askiyaboz, askiyachi
deb yuritiladi. Askiya aytishuvida h ar kim ham
ishtirok etavermaydi, chunki askiyachilikda so‘z o ‘yiniga usta, so‘z
va jum lalardagi ko‘chma m a’noni ilg‘ab olishga qodir, hoziijavob,
sham a’ va piching qila bilish san'atkorligiga ega b o ‘lish talab etiladi.
Zero,
askiya s o ‘z va jumlalardagi tagdor kesatiq
,
istehzo, piching,
pisanda, m azax, shama ’ va boshqa yumorga m oyil rang-barang
ko'chm a m a ’nolarni ilg'ab olib, unga munosib javob topa bilishdan
iborat so ‘z о yin i s a n 'atidir
.
Askiya tarafm a-taraf bo‘lib ijro etishga asoslangan. T arafm a-taraf
bo‘lib askiya aytishni boshlagan askiyabozlami tinglovchilar omm asi
kuzatib turadi va tom onlardan qay biri m antiqli ilmoqli luqmasi
bilan ustun kelsa, kulgi-qahqaha bilan ularni m a’qullab, chapak
chalib, olqishlab boradi. Shu xususiyati tufayli askiya tom onlar
tortishuviga aylanib boradi.
Askiyaning badiiy qurilishi tugallangan ikki fikming bir-biriga qarshi
q o ‘yilishidan tashkil topadi. U ndagi har bir fikr o ‘ziga xos tugunga
va yechimga ega b o ‘ladi. Qarshi q o ‘yilayotgan fikrlar o ‘zaro bir-
birini inkor etishi yoki tasdiqlashi, yoxud kuchaytirishi kerak.
H ar bir askiya asosida satira va yumor teng yotadi. Chunki askiyada,
albatta, ikki xil kulgi tu g ‘iladi. Y a’ni tom onlardan biri yaramas
illatlarni ochish uchun ram ziy yoki ko‘chm a m a’nodagi so‘z va
iboralami qo‘llaganda, zaharxanda (satirik kulgi) ko‘tarilsa, shu paytda
uning fikri qaratilgan ikkinchi tom ondagi askiyachilardan biri noqulay
holatga tushib qoladi. Bu kulgi — yengil, beg‘ubor yumoristik kulgini
tashkil etadi. Bunday kulgini hosil qilish uchun kinoya ishlatiladi, u
yoki bu so ‘z, ibora kuchaytiribroq, bo‘rttirib q o ‘llaniladi. Raqib
to m o n askiyachisi kulgili narsa yoki hodisalarga qiyoslanadi.
Askiyaning har xil turlari mavjud. Shulardan eng keng tarqalgan,
an ’anaviylashgani
payrov
dir.
Payrov — muayyan mavzu otrofida ijro
etiladi.
Masalan, mevalar nomi, kino nomlari, parranda, qushlar, fasllar,
badiiy asarlar nomi payrovlarga mavzu qilib keltirilishi an’anaga aylangan.
Payrovlam ing hajmi h ar xil, sujeti sodda bo‘ladi. Payrovda biror-
b ir s o ‘z, a ta m a c h e rtib a y tila d i va u g a rc h i o ‘z m a ’nosida
q o ‘llanayotgandek tuyulsa-da, aslida ko‘chm a m a’n o n i bo‘rttirib
ifodalab keladi.
Payrovlar boshlam a va tugallanm a qism lardan iborat b o ‘ladi.
U ning boshlam asida, asosan, tarafkashlar belgilanadi. Haqiqiy payrov
esa mavzu oydinlashgandan keyin boshlanadi.
Payrovda belgilangan mavzudan uzoqlashmaslik shart. Bu payrovda
bellashayotgan, tortishayotgan tarafkash askiyabozlar uch un m a’lum
qoidaga aylangan. Shuning u ch u n askiyaboz belgilangan mavzudan
uzoqlashsa, pala-partish so‘z aytsa, payrov buzilgan va yengilgan
hisoblanib, askiya to ‘xtatib q o ‘-yiladi.
Payrovda yana askiyachining «raqib»iga aytgan so‘z va jumlasi
ko‘chm a m a’no kasb etishi shart. Shuningdek, askiyachi o ‘z nutqida
turli badiiy tasvir vositalaridan ham unumli foydalana olm og‘i lozim.
Askiya payrovlaridan askiyaboz o ‘z «raqibi»ning fe’li — sajiyasiga,
xulq-atvoriga, qiliqlariga, tashqi ko‘rinishiga, portretiga m os laqabni
topa olishi va ulam i so ‘z o ‘yini orqali sha’ma qilib o'tish i kerak.
Bularning b an payrov askiyaning tabiatini belgilab turadi.
Askiyaning ichki turlarini
«Bo‘lasizmi?», «O'xshatdim», «Gulmisiz,
rayhonmisiz, jambUmisiz?», «Safsata», «Qofiya», «Radi/»
kabi kichik,
ixcham , savol-javob shakliga ega b o ‘lgan nam unalar tashkil etadi.
Payrovga nisbatan oldinroq shakllangan askiyaning bu turida dialog
kom pozitsion asos hisoblanadi. Ulardagi savol-javoblarining h ar biri
kichik hajmdagi epizodlardan tashkil topadi.
« 0 ‘x s h a td im » , « B o ‘la siz m i? » , « G u lm is iz , ra y h o n m is iz ,
jam bilm isiz» tipidagi askiyalar b ir xil xarakterda b o ‘lib, ularda
o ‘xshatish orqali bir-birini tanqid qilish shakli nam oyon b o ‘ladi.
Tanqidga m o‘ljal b o ig a n askiyaboz kulgili narsalarga — jonivorlarga,
gul turlariga o ‘xshatiladi. Unga qarshi to m on ham shu xilda javob
qaytaradi. Ularda satira, tanqid alohida o‘rin tutadi. «Safsata» tipidagi
askiyalarda tarafkashlaming piching yo‘lida aytgan hazili nam oyon
b o ‘ladi. Askiyaning yana b ir turi «Tutal», «Rabbiya» shakllari
hisoblanadi.
«Tutal» va «Rabbiya» ko‘pincha she’riy yo‘lda aytilishi bilan
askiyaning boshqa turlaridan ajralib turadi. Askiyaning tutal usulida
yum shoq kulgi hukmronlik qiladi.
Askiyalar mavzusi v ag ‘oyaviy yo‘naIishi jihatidan ikkiga bo‘linadi:
1. Ijtimoiy-siyosiy m a’nodagi askiyalar.
2. Maishiy-tarbiyaviy mazmundagi askiyalar.
0 ‘tmishda yaratilgan askiyalarning aksariyati ijtimoiy-siyosiy m a’no
kasb etganligi kuzatiladi. Ularda ko‘proq o ‘tmishdagi og‘ir hayot,
insonning insonga zulm o ‘tkazishi, yuqori tabaqa vakillarining,
am aldorlam ing xalqqa yetkazgan jabr-u jafosi, turli nayranglari hajv
qilingan.
Askiyalar hozirgi davrda ham faol yaratilm oqda. Hozirgi davr
askiyalarida, asosan, istiqlol zam onasi bunyodkorligi, milliy hurlik
baxsh etgan farovon hayot haqida gapiriladi.
Askiya kishining ruhini ko‘taradi, uni m a’naviy g‘alabalar sari
d a'v at etadi. Shu sababli xalq askiyani sevadi.
Askiyada badiiy ko‘chim ning har xil turlarini, bundan tashqari,
istiora, o ‘xshatish, sifatlash kabi badiiy tasvir vositalarini ham da
tanosib, tajnis, mubolag‘a singari ifoda vositalarini uchratish mumkin.
M asalan: G ‘oyib aka: — Q anday o ‘rik yeym an axir, siz bog‘ninng
o‘rtasida turib, olma, olma, deysiz-u!
A skiyada majoziy m a’n o n i kuchaytirish m aqsadida o m o n im
so‘zdan unum li foydalanilgan. Ornonim so‘zIar vositasida iyhom
san’ati qo‘llangan. Askiyadagi «Olma» so‘zi bir o ‘rinda meva nom ini,
ikkinchi o ‘rinda esa buyruq fe’lini bildirib kelm oqda va uning
yo rd am id a, b irin c h id a n , kulgi obyekti an iq lan ay o tg an b o ‘lsa,
ikkinchidan, holat kom izm i vujudga keltirilgan.
Ba’zan askiyalarda ayrim so'zlarning o ‘rni ataylab alm ashtiriladi
yoki buzib aytiladi. Bunday holatda u yoki bu belgiga sham a’ qilinadi.
U rg‘u tushgan so ‘z yoki ju m la esa kulgi q o ‘zg‘aydi. M asalan:
«M am ayunus aka uxlab yotgan Erka qorini asta turtib:
— Turing, Q ori aka! Kurotga (kurort) keldingiz! — dedi. Erka
qori yostiqdan boshini k o 'tarar ekan, shoshib-pishib, paypaslanib,
derazadan tashqariga qaragan b o ‘ldi-da, darhol yuzini M am ayunus
aka tom onga burib:
— Hovliqmay qoling, Mamayunus!. S ho‘rtepa-ku, — dedi.»
Askiyada «kurort» so‘zi ataylab buzib aytilgan. «Sho‘rtepa» so ‘zi
esa gap boshlagan askiyachining kal ekanligiga ishora qiladi. Shu
so‘zlar yordam ida askiya yengil, xushchaqchaq kulgi q o ‘zg‘aydi.
Bunday askiyalarda askiyachilarning portreti, fe’l-atvoriga aloqador
ayrim chizgilarni
h am bilib olish m um kin b o ‘ladi. Ju m la d an ,
yuqoridagi askiyaning birinchi qismida askiyachining ko‘zi ojizligiga
ishora qilingan b o ‘lsa, ikkinchi qismida raqib askiyachining kal
ekanligiga sham a' qilingan.
Ba’zi askiyalarda bir narsaning turli belgilariga ishora qilinganligini
kuzatish m um kin. Masalan:
Tursun buva: — Paxta terim i normangizni nega bajarmaysiz desam,
eski «vavag4» ekansiz-da.
Qodiijon aka: — 0 ‘zlari qora taxtani qo‘noqqa aylantirib olibdilar-
u, yana bizga tullaklik qiladilar.»
Askiya payrovida ishlatilayotgan «vavag», «tullak» s o ‘zlarining
har ikkalasi h am bed anani anglatadi. Payrovda ular o ‘z m a’nosida
em as, ko‘chm a m a ’noda q o ‘llanib, tortishuvda majoziy m a ’no kasb
etib, ish o ‘m iga gap sotadigan dangasalarning safsatasi bedana
sayrashiga o ‘xshashligini ham da o ‘ta mug‘ambir, ayyor kim salar tullak
bedana kabi ekanligini ta ’kidlash uchun xizmat qilm oqda.
Askiya professional ijroga asoslangan janrdir. Xalq orasida o ‘tkir
didli askiyachilar yashab o ‘tganligi m a’lum. Jumladan, m arg‘ilonlik
Yusufjon qiziq Shakaijonov (1869-1959), qo‘qonlik Erka qori Karimov
(1880-1956), M am ayunus Tillaboev, Komiljon Rahimov (1905-1964),
Oxunjon qiziq Huzurjonov (1903-1967) va boshqalami eslatish mumkin.
Xullas, askiya ijtimoiy hayot hodisalari, ayrim siyosiy m uammolar,
odam lam ing turm ush tarzi, o ‘zaro m uom ala-m unosabati, yaxshi-
yomon odatlari, orzu-istaklari asosida yaratiladigan ixcham va kulgili
asarlardir. U aytuvchi va tinglovchilarga cheksiz zavq-shavq, ta'lim iy-
ta rb iy a v iy o z u q a b axsh e ta d i, k is h ila r n i h o z irja v o b lik k a ,
badihago‘ylikka etaklaydi.
Lof. Lof — o ‘zbek xalq og‘zaki ijodining o ‘ziga xos, alohida
mustaqil janrlaridan biridir. Uning tabiatida epiklik va dram atiklik
o ‘zaro uyg‘unlashib ketganligi tufayli lof epizodik og‘zaki dram a
namunasi sifatida ko‘zga tashlanadi. Loflar sahnaga m oljallangan,
satira va yumorga asoslangan, tom oshabinlar guruhining mavjud
bo‘lishini taqozo etadigan asarlar bo‘lib, ular o‘ziga xos ijro usuliga
ega. Loflar askiyalar kabi so‘zga chechanlik va hoziijavoblikni talab
eta d i. H a ra k a tn in g k o n trast aso sid a q u rilg a n lig i-y u , k u ch li
mubolag‘aga asoslanishi bilan alohida ajralib turadi.
Loflar kishida bir lahzalik kulgu uyg‘otib, unga cheksiz zavq-
shavq bag‘ishlashi bilan diqqatga sazovordir. U lam ing sujeti dialog
asosida quriladi. Lof aytish m ubolag‘aii savol-(epizod)ga undan
kuchliroq m ubolag‘aviy mantiqiy javob qaytarishdan iborat so‘zga
chechanlik musobaqasi shaklida nam oyon bo‘ladi. Lofchilarning
so‘zamollik bobidagi tortishuvi bevosita lofni yuzaga keltiradi. Loflar
hech qanday kirishlarsiz boshlanadi. Sujet yechimi esa latifalamikidek
favqulodda yuz beradi.
Loflar odatda ikki qismdan tashkil topadi:
Download Do'stlaringiz bilan baham: |