Dostonlarda an 'anaviy uslub va poetik shakllar.
A srlar b o ‘yi
ishlangan, puxtalangan xalq badiiy a n ’anasi va kuylovchi ijodiy
faoliyati birligida vujudga kelgan dostonlarda a n ’anaviy uslub unsurlari
va poetik shakllar asosiy o ‘rin tutadi. D ostonchining individual
m ahorati, ijodchi va ijrochilik faoliyati faqat m ustahkam badiiy
a n ’ana doirasida nam oyon bo‘ladi.
Dostonlam ing kompozitsion tuzilishini umumiy an ’anaviy andaza
-- o ‘rni bilan o‘zaro almashinib turadigan nazm va nasriy m atnlar
tashkil qiladi. Bunday umumiy qolip bir qator turkiy xalqlar eposlari
uchun ham xosdir. Dostonlardagi she’rlar, asosan, 7, 8 va 11 hijoli
barm oq vaznida bo‘lib, turoqlam ing o ‘zgarib turishi, band tuzilishi
va qofiyalanish sistemasiga ko‘ra o ‘ziga xos xususiyatga ega. 7, 8
hijoli vazn voqealarning jadal rivojlanishi tasvirida qo‘llaniladi, ular
tezlikni bildiradi. Q ahram onlam ing otda safari, jang m anzaralari,
qizlaming sayribog‘ yurishlari, xabar va chaqiriqlar, bazm va o ‘tirishlar
tasviri qisqa she’rlarda beriladi. Masalan:
Q ulon yurmas yerlardan
Quvib o ‘tib boradi.
Bulon yurmas yerlardan
Buvib o ‘tib boradi.
Q arsoq yurmas yerlardan
QaJqib o ‘tib boradi.
Bo‘ri yurmas yerlardan
Bo‘zlab ketib boradi...
Agar bu tasvim ing d o ‘mbira bilan kuylanishi tinglansa, otlam ing
tuyog‘idan chiqayotgan do‘pir-do‘pir, jang suroni eshitilib turadi.
U zun vaznli ( I I hijoli) she’rlar harakatning tinch, ohistaligini
bildiradi. Q ahram onlarning monolog, dialoglari, ta ’rif-tavsiflar shu
vaznda beriladi:
— M en zulfimni toblab-toblab o'rgali,
llojim yetmaydi jonim bergali,
Z indonning ichida to ‘ram bormisan,
Baxti qora yoring keldi ko‘rgali.
— T o r zindonda yotib doim huv dedim,
Kim o ‘tsa boshim dan osh ham suv dedim,
O m onat er, yo‘lay ko‘rm a qoshima,
Ajalning otini m indim , chu dedim.
X alq d o s to n la rid a qisqa s h e ’rlarg a n isb a ta n u zu n s h e 'r la r
ko‘pchilikni tashkil etadi va asosiy o 'rin tutadi. Bunday vazniy
o ‘zgarishlar dostonlarning m azm uni bilan, qahram onlarning xatti-
harakati va holati bilan bevosita bog‘liq ekanligini kolrsatadi.
D ostonlarning nasr qismi ham o ‘ziga xos. U lar vaznli ham da
sajlangan:
«Ravshanxon bu bog‘ devorlariga qarasa, tik paxsasini
ishlagan,
devorini tagini
g'ishtlagan,
juda m ahkam qilib
tashlagan,
devorlarni
ganchlagan;
to ‘g‘riga ketgan
rastalar,
devorlarda
guldastalar,
juda
o ‘xshatibdi
ustalor.
K o‘rgan
xasta,
ko‘rmagan
havasda,
gul ekilgan
baland-pastda,
gulni desang
dasta-dasta,
tevaragi yong'oq,
pista
,
qilgan ham jud a
usta»,
D ostonlarda nazm va nasr badiiy vazifasi jihatidan deyarli teng
huquqqa ega. U larning har binning o‘z o ‘m i, o 'z vazifasi bor. Biroq
tasviriylik va hajm nuqtayi nazaridan nazm nasrdan ustunlik qiladi.
D ostonlarning mavzusi, sujeti, ko‘pchilik motivlari a n ’anaviy va
doim iy boyish bilan birga, ko‘pgina sujet vaziyatlari, m atndagi bir
qancha parchalar ham umumiy va barqarordir. D ostondan dostonga
aynan yoki ayrim o'zgarishlar bilan «ko‘chib yuradigan» bunday
parchalar um um iy tipik o ‘rinlar yoki epik klishelar deb yuritiladi.
D ostonlarning boshlamasi (zachini) va tugallamasi, qahram onga
nasihat, ot ta ’rifi va otni egarlash, otda safar, jang tasviri, m aston,
ko‘sa, Oqqiz singari an ’anaviy obrazlarning portretlari va boshqalar
epik klishelar hisoblanadi. Egri klishelarni to ‘g‘ri va o ‘z o ‘rnida
qo‘llash dostonchining mahorati va iqtidoriga bog‘liq.
D ostonlarda boshlama uch m uhim qismni o ‘z ichiga oladi, ya’ni
boshlam a asarda tasvir etiladigan voqeaning uzoq o ‘tm ishga oid
ekanligini, voqea o ‘m ini va qahram on avlodi shajarasini ko‘rsatadi.
D ostonlarning tugallanm asi optim istik xarakterga ega b o ‘lib,
qahram onlar faoliyatining yakuni sifatida to ‘y tasviri, adashganlarning
topishib, murod-maqsadga yetganligini ko‘rsatish bilan tamomlanadi.
Tugallanm a boshlam adan farqli o ‘laroq ham nasr, ham nazm da
b e rilis h i m u m k in . A yrim h o lla rd a b a x s h ila r tu g a lla n m a d a
qahram onlam ing murod-maqsadlariga yetganliklarini ko‘rsatish bilan
birga,
0
‘zlari haqida gapiradilar, tinglovchi va o ‘quvchilarga yaxshi
istaklar bildiradilar.
D ostonlarda epik klishelar bilan bir qatorda. an'anaviy uslubga
xos belgilardan yana biri - dostondan dostonga ko‘chib yuruvchi,
tayyor, qolip holiga kelib qolgan misralar, ikkiliklar, ifodalar—doimiy
uslubiy shakllar ham muhim o ‘rin tutadi. Masalan: «Xazon b o ’lmay
bog‘d a gullar so'ldim i, so‘lgan gulga bulbul kelib qo‘ndimi», «Qiyg‘ir
degan qush o ‘ltirar qiyada», «Ot chopsa gum burlar tog‘ning darasi,
botim i ingratar nayza yarasi», «U chqur eding qanotingdan qayrilding,
yugrug b o ‘lsang tuyog‘ingdan toyrilding», «O shiqning fahm idir
qorong‘i kecha», «Yomg‘ir yog‘sa, halqob yerlar loylansin», «Bahorda
ochilgan bog‘ning gulisan», «Qizil gul ochilar g‘unchadan g‘uncha».
D oston m azm uni bilan u yoki bu darajada bog‘langan, ayrim
hollarda aforizmlik xususiyatiga ega b o ‘lgan bunday misralar bandning
boshida, ba’zan o ‘rtasida kelib, aytuvchining to ‘xtovsiz badihago‘ylik
qilishiga im kon beradi, qu-yilib kelayotgan fikr oqim ini m ohirlik
bilan te zro q bayon qilishga yengillik tu g‘diradi. Banddagi boshqa
m isralar bilan qofiyada m ahkam b o g ‘Iangan bunday qaytariqlar
dostonchining so‘z topishiga bir oz fursat yaratib, keyingi misralarni
tezlik bilan ijod qilishga sharoit hozirlaydi.
D o sto n lard a doim iy uslubiy sh ak llar qofiya, vazn talab ig a,
q o ‘llanish o ‘rni va vaziyatiga ko‘ra ayrim o'zgarishlar bilan ishlatiladi.
M asalan, «Alpomish» dostonida «Xazon b o ‘lm ay b o g ‘da gullar
s o ‘ldimi» satridagi «bo‘imay» so ‘zi «bo‘lib», «bo‘lsa» shaklida;
«so‘ldimi» so‘zi «so‘lgandir», «so‘lganda», «so‘lgandi», «so‘libdi»,
« so ‘ladi»>, «so‘lm ad i» , « so‘lsin -d a», «so‘lg anm i», « so ‘larm i»,
«so‘lmasa», «so‘lmasin», «so‘lmasmi», «so‘larmikan», «so‘lar deyman»
shakllarida q o ‘llanilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, doimiy epitetlar, o ‘xshatishlar ham
a n ’anaviy uslubga xos belgilardan hisoblanadi. A n’anaviy uslub va
baxshilar ijodiy badihasining birligi, o‘zaro aloqasi folklorning asosiy
x u su siy a tla rid a n b o ‘lib , o g ‘zaki p o e ziy an in g g ‘o y av iy -estetik
m ohiyatini belgilaydi. K o ‘p avlodlar to m o n id an shakllangan va
bizgacha davom etib kelgan a n ’analar, a n ’anaviy poetik uslub xalq
og‘zaki ijodining, folklor jarayoninnng asosiy belgilaridan sanaladi.
Chunki folklor um um lashgan, barqaror a n ’analar doirasida yuzaga
keladi, yashaydi, rivojlanadi, o ‘zgaradi va saqlanib qoladi.
0 ‘zbek xalq dostonlarining tarixiy-m adaniy aham iyati tengsizdir.
U xalqimizning o ‘ziga xos badiiy tarixidir. U nda xalqimizning asrlar
b o ‘yi qilgan orzu -um id lari, porloq kelajak haqidagi o ‘y-fikrlari
mujassamlashgan.
Demak, doston va dostonchilikdan maqsad mehnatkash ommaning
kayfiyati va ruhiyatini kuylash, shu ruh va kayfiyatga m os idealdagi
« b u ru n g ila r» sa b o g ‘i o rq a li baxshi b ila n y u z m a -y u z tu rg an
tinglovchilar doirasining «ko‘nglini botir qilish», ulami yanada ezgulik
va olijanoblikka yo‘llashdir. Xalq dostonlari miiliy iftixor va o ‘z-
o ‘zini anglash, vatanparvarlik va do‘stlik va birodarlik tuyg‘ularini
tarbiyalashda m uhim g‘oyaviy-estetik vazifani o ‘taydi.
Mavzuni m ustahkam lash uchun savollar:
1. D oston atam asining mohiyati nim adan iborat?
2. D oston jan ri o ‘zbek folklorida qanday o ‘rin tutadi?
3. D ostonlam ing yaratilishiga nimalar ta ’sir ko‘rsatgan?
4. X alq d o sto n la ri yozm a adabiyotdagi d o sto n la rd a n qaysi
xususiyatlari bilan farq qiladi?
5. Baxshi atam asining qo'llanishi va dostonchi baxshilar faoliyati
to ‘g‘risida nim alar bilasiz?
6. Xalfachilik nim a? Bu san’atining qanday tiplari mavjud?
7. Qissaxonlar kimlar? Ularning repertuarini qanday asarlar tashkil
etadi?
8. Baxshilar tayyorlash a n ’anasi qanday talablarga ega?
9. D ostonlar qanday tart ibda ijro etiladi? Ularni kuylashda qanday
qoidalarga rioya qilinadi?
10. Dostonchilik maktablari qayerlarda mavjud bo‘lgan va ularning
talantli vakillari kimlar?
11. Dostonlarni kimlar tasnif qilgan?
12. D ostonlar qanday turlarga b o ‘linadi?
13. Dostonlarning har bir turiga xos muhim belgilar nim alardan
iborat? Birm a-bir misollar bilan izohlang.
14. Dostonlarning kompozitsiyasi va badiiyati haqida nim alar
bilasiz?
15. Tubandagi
Download Do'stlaringiz bilan baham: |