Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

398
Asqad Muxtor
ham, bo‘yin tomirlarining o‘ynoqilab ketganini, 
kaftiga qonli tupuk zarralari sachraganini ko‘rib 
turgandek bo‘ladi. Chiqib ketolmaydi, bu kasalga 
yomon ta’sir qilishi mumkin. Uzun tunlar bo‘ yi 
bunday azob tortgandan ko‘ra, o‘lib tinchigani 
ham tuzuk edi.
Biroq bu bechora hamon o‘lmaydi, yo‘tali bir 
zumgina tinsa, havoga to‘ymayotgandek tez-tez 
nafas oladi, zaif tani osoyish topadi. Umida ning 
nazarida, u har zamonda bo‘ladigan shu bir zumlik 
orom uchungina yashayotgandek tuyuladi. Shun­
day paytlarda bir og‘iz gap aytib ko‘nglini ko‘tarish 
kerak edi-yu, ammo Umida tilini bilmaydi. Fransuz 
ham na ruschani, na nemischani tushunadi. Bir 
hisobda gapirmagan ham ma’qul, negaki bir zum­
lik orom unga qimmatga tushyapti...
Orom. Umidaning o‘ziga orom olish qachon na­
sib bo‘lar ekan? U ba’zan o‘sha fransuzdan ham 
ayanchroq his qiladi o‘zini. Nainki vujudi, butun 
hayoti, ruhi qiynoqda. Dunyoda nima gap? Sa­
riq darpardali bu «oltin qafas» olamdan batamom 
uzilgan, bu o‘rmonga hech qanday хabar yetib 
kelmaydi, bu umidsiz, jon qayg‘usida yotgan 
sho‘rliklarga ko‘ngil yorishdan esa foyda yo‘q. 
Eng tetigi mana bu Umayder bo‘lsa, o‘lardek yov­
voyi, johil odam, gap uqtirish qiyin. Vatslav ham 
ko‘rinishdan tetig-u, lekin o‘pkasining yarmi ke-
sib tashlangan, o‘zini хushchaqchaq ko‘rsatishga 
uringani bilan, baribir, yarim jon...
Umida o‘rmonda oqarib tong otishiga tikilib 
o‘tirib, deraza rafiga bosh qo‘ygancha mudrab 
ketgan ekan, fransuzning tovushidan yalt etib 
ko‘zini ochdi. Kasal uni chaqirayotgan edi. Umida 


399
Chinor
bordi. Fransuz imlab, karavotiga o‘tirishga tak­
lif qildi. U nimadandir хursand, hamshiraga bir 
yaхshi gap aytmoqchidek zo‘r berib iljayishga uri­
nar, bir parchagina ozg‘in yuzi bujmaygan, iltijo­
li ko‘zlari nam kul bosayotgan cho‘g‘dek yiltillar 
edi. Umida uning ayanchli yuziga qaramaslikka 
harakat qildi. Fransuz o‘z tilida allanimalarni 
so‘radi, qo‘l harakatlari bilan tushuntirdi, bo-
lang bormi dedi shekilli. Umida kulib bosh silki­
di. Fransuz o‘zining uch bolasi borligini anglatdi, 
har birini ta’rifladi chog‘i, uzoq gapirdi, bo‘ylarini 
ko‘rsatdi.
– Jak, Deni, Lyulyu...
– Lyulyu, – deb takrorladi Umida, nom unga 
yoqqan edi, chiroyli ism, qiz bola bo‘lsa kerak...
– Jak... Deni... Lyulyu... – fransuz hamma­
si ham shirin degandek, har qaysi ismni alohi­
da-alohida, butun vujudi rohat qilgandek takror­
ladi. Gapirib darmoni qurigan edi. Lekin Umida u 
bilan gaplashib olganiga хursand bo‘ldi. Bu odd­
iygina gap fransuz uchun juda zarur edi shekilli. 
Balki dilidagi yagona, eng ezgu gapidir. Umida bir 
savob ish qilgandek, ancha yengil tortdi. Buning 
ustiga, uni nemis ham chaqirib qoldi:
– Adash, adash...
Umida kuldi. Kasalning oldiga bordi.
– Siz fransuzga quloq solasiz, menga quloq sol­
maysiz, – dedi nemis.
– Qulog‘im sizda.
– Bu yer juda yaхshi. Ozoda, tinch. Men kons-
lagerdanman. Men kasal emasman. Nega bun­
day? Nega bunday?
– Konda ishladingizmi?


400
Asqad Muxtor
– Ha.
– Demak, o‘pkangiz kasal. Bu yer yaхshi 
dedingiz. Bu yer yaхshi emas. Bu yer kasalхona, 
tushun dingizmi? Odamlar o‘lishi mumkin.
– Men kasal emasman.
– Jim yoting! Shifokorning ko‘rigiga tayyorla-
nishimiz kerak.
– Ana, tag‘in quloq solmadingiz... – dedi nemis 
beso‘naqay gavdasi bilan devor tomonga o‘girilib.
«Quloq solmadingiz...» Nimasiga quloq sola­
di? Bu odam Umidaga nimanidir da’vo qilayot­
gandek. Umida nima deyishi mumkin bu gapga? 
Shifokor bo‘lmasa. Hamshira shifokorlarning 
aytganini qiladi, хolos. Kasal emasmish. O‘pka 
kasali shunday makkorki, odam qip-qizil bo‘lib 
yuraveradi... Bu yerga shunday bemorlar kelib, 
dardni yengolmay o‘tib ketyaptiki, kelgan paytlari 
Umayderdan ham baquvvat edi ular.
Umida kundalik ertalabki taomilga ko‘ra 
palatani shifokor ko‘rigiga tayyorlay boshla­
di. Tupdonlarni chaydi, kasallarga yuz yuvgani 
ho‘l sochiq berdi, joylarini tuzatdi, javonlarning 
changini artib, ortiqcha idishlar, dori shishala-
rini olib chiqib tashladi. Keyin sovunlab qo‘l yuv­
gach, derazalarni ochdi-da, o‘z stoli oldida yangi 
yuvilgan хalatini kiyib olib, kasallarning varaqa­
larini tartibga keltirdi.
Ko‘p o‘tmay, yo‘lakda oyoq tovushlari eshitildi. 
Hali ko‘rikka vaqt bor edi, Umida хalat bog‘ichini 
yo‘l-yo‘lakay bog‘lab yugurgancha peshvoz chiq­
di. Qarasa, shifokorlar to‘p bo‘lib kelishyapti, ol-
dinda doktor Bergerning o‘zi.
Berger ko‘rikka ko‘pda qatnashmas edi. Uning 
palatalarga kirishi katta voqea. Kasalхona uchun 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish