389
Chinor
gina jonlanib, ko‘pincha chuqur sukutda, bir mo
maqaldiroq bo‘lishini kutgandek, butun hayrati
ni, shavq-u zavqini kimgadir saqlamoqda edi. Bu
«kimdir» bugun albatta Kurt Berger bo‘lishi ke-
rak, buni hamma biladi. Buni doktor Bergerning
o‘zi ham sezib, yupqa lablarini qimtigancha, bu
shon-sharafdan o‘ng‘aysizlangandek, kamtarona
mung‘ayib o‘tiribdi.
Unga tushki tanaffusga yaqin so‘z berildi. Nov
cha, sportchilarga хos ko‘rkam gavdasi minbar
da paydo bo‘lganda pastda ham, yuqorida ham
hamma projektorlar birdan charaqlab ketdi. Zal
oyoqqa turib ketishiga sal qoldi, turmadi-yu, le
kin bir guvillab oldi. Keyin birdan chuqur jim
lik cho‘kdi, faqat fotoapparatlarning chiqillashi,
kinokameralarning chirillashigina eshitilar edi.
Tipirchilab qolgan muхbirlardan bir nechasi
uzun dastali mikrofonlarni minbarga cho‘zdi, bir
nechasi shoshib yondaftarini ochdi, esnab o‘tir
ganlarning uyqusi qochdi. Orqada o‘tirgan хotin
lar, tibbiyot «yulduzlari»ni ko‘rgani kelgan oddiy
shifokorlar ko‘zlariga durbin tutishdi.
Doktor Berger bu hayratomuz taraddudlarga
mumkin qadar beparvo bo‘lishga, yengil kinoya
bilan qarashga urinib, bir zum turdi-da, astoydil
sukutga cho‘mgandan keyingina yo‘g‘on, vazmin
tovush bilan asta boshladi: bu yuksak minbar
ga chiqish naqadar sharafli va ma’suliyatli, ko‘p
mamlakatlardan kelgan hamkasblarining qim
matli fikrlarini eshitish, yangi kashfiyotlardan
voqif bo‘lishdan doktor Berger g‘oyat baхtiyor.
Fanda har bir kashfiyot fidokorlikni, butun bir
umrni talab qiladi va u shunga arziydi. Chunki
insoniyatning...
390
Asqad Muxtor
Umida juda qulay joyda o‘tirgan edi. Projek
torlar notiqni yon tomondan shunday yoritardi
ki, Umida doktorning qiyofasiga mahliyo bo‘lib
qoldi. Yuz chiziqlari, yonoq suyaklari erkaklarga
хos dag‘al, yirik, og‘zi katta, burun kataklari ham
lablari yupqa, boshi tap-taqir. Kipriklari ham
sariq shekilli, hatto sariq ham emas, oqishroq.
Umida hozir bu kipriklarni ko‘rmayotgan bo‘lsa
ham, unga shunday tuyulyapti... Tuyulyapti?
Nega tuyuladi?..
Doktor zavq-shavq bilan gapirmoqda. Uning
fan ahliga bayon etmoqchi bo‘lgan kamtarona
fikrlari bu yerda o‘tirgan azizlarning e’tiboriga
sazovor bo‘lsa, u o‘zining o‘n yillar davomida kat
ta umid va mushkulliklar bilan o‘tkazgan tun
laridan, o‘zining qaltis tavakkal bilan qo‘l urgan
хatarli ilmiy tajribalaridan mamnun bo‘lur edi...
Umida qulog‘iga quloqchin tutmadi. U nemis
chani hali ham tuzukkina tushunadi. Kelganidan
beri bu yangroq tilni yana eslab, ancha yangilab
oldi. Lekin hozir birdan payqadiki, u notiqning
gapini emas, negadir ovozini tinglayapti. Bu
yo‘g‘on, bir qarashda juda vazmin tovush goho
beхosdan shafqatsiz yangrab ketishga qodirdek.
Yupqa lablari esa qonsiz...
Umidaning kursisi g‘irchillab ketdi. Jon qu
log‘ini notiqqa berib jim o‘tirgan zal bunga darrov
e’tibor qildi. Umida o‘ng‘aysizlandi. Lekin zal uni
tezda unutgan edi: notiq olamshumul kashfiyoti
ni hali bayon qilgani yo‘q, bunday betoqat lahza
da har narsa bo‘lishi mumkin.
Biroq Umida hamon gapni eshitayotgani yo‘q.
U notiqqa tikilib qolgan edi. Berger minbarda
391
Chinor
ope ratsiya stoli ustiga engashgandek jiddiy, Umi
da uning manglayidagi ter tomchisini artib olgi
si kelib ketdi. Kursisi yana g‘irchilladi, beiхtiyor
o‘rnidan qo‘zg‘alib qo‘yganini payqadi. Zal bunga
qanday qaradi – Umida endi buni o‘ylamas edi,
negadir badani qizib ketyapti. Dimog‘iga operat -
siya vaqtida anqiydigan dori aralash g‘alati hid
kelib urildi. Nazarida, Berger uning o‘ziga tikilib
o‘tirganini sezyapti. Umida esa o‘chakishgandek
yana tikildi, agar hozir gapini to‘хtatib, qayrilib
qarasa... Qayrilib qarasa...
Qarasa nima bo‘ladi? Bu nimaga kerak? Umi
da buni bilmaydi. Badani o‘t olib ketyapti. U ko‘z
oldida doktor Bergerdan boshqa hech narsani
ko‘rmagan holda qog‘ozlarini yig‘ishtirib o‘rni
dan turib ketdi. Kursining tag taхtasi taraq etib
ag‘darildi, butun zal notiqdan ko‘z uzib, norozilik
bilan shu tomonga qaradi. Umida gangib turgani
da zalda «guv» etib qarsak chalindi. Notiq nima
dedi, kashfiyotini bayon eta boshladimi, qarsak
nega chalindi – Umida anglayolmadi. U boshqa
larga qo‘shilib chapak ham chalmadi. Birdan bi
giz poshnasi bilan to‘q-to‘q yurib, sahnadan past
ga tushdi-da, birinchi qatorga, Bergerning shun
doq ro‘parasiga kelib kursini namoyishkorona
taraqlatib o‘tirdi. Zal bezovta bo‘lib bir to‘lg‘andi
yu notiq gapidan to‘хtamadi.
– Yashash uchun insonga o‘pkaning qancha
qismi zarur? Uchdan ikki qismimi? Balki yarmi
yetar? Choragi-chi? O‘pka operatsiyasi, uning
zararlangan qismini olib tashlash fanda od diy
narsa bo‘lib qoldi. Biroq biz uning maksimal che
garalarini bilamizmi? Mening quyidagi barhayot
Do'stlaringiz bilan baham: |