zo ‘rlik bilan bir-biridan ajratilgan oshiq-m a’shuqlar taqdiri, adolatsiz
zam on to ‘fonida ota-onasidan va bir-biridan ajralib qolgan egizaklar
taqdiri tu rli-tu m an ijtimoiy hodisalar fonida nihoyatda aniq va real
tasvirlangan. Misralaming rang-barang tovlanishi, qofiyalaming xilma-
xil va
nihoyatda boyligi, bandlarning turli-tum an vaznlarda mohirlik
b ilan o ‘rin alm ash tirilish i. asosiy m a ’n o n i tash uv chi ch iroy li
radiflaming m o‘l-ko'lligi kabilar uning badiiy barkamolligini ko‘rsatib
turibdi. D ostonda vafo va sadoqat, oila va erkin m uhabbat, bolalar
va o ta -o n a la rn in g burchi haqidagi xalqim izning orzu -um idlari,
ideallari o ‘zining yorqin ifodasini topgan.
M aishiy-romanik dostonlarda
realistik holatlar,
mavjud tuzum dan
ijtim oiy norozilik kayfiyatlari, maishiy turm ush bilan bog‘liq turli-
tu m a n tafsilotlarni batafsil tasvirlash yetakchilik qiladi. Bunday
dostonlar sujeti feodalizm sharoitida
0
‘zining real zam iniga ega edi.
M asalan, «Qironxon» («Sohibqiron») dostonida realistik holatlar
fantastik voqea va hodisalar bilan uyg‘un bir holatda tasvirlanadi.
Farzandsizlik tufayli chekilgan oh-u zorlar,
kundoshlarning mol-
dunyo uchu n h a r qanday yaram asliklardan qaytmasliklari, hatto
o ‘zlarining g‘arazli niyatlarining am alga oshishi uchun begunoh
g o ‘d ak larn i h a m o ‘ldirishga tayyor turganliklari, h u k m d o m in g
adolatsiz hukm i, B o4ako‘zning zindonda tortgan azoblari, Xudoyqul
podachining maishiy turm ush sharoiti qanchalik real b o ‘yoqlarda
ko‘rsatilgan b o ‘lsa, ch o ‘lga uloqtirilgan egizaklar — Q ironxon va
Q orasochlam ing taqdiri, sarguzashtlari, Qironxonning o ‘zga yurtlaiga
qilgan safarlari
shunchalik fantastik qobiqda, sehrli ertaklarga xos
ta rz d a b erilg an. Bu xil d o sto n la rd a xalqim iz va b axsh ilam in g
dem okratik qarashlari yanada yorqinroq aks etgan.
R om anik eposning yana bir ichki turini
kitobiy dostonlar
tashkil
etadi. Bu o ‘rinda «kitobiy» atam asi nihoyatda shartli b o ‘lib, ular
h am aslida og‘zaki kuylangan va bizgacha og‘zaki ravishda yetib
kelgan d o sto n lard ir. Asoslarigina yozm a adabiy m anbaga borib
taqaladigan bunday dostonlarni xalq baxshilari shundayligicha olmay,
balki ularn i jo n li og‘zaki epik a n ’analarga to ‘la bo‘ysundirdilar.
B osh qacha ay tg an d a, kitobiylik, asosan,
bunday d o sto nlam ing
m anbayidadir, ijro va poctika clem entlarini esa, epik ijodiyotning
og‘zaki a n ’analarsiz tasaw u r qilish m um kin emas.
M um toz sh e ’riyat n uniinalarining baxshilar tom onidan folklorga
xos ravishda qayta ishlanishi n.Uijasida yuzaga kelgan yoki yaratilishi
jihatidan yozma adabiy manbaga ega b o ig a n . shuningdek, bevosita
yozma adabiyot ta ’sirida yaratilgan asarlar kitobiy dostonlar deb
yuritiladi. Kitobiy dostonlar unga asos bo'lgan
manbaning xarakteriga
qarab, rom anik yoki qahram onlik dostonlari xususiyatlarini o ‘zida
muayyan darajada saqlagan b o ‘lishi m um kin. Ularda sof folklor
dostonlari uchun xarakterli b o ‘Igan qahram onona jasorat, jang-u
jadallardagi jangovarlik nihoyatda sust berilgan, asosiy o‘rinni ijtimoiy
va oilaviy hayotning shart-sharoitlari bilangina kelisha olmagan zavqli,
ko'tarinki muhabbat mavzusining tasviri egallaydi.
Kitobiy dostonlaming bir guruhi m um toz adabiyot nam unalarining
baxshilar tom onidan qayta ishlanishi natijasida yuzaga kelgan. Masalan,
«Farhod va Shirin», «Layli va M ajnun», «Bahrom va Gulandom»
Alisher Navoiy dostonlari, «Yusuf va Zulayho»
Shu sujetdagi forsiy
va turkiy asarlar, «Rustami Doston», «Varqa bilan Gulshoh», «Vomiq
bilan Uzro» forschadan ozarbayjonchaga qilingan taijim alar asosida
yaratilgan. Kitobiy dostonlar orasida yana shunday nam unalar borki,
ularning yaratilishida asos bo‘lgan manbani topish qiyin. Ammo asaming
mavzusi, uslubi, tasvir mohiyati kitobiy manbaga asoslanganligi va
yozma adabiyotga yaqin turganligini aniq ko‘rsatadi. «Sanobar»,
«Zevarxon» kabi dostonlar shunday asarlardan hisoblanadi.
Xorazm dostonchiligida, shuningdek, «Malikayi Dilorom», «Tohir
va Zuhra» kabi bir qancha dostonlarda og‘zaki va yozma adabiyotning
juda murakkab ko'rinishlariga, turli-tum an adabiy an’analaming o ‘ziga
xos ravishda chatishib ketganligiga duch kelamiz.
K itobiy d ostonlarda q a h ra m o n larn in g sevgi k echinm alariga
alo hid a e ’tib o r beriladi. Q ah ram o n y o r uchun ajoyib-g‘aroyib
sarguzashtlarni boshidan kechiradi, o ‘z ahvolidan fig‘on chekadi,
uzun monologlarda hijron azobidan zorlanadi, g‘ayritabiiy kuchlarga
yolvoradi, ya'ni qahram on kechinm alari b a'zan diniy, b a’zan o ‘ta
sentim ental mohiyat kasb etadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: