Ona tilim o'lmaydi
-Amriddinova doskaga.
-Xo'p,ustoz.
Qiyin savol bermanglar nigohi hammaga tanish. Doskaga javob berish uchun chiqqan o'quvchi o'qlar ostida qolgan jangchi kabidir.
-Boshlayveraymi?
-Boshlang,qani o'tgan mavzuda nimalar haqida gaplashgandik?
-Biz o'tgan darsda ega va kesimni o'tgandik.
-Xo'p,ular haqidagi tushunchalaringizni aytib beringchi.
-Gap bo'laklari 2 xil bo'ladi:bosh va ikkinchi darajali bo'laklar.Bosh bo'laklar:ega и kesimdir.
-O'tiring bahongiz "2".
-Iye,nimaga,ustoz?
-O'tiring!
Butun sinf hayratda axir u to'g'ri gapiryotgan edi-ku.
-Nosirov bormi?Doskaga.
Qo'rquvdan qanday gapirsam ekan degan xayollar bilan ko'zlari olazarak bo'lgan Homid sinfdoshlariga najot ko'zi bilan boqardi. Hali kelganiga 2 kun bo'lgan bu ona tili o'qituvchisining bunday cho'rtkesarligi hammani hayratga solgandi.
-Boshlang yoki tayyormasmisiz?
-Yo'q,tayyorman. O'tgan mavzumiz ega va kesim haqida edi.
-Xo'p,davom eting. Ular o'zi nima ekan,bizga nima uchun kerak?
-Bo'laklar 2 xil:bosh va ikkinchi darajali bo'laklar. Bosh bo'laklar 2 ta:ega va kesim.
-To'g'ri.
Pichir-pichir boshlandi. Diyora ham boyagina xuddi shu narsani aytib "2" oldi-ku.
-Gapning asosini kesim tashkil etadi. Bitta kesim bitta gap bo'lishi mumkin,lekin boshqa bo'laklar bu xususiyatlarga ega emas. А так bitta so'z....
-O'tiring "2"
-Voy,ustoz!
-Nasriddinova mavzuni o'qidingizmi?
-Xa,o'qidim.
-Chiqing.
Yana pichir-pichir. O'tgan darsda bu ustozni ko'rib,yaxshi ekan degan o'ylar puchga chiqa boshladi. Bu qanday uslub bir,ikkita gapirib hali xato qilmasdan "2" baho qo'yaversa. Oltin medalga davogar o'quvchilarning ko'ngliga g'ulg'ula tushdi. Guli ham yuragini hovuchlab doskaga chiqdi.
-Bo'laklar 2 xil:bosh va ikkinchi darajali bo'laklar. Bosh bo'laklar:ega va kesim hisoblanadi. Ikkinchi darajali bo'laklar:hol,to'ldiruvchi,aniqlovchi.
U ustozga ko'z qirini tashlab qo'ydi,ustozi esa to'g'ri ma'nosida boshini silkitib turar edi. O'quvchilarda shunday narsa bo'ladi. Gapiryotganda ustoziga qarab turadi,albatta,ustoz unga qaramayotgan bo'lsa. Ustoz jilmaysa to'g'ri gapiryapman deb davom etadi,agar ustozning qoshlari chimirilsa noto'g'ri gapiryapman deb xayollari,aytmoqchi bo'lgan gaplari chalkashib ketadi.
-Ega bu "kim?","nima?" so'roqlariga javob bo'lib,asosan,gapdagi ish-harakatning bajaruvchisini ko'rsatadi. Misol uchun:Olim bog'da ishladi. Olim bu gapning egasi va ish-harakatning bajaruvchisidir.
Hamma jim boshqa doskaga chiqqanlar ham shu narsalarni aytyotgan edi-ku,bu o'qituvchi boshqacha ekan.
-Kesim bu gapning asosi bo'lib,"nima qimoq?","nima bo'lmoq?" so'roqlariga javob bo'ladi и bitta gap bo'la oladi...
-Qizim,o'tiring "2".
Kulib aytilgan va shuncha ma'lumotdan keyingi bu "2" Gulining jahlini rosa chiqardi. O'tirganlar endi rosmana betoqatlana boshladi.
-Ustoz,nimaga?
Shu paytgacha faqat "4","5"ga o'qigan qizning bunday xo'rlanishi juda og'ir botdi. Mana-man degan 8-"V"ining o'quvchilari hayratda edi:Gulining ahvoli shu bo'lsa,biz nima qilamiz?
-O'tiring,Shokirova doskaga.
Diyora ham "2" olishini bilar edi.Indamay doskaga chiqdi-yu,boshladi:
-Biz o'tgan darsda gap bo'laklari mavzusini o'tgandik. Bosh bo'laklar:ega va kesimdir.
-Bu qizimiz ega haqida gapirdi,siz endi kesim haqida gapiring.
-Kesim,xo'p. Kesim gapning gramatik asosi bo'lib,ko'pincha gapning oxirida keladi.
-Qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
-"Nima qilmoq?,"nima bo'lmoq?"
-Davom eting.
O'tirganlar jim. Diyoraning taqdiri nima bo'lar ekan?
-Kesimning tagiga 2 to'g'ri chiziq chiziladi. Kesimlar qaysi so'z turkumi bilan ifodalanishiga ko'ra 2 turga bo'linadi: fe'l kesim va ot kesim.
-Misollar keltiringchi.
-Davay,ayt "5" olasan,-Dilshod bu gapni asta aytdi-yu,o'lsin teshik quloq eshitdi-da.
-Turing.
-Kechiring,ustoz,qaytarilmaydi.
-"2" o'tiring. Siz davom eting.
-Mening kitobim qiziqarli. Kesim sifat bilan ifodalangan,shuning uchun u ot kesim. Men maktabda o'qiyman. А так bu fe'l kesim.
-Eh qizim,yaxshi ketayotgan edingiz,o'tiring "2".
-Ustoz,to'g'ri aytdimku.
-O'tiring.
O'tirganlarning juda jahli chiqdi. Bu qanaqa ustoz? Boshida gapirtirmay "2" qo'ydi,keyin gapirtirib-gapirtirib "2" qo'ydi. Bir kishi gapirib yuborsa ham "2" qo'ydi. Direktorga chiqamiz. Nimasi bu yangiman deb,pichir-pichirlar g'ala-g'ovurga aylanib ketdi.
-Tinchlaning,qotillar!
Ustoz bu gapni shunday shahd bilan aytdi-ki,hamma hayratda qoldi. Nimaga qotil bo'lar ekanmiz.
-Sizlar qotilsizlar! Millat qotili,millat dushmanisizlar!
Tovba ustozga nima bo'lyapti.
-Sizlar Navoiyning,Qodiriyning ruhini oyoqosti qilyapsizlar. O'zbek degan xalqning o'zligini o'ldiryapsizlar.
Hamma hayratda,jim.Ustoz o'rnidan turib ketdi.
-Men sizlarga o'tgan darsda nima degandim?
Hamma sukutda o'tgan dars tanishuv darsi bo'lgan edi,hamma o'zini tanishtirgan,xususan,ustoz ham. U ma'naviyat universitetida o'qigani,magistiraturani ham tamomlagani va xalqimiz yoshlaridagi bir kamchilikni sezib,buni tuzatish kerakligini talabalarga emas,o'quvchilarga singdirish lozimligini tushunganini va shuning uchun shu yerda ekanligini aytgandi,yana nima?
-Esingizdami?Millat ruhi darsi bu degandim. Darsimda adabiy tilda gapiringlar,chet so'zlardan,rus tilidagi so'zlardan ishlatmanglar degandim. Men tilimiz yashashini,o'zligimiz,milliyligimiz asosi bo'lib qolishini xohlayman,sizlar esa o'zligingizni,o'zbekligingizni unutyapsizlar. Sizning nima haqqingiz bor,Alisher Navoiy qachonlardir minglab bayt yozib,fors tilidan boyligini ifodalagan tilni kamsitishga,nima siz aytayotgan "и","так" so'zlarining ma'nosini ifodalovchi so'zlar bizning tilda yo'qmidiki,sizlar boshqa millatlardan so'z olasiz. Nima haqqingiz bor o'z tili uchun kurashgan Qodiriy,Cho'lpon,Behbudiylarning yuziga oyoq qo'yishga. Aytingchi kim ruxsat berdi sizlarga bu ish uchun. Ko'chaga chiqsangiz ingliz tilida yozilgan reklamalar qalashib ketgan. Nima degani bu? Chet eldan kelgan mehmonlar nima deb o'ylaydi? Bularning o'z tili yo'qmikan,bizning tilda gaplashadi demaydimi? Yoxud bizga qaram bo'layaptimi degan o'ylarga bormaydi deb kim kafolat beradi? Milliylik,o'zlik o'z-o'zidan,birdaniga o'lib qolmaydi. Sizga o'xshagan madaniyatli madaniyatsizlar o'ldirasizlar. Qo'pollashgan bo'lsam uzur. Men o'tgan darsda bejizga aytmadim sizning nazdingizdagi "ertak"ni talabalar ruhiga singib bo'lgan deb,ularni tarbiyalash,ularga tushuntirish qiyin sizlarda esa imkoniyat bor. Shuning uchun sizlarning oldingizdaman.
Qo'ng'iroq chalindi. Zalda oyoq tovushlari eshitila boshladi. Sinf esa jim hech kim qimirlamaydi. Kimdir Navoiy asarlarini o'ylasa,kimdir Qodiriy,Cho'lponlarning shu til uchun,shu millat uchun vahshiylarcha qurbon qilinganini o'ylaydi.
-Sizlarga yana bitta gap bugungi rivojlanayotgan dunyoda qudratli davlatlar tushundi. Millatlarni,elatlarni,xalqlarni qurol kuchi bilan bo'ysundirib bo'lmas ekan,ular yangi yo'l topishayotgandir balki ana shunday Ovro'pa madaniyati orqali,tilimizni o'z so'zlariga to'ldirish orqali. To'g'ri,ular kelib bizga shuni ayt demaydi. Bitta reklama qiladi nimanidir,sizlar oxxo shuni qilish ,shuni aytish kerak ekan deb ketaverasiz. O'zingiz qilasiz ular esa bir chetda qarab turadi. Ustozim bir hikoyani aytib bergandi. Aytgancha,bundan keyin darsingiz yo'qmi?
-Yo'q-yo'q,hikoyani ayting,ustoz.
Hamma ustozning nutqiga mahliyo bo'lgandi.
-Xo'p,bir kuni bir odam pul topolmay,qo'li kalta bo'lib qolibdi. Nima qilishini bilmabdi.Bolasiga kiyim,oilasiga oziq-ovqat kerak. Shunda Shayton kelib qolibdi.
-Ey odam,nega o'ylanib o'tiribsan? Nima muommong bor?-deb so'rabdi u insondan.
-Pul yo'q,ish yo'q.Lekin bolamga kiyim,oilamdagilarga oziq-ovqat kerak.Nima qilsam ekan?
-Xa,vaziyating og'ir ekan.
-Hm, shunaqa....
-O'g'irlik qilsangchi?
-Balki,lekin kimdan?
-Ko'cha to'la odamku.
U inson Shaytonning gapiga kirib,bir ayolning sumkasini olib qochibdi. Ayol esa uni quvib ketayotganda mashina urib halok bo'libdi. Inson qotilga aylanibdi.
-Eh Shayton,hammasiga sen aybdosan. Sen aytmaganingda men bu ishni qilmasdim,shu ahvolga tushmasdim,qotil bo'lmasdim,-deb jahl qilibdi inson.
-Menga nima deysan. Sen mendan fikr so'rading,men esa faqat taklif berdim. Yoki borib qil dedimmi? O'sha paytda bu yomon ish qilmayman desang ham bo'lar edi,lekin sen bunday demading. Bu ishni sen qilding va meni bunga aloqam yo'q,to'g'rimi? Men nima desam qilaverasanmi? O'zingning shaxsiy fikring,o'zliging,aqling yo'qmi? Birov nima desa orqasidaan ergashib ketaveradigan ongsiz hayvonmisan yoki?-deb javob qaytaribdi Shayton. Inson uchun endi kech, nima bo'lganda ham u baribir qotil. Bejiz aytilmagan,so'nggi pushaymon - o'zingga dushman.
Xullas,bolalar,qo'polashgan bo'lsam uzur. Bugun hech kim baholanmadi. Bundan keyingi darslarimizda,umuman,nutqingizda chet tili so'zlarini aytmaslikka harakat qiling. Mening vazifam o'qituvchi sifatida ham,odamiylik jihatidan ham sizlarni o'zligini anglagan,mustaqil fikrlovchi millat kishisi qilib tarbiyalashdir. Dars tamom chiqishingiz mumkin.
Hamma ko'nglida o'zgacha his bilan chiqib ketdi. Haqiqatan,o'z tilimizni o'zimiz o'ldiryapmiz,o'zimiz siqib chiqaryapmiz.
Ustoz esa xursand. O'quvchilarning barchasi mahzun holatda chiqib ketdi. Demak,ularda hali insoniylik,iymon o'lmagan. Ular xatosini tushundi,tushunmoqda,tushunsin. Demak,ona tilim- o'zbek tilim o'lmaydi,u barhayot!
Do'stlaringiz bilan baham: |