Ta’limiy: O’quvchilar an’anaviy xalq teatrlari, Turkistonga kirib kelgan rus va Yevropa teatrlari va ularning milliy teatrimiz rivojiga qo’shgan hissalari haqida ma’lumotlar berish. Jadid teatrining vujudga kelish omillari va uni tashkil qilgan jadidlar faoliyati bilan tanishish
Tarbiyaviy: O’quvchilarni ajdodlarimiz merosiga hurmat ruhida tarbiyalash. Ularda teatr san’ati milliy musiqamizga havas hissiyotlarini uyg’otish.
Rivojlantiruvchi: Turkistonda teatr, an’anaviy musiqa maktabining shakllanishi haqidagi bilimlarni rivojlantirish.
Dars jihozi: 9 – sinf “O’zbekiston tarixi” darsligi. Mavzuga doir rasmlar, adabiyotlar. Tarqatma materiallar, atama, tushunchalar. Sanalar yozilgan kartochkalar.
D A R S N I N G B O R I S H I :
Tashkiliy qism:(2 daqiqa)
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
O’quvchilarni darsga tayyorlash va sinfda ishchi muhitni yaratish.
Uy vazifasini takrorlash:(8 daqiqa)
“Kim tez topar” o’yini
Tarix fani bo’yicha o’zbek tilida nashr qilingan ilk asar?
Javob: “Turkiston tarixi”
Turkistonda ilk xalq kutubxonasi qachon va qayerda ochilgan?
Javob: 1870 yil Toshkentda
Behbudiyning eng mashhur sahna asari?
Javob: “Padarkush”
O’zbek milliy teatrini kimlar birinchi bo’lib tashkil qilgan?
Javob: “Jadidlar”
“Turkiston tarixi” asarining muallifi kim?
Javob: Mulla Olim Mahdum Hoji
Turkiston jadidlarining g’oyaviy otasi kim?
Javob: (Mahmudxo’ja Behbudiy)
Turkistonning bosh xaritasi nechanchi yil tuzilgan edi?
Javob: 1867 yil
O’zbek tilida yaratilgan ilk nasriy asarlar, romanlar muallifi kim?
Javob: Abdulla Qodiriy
Yangi dars mavzusini ro’yobga chiqarish ustida ishlash (15 daqiqa)
“Guruh ishi”
1 – guruh topshirig’i: Turkistonda xalq teatrlarining faoliyatiga baho bering.
2 – guruh topshirig’i: 1870 – yil Turkistonga Samara teatrining kelishidan ko’zlangan asosiy maqsad nima edi?
3 – guruh topshirig’i: Qo’qonda dastlabki havaskor teatri kim tomonidan tashkil qilingan va uning tashkilotchilari haqida ma’lumot bering.
4 – guruh topshirig’i: Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruzning musiqa san’atiga qo’shgan hissasi haqida ma’lumot to’plang.
Guruh sardorlari doskaga vatmanlarni osib, javoblarni izohlab beradi. Shundan so’ng, javoblar o’qituvchi tomonidan to’ldirilib, aniqliklar kiritiladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash: (15 daqiqa)
“KLASTER” usuli asosida
1911 yil
Komessarjenskaya Behbudiy
“Aqliy hujum” usuli asosida suhbat
Qo’qonda ilk havaskorlik teatrini kim tashkil qilgan?
Uning tashkilotchilari haqida nimalarni bilasiz?
Yevpora teatrlari qachondan boshlab o’lkaga kirib kela boshladi?
Jadid teatrlarida namoyish qilingan pyesalarning asosiy g’oyasi nimalardan iborat bo’lgan?
XIV asr oxirida Turkistonda qanday musiqa asboblari bo’lgan?
Dars yakunini chiqarish: (3 daqiqa)
“O’zingizni sinang” ruknida ishlash
O’quvchilarda paydo bo’lgan savollarga javob berish
Ballarni e’lon qilish
Uyga vazifa: (2 daqiqa)
Mavzuni o’qib kelish va mavzu oxirida berilgan savol va topshiriqlarni yozma bajarib kelish