411
Chinor
– Eshitdingizmi? – dedi Umida nemisning bejo
ko‘zlariga qarab.
– Ha, – dedi u, – men ham kasal emasman.
Kasal emasman, endi tushundingizmi?
Umida undan ko‘p martalab eshitgan bu gap
ning dahshatini endigina tubdan payqadi.
– Endi «хizmatdan tashqari» bir gap aytsam
maylimi? – Nemis alangladi. – Qochish kerak.
Boshqa yo‘l yo‘q.
Hang-mang, rangi o‘chgan
Umida nima de-
yishini bilmay o‘tirardi.
– Siz urinib ko‘ring. Men...
– Sizni operatsiya qilishmaydi, shunday
mi? Lekin siz guvohsiz. Bunday ishning guvohi
bo‘lmasligi kerak, bilasizmi?
Umidaning ko‘z oldiga Kurt Berger keldi: kat
ta yaltiroq etikli, ko‘zoynagi oltin gardishli, uzun
barmoqlari qonga bo‘yalgan.
Umidaning baqirib
yuborishiga oz qoldi.
– Men sizga dardisar bo‘lishim mumkin... – deb
pichirladi u.
– Bekorchi gapni qo‘ying.
– Qo‘lga tushsak-chi?
– Boshqa yo‘l yo‘q! – deb Umayder qizni qorong‘i
deraza tomon yetakladi.
Umida hozir qo‘lga tushishdan ham ko‘ra,
yana Bergerning dahshatli basharasini ko‘rish
dan qo‘rqar edi. Tupuk sochgan qonsiz, yupqa
lablarini qimtib kipriksiz ko‘zlari olayib ro‘parasi
dan chiqib qolmasa bas. Muncha qorong‘i tun...
Muncha qorong‘i...
Ular qochdilar.
Lekin o‘sha mudhish qorong‘ilik, o‘sha qo‘rquv
Umidaning dilidan hamon ketmagandek.
412
Asqad Muxtor
Eshik taqilladi. Qorong‘i
ostonada ikki kishi
ko‘rindi. Chiroq yonishi bilan Umida beiхtiyor
chinqirib yubordi. Oppoq oqarib, orqasidagi yum
shoq kursiga o‘tirib qoldi. Ro‘parasida shlyapa-
sini qo‘lida tutgancha Kurt Berger turardi. Berta
sepkilli qovoqlarini pirpiratib dam unisi, dam bu
nisiga
qaradi-da, keyin karavot tagidan Umida-
ning tuflilarini olib berdi.
– Kechirasiz, frau doktor, sizni qo‘rqitib yubor
dim shekilli, – dedi u. – Qorong‘i tushib qoldi, chi
roqni yoqmabsiz. Mana sizni jentelmen yo‘qlab
kelibdilar. Qahva buyuraymi? – navbatchi ayol
javob ololmagach, yana uzr so‘rab, chiqib ketdi.
– Frau Berta! – dedi Umida shoshib. «Chiqib
ketmang!»
demoqchi edi, aytmadi. – Qahva olib
keling, – dedi o‘zini tetik tutishga urinib.
Lekin ro‘parasida Berger turardi. O‘sha
odam... O‘sha... U negadir hozir Umida o‘ylagan
dek dahshatli emas. Sira ham dahshatli emas.
Shlyapasini ushlab, salom berib turibdi. Taqir
boshi tirishgan. Qomati ham kunduzi minbarda
turgandagidek tik emas.
– Хizmat... Berger? – «doktor» demadi Umida.
U endi o‘zini o‘nglab olgan edi.
– O‘tirsam maylimi?
– O‘tiring.
Berger shlyapasini tizzasiga qo‘ndirib,
oltin
uzuk taqqan uzun qo‘llarini qayoqqa qo‘yish
ni bilmagandek, o‘ng‘aysizgina o‘tirdi. Umida
хotirasidagi dahshatli Bergerning vajohatini ko‘z
o‘ngidan quvib,
bu keksa jentelmenga, boshqa
Bergerga tez ko‘nikib oldi, talvasaga tushgan bu
odamning ayanchli ahvolini ham payqab turibdi.