Doston kuylash tartibi.
0 ‘zbek dostonchiligida an ’anaviy doston
kuylash tartibi bor. O datda, dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha
kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan m ehm onxonaga
barcha eshituvchilar uning devorlari b o ‘ylab qator qo‘r tashlab
o ‘tirishgan. Baxshini eng to ‘rga o ‘tqizganlar. D oston kuylash kichik
bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki b ir necha
term a kuylagan. X orazm baxshilari esa, term a sifatida dostonlardan
b o ‘laklar, M axtum quli she’rlaridan, pand-nasihatlar bilan bog‘liq
turli parchalam i ijro qilganlar. X orazmdan b o ‘lak joylarda esa. ko‘p
hollarda «Nima aytay?» («D oston terish») term asi bilan auditoriyaga
murojaat etilgan. S o ‘ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining
tanlashiga k o ‘ra b iro r doston ijro etiladi. O datda. do sto nchilik
o ‘tirishlari tongga ulanadi. 0 ‘zbek xalq dostonlarining k o ‘pchiligi
bir kun kuylashga m o ‘ljallangan. «Alpomish»dek m onum ental asarlar
ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.54
Baxshi ijro davom ida dostondagi har bir tasvirga mos s o ‘z va kuy
to p ib , avjga c h iq a b o ra d i, o ‘zlarin in g t a ’b iri bilan ay tg a n d a ,
«qaynaydi». 0 ‘m i-o ‘rni bilan eshituvchilarga murojaat etib, ularning
diqqatini o‘zida saqlab turadi. Avj nuqtalarga yetganda, baxshining
gavda harakatlari, b o sh in i sarak-sarak qilishi, d o ‘m biraning b ir
muvozanatda borib-kelishi kuy va so‘zga qo‘shilib, yaxlit ritm ik holat
yuzaga keladi. B unday paytlarda to ‘rdagi baxshi poygakka, to m o sh a-
bin esa, to ‘rga chiqib qolganligini hech kim payqamay qoladi. Shu
tariqa q o ‘r tash lab o ‘tirg an lar davrani bir necha m arta aylanib
ch iq ish lari m u m k in . B axshi qizib va terlab ketganda, ustidagi
yaktaklarini b irin -k e tin yecha boradi. Baxshining shogirdi yoki
davradagi biror kishi vaqt-vaqti bilan unga qaynatilgan va bir oz
sovitilgan suv tutib turadi. Baxshi suvdan bir h o ‘plab, ijroni t o ‘xtovsiz
davom ettira beradi.
D o ston ni kuylash ju d a ham qiziqarli o ‘ringa, avj pardalarga
yetganda, yarim tu n d a dam olish uchun tanaffus e ’lon qilinadi.
Buni baxshilar «do‘m bira to.‘ntarm oq» deb aytadilar. B unda baxshi
eshituvchilarga yoki o ‘z d o ‘mbirasiga m urojaat tarzida b ir necha
qistirm a m isralar t o ‘qib, ijroni to ‘xtatadi:
Seni uydan olib chiqdim b o ‘ktarib,
Sen yuribsan ulfatingni axtarib,
M e n q o ‘yayin seni endi to ‘ntarib,
Y arim kecha haddi bo‘ldi, jonivor.
Y ig‘ib opsan ulfatingning jam ini,
Egang olsin-da b ir oz damini.
Damin olib aytib berar kamini,
R o‘mo! yozar vaqti b o ‘ldi, jonivor...
Shundan keyin baxshi belbog‘ini va d o ‘mbirani to ‘nkarilgan holda
qoldirib, tashqariga chiqadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi
belbog‘ini o ‘rtaga yoyadi. har kim o ‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki
biror narsa tashlaydi. Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig'iigan pul
va narsalar tugib qo‘yiladi. So‘ng dostonning qolgan qism ini kuylash
davom ettiriladi. Xorazm baxshilari esa, doston ijrosi tugashi bilan
*«To‘yingda qaytsin» kuyini chalib turadi. Davra yoki to ‘y oqsoqollari
bu payt m ehm on va mezbonlar o ‘z xohishi bilan bergan pul yoki
buyum lam i yig‘ib, baxshiga beradi.
Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari
b a’zan bir necha kun davom etadi. Baxshi ketar paytda u ni taklif
qilgan sohibi xonadon unga yana q o ‘shim cha sovg‘alar (to ‘n, sarpo,
qo‘y, ot va hokazo) berishi mumkin. Shuni aytish kerakki, baxshiga
beriladigan sovg‘alar hech qachon majburiy va oldindan kelishilgan
holda bo‘lmaydi. Bu to ‘la ixtiyoriy b o ‘lib, haqiqiy xalq baxshilari
hech qachon o ‘z san’atlariga daromad manbayi sifatida qaramaganlar.
Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari to ‘y-hasham larda, oila
tantanalarida, bayramlarda baxshilaming ishtirok etishi odatdagi hoi
edi. XX asr boshlaridan boshlab shaharlarda baxshilar xizm atidan
foydalanish yo‘qoldi, ularning o ‘rnini hofizlar va ashulachilar oldi.
Qishloqlarda esa dostonchilikning jo n li a n ’analari hozir ham , garchi
ancha so‘na boshlagan bo‘lsa-da, davom etmoqda.
Baxshi tayyorlash o‘zining qat’iy a n ’anaviy tartiblariga ega bo‘lgan.
Baxshilar qishloqm a-qishloq dostonchilik qilib yurgan paytlarida
m ehnatkashlar orasidagi talantli, qobiliyatli, she’riyatga qiziquvchi
yoshlarni tanlaganlar, safar davomida ulam i sinab borganlar, istiqboli
borlarini o ‘z yonlariga tortganlar.
Shogird tayyorlashda barcha o ‘qitish, o ‘rgatish ishlari, do'm bira
mashqi ham og‘zaki ravishda amalga oshirilgan. chunki o ‘tm ishda
ustoz o ‘qish-yozishni bilmaganidek, shogird ham savodsiz b o ‘lgan.
Ahyon-ahyonda uchrab turadigan baxshilaming savodliligi h am bunga
monelik qila olmagan. Negaki, xalq dostonlarini eshitish va kuylash
orqali og‘zaki o ‘rganish professional ta ’limning eng birinchi va asosiy
sharti bo rg an . Dastlab dostonlardagi an'anaviy m isralar («Xazon
urmay bog‘da gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo'ndim i»
kabi), um um iy o ‘rinlar, ya’ni b a’zi bir ju z 'iy o ‘zgarishlar bilan
ko‘pchilik dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasihat,
uni kuzatuv, otni egarlash va ot ta ’rifi, otda safar va jang tasviri
kabilar) yodlatilgan. S o‘ng ayrim olingan bir doston, keyinroq esa,
u s to z re p e rtu a rid a g i a s a r la r o ‘rg atilg an . U sto z sh o g ird n in g
im provizatsiya qobiliyatini, ya’ni o ‘rganilgan a n ’anaviy misralar,
p a rc h a la r asosida y angilarini d o ‘mbira bilan tezda to ‘qiy olish
qud ratin i o ‘stirishga alohida e ’tibor bergan.
0 ‘rgatishning keyingi yillarida ustoz shogirdni o ‘zi bilan birga
d o sto n c h ilik yig‘inlariga, t o ‘y-hasham larga olib yuradi. Bunday
paytlarda shogird ko‘pchilik oldida term alar, dostonlardan parchalar
kuylaydi. Shogird ancha pishib qolgach, ustoz auditoriyaning ruxsati
bilan o ‘zi kuylayotgan dostonning davomini unga ayttiradi.
Shogird ustoz repertuaridagi dostonlarning muayyan qismini va
bax sh ilik y o ‘llarini to ‘la o ‘rganib b o lg a c h , ustoz uni el oldida
sin o v d an o ‘gkazish u c h u n ziyofat tashkil etadi. Ziyofatga xalq
ijodining bilarm onlari. doston shinavandalari taklif qilinadi. Shogird
ular oldida biron dostonni mustaqil ijro etib beradi. Shogird sinovdan
muvaffaqiyatli o ‘tgach, ustoz unga bosh-oyoq sarpo va to ‘n qilib,
b a 'z a n yangi d o ‘mbira yoki d u to r hadya etib, ko‘pchilik oldida oq
yo‘l tilaydi.55 Shogird baxshi nom ini olib, mustaqil dostonchi bo‘Isa-
da, o ‘z repertuarini yanada kengaytirish maqsadida ustozi va boshqa
yirik xalq shoirlaridan o ‘rganishda davom etadi.
D em ak, bir mahallar shogird b o ‘lib, ustoz baxshilardan bir necha
yillar davom ida ta ’lim olgan, o ‘rgangan dostonlarni badiiy silliqlab,
yuksaklikka ko‘tara olgan dostonchilar, o‘z navbatida, yana shogirdlar
yetishtiradi. Shu tariqa xalq badiiy ijodida davomiylik yuzaga kelgan
b o ‘lib, qachonlardir yaratilgan epik asarlar ustozdan shogirdga, otadan
o ‘g‘ilga, avloddan avlodga o ‘tib, og‘zaki ravishda bizgacha yetib kelgan.
D o ston ch ilik m ak tab lari. Epik poeziyaning yaratuvchilari va
ijrochilari sinfiy mansubiyatlari, repertuarlarinmg g‘oyaviy yo‘nalishlari
jih a tid an . professor H odi Zarifov tekshirishlariga ko‘ra, ikkiguruhga
b o ‘linadilar. Bunga sabab o ‘tm ishda turli sinflarning manfaatlariga
xizm at qiluvchn baxshilar va ularning o ‘zlariga xos repertuari bo‘lgan.
«Birinchi guruhga saroy shoirlari, qalandar, darveshsifat baxshilar
kiradi. Chingizxon huzurida Ulug‘ jirchi, T o‘xtamishxon saroyida
K am olzoda va Jahon Mirza, Xiva xoni M uhamm ad Rahimxon II
huzurida Riza baxshi, Buxoro amiri Nasrullo saroyida Emazar kabi
baxshilar bo‘lganligi m a’lum. Xuddi shunday saroy baxshilari tononidan
xon-u beklami madh etuvchi asarlar yaratilgan. Hokim sinfga mansub
darveshsifat hayot kechirgan baxshilar repertuarida esa, diniy xarakterdagi
asarlar asosiy o‘rinni egallaydi. 0 ‘tmishdagi Juma dostonchilik maktabi
vakillari shunday baxshilardandir... 0 ‘tmishda yana shunday baxshilar
bo‘lganki, ular epik asarlar ijro etish bilan birga, parixonlik, duoxonlik
h am qilganlar. Bu dostonchilikning nisbatan qadim iy sinkretik
bosqichining qoldig‘idir... Bu guruh baxshilar yuqori sinflaming qo‘llab-
quwatlashiga qaramay, xalq o ‘rtasida e ’tibor qozona olmaganlar.
Ikkinchi guruh baxshilar bevosita mehnatkash om m a orasidan
yetishib chiqqan, uning m anfaatlarini himoya qilgan xalq kuychilari
b o ‘lib, xalq yaratgan og‘zaki badiiy ijodning eng yaxshi nam unalarini
saqlagan va demokratik g‘oyalarni oldinga surgan dostonchilardir».™
Bunday baxshilarni umumiy g4oyaviy yo‘nalish, sinfiy mansubiyat,
keng m a ’nodagi repertuar birligi, asriy d osto n ch ilik a n ’analari
birlashtirib turadi.
M uayyan doston varianti jam oa va individual ijod birligi jarayonida
yuzaga kelgan mahsul ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik
faoliyati asrlar davomida shakllangan og‘zaki epik an ’analar doirasida
nam oyon bo‘ladi. Bu hoi barcha baxshilar uchun umum iy tom onlam i,
m uayyan dostonchilik qoliplarini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib
aytganda, umumlashgan puxta epik a n ’ana doirasida m a’lum baxshi
yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar
o ‘zgachaligi mavjud. F olklorshunoslikda b u n i sh artli ravishda
dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda
o‘zbek folklorshunosligida Bulung'ur, Q o‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay,
Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik
maktablari — baxshilik san’atining ajoyib markazlari a'niqlangan.
Bulung‘ur dostonchilik maktabi vakillari qahram onlik dostonlarini
ijro etish bilan mashhur bo‘lganlar. Sodda, yuksak, o ‘ta an ’anaviy,
nisbatan arxaik bo‘lgan qahram onlik eposi uslubi bu dostonchilam ing
poetik yo‘li hisoblangan.57 Bulung‘ur dostonchilik maktabining so‘nggi
iste’dodli vakili Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li (1872—1955) hisoblanadi, undan
«Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahm ad», «M alika ayyor»,
« M a sh riq o » , «Z ulfizar», «B alo g ard o n » , « ln tiz o r» , «N u rali» ,
«Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «Shirin bilan Shakar», «Ra’no
bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan.
Fozil Yo‘ldosh olg‘li XIX asrda Yo‘ldosh, Q o‘ldosh, Suyar shoir
nom i bilan m ashhur bo‘lgan uch aka-ukaning kattasi Yo‘idosh M ulla
M u r o d o ‘g ‘lin in g s h o g ir d id i r . Y o ‘ld o s h s h o ir m a s h h u r
Y o‘ldoshbulbulning shogirdi b o ‘lgan. 0 ‘z navbatida XVIII asrning
II yarm ida yashagan M uham m ad shoir Yo‘ldoshbulbulga ustozlik
qilgan. Bu m aktab A m in baxshi, C hini shoir, T ovbuzar shoir,
Q urbonbek shoir, Sultonmurod, Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh, Q o‘Idosh,
Suyar, R ah im b ulbu l, J o ‘ra, F ozil shoir, Y orlaqab kabi o ‘nlab
dostonchilam i birlashtirgan. Bu maktab vakillari Farg‘ona vodiysidagi
o‘zbek dostonchilariga ham ijobiy ta ’sir ko‘rsatganlar. Epik san’atning
ikkinchi b ir m uhim markazi q o ‘rg‘on dostonchilik m aktabi b o ‘lib,
uning eng so ‘nggi iste’dodli vakillari Ergash Jum anbulbul o ‘g ‘li
(1868—1937) va Po‘lkan shoirlar (1874 — 1941) hisoblanadi. Bu talantli
s a n ’a t k o r l a r d a n « A lp o m ish » , «Y akka A h m a d » , «O y su lu v » ,
«Kuntug‘mish», «Qironxon», «G o‘ro‘g‘liningtug‘ilishi», «Yunus pari»,
«Misqol pari», «G ulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «Chambil
qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Q unduz bilan Yulduz»,
«X oldor-xon», «Elomon», «Berdiyorotaliq», «Zamonbek», «Xidirali
elbegi» kabi dostonlar yozib olingan.
M ang‘ishtovdan N urotaga q adar cho‘zilgan silsila to g ‘lam ing,
ayniqsa, O qtovning shimoliy va janubiy etaklarida yashagan va shu
yerlarda yetishgan xalq shoirlari Q o‘rg‘on dostonchilik maktabiga
m ansubdir. Bu baxshilaming deyarli ko‘pchiligi Q o‘rg‘on qishlog‘ida
tarbiya topgan va haqli ravishda o ‘z ustozlarini bu ajoyib shoirlar
qishlog‘i bilan bog‘laydi!ar. Ergash Jum anbulbul o ‘g‘lining ota-
bobolari asos solganligi taxm in qilingan bu maktab Yodgor, Lafas,
M ulla T osh, M ulla Xolmurod, Sulton kampir, Tilla kam pir, Jolm on
baxshi, B o‘ron baxshi, Bo‘ron shoir, Jum anbulbul. Yorlaqab, Jassoq
baxshi, Q ulsam ad baxshi, Ergash shoir, Po‘lkan shoir, B o‘ta baxshi,
E g a m b e rd i b a x sh i, M a rd i b a x sh i, R a h m a tu lia k a b i o ‘n lab
dostonchilam i birlashtiradi. Bu baxshilar ishqiv-rom anik dostonlarga
ko‘proq e ’tib or berganlar. O 'ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar,
s h e ’riy b e z a k la r, ta fs ilo tla rn i a tro flic h a ish la sh , n o z ik lik va
jim jim a d o rlik q o ‘rg‘o n d o sto n ch ilik m aktabi uslubining asosiy
belgilaridir. Bu hoi uning m a'lum m a’noda yozma adabiyot ta ’siriga
uchraganligini ko‘rsatadi.58
X IX asrda mavjud b o ‘lgan yana bir epik m arkaz Shahrisabzy
dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so‘nggi namoyandasi Abdulla
N urali o ‘g ‘li (1874 -1 9 5 7 ) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab
shoirning shogirdidir. Bu baxshilar d o sto n larn i sh o ‘x, quvnoq,
k o ‘tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqim liligi bilan ajralib
turadilar.
Atoqli xalq shoiri Islom N azar o ‘g‘li (1874 — 1953) N arpay
dostonchilik maktabining vakilidir. U XIX asm ing ulkan dostonchisi
Rajah shoirning shogirdi b o ‘lgan. T alan tli xalq shoiri N u rm o n
Abduvoy o‘g‘li ham (1862 — 1940) shu maktabga mansubdir. Ulardan
yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Zulfizar
bilan Avazxon», «Gulixiromon», «K untug‘mish» kabi dostonlarga
nazar tashlar ekanm iz, bu m aktab vakillari xalq dostonlarining
demokratik asoslarini yanada kengaytirganliklarining guvohi b o ‘lamiz.
0 ‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘pgina baxshilar Sherobod.
dostonchilik maktabi bilan bog‘liqdir. XIX asm ing II yarmi va XX
asr boshlarida yashagan bu maktabning m ashhur vakili Shem azar
Beknazar o ‘g‘li b ir qancha shogirdlar yetishtirgan. M ardonaqul
Avliyoqul o ‘g‘li, Um ir Safar o ‘g‘li, N orm urod baxshi, Ahmad baxshi,
N urali Boymat o ‘g‘li, M amadrayim baxshi, Bo‘riboy Ahmad o ‘g‘li,
Yusuf 0 ‘tagan o ‘g‘li kabi o‘nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi
va ulardan b ir qan ch a d o sto n la r yozib olingan. Bu bax sh ilar
repertuariga nazar tashlar ekanm iz, dostonchilikning nisbatan quyi
bosqichlariga, badiiy tafakkum ing uncha rivojlanmagan shakllariga
duch kelamiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, ba’zan Janubiy Tojikiston
baxshilari o‘zaro doim iy aloqada b o ‘lgan va ularning ko‘pchiligi
Sherobod bilan bog‘lanadi. Bu maktab vakillari repertuaridagi ayrim
dostonlar (masalan, «Oltin qovoq», «Malla savdogar», «O llonazar
O lchinbek» kabilar) b o sh qa jo y lard ag i b ax sh ilar re p e rtu a rid a
uchramaydi.
Janubiy Tojikistonda yashovchi o ‘zbek-laqay baxshilari ham
repertuari, badiiy tasvir vositalari jihatidan o ‘ziga xos xususiyatlarga
ega. Bu baxshilar Jorubqo‘l qishlog‘i bilan bog‘liq. Bu yerda XIX
asm ing 11 yarmi va XX asr boshlarida haybat Sham ol o ‘g‘li, Q unduz
soqi degan m ash h u r d o sto n ch ila r o ‘tgan. h o z ir h am ularning
davom chilari bor. 0 ‘zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy
qismini «G o‘ro ‘g‘li» dostonlari turkum i tashkil etadi. Bu dostonlar
o‘zlarining nihoyatda m o ‘jazligi bilan ajralib turadi.
X orazm dagi o ‘zbek dostonchilik san ’ati boshqa m aktablarga
m ansub baxshilar u slubidan jid d iy farq qilad i. Bu yerda s o ‘z
improvizatsiyasi asosiy rol o ‘ynam aydi, m atn to m m a’noda variant
bermaydi, balki m usiqa yetakchilik qiladi. K o ‘pchilik hollarda yozma
m anbaga ega X o razm d o sto n la rin in g b a ’zan aytuvchi q o ‘lid a
q o ‘lyozma m atni h am b o ‘ladi. Xorazm da epik asam i baxshining bir
o ‘zi yakka ijro etish bilan birga, jam oa ijrochiligi ham keng tarqalgan.
Bunda uch-besh kishidan iborat ustoz baxshi rahbarligida ijrochilar
jam oasi tuziladi. D ostonni ustoz dutorda boshlaydi, qolganlari unga
g‘ijjak va balom on bilan jo ‘r b o ‘ladilar. N aqarotni esa ham m asi
birgalikda ijro etadi.
Xorazm baxshilarining kuyjari ko‘p va xilma-xildir. D ostonning
h ar bir qo‘shig‘i m uayyan kuyda ijro etiladi. D ostonchilar bularni
baxshi yo‘llari yoki baxshi n a’malari deb yuritadilar.
Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan ham o ‘ziga xos
x u su siy atlarg a ega. M asalan , bu yerda q a h ra m o n lik d o sto n i
«Alpomish» uchram aydi, aksincha, X orazm baxshilari repertuaridagi
ishqiy-rom anik dostonlam ing aksariyati respublikamizning boshqa
yerlarida mavjud emas.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |