ovqatlantirilganda, qizaloq sochini
ilk bor yuvib-taraganda, tirnog‘i
ilk bor olinganda, o‘g‘il bolaning sochi birinchi m arta qirqilganda,
bola sh a ’niga isiriq tutatilganda, xullas, shunday rasm -rusum larning
har biri mazmuniga yarasha aytim-olqishlar mavjud. Bulaming m a’lum
qismi ijtimoiy taraqqiyot tufayli so‘na boshlagan b o ‘lsa-da. m a’lum
qismi xalq a n ’analarining poetik uzvi
sifatida ham on yashamoqda,
aytaylik, bolalaming yangi kiyim kiyishiga oid aytim -olqish ijtimoiy
m unosabatlardagi o ‘zgarishlar ta ’sirida transform atsiyaga uchrab,
tu g‘ilgan kunini nishonlash jarayonida bolaga yangi kiyim kiydirish
qutloviga aylangan:
San bir yillik,
Yana: Yoqasi moyli b o ‘lsin,
M an ming yillik.
Etagi loyli b o ‘lsin.
Kiya-kiya to ‘zdiraylik,
Mayli bir yilda to ‘zsin,
D ugonalarim dan o ‘zdiraylik.
0 ‘zi-chi, ming yil kulsin.
Bu xildagi aytim-olqishlar ijrosidagi o ‘ziga xoslik shundaki,
ulami
aw al bolaga kiyim kiydiradigan kishining o ‘zi aytib, so‘ngra o ‘sha
boladan takrorlash talab qilinadi. Yangi kiyim kiyayotgan bola shu
talabga muvofiq takror ijro etadi.
Erkalama
va
ovutmachoqlar
ham
suyish qo'shiqlarining
bir-
biridan farq qiluvchi janrlari sanaladi.
Ovutmachoqlar
kichkintoylar
g‘ashlanganda, baqirib-chaqirib yig‘laganda, betoqatligi oshganda
ovutish zaruriyatining ehtiyojga aylanishi oqibatida yuzaga kelsa,
erkalamalar uchun esa kayfiyatning ko‘tarinkiligi m uhim rol o ‘ynaydi.
Erkalamalar
mehr xurujidan
tug‘iluvchi badihalardir. Ovutmachoqlar
vaziyat
taqozosi
tufayli ehtiyojga aylansa, erkalam alar
kayfiyat
ta q o zo si tufayli ehtiyojga ay lan ad i. O v u tm a ch o q lard a ijrochi
kayfiyatining qay holatdaligi aham iyatsiz. Erkalam alarda ijrochi
kayfiyatining xushligi, ko‘tarinkiligi m uhim ; xafalikda,
ehtiroslar
sovugan paytda bolani erkalash mayli tug‘ilmaydi. Bolani erkalash
uchun kayfiyat behad chog‘ bo‘lm og‘i shart. Ekstaz holat erkalamalar
ja n r tabiatini belgilovchi yetakchi xususiyatdir. Erkalam alarning
a k s a riy a ti «О.... shugina» y o k i t o ‘p p a - to ‘g ‘ri « S hu g in a» va
«Shuginagina» so‘zlari bilan boshlanib, ko‘pincha 4 yoki 6,
ayrim
hollardagina
10 va undan ortiq satrdan iborat b o ‘ladi. Bunday
cheklanishning asosiy sababi — m ehr xurujining ch o ‘ziluvchanlik
darajasiga, aniqrog‘i, uzoq cho‘zila olmasligidan iborat psixologik holat
bilan bog‘liq. Chunki m ehr xuruji soniyaviy b o ‘lib, tezda pasayishi
tabiiy. Binobarin, erkalama hajm an m ehr xurujining nechog'lik kuch
va c h o ‘ziluvchanlikda nam oyon b o ‘lishi oqibatidir.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: