(Lampochka.)
Qush emas, qanoti bor,
Chiroyli savlati bor.
Uchsa lochin yetolmas,
Tolmas zo‘r quw ati bor.
(Samolyot.)
Y angi to p ish m o q lard a a n ’anaviy to p ish m o q la rn in g sh ak li,
ju m bo q lash usullari, asosan, saq lan ib qo ld i, lekin m etafo rik
topishmoqlar kam yaratildi. Yangi topishm oqlarning yaratilishida
individual ijodkorlarning xizmatlari katta b o ‘ldi. Bunday ijodkorlar
yaratgan topishm oqlarnnng muayyan qismi ommaviy repertuarga
o'tib, bolalar orasida tobora keng tarqalib bormoqda.
Topishm oqlar tuzilishi jihatidan nasriy yoki she'riy shaklga ega.
Nasriy topishm oqlar she’riy tuzilishdagi topishm oqlarga nisbatan
ozchilikni tashkil etadi. She’riy topishm oqlarda she’r shakliga xos
turoq, vazn, qofiya, radif kabi barcha jihatlarga to ‘la amal qilinadi.
Masalan:
T o‘rtdir uning oyog‘i,
Tem ir mixli tuyog‘i,
Manzilga yetishtirar,
Toshdan qattiq tuyog‘i.
(Ot)
Topishmoqlarning savol ham da javob qismi bir kom ponentli (bir
savol-javobli, bir predmetli) yoki ko‘p kom ponentli (ko‘p savol —
javobli, ko‘p predmetli) b o ‘lishi mum kin. Bo‘ri, baliq, sum alak,
toshbaqa haqida yaratilgan quyidagi topishm oq to 'rt kom ponentlidir:
Tog‘da talaym onni ko‘rdim,
Suvda sulaym onni ko‘rdim,
Tuzsiz pishgan oshni ko‘rdim,
Yumalab yotgan toshni kolrdim.
T opishm oqlar ritm ik izchilligi, badiiy ohangdorligi, qofiyalaming
m o ‘l- k o ‘lligi va x ilm a -x illig i b ilan ajralib tu ra d i. M e ta fo ra ,
m etonim iya, m ubolag‘a, o ‘xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir
vositalari va ko‘chim lar ulardagi badiiylikni ta ’minlaydi. Alteratsiya
va takrorlam ing rang-barangligi va turfa-turfa tovlanishi topishm oq-
larning jarangdorligi va em otsional ta ’sirchanligini yanada oshirgan.
Bulaming barchasi birlashib, ularning kishi xotirasida uzoq saqlanishini
ta ’m inlay olgan.
Topishm oqlar adabiyot va san’at taraqqiyotiga barakali ta ’sir etdi.
U lar adabiyotim iz tarixida chiston, m uam m o, muvashshax, t a ’rix
kabi lirik janrlarning paydo b o ‘lishi va rivojida katta ahamiyatga ega
bo'ldi. Bugungi kunda topishm oqlar juda katta m a’rifiy va tarbiyaviy
aham iyatga ega. U lar bolalar va yoshlarim izning fikr doirasini
kengaytirish, topqirligini oshirish va m uhokam a qobiliyatini o ‘stirish-
ning m uhim estetik vositasidir.
M aqol. M aqol, masal, matal, zarbulmasal, naql, hikm at, foyda,
hikm atli so‘z, tanbeh, mashoyixlar so‘zi, donolar yoki donishm andlar
so‘zi, oqinlar so‘zi va otalar so‘zi atam alari bilan el orasida yurgan
bu ja n r nam unalari g‘oyat ommaviy bo‘lib, umumfolklor hodisasi
hisoblanadi. Ilmiy taom ilda esa maqol atam asi istemoldadir. M aqol
arabcha «qawola» so‘zidan olingan va «aytmoq, so‘zlamoq» m a’nola-
rini anglatadi. Xalq orasida «Qavlida sobit» yoki «Qavlida tuturuqsiz»
iboralari bor: birinchisida «so‘zida qat’iyatli, bir so‘zli» m a’nolari
anglashilsa, ikkinchisida «so‘zida turmaydigan, o‘z so‘zi ustidan chiqa
olm aydigan, so‘zi bilan ishi bir bo‘lmagan» m anolari ifodalangan.
B inobarin, «maqol» so ‘zi o ‘zbek tilida ikki m anoda, avvalo, o ‘z
lug‘aviy m anosida — «so‘z, nutq»ni anglatsa, ikkinchidan, istilohiy
m anoda — folklorda keng tarqalgan jan rni ifoda etadi.
M aqol masal va naql janrlarining yuzaga kelishiga ta ’sir ko‘rsatgan,
masal va naqlning xulosasi, qissadan chiqarilgan xulosasiga aylanganligi
tufayli b a’zan masal va ba’zan naql istilohlari bilan aralashib ketgan.
Aslida esa «masal» so‘zi ham arabcha bo‘lib, «o‘xshamoq» m a’nosini
anglatsa-da, o‘zbek tilida maqol va biror maqsadni izohlashga qaratilgan
majoziy hikoya singari ikki m a’noda qo‘llanadi. Biroq XX asrga kelib,
uni m aqol m a’nosida istifoda etish bilan cheklanildi. Faqat tojik
folklorshunosligida maqolni masal istilohi bilan atash qaror topdi.
«Naql» so‘zi h am m aqol m a’nosida q o ‘llansa-da, arabcha so ‘z
bo‘lib, «ko‘chirmoq» m a’nosini anglatadi. 0 ‘zbek tilida esa «bayon
qilm oq, hikoya qilmoq, rivoyat qilmoq» singari ikkinchi bir manoga
ega va xalq og‘zaki nasrining mustaqil aforistik janrini ifodalovchi
ilm iy istiloh sifatida qo'llanadi. «Yaxshi naql-tom iri aql» maqolida
«naql» — maqol manosidadir.
Maqollar xalq donishmandligining nodir namunalari sifatida og‘zaki
badiiy ijodning keng tarqalgan mustaqil janridir. Shartli ravishda ularni
xalqona axloq-odob qoidalari deb atash mumkin. Zero, maqollar
xalqning asrlar davomida hayotiy tajribalarida sinalgan ijtimoiy-siyosiy,
m a’naviy-m adaniy. axloqiy-falsafiy qarashlarining g‘oyat ixcham,
lo‘nda, siqiq va obrazli ifodasidan tug‘ilgan hodisadir. Maqollar maxsus
ijod qilinmaydi, balki ma’lum bir sharoit taqozosi tufayli sinalgan
hayotiy tajribadan tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi
hukm bo‘lib yuzaga keladi. Aytaylik, jahondagi barcha xalqlarda ham
yashamoqning asosiy sharti-yemoq va kiymoq bo‘lib, buning moddiy
negizi ekin ekish va undan m o‘l-ko‘l hosil olgan holda ham moddiy,
ham m a’naviy imkoniyatlarini ta ’minlashdir. Ekin ekish uchun yerni
qay vaqtda shudgor qilish uning unumdorligini oshiradi? Bu savol
javobi necha asrlik dehqonchilik tajribasining axloqiy xulosasi sifatida
«Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, yuz hayda» maqolining
yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, xalq turmushidagi tajriba
b ir xil xulosalarni keltirib ch iq arg an. N atijada m o h iy atan bir
m azm undagi m aqollar yuzaga kelgan. C hunonchi, o ‘zbeklardagi
«Bug‘doydan-bug‘doy, aф adan-arp a» va «N im a eksang — shuni
o‘rasan» maqollari tojiklarda «G andum az gandum biro‘yad, jav zi
jav» va ruslarda «Chto poseyesh, togo i pojnesh» shakllarida qo‘llanadi.
Bu h o la t xalqlarning o ‘zaro m anaviy alo q alari t a ’siri yanada
chuqurlashib borayotganligi ko‘chish natijasi ham bo‘lishi mumkin.
U h o ld a maqolning dastlab qaysi tilda yaratilganligini aniqlash oson
em as. Shu sababli turli tillarda mavjud bir xil mazmundagi maqollarni
o ‘s h a xalqlar turm ush tarzidagi o ‘xshash jihatlarga oid hayotiy
tajribalam ing mantiqiy-axloqiy yakunlari sifatida qarash asosliroqdir.
L ekin masalaning bu qirrasi paremiologiya-maqolshunoslikda deyarli
o‘rganilayotgani yo‘q. Har bir xalq maqollarida o ‘sha xalqning qalbi,
miiliy tabiatiga xos qarashlari ifodalansa-da, ulardagi g‘oya umumxalqqa
tegishlid ir. Shu xususiyatiga k o ‘ra, m aqo llar ham m iiliy, ham
um um insoniy mohiyat kasb etgan.
M aqollar insonlaming turli sohalardagi faoliyatlari jarayonida uzoq
m uddatli sinovlardan o ‘tgan turm ush tajribalarining hosilasi-barqaror
va o ‘zgarm as, to ‘g‘ri va haqqoniy xulosasi tarzida yuzaga kelgan.
Bu hoi m aqollarda mavzular doirasini behad kengaytirgan va xilma-
xillashtirgan. Binobarin, inson hayoti va turmushining barcha qirralari
m aqollarda axloqiy bahoga aylangan.
Shuni t a ’kidlash o ‘rinlidirki, hadislar ham m aqollam ing paydo
b o ‘lishi va taraqqiyotida m a’lum darajada ta ’sir ko‘rsatgan, aniqrog‘i,
h a d is la r jo n li s o ‘zlash u v ja ra y o n id a q ay ta is h la n ib , y anada
ixchamlashib, obrazlilik kasb etgan holda xilma-xil m aqollar shaklida
faolroq q o ‘llana boshlagan. M asalan, Abdulloh ibn U m ard an rivoyat
qilinadigan «Alloh Taoloning rozi bo‘lishi otaning rozi bo*lishiga va
uning g ‘azabi ham otaning g‘azabiga bog‘liqdir» hadisi mavjud. U
xalq ijodida «Ota rozi-xudo rozi, Ota norozi-xudo norozi», «Ota
oldida kek urm a, odobingga chek urma», «Ota oldidan o ‘tm a, odob
oldidan ketm a», «Ota o ‘g‘li b o ‘lsang, ota nom ini baland tu t» singari
o ‘nlab m aqollam ing yuzaga kelishiga turtki b o ‘lgan.
Xalq maqollari ko‘p asrlik tadrijiy yo‘lni bosib, avloddan-avlodga,
og‘izdan-og‘izga o ‘tish jarayonida yanada silliqlanib, zam o n ruhiga
yo‘g‘rilib, teranlashib borgan. Ijtimoiy hayotdagi o ‘zgarish ularda ham
aks topa borgan. M .Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida
uchraydigan «Osh totug‘i tuz»> maqoli arablar istilosidan so‘ng arabcha
so‘zlarning turkiy tilda faollasha boruvi tufayli «Oshning ta ’mi tuz
bilan» shaklida leksik va sintaktik o ‘zgarishga uchragan h olda qo‘llana
bo sh lag an . B unda arab c h a «tarn» so ‘zi tu rk iy « to tu q » so‘zini
a lm a s h tirg a n va «bilan» k o ‘m ak ch isi y o rd a m id a m a q o ln in g
transform atsiyaga uchragan yangi shaklda yashashini ta ’minlagan.
0 ‘tm ishda ustoz-shogird munosabatini ifodalovchi «U stoz ko‘rgan
shogird andin-m andin qarmalar, ustoz ko‘rmagan shogird har maqomda
yo‘rg‘alar» maqoli qachonlardir ikki qismdan iborat bo‘lgan. Unda
ustoz shogirdni o ‘z xonadonidagi tekin xizmatkorhk m uddatini cho‘zish
m aqsadida hunari sirini o ‘rgatishni paysalga solar yoki istar-istamay
tushuntirar, shunda ziyrak shogird faqat o ‘z ustozi ko‘rsatm alari bilan
cheklanmay, boshqa ustozlar ishlarini sinchkovlik bilan kuzatish asosida
m ahorat sirlarini o ‘zlashtirib borar edi. M aqolning birinchi qismida
ana shu axloqiy ibrat ifodasini topgan bo‘lsa, ikkinchi qism ida usta
ko‘rm agan, yani shogird tushib, hunar o ‘iganmagan kishining har
m aqom da yo‘rg‘alishi — uquvsizligi kesatilgan. Davrlar o ‘tishi bilan
u sto z-sh o g ird o ‘rtasidagi m unosabatlardagi o ‘z g a rish la r tufayli
maqolning birinchi qismi tushib qolib, maqol yanada ixchamlashgan.
M aqollarda ajdodlarim iz axloqiy qarashlari narsa-hodisalarga
m u n o sab atlari, ruhi va ta fak k u ri sezilib tu ra d i. 0 ‘zbek xalq
maqollarida o ‘zbek xalqining dono siymosi, tarixiy taqdiri, mentaliteti,
bag‘rikengligi, saxovati, adolatpeshaligi, ilmga, mehnatga chanqoqligi,
b u n y o d k o rlig i, m e h m o n d o ‘stlig i, o ila p a rv a rlig i, b o la jo n lig i,
b o la p arv arlig i, m e h m o n n av o z lig i, t o ‘g ‘riligi, se v g i-sa d o q a ti,
j o ‘sh q in lig i, tiy ra k lig i, g ‘a y r a t-s h ijo a ti, q u v o n c h i, iz tiro b i,
dushm anlariga qah r-g ‘azabi, betakror u rf-odatlari va a n ’analari
yaqqol aks etib turadi. Xalq shu maqollari orqali kelajak avlodiga
o‘z turm ush tajribalaridan saboq beradi.
M aqollar m a’lum vaziyatda, m a’lum voqea-hodisa munosabati
bilan yo fikmi boshlash oldidan, yo fikr bayoni jarayonida, yo fikrni
xulosalash maqsadida aytiladi. Uni keksa-yu yosh baravar aytsa-da,
ko‘proq hayotiy tajriba egasi bo‘lgan katta avlod nutqida faolroqdir.
M aq o llarn i ish jaray o n id a ham , oddiy yoki jid d iy m u o m ala-
m unozaralarda ham, to ‘y-hashamlarda ham aytish mumkin. Har bir
gapga bir maqolni qo‘shib, fikrni dalillash, tasdiqlash yo inkor etish
asosida nutqning ta ’sir kuchi oshiriladi. Bunday nutq tinglovchini
befarq qoldirmaydi, uning his-tuyg‘ulariga tez ta ’sir qilib, fikrini
uyg‘otadi, adolatli xulosalarga kelishi va hukm chiqarishini ta ’minlaydi.
M aqollarning axloqiy hukm sifatidagi mohiyati shunda ko‘rinadi,
zero, maqollarda hukmdan kechinmaga qarab boriladi.
M aqollarda ifodalangan yagona hukm h ar b ir tinglovchida har
xil kechinm a yo fikr uyg‘otishi tabiiy. Lekin baribir barcha bir xil
xulosaga keladi.
M aqollar og‘zaki badiiy ijod va falsafa oralig‘ida turgan hodisa
bo‘lib, ularda aytilgan hukmni hech kim inkor etolmaydi.Chunki bunday
hukm , aw alo, asrlar davomida turm ush tajribasida qayta-qayta sinalib
tasdiqlangan, so'ngra esa, xuddi shu xususiyati tufayli tarix hikmatiga
aylanib tashviqiy mohiyat kasb etgan. Shuning uchun maqollardagi
fikrlartinglovchilartomonidan e’tirozsiz, hech bir qarshiliksiz va izohsiz
qabul qilinishi odatiy holdir. Maqollarda m antiq kuchi baland, fikr
ishonarli va bahslashishga o ‘rin qoldirilmagan. Shu sababli ulardan
nutqning istalgan joyida, istalgan maqsadda foydalanish mumkin.
Shunga qaramay, maqollar, odatda, jiddiy tusda aytiladi va tinglanadi.
Lekin b a’zi hollarda maqollar kinoya, piching, istehzo, zaharxanda
m a’nolarida ham ishlatilishi mum kin: «Jo‘ja n i kuzda sanaydilar»
maqolida ishining natijasi ko‘rinm ay maqtanadigan kishilarga kinoya,
«G ado arazlasa — t o ‘rvasiga ziyon» m aqolida h u d a-b eh ud ag a
achchiqlanadigan kishilarga zaharxanda m a'nolari ifodalangan.
M aqollar m a’no-m azm unini to ‘la anglash va idrok etish uchun
tin g lo v ch i, avvalo, o ‘sha m a q o ln i yaratgan xalqning tarix in i,
d u n y o q a ra s h in i, u rf-o d a tla rin i, d in iy a q id alarin i, o ‘sha xalq
yashayotgan yurtning jug ‘rofiy m uhitini, hayvonlar va o ‘simliklar
dunyosini, iqlim sharoitlarini puxta bilmog‘i lozim. C hunki har bir
maqol o'zicha m ustaqil qomusiy asar b o ‘lib, uning asosida kishilik
yaratgan bilimlarga oid tushunchalar o'zaro qorishib ketgan. Xalq
taqvimi va urf-odatlariga oid ko‘pgina maqollarda bu ravshanroq
ko‘rinadi. Jum ladan, «Ayamajuz — olti kun, qahri kelsa — qattiq
kun», «Aziz m om o - olti kun, qahri kelsa — yetti kun», «Aziz
m om o, olti kun, qaltirasa — yetti kun, sakransa - sakkiz kun,
to ‘qransa — t o ‘qqiz kun, o ‘qransa — o ‘n kun» singari m aqol
m azm unini anglashga harakat qilaylik. Ayamajuz N avro'zdan oldin
keladigan va qish intihosiga aloqador ayozli hafta b o ‘lib, aslida
«to‘qson»ning ilovasi hisoblanadi. 0 ‘rta Osiyo xalqlarida qadim dan
qish to ‘qson kun sanalib, shu m uddat «to‘qson» deb atalgan, so'ngra
qirovli kunlarning ch o ‘zilishi inobatga olinib, ehtiyot yuzasidan unga
yana o ‘n kun q o ‘shib, yuz kunga to 4lg‘azganlar va uni «sadi рок»
deb yuritganlar. Hozirgi hisobga ko‘ra, «to‘qson» 13 dekabrdan 13
m artgacha b o ‘lgan m uddatga to ‘g ‘ri keladi. Ko‘p yillik kuzatishlar
shuni kolrsatdiki, to ‘qsonning oxirgi haftasi-hamisha sovuq zo‘rayib,
hatto yer muzlashgacha borib yetadi. Shu olti kun «Ayamajuz, Ayyom
yoki shisha kunlari» deb atalgan. Abu Rayhon Beruniy bu kunlarga
xalq e ’tiqodi asoslarini «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklap>
asarida shunday ta ’riflaydi: «Shu oy ichida «kampir kunlari» bo‘lib,
uning boshi yigirma oltinchi shubotdir. U ketma-ket yetti kun bo‘ladi.
yil kabisali bo‘lsa, to ‘it kuni Shubotdan, uch kuni ozor oyidan bo'ladi:
(yil) kabisali b o ‘lmasa, uch kuni Shubotdan, to ‘rt kuni ozordan
(b o ‘ladi)... Q adim gilar hikoyasicha, bu kunlar «kampir kunlari» deb
atalishining sababi shuki, ... Od qavmi shu kunlarning qattiq sovuq
shamoli, girdoblari va dahshatlari bilan halok bo‘lgan. U larjum lasidan
bir kam pir tirik qolib, halok b o ‘lganlarga marsiya aytib, yig'lagan.
Shuning uchu n bu kunlar «kam pir kunlari» deb atalgan. U (kecha-
kunduzlam ing) qissalari m ashhurdir.
... B a’zilam ing gum onicha, shu (kunlarning «kampir kunlari»)
deb atalishiga sabab shuki, bir kampir (havoning) isiganini k o ‘rib,
paxtali kiyimini yechib tashlagan va shu kunlam ing sovug‘ida o ‘lgan.
Ba’zi arablar fikricha, «kampir kunlari»ning bunday atalishiga (sabab),
bu kunlar qishning «kampiri», yani oxiridir». M ana shulardan bexabar
holda mazkur maqol «mag‘zi»ni chaqish qiyin.
M aqollar ham she’riy, ham nasriy shakllarda bo‘lsalar-da, na
link, na epik turga kirmaydi.
M aqollar shaklan ixcham bo‘lsalar-da, badiiyatiga ko‘ra yuksak
obrazlilikka egadirlar. Ularda fikr sodda, tabiiy, ravon, silliq va
tu shu narli b o ‘lib, tasirch an ifodalanishi ehtiyoji tu rli n arsalar,
hayvonlar. o ‘simliklar va hodisalar obrazlaridan g‘oyaviy-badiiy niyatni
ifodalashda foydalanishni taqozo etgan. Natijada timsoliy obrazlar
v o s ita s id a h a y o td a g i ijo b iy yo sa lb iy v o q e a la rg a , in s o n iy
munosabatlarga axloqiy baho berilib, hukm lar chiqarilgan.
M aqollar tuzilishiga ko’ra, bir va bir necha sintaktik butunliklar
asosida tashkil topgandir. Bir sintaktik butunlikdan iborat m aqollar,
odatda bir qismli maqollar sanalib, ko'pincha darak gap yo‘sinida
b o ‘ladi: «Ayol tilini ayol bilar», «Arg‘amchiga qil-quvvat», «Vatanni
sotgan er bo‘lmas». «Gavhar yerda yotmas», «Yomon it egasini
qopar», «lshni ishchandan o ‘rgan» kabi. K o‘p sintaktik butunlikdan
iborat m aqollar esa, ko‘p qism li yoki m urakkab m aq o llar deb
yuritiladi. Bunday m aqollar bir-biriga o ‘xshash yoki zid fikrlar
bayonidan iborat bo‘ladi. Aksariyat m aqollar ikki qism dan tashkil
topgan; bir qismi tasviriy m ohiyatga ega b o ‘lsa, ikkinchi qismi
xulosadan iboratdir: «Aytmas yerda og‘zingni tiy, m ehmonga borsang
nafsingni», «Bulbulning sayrashi guldir, m eh r xazinasi tildir»,
«Bug‘doy noning b o ‘lmasin, bug'doy so‘zing bo‘lsin», «Yolqitsa
ham , yog‘ yaxshi, yondirsa ham , yoz yaxshi», «Ishonish bilan kasal
b o ‘lsang, umid qilsang, tuzalasan» kabi yuzlab m aqollarda ikkinchi
qismi zarbli va asosiy o ‘gitni ifodalaydi.
Bir qismli maqollarga nisbatan ko‘p qismli maqollar tez o ‘zgarishga
m o-yilroqdir. C hunki ba’zi holatlarda m aqol aytuvchining unda
ifodalanayotgan m a'n o n i tushunib yetmasligi yoki eshitganini eslay
olmasligi natijasida o ‘zicha qo'shim cha so‘zlar, izohlar q o ‘shishi
tufayli m aqo ln ing yo m azm uniga, yo tuzilish ig a jid d iy z a ra r
yetkazilishi mumkin. Bunday vaziyatda o 'sh a maqolda asosiy fikrni
tashigan uzvlardan birining tushirilib qoldirilishi hech gap emas.
Binobarin, m aqollam i aytish va tinglash ham alohida e 'tib o r va
m as'uliyatni taqozo etadi. Aks holda beparvolik tufayli m aqolning
asl m a’nosiga p u tu r yetkazilib, kelajak avlodga no to ‘g‘ri talqinda
o ‘tib qolishi va m antiqqa zid m a’noda qo‘llanilishi mumkin.
Shuningdek. m aqolni aytuvchining o ‘zi, aw alo, aytayotgan maqoli
o ‘zi bildirayotgan fikr m antig‘iga, mavjud sharoitga, vaqtga, voqelik
mohiyatiga nechog‘H mos tushishini obdon chamalab ko‘rm og‘i zarur.
Aks holatda esa aytilgan maqol yangi kiyimga tushgan yam oqqa
aylanib qoladi.
M aqollar jonli so‘zlashuv tilida yaratilgan va shu taxlitda so‘zlanadi.
Aksariyati to ‘g‘ri m a’nolarda qo‘llansa, m a’lum qismi ko‘chma (ramziy
va majoziy) m a’no tashiydi: «Awal o ‘yla, keyin so‘yla», «Yosh kelsa
— ishga, qari kelsa — oshga», «Mehnat, mehnatning tagi — rohat»,
«Vatani bom ing — baxti bor, m ehnati borning —taxti», «Vataning
tinch — sen tinch» maqollarida to ‘g‘ri m a’no ustuvor; «Dunyoni suv
olsa — o ‘rdakka ne g‘am?», «Bo‘rini yo‘qlasang, qulog‘i ko‘rinadi»
singari maqollar ko‘chm a manodagina hikmatlilik kasb etgan. Keltirilgan
m aqollam ing birinchisi beg‘am , beparvo, na oila, na el-yurt g‘amini
o ‘ylamaydigan, qom i to ‘ysa bo‘ldi — boshqasi bilan ishi bo‘lmaydigan
kishilarga qarata kesatiqni ifodalasa, ikkinchisida yom on niyatni
ko‘nglingga solma, tilingga olma, aks holda u o‘zingga uradi m a’nosi
majoz orqali o ‘z aksini topgan.
M a q o lla rd a b a d iiy til v o sita lari fik rn i ixch am va o b razli
ifodalashga, tinglovchi qalbida kechinmani tez uyg‘otishga xizmat
qiladi. Bu jih atd an m aqollarda uchrovchi sinonimiya va antonim iya
hodisalari e ’tib om i tortadi. M aqollar orasida shakli boshqa bo‘lsa-
d a, m azm u n i b ir xil b o ‘lib, sinonim ik q ato rlar hosil qiluvchi
nam unalaranchagina. Bu motivlar silsilaviyligi asosida yuzaga kelgan.
«Kattani katta bil, kichikni kichik» maqolidagi axloqiy motiv «Kattaga
tegm a — yig‘larsan, kichikka tegma — uyalarsan», «Kattaning uyalgisi
kelsa kichikka tegadi» , «K atta — kattaligida tu rsin , kichik —
kichikligida», «Kattaga kattalarcha bo‘l, kichikka - kichiklarcha»,
«K attalar aytsin, kichiklar eshitsin», «Kichikni maqta, kattani saqla»,
«Kattaga hurm at — kichikka shafqat» kabi o ‘nlab maqollarda aksini
topib, bu tun bir silsilaviy sinonim ik qatorni yuzaga keltirgan. Bu
xildagi m aqollarni shartli ravishda sinonim maqollar deb yuritish
m um kin; ular. odatda, m azm uniga ko‘ra tasnif qilinganda b ir mavzu
doirasida beriladi.
A ksariyat m aqollarda ikki m antiqiy m arkaz o ‘zaro ziddiyatli
munosabatda beriladi, bunda tazod san’ati asosiy badiiy-tasviriy vosita
sifatida estetik vazifani o ‘taydi: «Awal o ‘yla, keyin so‘yla», «Ko‘p
o‘yla, oz so‘yla», «Awal — bahor, oxir — xazon», «Bas etgan o ‘zar,
qasd qilgan to ‘zar», «Boyning o ‘g‘li kelsa — to ‘rga, kambag‘alning
o‘g‘li — go‘rga», «Yomon o ‘g‘il — molga o ‘rtoq, yaxshi o ‘g‘il —
jonga», «Ishlagan yemi yashnatar, ishlamagan qaqshatar» singari
maqollarda o ‘git mag‘zi yaxshi va yomon nisbatlaming o ‘zaro qarama-
qarsh i q o ‘yilishi natijasida yarqirab tu ribd i va bu m aqollarda
antonim iya hodisasi tarzida qaraladi.
M aqollarda sajlar faol b o ‘lib, o ‘ziga xos ichki qofiyadoshlikni
yuzaga keltirgan va ularda ohang jilolarining jozibasini oshirgan:
«Ishlagan tishlar, ishlamagan - kishnar». «N odon kuzatar, dono
tuzatar», «Otaga mol, qizga — jamol» va boshqa qator maqollarda
saj sa n ’ati yuzaga keltirgan ohangdoshlik kompozision bir butunlikni
va fikriy-m azm uniy yakunlanganlikni ta ’m inlab turibdi. Bunda
ohangdoshlik ko‘pincha alteratsiyalar zamirida kechib, maqollarga
ritm ik o ‘ynoqilik bag‘ishlagan. Xususan, ikki va undan ortiq qismli
maqollarda alliterasiya qismlami ohangdoshlik asosida o ‘zaro bog‘lab
turuvchi yetakchi estetik vazifani bajargan.
M aqo llarn i tasn if qilishning xilm a-xil k o ‘rinish lari mavjud.
Jum ladan, alifbe tartibida, mavzulari, sinonim lik yoki antonim lik
mohiyatiga ko‘ra, etimologiyasiga ko‘ra, to ‘g‘ri yoki ko‘chm a m a’no
tashishiga hamda qaysi ijtimoiy davrda yaratilganligiga xronologiyasiga
ko‘ra guruhlash yo tasnif qilish pareomiologiyada an'anaga aylangan.
A m m o hozircha o ‘zbek maqolshunosligida alifbe tartibi va mavzusiga
ko‘ra tasnif qilish an ’anasiga ikki jildlik « 0 ‘zbek xalq maqollari»
(1987) va ko‘p jildlik « 0 ‘zbek xalq ijodi» ruknida « 0 ‘zbek xalq
m aqollari» (1989) va « 0 ‘zbek xalq m aqollari» (2003) ham da
etimologiyasiga ko‘ra Sh.Shom aqsudov va Sh.Shorahm edovlam ing
«Hikmatnoma» (1990) va «M a’nolar xazinasi» (2003) to ‘plamlarini
tuzishda amal qilingan.
X alq maqollari yozma adabiyotda hikmatli so‘z (aforizm)larning
yuzaga kelishiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi. Ahmad Yassaviy — hikmat,
R abg‘uziy — foyda va A lisher Navoiy — tanbeh deb atagan bu
hodisa yozma adabiyotgagina xos b o ‘lib, m aqoldan muallifming
aniqligi, hikm atdan iborat m a'n o -m azm u n in in g kitobiy uslubda
ifodalanganligi, hajman nisbatan yoyilganroq shakldaligi bilan ajralib
turadi. Abu Rayhon Beruniy «Hikmatlar»i (1973), Abu Ali ibn Sino
«Hikm atlar»i (1981), Am ir Xusrav Dehlaviy «Hikmatlar»i (1973),
Alisher N avoiy «Aforizmlar»i (1947), «Abdulla Q ahhor hikmatlari»
(1990), shuningdek, «1001 hikmat», «Tafakkur gulshani» va boshqa
o ‘nlab to 'p la m la r ana shunday xulosaga kelishga asos b o ‘la oladi.
Xullas, m aqollar xalq aforistik tafakkurining kaliti bo‘lib, hajman
siqiq, m azm un an purhikm at, ommaviy va keng tarqalgan janridir.
U larda kishilikning tabiat va jam iyatga m unosabatining ham ma
qirralari axloqiy-falsafiy hukm tarzida baholangan. M aqollar ota-
bobolam ing asrlar davomida to ‘plangan hayotiy tajribalarini zamonlar
osha yetkazishda manoviy ko‘prik bo‘lib, avlodlarning bir-birlariga
bog‘lanishlarida bem innat xizmat qilib kelmoqda.
M avzuni m ustahkamlash uchun savollar:
1. T o p is h m o q is tilo h i n im a n i a n g la ta d i? U n in g q a n a q a
ekvivalentlari bor?
2. T opishm oqlar qanday paydo b o ‘ladi? Asosiy om illari nim adan
iborat?
3. T opishm oqlarda epitetning ijtimoiy-estetik va kompozitsion
vazifasi n im ad an iborat?
4. T opishm oqlar tuzilishiga ko‘ra qanday tarkibga ega?
5. T o p ish m o q la r yash iringan pred m et soniga k o ‘ra qanday
ko‘rinishlarga ega?
6. T opishm oqlar yaratilish davri va m azm uniga ko‘ra qanday
tasniflanadi?
7. T opishm oqlar shaklan qanaqa ichki turlarga ega? Chaldirm oq
nima?
8. Topishm oqlarning yozma adabiyot bilan m unosabati qanaqa?
9. M aqol istilohi nim ani anglatadi? Uning qanaqa ekvivalentlari
bor?
10. M aqollar qanday paydo b o ia d i? Asosiy omillari nim adan
iborat?
11. M aqollarda hayotiy tajriba va sinovlaming axloqiy bahosi
qanday ifodalanadi?
12. M aqollam ing tashviqiy m ohiyati nim ada?
13. M aqolning kom pozitsion tuzilishi va unda saj san’ati qanday
rol o ‘ynaydi?
14. M aqollar qaysi usulda ta sn if qilinadi?
15. Parem iologiya nim a? 0 ‘zbek maqolshunosligi tarixiga oid
nim alar deya olasiz?
16. Maqollarning nutqdagi aham iyati nim ada ko‘rinadi?
17. Tubandagi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |