Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I


bet82/108
Sana15.06.2022
Hajmi
#674106
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108
Bog'liq
Oxunjon Safarov [uzsmart.uz]

topishmoq
deb yuritiladi. 
M asalan, «Bir parcha patir, O lam ga tatir» topishm og‘ini olaylik. 
Bunda to ‘lin oy bilan patir bir-biriga taqqoslangan va ularning shakl 
jihatidan bir-biriga o ‘xshashligi aniqlangan. Shu tariqa topishm oqning 
javobi — oyning juda chiroyli va o ‘rinli ko‘chimi — p atir topilgan. 
Patim ing inson uchun nihoyatda to ‘yimli ozuqa ekanligini. oyning 
esa, qorong‘i tu nn i m u n a w ar qilishligini, har ikki holat h am insoniyat 
uchun qaratilganligini hisobga olsak, ular orasida juda katta m a’naviy 
yaqinlik borligi ham ayon bo'ladi. «Topishmoq» term ini «top» buyruq 
fe’liga «ish» yasovchi q o ‘shim chasini qo‘shish orqali yasalgan va 
unga «moq» shaklini q o ‘shish bilan ja n r atamasi yuzaga kelgan.
Topishm oqlar respublikamizning turli tumanlarida o ‘sha joylaming 
lokal xususiyatlari va shevasiga k o ‘ra, 
jumboq, jum m oq, jumoq,
topmacha, topar c h o ‘pchak, top-top, top-top cho‘pchak, matal, masala,
ushuk
kabi xilm a-xil so‘zlar bilan ham ifodalanadi. A m m o hozirgi 
paytd a «topishm oq» yagona ilm iy-adabiy term in sifatid a to ‘la 
o ‘zlashdi, qolganlari esa, to r doiralarda va ayrim keksa kishilar nutqida


ishlatiladigan b o ‘lib qoldi.
Topishm oq aytishishning ham q at’iy a n ’analari, o ‘ziga xos tartib- 
q o idalari b o ‘lgan. F olklorshunos Z .H u sainovaning yozishicha, 
« 0 ‘zbek xalqi orasida ham juda qadim da biror muayyan vaqtda, 
biror marosimda topishm oq aytishish rasm b o ‘lgan b o ‘lishi m um kin. 
Lekin hozirgi vaqtda bunday aytishishlaming izlari saqlanm agan. 
A m m o ota-bobolarim iz kundalik m ehnatdan b o ‘shagandan keyin, 
ko‘pincha kechasi topishm oq aytishar ekan. Sam arqand viloyati 
G u lb ulo q qishlog‘ida yashovchi Roziya m om o shunday deydi: 
«Qishning kechasi uzun bo‘ladi, ayollar yig‘ilib urchuq yigiradi, 
olacha to ‘qiydi, shu vaqtlarda yoki kechasi yotgandan keyin topishm oq 
ay tish ish » o d a ti b o ‘lgan. S a m a rq a n d v ilo y a tin in g sh im o liy
tu m a n larid ag i o ‘zb eklar yashagan qish lo q lard a to ‘yga b o sh q a 
qishloqlardan kelgan odam lam i qo‘ni-qo‘shnilamikiga qo‘ndirganlar. 
Yig‘ilgan m ehm onlar o ‘rtasida chaldirm oq, jum boq aytishish ham 
b o ‘lg a n » .6K D em ak, to p ish m o q n i asosan q ish k ech alari ay tish
o ‘tm ishda uning ijrosida muayyan taqiqlar bo‘lganligini ko‘rsatadi.
T o pishm oq ijrosi uch u n kam ida ikki kishi, ikki g u ruh yoki 
topishm oq aytuvchi va uni yechuvchilar, javobini topuvchilar b o ‘lishi 
kerak. Topishm oq aytilishi bilan uning javobi topilgach, ketm a-ket 
navbatdagilari aytila beradi. Shuning uchun ham topishm oq aytish 
hozirgi paytda aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, o ‘yin-kulgi, ko‘ngil 
ochish vositasiga aylangan.
Xalq o‘rtasida « 0 ‘zi g‘ir mitti, urdi yiqitdi» 
(uyqu),
«Otdan baland, 
itd an past» 
(egar),
«K o‘k ko‘ylakka g‘o ‘za yoydim» 
(osmon va
yuiduzlar),
«Qoziq ustida q o r turm as» 
(tuxum )
kabi ju d a keng 
tarqalgan topishmoqlar borki, ular aytilishi bilan darhol javobi topiladi. 
A m m o topishm oqlarning shundaylari ham borki, javobini topish 
an c h a qiyin, h atto katta tu rm ush tajribasi bo r kishilarni h am
o ‘y l a n tir i b q o ‘y a d i. B u n d a y h o lla r d a ja v o b n i t o p i s h n i
yengillashtiruvchi qo‘shim cha m a’lum otlar beriladi, ya’ni javobni 
topuvchilar aytuvchidan «jonlimi, jonsiz?» deb so‘raydilar. Shunda 
ham javob topish qiyinlashsa, «Qattiqmi, yumshoq?», «Achchiqmi, 
shirin?», « 0 ‘zi qanday?», «Qayerda b o ‘ladi?» kabi q o ‘shim cha 
so‘ro q lar o ‘rtaga tushadi. Javob topilm agach, «shahar» beriladi. 
«Shahar olish» topishm oqni topa olm agan kishini uyaltirish, izza 
qilish va shu bilan davraga xushchaqchaqlik kiritish vositasidir. 
Aytuvchi topishmoq javobini topolmagan kishini quyidagicha uyaltirib,


so ‘ng o ‘zi javobini aytib beradi: «Shahar, unda bor-u m unda kel, 
kelib m ening qoshimga yiqil. Ikkalamiz ketaylik. Sen ham keta berib, 
tap etip bir xaloga tushding. M en ham keta berib. jarang etib bir 
tillaxonaga tushdim . Bir devona:— «Hey, d o ‘st»,— deb keldi. M en 
bir olovkurak tilla chiqarib berdim, meni tol k o ‘chada alqab-alqab 
ketdi. Sen bording-u, bir olovkurak go‘ng chiqarib berding, seni tol 
k o ‘chada qarg‘ab-qarg‘ab ketdi. M en ham bir otga m indim , sen bir 
yag‘ir eshakka minding. Kunjaradan non qilib, eshakning yag‘iriga 
kunjarani tegizib, yalab-yalab ketding. M en bordim , shinni bilan 
murabboga n onni tegizib, yalab-yalab ketdim. Hay, sen topm asang, 
m en topay, og‘zingga katta bir tappini yopay. Uning o ‘zi...».69
A yrim jo y lard a javob topilm agach, to p uvchi bilan aytuvchi 
o ‘rtasida «Sotdim -oldim » dialogi bo‘lib o ‘tadi. Bunga ko‘ra, aytuvchi 
topuvchining barcha tana a ’zolarini «Sotib olish» orqali uni izza 
qiladi:
— Sotdim.
— Oldim.
— Nimasini?
— Q o ‘lini.
— N im a qilasan?
— U choqqa kosov qilaman.
S h u ta riq a ja v o b to p o lm a g a n sh a x sn in g k o 'z i x alo jo y g a 
sham chirog4. qulog‘i tezakka supra, oyog‘i tezak tepkilagich, boshi 
o ‘choqqa tosh, og‘zi o ‘ra, bum i hushtak qilish uchun «sotib olinadi». 
Oxirida o ‘zi «sotiladi»:
— Yana sotdim.
— Oldim.
— Nimasiii?
— 0 ‘zini.
— N im a qilasan?
— Tog‘dan yumalatib, o ‘tin qilaman.
S hundan keyingina aytuvchining o ‘zi topishm oqning javobini 
aytgan. Javobini bilmay turib, topishm oq aytish qattiq qoralangan. 
Masxara b o ‘lishdan uyalish, tahqirlanishdan qochish istagi topishm oq 
aytish o ‘yiniga qatnashuvchilarni ko‘p bilishga, fikriy qobiliyatlarini 
doim o ‘stirib borishga undagan. «Shahar bergandagi» tahqirom uz 
gaplar undagi ishtirokchilami sira ham ranjitmagan, aksincha, davrada 
ruhiy ko'tarinkilik, xushchaqchaqlik paydo qilgan, ularning qiy-chuvi,


xursandchiligiga sabab boigan.
Topishm oq folklorning qadimiy janrlaridan biridir. Uning paydo 
bo‘lishi, qadimiy vazifasi va dastlabki shakli haqida olim lar turli- 
tu m a n q a r a s h la r n i ilg ari s u rg a n la r. M a s h h u r in g liz o lim i 
E.B.Taylorning fikricha, topishm oq madaniyat tarixida maqol bilan 
birga paydo b o ig a n bo‘lib, uning gullagan davri sivilizatsiyaning 
quyi va o ‘rta bosqichlariga to ‘g ‘ri keladi. U ningcha, topishm oq 
an ’anaviy savol-javob shaklidagi odatda quruq hazilga olib boruvchi 
hozirgi so‘z o ‘yini emas, balki u jiddiy javob berishni talab qilgan 
qadimiy shaklda tuzilgan topshiriqdir. Sfinks topishm og‘i buning 
tipik nam unasi bo‘lishi mumkin.70 Qadimgi grek mifida Sfinks boshi 
ayol, tanasi sher bo‘lgan qanotli maxluq sifatida tasaw u r qilingan. 
U Fiv shahri yaqinida joylashib olib: «Kim ertalab to ‘rt, kunduz 
ikki, kechqurun uch oyoqda yuradi?»—deya topishm oq aytadi va 
javob topa olmaganlarni o'ldiradi. N ihoyat, Edip: «Inson bolaligida 
emaklaydi, ulg‘ayganda tik yuradi va qariganda hassaga suyanib 
qoladi>>,— deb bu jum boqni yechadi va Fiv shahriga shoh bo‘ladi.71
Topishm oqlar shartli yashirin nutq asosida yuzaga kelgan b o ‘lib, 
uning zamini kishilaming qadimiy e’tiqod va tasaw urlari, olamni 
bila borish va idrok etish darajasi bilan bog‘liqdir. D arhaqiqat, 
Z .H u s a in o v a n in g y o z ish ic h a : « 0 ‘tm is h d a ta b ia t va ta b ia t 
hodisalarining o ‘zi bir jum boq b o ‘lganki, odam lar uning sirini 
bilmaganlar va yecha olmaganlar, ularga u 
sirlar bir m o ‘jizaday 
bo‘lib ko‘ringan... Shaxs o‘zini qurshab turgan tashqi obyektiv olamni 
taniy boshlagan bir paytda undagi narsa va hodisalaming qaysi yo‘l 
bilan yaratilishini anglash, bilish istagida narsa va hodisalarnt bir- 
biriga solishtirish, qiyoslash va b a’zan qaram a-qarshi q o ‘yish bilan 
o‘rgana boshlagan. Ular quyosh, oy, yulduzlar harakatining, chaqm oq 
chaqishi, kolk guldurashi, bulut kelishi, shamol esishi, qor-yom g‘ir 
yog‘ishi kabilaming mohiyatini to ‘la anglab yetmaganlar va animistik 
tushunchalarga asoslanib, ularning ham m asida jon bor, deb ta saw u r 
qilganlar. Bunday tushunchalarning ba'zi ko‘rinishlari topishmoqlarda 
ham uchraydi. «Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi» 
topishmog‘ida quyosh, oy, yulduzlar insonga qiyos qilinib, jonlantirib 
berilishi ibtidoiy tushunchalar bilan bog‘liq. Chunki inson hali tabiat 
va u n in g sirla rin i t o ‘g‘ri tu s h u n ib y eta o lm ag an , to te m is tik
tushunchalar hukm ron bo‘lgan paytlarda quyosh va oyni otalik va 
onalik boshlang‘ichi — ota va ona deb tasaw u r etgan».72 Demak,


to p ish m o q lar bir vaqtlar m uayyan magik vasifalam i ado etg an
zam onlaridan boshlab, aql-zakovat, ziyraklik musobaqasi, ko‘ngil 
o c h ish , o ‘y in -k u lg i vositasiga aylangan d av rla rig ach a b o ‘lgan 
m urakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o ‘tgan. Shuning uchun ham ular 
hayotni tasvirlash m ohiyati, tuzilishi, badiiy xususiyatlari jihatidan 
turli-tum an b o ‘lib, ko‘p zam onlar izini o‘zlarida saqlaganlar, xalqning 
estetik didi, hissiy tuyg‘ulari osha borgan, tabiat va jam iyatni bilish 
qudrati kuchaya borgan sari ulardagi mifologik tasaw urlar va qadimiy 
tu sh u n c h a la r susaya borib, poetik bosim b irin ch i planga ch iq a 
boshlagan. N atijad a, to p ish m o q tu rli-tu m a n m aro sim lar b ila n
bog‘liqligi va boshqa m aishiy funksiyalarini yo‘qotib, sof badiiy- 
estetik vazifa o ‘taydigan janrga aylanib qolgan.
0 ‘zbek xalq topishmoqlarining asosiy qismini metaforik topishmoqlar 
tashkil etadi. Qadimiyatning ulkan olimi Aristotel, topishm oqlam ing 
m etaforalardan tashkil topganligini alohida ta ’kidlaydi: «Amalda 
topishm oqning mohiyati haqiqatan mavjud b o ‘lgan narsa to ‘g‘risida 
so‘zlash, Shu bilan birga, butunlay mumkin b o ‘lmagan narsalam i 
birlashtirishdir. Bunga (ko‘p qo‘llanadigan) so‘zlar vositasida erishib 
bo‘lmasa. m etaforalarorqalim um kin».73 Chindan ham metafora narsa 
va hodisalar, predmetlaming u yoki bu belgisi o ‘xshashligiga asoslangan 
p o etik k o ‘ch im b o ‘lib, a n ’anaviy to p ish m o q lam in g m o h iy atin i 
b elgilayd i. M a salan , sabzi haqidagi «Yer ta g id a o ltin qoziq» 
topishmog‘ini olaylik. Bunda sabzining rangi (sariqligi) oltinga, ko‘rinishi 
(shakli) qoziqqa o ‘xshashligi hisobga olingan. D em ak, m azk u r 
topishm oqning javobi sabzi bo‘lsa, uning ko‘chim i oltin qoziqdir. 
M azkur topishm oqning «Yer tagida qator qoziq» variantida esa, 
sabzining faqat ko‘rinishi (shakli) nazarda tutilgan. «Qizil qiz yer ostida, 
sochlari yer ustida», «Sariboy akam ichkari, Soqollari tashqari» kabi 
variantlarda jonlantirish priyomi bilan birgalikda metaforik ko‘chimning 
turli jihatlari ham nam oyon b o ‘lgan.
0 ‘zbek xalq topishm oqlarining yana bir tu rin i so‘ro q (savol) 
topishm oqlar tashkil etadi. Bunday topishm oqlarda predm etlam ing 
o ‘xshash belgilari bir-birlari bilan solishtirilmaydi, balki topuvchi 
oldiga m a ’lum so‘roqlar, m uayyan vazifalar q o ‘yiladi. M etaforik 
topishm oqlarda javob yashiringan predmetning nom idangina iborat 
b o ‘lsa, bu xil to p ish m o q lard a javob keng izohlanadi. M asalan, 
«D unyoda to ‘rt narsa yo'q» topishm og‘ining javobi shunday: 
O sm onning ustuni yo‘q,


Hovuzning qopqog‘i yo‘q,
K o‘rpaning yengi yo‘q.
Oshpichoqning qini yo‘q.
S o 'ro q (savol) topishmoqlarning juda murakkab ko‘rinishlari ham
mavjud. Masalan:
— U nimadir, havodagi do‘langan?
U nim adir, yer yuzini suv olgan?
U nim adir, orqasida og‘zi bor?
U nim adir, o ‘rtasida mag‘zi bor?
U nimadir, suv ichida jo n i bor?
- Bulut b o ‘lar havodagi d o ‘Iangan,
Yomg‘ir b o la r yer yuzini suv olgan,
Tegirmondir, orqasida og‘zi bor,
Bug‘doy b o ‘lar o ‘rtasida m ag‘zi bor.
Baliq bo‘lar suv ichida jo n i bor.
Bu xildagi topishm oqlarning yuzaga kelishida yozma adabiyot 
nam unalarining, qissalaming muayyan ta ’siri ham b o llgan. shuning 
uch un ham bunday nam unalar «Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand», 
«Xirmondali» kabi kitobiy dostonlarga yaqin asarlarda, Maxtumquli 
va D urdi qilich aytishuvlarida ham uchraydi.
Savol-topishm oqlarning javobi birgina so‘zdan iborat bo‘lgan, 
yuqoridagilarga o ‘xshab keng izoh talab qilmaydigan nam unalari 
ham mavjud. Bu jihatdan javobi sham ol b o lg a n va sham olning 
tilidan aytilgan topishmoq xarakterlidir:
Aqqa o‘tdim , bildingmi?
Baqqa o ‘tdim , bildingmi,
Oq quvrayning boshini —
Chertib o ‘tdim , bildingmi?
0 ‘zbek xalq topishm oqlarining yana shunday xillari borki, ularda 
sanoq sonlar ishtirok etadi, ya’ni u yoki bu narsa va hodisa shu 
sonlar yordamida jum boqlanadi. Bunda narsa va hodisalar orasidagi 
0
‘xshashliklar ham hisobga olinadi, albatta. Masalan:
B ir daraxtda o ‘n ikki shoxa,
H a r shoxada o ‘ttiz yaproq,
Y aprog‘ining bir yoni qora, bir yoni oq.
Bu topishm oqning javobi bir yil, o ‘n ikki oy va o ‘ttiz kecha-


kunduzdir.
Xalqimizning topishm oq repertuarida yana shunday nam u nalar 
borki, ularning javoblari sanash, hisob-kitob qilish orqali chiqariladi. 
Bir misol:
«Bir to ‘da g‘oz uchib borar ekan, bir g‘oz ro‘para kelib:
— 
Ey, yuz g ‘oz, salom at borm isiz,— debdi. S hunda uiardan 
biri:—Biz yuz g‘oz emasmiz. Yana biz miqdori g‘oz b o ‘lsa, yana 
bizning yarm im iz m iqdori va yarmimizning yarmi b o is a , u vaqtda 
sen ham q o ‘shilsang, yuz g‘oz b o ‘lamiz, — debdi. Havodagi g‘ozlar 
qancha ekan?» Javobi: 36 (36 + 36+18 + 9 + 1 = 100).
Bu xil nam unalam i masala-topishm oqlar deyish mum kin. Ammo 
u la r x a lq o r a s id a n ih o y a td a k a m ta rq a lg a n . 0 ‘z b e k x alq
topishm oqlarining topishm oq-m aqol, topishm oq-o‘yin, topishm oq- 
tez aytish, top ish m oq -qo 'sh iq , topishm oq-ertak kabi tu rlari ham
mavjud. A m m o ularning nam unalari nihoyatda ozchilikni tashkil etadi.
0 ‘zbek xalq topishm oqlari tem atik jihatdan g‘oyatda boy va rang- 
barangdir. X alqim iz ijtim oiy-m aishiy turmushining m am lakatim iz 
tabiati, geografiyasi, ekologiyasi, nabotot va hayvonot olam ining, 
inson va koinotning biror sohasi yo‘qki, ular haqida bir-biridan go‘zal, 
g‘oyatda ixcham va siqiq topishm oqlar yaratilmagan b o ‘lsin. Yer va 
osm on, daryo va ko‘llar, tog ‘-u toshlar, dov-daraxt va o ‘rm onlar, 
m evazor bog‘lar va keng dalalar, oila-ro‘zg‘or jihozlari va m ehnat 
qurollari, m o m aqaldiroq va chaqm oq, sel va b o ‘ron, zulm at va 
yorug‘lik, oy va fasllar, hayvonot va o ‘simliklar olami, o ‘quv qurollari 
va musiqa asboblari, zam onaviy texnologiya va texnika vositalari, 
inson va uni o ‘rab olgan m uhit haqida ko‘plab topishm oqlar to ‘qilib, 
avloddan avlodga o ‘tib, bizning kunlarimizgacha aytilib kelinmoqda. 
T opishm oqlarda xalqning kundalik hayoti, yurish-turishi va yashash 
tarzi, isho nch -e'tiq od i, tasaw u rlari va olamga qarashi aks etgan. 
Shu bilan birga topishm oqlarda tarixiy voqealar, ijtimoiy-siyosiy 
masalalar, sinfiy m unosabatlar ham qisman o ‘z ifodasini topgan. 
M asalan, bit haqidagi «Abdullaxon— beustixon», «O sm oni resmon, 
M ulla A b d u rah m o n —beustixon» topishm oqlarining birinchisida 
Buxoro xoni A bdullaxon (XVI asr), ikkinchisida qo‘qon xonligida 
xalqqa zulm o 'tkazgan A bdurahm on oftobachi (XIX asr) ko‘zda 
tutilayotganligini payqash qiyin emas.74 Ayrim topishm oqlarda sotsial- 
sinfiy m unosabatlar yanada yorqinroq aks etgan. «H am m aga to ‘n 
tikadi, o ‘zi yalang‘och» (igna) topishm og‘i xuddi shunday chuqur


ijtimoiy mazmunli jum boqlardandir.
Topishmoq kontekstidan boshqalar, ya'ni boy va amaldorlar uchun 
ertayu kech m ehn at qilib, o ‘zi ya!ang‘o ch qolgan k am b ag ‘al 
hunarm and nazarda tutilayotganligi sezilib turibdi.
Topishmoqlar ham m a davrlarda yaratilgan. Ijtimoiy hayotga yangi 
narsa va hodisalaming kirib kelishi bilan ular haqida topishm oqlar 
ham yaratila borgan. Natijada, hayotimizga kirib kelgan samolyot, 
poezd, avtomashina, tramvay, traktor, patefon, radio, televizor, 
y ery o ‘ldoshi, telefon, lampochka haqida qator topishmoqlar yaratildi: 
Kechasi oftobdek,
Kunduzi koptokdek. 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish