Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I


bet98/108
Sana15.06.2022
Hajmi
#674106
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   108
Bog'liq
Oxunjon Safarov [uzsmart.uz]

E r k a l a m a l a r
x a lq n in g o ‘z fa rz a n d la rig a b e q iy o s m e h r
tovlanishlarini aks ettiradi. U larda xalqimizning bolaparvar siymosi 
nurlanib turadi:
О . . . shugina, shuginagina,
M unchagina, tunchagina,
K unchagina, shunchagina,
Y ashnab turgan g‘unchagina.
M ehr xuruji ona qalbini tu g ‘yonga keltirganidan u shu so‘zlar 
tizimi ritmida arzandasini ardoqlash, erkalash ohangini chuqur tuygan. 
E rk alam alard a «-gina», «-ginagina» q o ‘shim chalari faol, ularda 
kichraytirishdan ko‘ra erkalash m a’nosi bokrtibroq tovlanadi.
Erkalam alam ing «Ha, lo ‘tti-lo ‘tti», «Ha, do‘rsa, d o ‘rsa, d o ‘rsa», 
«Ha, kishta-kishta, kishta» singari taqlidiy va so‘qma so‘zlar tizim idan 
to 'q ilg an a n ’anaviy satrlar bilan boshlanuvchi butun b ir turkum i 
borki, faqat 2-3 yashar bolalarga m o‘ljallangan. Buning sababi — 
shu yoshdagi bolalar vaznining yengilligi, binobarin. u lam i havolata- 
havolata, k o ‘ta rib -tu sh irish o ‘ngg‘ay. Erkalam a h am xuddi shu 
harakat ravishiga m utanosib ohangda shovqin solinib aytiladi:
H a, d o ‘rsa-d o‘rsa, do‘rsa...
Otasi bozorga borsa,
G o ‘sht-u birinch keltirsa,
Onasi pazanda bo‘lsa,
Bolasi xo‘randa b o ‘isa...
Erkalam alarda kichkintoylar kelajagiga daxldor orzulam i kuylash- 
yetakchi m otivdir. Ular, asosan, yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarga 
a y tils a - d a , a slid a b o la la m i e rk a la sh ja ra y o n i 11 -13 y o sh g a 
to ‘lganlarigacha va hatto undan keyin ham davom etishi m um kin. 
Biroq bu davrda erkalash poetik shaklda kechmay, m aqtash, xatti- 
harakatni m a ’qullash va unga minnatdorchilik izhoridan iborat obrazli 
iboralar («Yasha!», «Balli!», «Ofarin!», «Rahmat!» va h.k.) vositasida 
amalga oshadi. U m um an, erkalamalar bolalardasam im iyliktuyg‘usmi 
tarbiyalaydi.
Ovutmachoqlar
esa bolani tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi 
badihalardir:
Vo‘y-vo‘y, shuginani kim urdi?
Vo‘y-vo‘y, shuginaga kim lab burdi?
YigHama, oppoqqinam ,


Boshimdagi qalpoqqinam.
K o ‘rinayotirki, chaqaloqning yig‘isi onada uni tinchlantirish 
assosiatsiyasini uyg‘otgan. O na shu zaruriyatga ko‘ra so‘zga murojaat 
qilayotir. U so‘zbozlik qilayotgani yo‘q, balki so‘zni tashkil etgan 
tovushlar garmoniyasida tinchlantiruvchi intonatsiyaga urg‘u berib, 
orom beruvchi, ovutuvchi ohangni anglatishga, his etishga, tuyishga 
erishayotir. Bunda bolani bag‘riga bosib, beshik yo belanchakda 
tebrata turib, unga termulib turib, lablarini ch o ‘chchaytirib yoxud 
b o laning yupqagina lab ch alarin i qitiqlab ovituvchi ohangning 
omuxtalashtirilishiga alohida e ’tibor berilgan. Natijada so‘zlardagi 
ohang , m a ’no va harakat m uvofiqligi ovu tm ach oq ning ritm ik
mehvariga aylangan. Buni his-hayajonni ifodalovchi so‘zlarning 
juftlashgan takrori bo‘rttirib ifodalagan:
H o ‘-ba, h o ‘-ba, nega yig‘laysan?
H o ‘-ba, h o ‘-ba, nega big‘laysan?
H o ‘-ba, ho‘-ba, big‘-big‘lama,
H o‘-ba, ho‘-ba, sen yig‘lama,
Yig‘lab bag‘rimni tig‘lama.
H o ‘-ba, h o ‘-ba, jo. . . on, jo. . .on,
Sadqa senga shirin jon.
«H o‘-ba, h o ‘-ba» taqlidiy so‘zi takror holda mayin cho‘zinchoq 
ohangga ega. Tovushlar alteratsiyasi asosida ohangdoshlik kasb etgan 
qofiyalar anaforalardagi mayin ch o ‘zinchoq ohangni to ‘ldirib, izchil 
tarovatlanishini ta ’minlagan. Natijada boladagi injiqlikni elita oladigan 
jozibali ovutuvchi ohang yuzaga kelgan. O vutm achoqlam ing bevosita 
b o lan in g o ‘ziga p o etik m u rojaat shaklida qurilganligi elitish , 
yumshatish jarayonini yanada faollashtirgan va samimiylashtirgan 
xos xususiyatidir. Bola tovushlar ohangida sehrli jozibadan rohatlanib 
tinchlana boshlaydi. Bu esa, o ‘z navbatida, bola faoliyatida ongni 
uyg‘otish va harakatga solish yo‘lidagi ilk assosiatsiya bo‘lib, unda 
nutqning hosil bo‘lishi va shakllanishiga yo‘l ochadi. Shu tariqa, 
allalardagi m onotonlik, erkalam alardagi p atetik ko‘tarinkilikka 
ham ohanglikda ovutmachoqlardagi bamaylixotir tovush tovlanishlari 
o ‘zaro uyg‘unlashib, bolada o ‘z ona tilisining tovush gammalarini 
ilg‘ash, bora-bora nutq tovushlarini o ‘zIashtirishga yo‘l ochadi, 
nutqning shakllanish jarayonini harakatga keltiradi.
Kattalar bolalaming tabiatga munosabatlarini shakllantirishda ham 
faol ishtirok etadilar. Buning natijasida bolalam ing o ‘z solnomasi


(kalendari) va uni ifoda etuvchi mavsum-marosim qo‘shiqlari yuzaga 
kelgan. Bahor, yoz. kuz, qish m avsum lari bilan bog‘liq bunday 
qo‘shiqlaming bir qismi ijtimoiy-siyosiy taraqqiyot taqozosiga ko‘ra 
kattalar repertuaridagi mavqeyini yo‘qota borib, yo tam om an so‘nib 
ketadi, yo transformatsiyaga uchrab, bolalar repertuarida saqlanib qoladi.
«Boychechak», «Yo ramazon» va hayitliklar shular jum lasidan 
hisoblanadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish