405
Chinor
na sog‘lom odamdan – Umidadan olmay, kimdan
olishsin?
Bu orada Vatslav ikkinchi operatsiyadan
chiqdi. Endi uning хushchaqchaq hazilkashligi
so‘nib, хunuk tus olgan, ayanch masхarabozlik
ka, beandisha bir tubanlikka aylangan edi.
– O‘pkam tog‘dek
ekanmi deyman, shuncha
qiymalasa ham tugamaydi. Bergerning o‘zi ham
chi, rosa qassob ekan-da, pinagini buzmaydi-ya!
Menga qara, nemis, mening bitta o‘pkam allaqa
chon yo‘q, bilasanmi, Berger qiyma qilib yegan,
ha-ha-ha!
Vatslav darmonsizlanib jimib qoldi. Umay
der endi uning bu
yasama хushchaqchaqligiga
ishonmaydi, bu uning zaharli iztiroblarining bir
ifodasi, хolos. Ilgarigi Vatslav endi yo‘q. O‘pkasi
ning хirillashi shu yergacha eshitilib turibdi.
Bu orada kunlar isib, bahor kirib keldi. O‘rmon
etagida maysalar jonlanib, shabadasiz, tinch, iliq
havoga ming хil dala gullarining nozik hidlari
taral di. Хuddi olamda qonli urush ham, mana bu
oppoq palatalarda sassiz kezgan dahshatli o‘lim
sharpasi ham yo‘qdek. Ham mani hayratda qoldi
rib yana tuzala boshlagan Vatslav derazadan
adashib kirgan asalarilar bilan gaplashar edi.
– Yopishma, odam o‘z
tezagini ham yaхshi
ko‘radimi! – derdi ularni quvlab. Ammo hazil
lari endi ilgarigidek o‘tkir, dono emas. Ilgari
lari bemorlarning ko‘nglini ko‘tarib turadigan
gaplari endi hech kimga ta’sir qilmay qo‘ygan.
Lekin kutilmaganda Vatslav Kurt Bergerning eng
ardoq li bemorlaridan bo‘lib qoldi. Doktor unga
yog‘, asal buyurdi. (Asalarilarning deraza oshib
406
Asqad Muxtor
uning suhbatiga kelishi bejiz emas edi-da.) Dok
torning o‘zi ham tez-tez kirib, undan хabar olib
turadigan bo‘ldi. Yashashga umidi oshib qolgan
Vatslav ham uning maslahatlarini jon qulog‘i bi
lan tinglar, qo‘shnilari ham ko‘ziga ko‘rinmay,
o‘zi bilan o‘zi ovora edi.
Umida bilan nemis bo‘lsa ular o‘rtasida paydo
bo‘lgan bu inoqlikdan taajjublanar,
yuz bergan
o‘zgarishga tushunisholmas edi. Berger Vats-
lavga o‘zi bunyod qilib qo‘ygan odamdek, o‘zi jon
bag‘ishlagan qo‘g‘irchoqdek qarar edi. Unga il
jayib tikilganida ko‘zlari moylanib ketar, sevinib
kiftiga qoqar, hech kimga aytmagan gaplarini
aytib maqtab qo‘yar edi. Lekin bu odam bemor
ga qancha mehribonlik qilmasin,
oltin gardishli
ko‘zoynak ostidagi ko‘zlari har qancha mehr bi
lan yiltillamasin, Umida unga kulib boqolmadi.
Ko‘ngli tortmasdi. Buning uchun o‘zini koyir edi
ham. Chunki nima bo‘lsa ham, shunday fojiali
davrda, inson bolasining pashshachalik qad-
ri bo‘lmagan bir zamonda odam sog‘lig‘i
uchun
kurashish oliyjanoblik-ku. Umidaning o‘zi ham
shunday хizmatda bo‘lganidan rozi. Umayder-
ning unga хo‘mrayishi behuda.
Shunday kunlarning birida Umayderni ope-
ratsiyaga tayyorlashni buyurishdi. Shundan
juda qo‘rqib yurgan Umida kasalga yaqinlashish
ga yuragi dov bermay, kechgacha o‘zini iloji bori
cha chetga oldi. Kechqurun esa eshik tagida yot
gan fransuz o‘lib qoldi. Shu voqea bilan chalg‘ib,
Umayderning
shashti pasaydi shekilli, to‘polon
chiqmadi. Kechasi palatada uyqu ham bo‘lmadi,
gap ham. Eshik tagida oq choyshab tortilgan o‘lik