qadimiydir.
«Alpomish» dostoni qahram onlik, mardlik, vatanparvarlik,
turli
elatlar va xalqlarning birodarligi, sevgi va sadoqat, oila mustahkamligi
va urug‘ birligini kuylovchi ulkan eposdir. D oston qo‘ng‘irot urug‘i
boshliqlari — aka-uka Boybo‘ri va Boysarilaming farzandsizligi tasviri
b ilan boshlanadi. U nda b o ‘lajak q ah ram o n lar — A lpom ish va
Barchinlarning ajoyib-g‘aroyib holatlarda tu g ‘ilishi, Alpomishning
bahodirona yoshligi va birinchi bor pahlavonlik ko‘rsatishi, Boysarining
Boybo‘ridan arazlab qalmoq eliga ko‘chishi, qahram onning yorini
olib kelish uchun o ‘zga mamlakatga safari va Qorajon bilan d o ‘st
tu tin is h i, raq ib lari— qalm o q alp lari b ilan y o n m a -y o n tu rib ,
Barchinning shartlarini
bajarishi va yorini olib, o ‘z eliga qaytishi,
qaynatasi Boysarini qutqarish uchun ikkinchi m arta safar qilganda,
yetti yil tutqunda qolishi, asirlikdan oti Boychibor yordamida qutulib,
o ‘z eliga xotini Barchinning zo‘ravon U ltontoz bilan bo‘layotgan
to ‘yi ustiga kelishi hamda raqibini yengib, o ‘z hokimiyatini oTnatishi
voqealari tasvirlanadi.
Sevimli yor, oila va shu bilan bog‘liq ravishda yangi tipdagi urug‘
birligi uchun kurash hamda bunga to ‘sqinlik qiluvchi barcha qora
kuchlami yengish «Alpomish» dostonining asosiy g‘oyaviy mazmunini
tashkil etadi. Chunki dostonda qo‘ng‘irot qabilasida patriarxal urug'chilik
munosabatlari yemirila boshlagan bir davr ijtimoiy voqeligi tasvirlanadi.
Jamiyat taraqqiyotining bu bosqichida ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi patriarxal oilaning yemirilishi
va monogam oilaning tashkil
topishiga olib keladi. Monogam oilaning vujudga kelishi progressiv hodisa
bo‘lib, patriarxal-urug‘chilik jamiyati asoslarini bo‘shashtiradi. Ana shu
progressiv holat «Alpomish» dostonining g‘oyaviy yo‘nalishini belgilaydi.
D ostonda tasviriangan davrda hali ijtimoiy guruhlar bir-birlaridan keskin
ajralib chiqmagan, sinfiy ziddiyatlar kuchaymagan edi. Bu davrda
jamiyatning ijtimoiy munosabatlarida sinflar va ular o‘rtasidagi kurash
markaziy hamda yetakchi masala boblmay, balki qabila oqsoqollari,
urug1 boshliqlari va ularning qabila hayotida o ‘ynagan roli muhim edi.
Shuning uchun ham epos qahramonlari umumqabila manfaatlari uchun
kurashadilar va shu manfaatlar bilan yashaydilar. Epos qabila oqsoqollari,
urug* boshliqlari,
shu jumladan, Boybo‘ri, Boysari va boshqalarga zulm
qiluvchi sinf vakillari sifatida qaramaydi, ularga bir xilda baho bermaydi.
«Alpomish» dostonida xalqimizning qahram onlik haqidagi ideallari.
m ardlik tuyg'usi yorqin tasvirlanadi. D ostonda yorga erishish uchun
m ard bo'Iish va dushmanga qarshi kurashish kerak, degan g'oya
O q kirovka, oltin sovut kiyaman,
Bor kuchimni bilagimga jiyam an.
Olmos olsam, qirmizi qon quyaman,
G ‘anim larning tanasini uyaman,
Q archig'aym an, dushm an boshin qiyaman.
Esim olsa, b o ‘tadayin bo‘zlayman,
D ushm an ko‘rsam, kesib bag‘rin tuzlaym an,
Aslim sherm an, o ‘zim yo‘lbars izlayman.
D ostonda qahram onlik. jasurlikni ulug‘lash, mardlik tuyg‘ulari
vatanparvarlik g‘oyasi bilan uzviy bog‘langan holda tasvirlanadi.
D oston qahram onlari o ‘n olti urug‘ qo‘ng‘irot eli, Boysun-Qo‘ng‘irot
diyori bilan m ahkam bog‘langandir. U lar qaerda bo‘lm asinlar, shu
el, shu diyorning g‘am -alam iga sherik b o ‘ladilar, shu el, shu diyor
sog‘inchi bilan yashaydilar. D oston qahram onlarining o ‘z
qabilasi,
xalqi va yurtiga b o ‘lgan vatanparvarlik hislari, xususan, dostonning
ikkinchi qism ida o ‘quvchini to ‘lqinlantirarli darajada tasvirlangan.
Bu hissiyot qahram onning tutqunlik davrida g‘oz orqali vataniga
salom yo‘llashida; Barchin, Qaldirg‘och, Yodgorlaming hijron alamlari
<
tasvirida, qahram onning yo‘ldagi uchrashuvlari epizodlarida yanada
yorqin aks etgan. U m r bo‘yi tug‘ilib o ‘sgan yurtini, xalqini sevgan
A lpom ishdagi bu hissiyot yetti yillik asirlikdan keyin ona tuproqqa
qadam q o ‘yganda yanada yuqori nuqtaga ko‘tariladi, vatani. eli
haqida turli xayollarga boradi:
Asqar tog‘i tum anm ikan,
M en bilmaym an bu yo'llarda,
O ta-enam om onm ikan,
K o‘rganim yo‘q Q o‘ng‘irot eli,
Qadimgiday zam onmikan?..
Tog‘ga
chiqib shunday qarab turibdi,
Yoylab yotgan Boysun yurtin ko‘ribdi.
Elatini ko‘rib ko‘ngli buzildi,
Ko‘zdan yoshi m unchoq-m unchoq tizildi.
D ostonda el-u yurtga muhabbat motivlari urug‘ birligi g‘oyasi bilan
birlashib ketadi. Ajralish qabila a ’zolari boshiga og‘ir kulfatlar keltiradi.
Barchin, Qaldirg‘och, hatto Boysarining o ‘zi ham o ‘zga mamlakatda
xor-zor b o ‘lishlarini takror-takror aytadilar. D ostonning har ikkala
qismida ham Alpomishning Barchinga uylanishi qo‘ng‘irot urug‘ining
yangidan birlashishiga olib keladi, Demak, Alpomishning nikoh uchun,
oila uchun—»Okz uyi» uchun kurashi qonuniy ravishda q o ‘ng‘irot
urug‘ining yanada mustahkamlanishi, yangi tipda qaytadan birlashishi
uchun kurashi hamdir. Dostonda bu kurash qahramonlik va mardlik,
insonparvarlik va hurlik, vatanga va xalqqa muhabbat, turli elatlar
ham da qabilalarning insoniy huquq uchun kurashda d o ‘stligi va
hamkorligi g‘oyalari bilan uzviy bog‘liq ravishda tasvirlanadi.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: