘alixonning farzandlari G ajdum bek va Bibi hilollar Z angar yurtiga
asirtushib ketadi. Zangarda Ravshan bilan Bibi hilol tasodifan uchrashib
q o lib , b ir-b irla rin i sev ad ilar va tu rm u sh q u rad ilar. Bu orada
Ravshanning sinchiligi xabari Shohdorxonga yetib keladi. Shohdorxon
uni saroyga chaqirib. otlarini ko‘rsatadi. Ravshan bular ichida tulpor
yo‘qligini aytib, holvachining otini maqtaydi. A chchiqlangan xon
Ravshanning ko‘zlarini o‘yib oladi. Ravshan ko‘r ko‘zining xuniga
holvachining otini tilab olib, shu ot yordamida qaynag‘asi Gajdumbek
bilan Yovmitga qochadi. Zangarda qolgan Bibi hilol qornidagi olti
oylik gum onasi bilan vafot etadi. G o ‘rda o ‘lik o n a d a n b o llajak
qahram on tu g ‘iladi. C ho‘pon Rustam uyuridagi bir baytal un i emizadi
va keyinchalik u Rustam yordamida shu baytalda Yovmitga qochib
keladi. Ko‘rinadiki, epos an ’anasiga ko‘ra. G o‘ro‘g‘lining kelib chiqishi
yuqori tabaqa bilan bog‘lansa-da, u aw alo, kambag‘al b ir otboqar
sinchining o*g‘li; ch o ‘pon Rustam tarbiyasida voyaga yetadi, xalq
q ah ram onlariga xos g‘ayritabiiy yo‘sinda tu g ‘iladi va bahodirlik
k am o lo tig a e rish ad i. Bu b ila n , bir to m o n d a n , G o ‘r o ‘g‘lining
yoshligidanoq xonlarga, saroy aristokratiyasiga qarshi tarbiyalanganligi
k o ‘rsatilsa, ikkinchidan, uning epik Cham bil yu rtin in g qonuniy
hukm dori ekanligi har jihatdan asoslanadi.
« G o ‘ro ‘g4lining tug ‘ilishi», « G o‘ro ‘g‘lining bolaligi» dostonlari
ko‘p planli asarlar b o ‘lib, ularda g ‘irot biografiyasiga oid ajoyib
m a’Ium otlar ham bor. Bu m a’lumotlarga ko‘ra, qahram onni emizgan
baytal bilan X uroson ko‘lidan chiqib kelgan ayg‘irdan («suv oti»dan)
urg‘ochi qulun tug‘iladi. Bu qulun uch yashar bo‘lgach, G o kro ‘g‘li
Rayhon arabning dong‘i chiqqan tulporidan nasi olishga harakat
qiladi. Natijada, uchinchi ot — g‘irko‘k tu g ‘iladi. G ‘irko‘k yettj
kunlik bo‘lganda onasi o ‘ladi. G o ‘ro ‘g‘li unga turlik hayvonlaming
sutini berib tarbiya qiladi. G o ‘ro ‘g‘li bilan g'irot orasida ju d a ko‘p
o‘xshashliklar bor: dostonda har ikkalasi ham uchinchi naslgacha
tilga olinadi (To‘liboy — Ravshan - G o ‘ro ‘g‘li; qahram onni emizgan
baytal — «suv ot» dan tug‘ilgan urg‘ochi qulun — g‘irko‘k); ikkalasi
ham yetim; ikkalasi shirxo‘ra va hokazo. Bu bilan qahram on va
uning jangovar oti o ‘rtasida eposga xos ajoyib bir aloqa yuzaga
keltiriladiki. bu butun turkum bo‘ylab izchil davom etadi. Dastlabki
dostonda yosh qahram onning chiltonlar bilan uchrashuvi, kelajak
yo‘lining oldindan belgilanishi. epik C ham bil yurtining bunyod
etilishi, Yovmit eliga xon qilib ko‘tarilishi kabi voqealar juda qiziqarli
tasvirlanadi. Shohdorxon va Ravshan, Ravshan va Urayxon, Rayhon
va G o ‘ro‘g‘li to ‘qnashuvlarida butun turkum ga xos bo‘lgan ijobiy
va salbiy sifatlar nam oyon b o ‘ladi. Turkum ning ushbu dastlabki
dostonlaridayoq o lzbek «G o‘ro ‘g‘li»siga xos cheksiz fantaziya, ko‘z
ilg‘am as geografik va etnografik kengliklar to ‘la nam oyon bo‘ladi.
Bu h o i, ayniqsa, «Yunus pari», «M isqol pari», « G u ln o r pari»
dostonlarida yanada yorqin ko‘rinadi. Bu asarlar G o lro ‘g‘lining
uylanishi va shu bilan bog‘liq qahram onliklariga bag‘ishlangan.
Epik an'anaga ko‘ra, G o ‘ro‘g‘lining ikki xotini - Yunus va Misqol
parilar (РоЧкап varianti bo‘yicha uchinchi — G ulnor pari) bor. U lar
K o‘h i qofda Eram bog‘ida yashaydi, ularn i ju d a katta devlar
qo‘riqlaydi. Parilar G o ‘ro'g ‘liga ilgaridan «belgilangan» b o ‘lsa-da,
u lam i q o lg a kiritish uchun katta jism oniy kuch bilan bir qatorda
aql, farosat, usta tadbirkorlik ham kerak edi. G o ‘ro ‘g‘li buni qoyil
qilib bajaradi. Dostonlarda parilar podsholigi, undagi saroy va oilaviy
h ayot inson turm ushining ideal ko‘rinishi sifatida keng, hayotiy
lavhalarda juda real tasvirlanadi. Baxshi inson turm ushi bilan bogMiq
hayotiy, tarixiy, etnografik tafsilotlarni m uhabbat bilan bayon etadi.
Kitobxon va tinglovchi shunday bir bepoyon fantastik olamga olib
kiriladiki, aql bovar qilm as bu yuksak olam da inson turm ushi,
tafakkuri, kurashlari, hasrati va xursandchiligi nam oyon bo‘ladi. Real
h a y o t bilan m u stahkam b o g ‘liq b u n d a y ch iro y li fan ta ziy alar
nam unalarini «G o‘ro ‘g‘li» dostonlaridan istagancha topsa b o ‘ladi.
Bu o ‘rinda «Balogardon», «Malika ayyor», «Mashriqo» va boshqa
dostonlarni eslash kifoya.
T u rk u m d a G o ‘r o ‘g ‘li va C ham bil y u rtin in g d o im iy ta sh q i
dushm anlari sifatida Rayhon arab, Bektosh arab, X unxorshoh va
boshqalar tilga olinadi. Shirvon xoni Rayhon arabning G o‘r o ‘g‘lining
yangasi (Ahmad Sardorning xotini) Xoljuvonni olib qochib ketishi va
o ‘z navbatida, yosh G o ‘ro ‘g‘lining Rayhon arab qizi Zaydinoyni
tog‘asiga keltirib berishi («Zaydinoy» dostoni) ular o ‘rtasidagi qator
dushm anlik harakatlarm ing yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Bunday
dushmanlik harakatlari ko‘pchilik asarlarda epizodik tarzda tilga olinsa,
ayrim dostonlarda («Rayhon arab», «Chambil qamali». «Bektosh arab»,
«Xoldorxon» va boshqalar) bu narsa ikki xalq o'rtasidagi haqiqiy jang
tarzida kengaytiriladi. Lekin bosqinchilik urushini har gal arab yoki
Xunxor hukmdorlari boshlaydi va har gal ular G o ‘ro‘g‘lidan yengiladi.
«G o‘ro ‘g‘li» turkum i dostonlarida
qahram onning o ta jih atd an
to g ‘asi A hm ad Sardor bilan, A hm ad Sardorning qirq yigit, H asan.
A vazlar bilan m u n o sab atlari h am m uhim o ‘rin tu tad i. A hm ad
Sardorning oilaviy va siyosiy intrigalari, uning G o kro‘g‘li va G o ‘ro‘gkli
yigitlariga, ayniqsa, Avazxonga nisbatan g‘arazi ayrim asarlarda
(«Xushkeldi», «Avazning arazi», «Intizor», «Xoldorxon», «Xidirali
elbegi», «M alika ayyor» va boshqalar) um um iy tarzda, epizodik
x arak terd a b o ‘lsa, b ir q a to r d o sto n la rd a («A hm ad S a rd o r va
Hasanshoh», «Ahmad Sardor va Avaz», «Avazxonning o‘limga hukm
etilishi») asar sujetining asosini tashkil etadi.
T urkum da G o ‘ro ‘g‘lining b ah o d ir qirq yigitiga alo h id a o ‘rin
beriladi. Bular G o ‘ro ‘gaining bahodirliklarini tan olib, uning atrofiga
ixtiyoriy ravishda uyushgan tu rli urug4 va qabilalarning beklari
hisoblanadi. M asalan: Z am o n b ek taka urug‘idan, S h o d m o n b ek
o ‘zbekning m uytan urug‘idan, Xidirali elbegi qoraqalpoq, T o la k
botir tojik va boshqalar. Ayrimlarini esa (Xoldorxon, Y usuf sulton,
Ashurbek) G o ‘ro ‘g‘libek turli m amlakatlardan olib keladi. 0 ‘tm ishda
turli urug* va qabilalar o ‘rtasida kelishmovchilik va n izolar b o ‘lib
turgan bir paytda, G o ‘ro lg ‘li hukmdorligining bunday baynalm ilal
tus olishi katta aham iyatga ega. G o ‘ro ‘g‘lining qirq yigiti qayerdan
va qaysi urug‘dan b o ‘Imasin, afsonaviy ozod o ‘lka — C ham bilning
ozodligi, xalqining farovonligi uchun tinm ay kurash o lib boradi.
G o ‘ro ‘g‘lining doim iy yo‘ldoshi bo'lgan bu jasur yigitlarning bir
q a n c h a si fao liy atig a a lo h id a -a lo h id a d o sto n la r (« X o ld o rx o n » ,
« Z a m o n b ek , « X id irali elbegi», «B erdiyor otaliq», « E lo m o n » ,
«Shodmonbek», «Doniyorxo‘ja» va boshqalar) bag‘ishlangan.
T u rk u m d ag n an ch a g in a d o s to n la r G o ‘r o ‘g ‘lin in g a s ra n d i
farzandlari — Hasan, Avaz; nevaralari — N urali, Ravshan va evarasi
Jahongirlam ing qahram onona sarguzashtlariga bag‘ishlangan b o ‘lib,
bular ham o ‘zaro muayyan kichik turkum larni tashkil etadi.
Bu ichki turkumlar asrandi farzandlaming olib kelinishini tasvirlovchi
dostonlar («Hasanxon», «Avazxon») bilan boshlanadi. H asan va
Avazning o‘z biografiyalari bor, ularning har biri turkum da muayyan
o ‘rin tutadi. Hasanxon turkum da faqat bir doston («Dalli»)ning bosh
qahram oni sifatida ishtirok etadi. Avazxon esa, butun bir dostonlar
(«Balogardon», «Intizor», «Bo‘tak o ‘z», «Q unduz bilan Yulduz»,
«Zulfizar bilan Avaz», «Gulixiromon», «Malika ayyor», «Mashriqo»,
«G ulqizoy» va boshqalar) turkum ining bosh q ahram onidir. Bu
dostonlarning asosini Avazxonning turli
afsonaviy m am lakatlar
g o ‘zallarini olib kelish uchun ko‘rsatgan bahodirliklari tashkil etadi.
Hasan va Avaz kichik turkumlari G o ‘ro‘g‘li, g'irot, qirq yigit, doimiy
a n ’anaviy obrazlar (Ahmad Sardor, Soqibulbul. Hasan Ko‘lbar va
boshqalar), Chambil yurti orqali G o ‘ro‘g‘li turkumiga birlashadi.
Nasliy turkumlik doirasida yuzaga kelgan navbatdagi dostonlar
G o ‘ro ‘g‘lining nevaralari — Nurali va Ravshanlam ing nikoh safari
va b o sh q a sarg u zash tlarin i tasv irlo v ch i a s a rla rd ir (« N u rali» ,
«R av sh an» , « N uralinin g yoshligi», « S u m b u lso ch bekach» va
boshqalar). Nasliy turkum lanishda so‘nggi bosqichni G o ‘ro‘g‘lining
evarasi (Nuralining o ‘g‘li) Jahongir haqidagi epik rivoyat tashkil etadi.
G o ‘ro ‘g‘lining o ‘g‘illari, nevaralari va evarasi haqidagi dostonlar
u n ing «farzandsizligini» keyingi planga suradi. A n ’anaga ko‘ra,
« fa rz a n d siz » h iso b la n g a n « G o ‘r o ‘g ‘li» o q ib a td a u c h a v lo d
qahram onlarining sardori va murabbiysi sifatida maydonga chiqadi.
Shunday qilib, turkum dostonlari xalq hayoti, turm ush va maishatini,
orzu-um idlari va ideallarini, axloqiy-estetik va ijtimoiy qarashlarini
keng tasvirlovchi epopeyadir.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |