Hayvonlar va afsonaviy max/uqlar.
yalmog‘iz kam pir, ajdaho.
shayton, qoravoy it va boshqalar.
Bu p erson ajlam in g har biri b e ta k ro r qiyofaga ega va xalq
komediyasida o'zigagina xos ijtim oiy-estetik vazifani bajarishlari
tufayli asarning g‘oyaviy-badiiy maqsadini ochishga xizmat qilgan
va tomoshabinlarga zavq va saboq berishgan.
II.
«Chodirxayol» qo'g'irchoq teatri.
Buni hozir zamonaviylashtirib
marionetka teatri
deyiladi. «Chodir xayol» teatrida qo‘g‘irchoqlar
harakati iplar yordamida amalga oshiriladi. Qora iplarga bog‘langan
qo‘g‘irchoqlar kechasi qora parda fonida harakatlantirilgani uchun
ip la r i k o ‘zga ta s h la n m a y d i va q o ‘g ‘ir c h o q l a r g o ‘yo o ‘zi
harakatlanayotganday ko‘ringani uch u n tom o sh ab in lard a katta
q iziq ish h am d a estetik zavq uyg‘o tg a n . Bu te a tr d a , aso san ,
«Sarkardalar» xalq komediyasi o ‘ynalgan. H ozirgacha bu te a tr
repertuaridan bizga m a’lum bo‘lgan yagona asar shu komediya bo‘lib.
uni 1927-yilda M .F.Gavrilov yozib olgan.
«Chodir xayol»da ham 100 ta qo‘g‘irchoq — personaj mavjud.
P.A.Kamarov kolleksiyasida shulardan 47 tasi mavjud, qolganlari esa
hanuzgacha nom a'lum .
«Chodir xayol» spektaklida voqea, asosan, xon saroyida kechadi.
Shu vajdan unda harbiylarni ifodalovchi q o ‘g‘irchoq — personajlar
ko‘p. C hunonchi yasovul, rus sarbozlari, xitoy sarbozlari va xalq
komediyasining bosh qahramoni Yo‘ldosh yasovul shu silsilaga kiradi.
Y o‘ldosh yasovul boshida qora popugi osilib turgan qizil qalpoq
kiyib olgan, ikki beti ham anordek qip-qizil, qirrador burni dum aloq
yuzi ustida savlat to'kib turibdi. Yashil shalvor va havorang m undir
kiyib olib, belini oq-qizil yo‘l-yo‘l tasm a bilan m ahkam bog‘lagan,
oyog‘ida qora etik, chap q o ‘Iida qam chi. Yuzlarida q o ‘rquv va
dahshat ifodasi bor. H ayronlikdan og4zi ochilib qolgan, g ‘oyat
siqilgannamo, birm uncha sodda, zahm atkash va dilkash qiyofadagi
kishi sifatida harakat qilsa, boshqa personaj — qo‘g‘irchoqlar uning
shu xatti-harakatini to ‘ldiradi. Bularni uchguruhga bo‘lish mumkin:
1. S an’at ahli. Bular aslida m ehnatkash xalq vakillari b o ‘lib,
Toshpo‘lat dorboz, Parda kam aychi, raqqosalar - Lazokat poshsha,
Saodat poshsha, Em azar m aym unchi, O rif jarchi ko‘zaboz, Oysha
xotin olm aboz, erkak-ayol parangi muallaqchilar, Shodm on botir
qirg‘izlardan iborat.
2. Satirik personajlar. Bular asli real tarixiy shaxslar b o ‘lib,
Xudoyorxon, Puchuq oftobachi (ba’zan A bdurahm on oftobachi),
0 ‘ratepa begi Abdug'afforbek, Saydulla yuzboshi. Iso avliyo, Hamid
qiyshiq o ‘g‘ri. Said Botir qalandar, Qo‘ng‘irboy ko‘mirchi singari
personaj- qo‘g‘irchoqlar harakat qiladi.
Shuni ta ’kidlash joizki, «Chodir xayol» spektaklida kamida 50
tach a q o ‘g‘irchoq ishtirok etganligi tufayli ularni ip bilan boshqarish
zaruriyatga aylangan. Bu tom osha, asosan, kechqurun o ‘ynalganligi
tufayli «Shab bozi» deb ham yuritilgan.
I I I .
«•Fonus xa yo l y o k i soya» qo ‘g ‘irchoq teatri.
Bu teatrda
tom oshalar q o ‘g‘irchoq yoki q o ‘l barmoqlarining soyasini devorga
tushirib, turli-tum an shakllar hosil qilish orqali namoyish qilingan.
A na shu uch turdan tashqari qo‘g‘irchoq teatrining yana bir shakli
h am borki, unda ijrochi ham da qo‘g‘irchoq teng turishib tom osha
ko‘rsatishadi. Tom osha ularning dialogidan tashkil topadi. H arqalay
bu hodisani q o ‘g‘irchoq teatrining to ‘rtinchi turi sifatida e ’tirof etish
oyinga aylanib borm oqda.
Biroq mazkur to ‘rt turning faoli va keng tarqalgani hamda qadimiysi
«Chodir jamol»va «Chodir xayol» bo'lib, ulardagi chodir va peshtaxta
(sandiq) mohiyatini Husayn voiz Koshifiy shunday ta ’riflaydi: «Agar
chodir (xayma) nimaga ishora qiladi, deb so‘rasalar, bu inson badaniga
ishora, deb javob bergil. Chunki inson ichidan har lahzada yuz xil
qo‘g‘irchoqlar bosh ko‘taradi va tilga kiradi. Bu xayma, ya’ni badan
ichida turli fe’l-ravishlar b o ‘lsa-da. biroq bulaming hammasi yagona
qudratning san’ati, ijodidan boshqa narsa emas.
A gar peshtaxta (sandiq) nim aga ishora etadi, deb so‘rasalar.
odam izod qalbiga ishoradir, deb aytgil. Zero, qalb ajoyib sandiq
bo‘lib, odam ning ahvoli, xislatlaridan nishona berib turadi».*1 Demak,
chodir va peshtaxta (sandiq) inson tashqi va ichki olamini ifodalovchi
ram ziy v ositalar sifatid a q o ‘g ‘irchoq teatrin in g falsafiy-estetik
m ohiyatining zuhuroti sanaladi.
Q o ‘g‘irchoqbozlarning repertuari rang-barang. Ularda, asosan,
zulm va zo‘rlik, hukm ron tabaqa vakillarining noxush kirdikorlari,
tovlam achi, ikkiyuzlam achi va munofiq kishilar hajv qilinadi. Shu
bilan birga, qo‘g‘irchoqbozlar repertuarida xalq orasida ba’zan ertak,
hajviya, hikoya va latifalar sujeti, qolaversa, mavjud hayot voqeligini
aks ettiruvchi zam onaviy yangi pyesalar ham uchrab turadi. U lar
yuksak g‘oyaviyligi, o ‘tkir hajviy vazifani o ‘tashi bilan e’tibom i o ‘ziga
to rtib turadi. Yangi pyesalarda ham an ’anaviy Kachal Polvon va
uning xotini Bichaxonlar bosh obraz sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda.
Bu esa, xalq kom ediyasining yozm a adabiyotga ko'rsatayotgan
samarali ta ’siri natijasidir. Sh.Sa’dullaning «Kachal Polvon yoxud
yog‘o ch q o ‘g‘irchoqning sarguzashtlari» ertak-qissasi va shu asosda
yaratilgan multfilm buning yorqin dalili sanalishi mumkin.
Q o ‘g ‘irc h o q te a tri ja h o n x a lq la rin in g b a rc h a sid a m avjud
um um folkloriy hodisadir. Н аг bir xalqning o ‘z miiliy ruhiyatini
ifodalovchi miiliy qahram oni bor. Endilikda xalqona qo‘g‘irchoq
teatrlari
ham professional teatrlarga
aylana borm oqda. U lar
qo‘g‘irchoq teatrlari arboblarining xalqaro ittifoqi (U N IM A ) atrofiga
uyushganlar. U N lM A ning esa hozirgacha X ll kongressi va qator
festivallari bo‘lib o ‘tdi. Ularda q o ‘g‘irchoq teatrlari taraqqiyotining
o ‘z ig a x os ta m o y illa ri b e lg ila n ib , ijro m a h o r a tin i to b o ra
takomillashtirish va tajriba almashtirishga qaratilgan tanlov — ko‘riklar
ijobiy natijalar bermoqda.
Askiya. Askiya istilohi arabcha «zakiy» so'zidan olingan bo‘lib,
«so‘zam ol zakovatli, o ‘tkir zehnli» degan m a’nolarni anglatadi.
A skiya istilo h i «zakiy» s o ‘zini k o 'p lik shaklida «azkiyo» deb
qo‘llashdan va keyinchalik talaffuzda «z» tovushining jarangsizlanishi
oqibatida kelib chiqqan.
Askiya — o ‘zbek folklorigagina xos janr. Bu ja n r boshqa xalqlar
folklorida uchramaydi. Shu jihatiga ko‘ra askiya o ‘zbek folklorining
jan rlar tizim ida alohida diqqatni tortadi ham da o ‘zbek folklorining
miiliy o‘ziga xos tarkibini belgilaydi. U, asosan, to ‘y-tom oshalarda.
xalq yig‘inlarida, sayllarda, bayramlarda, gap-gashtaklarda ijro etiladi.
Askiya - so‘zga chechan, hoziijavob, hazil-m utoyibaga moyil,
zakovatli, topqir, badihago‘y kishilar m a’naviy musobaqasidir. Shuning
u ch u n askiya professional ijroga moslashgan. Askiya ijrochilari
Download Do'stlaringiz bilan baham: |