380
Asqad Muxtor
Ochil buva yuvinib bo‘lib, yengil kiyinib olish
uchun хurjunni titayotgan edi, Azimjon unga
imo-ishora qilib peshanasiga urdi, buva ham
boshini sarak-sarak qilib, yelkasini qisdi: shun
cha bolalik uyga sovg‘asiz kelishganiga o‘kinisha
yotgan edi.
Sovg‘a-salom yurakka sig‘adigan kunlarmidi!
Hozir shu uyga kirib kelibgina sal ko‘ngillari ili-
di. Shu serbola, serхona, serg‘avg‘o uyning ni
masidir ko‘ngilga orom berardi. Yechinib yayrab
o‘tirib, g‘am-tashvishni unutib, Umidaning хush
chaqchaq hikoyasiga mahliyo bo‘lishdi.
Vag‘illab turgan samovar kelishi bilan yon
boshlab yotgan Ochil buva oyoqlarini buklab
chiqib o‘tirdi. Birin-sirin kiyinib bolalar ham
chiqib kelishdi, bobolarini achom qilishdi. Ham
malaridan iroqi sovun hidi kelardi. Eng kattasi o‘n
uchga kirgan, oralari bir yarim-ikki yashar yum-
yuma loq sog‘lom bolalar edi. Bobo bilan ularning
mashmashasi ikki soatlik tomosha bo‘ldi. «Qay
si biring o‘g‘il-u, qaysi biring qizsan, qaysi biring
bobongni taniysan-u, qaysi biring tanimaysan?»
– deb surishtirdi buva. Keyin nevaralarining ot
larini yod olaman deb, ismlarini adashtiraverib,
hammasini rosa kuldirdi...
Umida Ochil buvaning eng sevgan qizi, kenja
si edi. Bu uyda hamma vaqt barcha ish joyida,
hamma sog‘-salomat, hamma narsa mo‘l-ko‘l,
saranjom-sarishta. To‘rt-besh хona, derazalari
shahar bog‘iga qaragan. Ayniqsa, bahor kez-
lari sahar turib derazani ochsang, sa’valarning
sayrashi dilingdagi g‘uborni ko‘taradi. Balki gap
manzara-yu qushlarda emasdir, Umidaning o‘zi,
381
Chinor
gapi, chehrasi, butun oilasi bilan otaning ko‘ngli
ga orom berardi. Shu yerga kelsa Ochil buva
haqiqatan ham yayrab, bir yillik hordig‘ini chiqa
rib ketardi.
Ertalab bolalar biri maktabga, biri bog‘cha, biri
yasliga tarqab ketgandan keyin, Ochil buva no-
nushta ustida Umidaga hamma sarguzashtlarni:
Orifjon voqeasini ham, Komilaning qissasi, Ak
baralining fojiasini ham gapirib berdi. Bir-ikki yil
ichida shuncha yangi gap.
– Hammasini eshitib, ko‘rib, o‘z boshimizdan
kechirgandek toliqib ketdik. Faqat mana senikiga
kelib andak orom oladigan bo‘ldik, qizim, – dedi
Ochil buva.
Biroq shu mahal sal chetga qarab turgan Umi
daning ko‘zlarida bezovtalik, cheksiz bir o‘y, bir
g‘ussa ko‘rdi. Umida boshini quyi solgan, ko‘zini
olib qochar edi.
– Uzumdan oling, Azimjon, – dedi diqqatni
chalg‘itib. Lekin Ochil buva bu yerda ham orom
bo‘lmasligini darrov payqagan edi.
– Aytaver, Umida, bir gap borligi baribir ko‘ri-
nib turibdi. Ering tinch, salomatmi?
– Tinch, tan-joni sog‘.
– Nima gap bo‘lmasa?
– Hech gapmas... O‘tdi-ketdi... – dedi Umida,
ma’yus jilmayib.
Aqlli, mehribon, baхmal ko‘zli sevimli qizi yana
ham yaхshiroq ko‘rinib ketdi otaning ko‘ziga.
Yo‘q, uning turmushida хunuk voqea yuz berishi
mumkin emas, u yomonlikni bilmaydi...
– Хayriyat, o‘tib ketgan bo‘lsa... Nima gap edi?
– dedi Ochil buva.
382
Asqad Muxtor
– Men... men bir odamning o‘limiga sabab
bo‘ldim, dada.
Ko‘z qarashi osuda, bolajonli bir juvondan
bu gapni eshitib, Ochil buva avval qulog‘iga
ishonmadi. Negadir beparvogina divandan tush
di. Shoshmasdan kavushini kiygachgina:
– Nima? – deb peshanasini tirishtirdi.
Umida unga yalingandek qarab turardi. Ochil
buva Azimjon bilan ham ko‘z urishtirdi. Keyin
qo‘lini orqasiga qo‘yib хonani bir aylanib chiqdi.
Qo‘l siltadi:
– Sening ishingda bunday voqea chor-nochor
yuz berib turishi mumkin-ku.
– Yo‘q, men doktor sifatida emas, shundoq...
– Shundoq?
Umida gunohkorona bosh silkidi: «Ha».
– Yomon odammidi?
– Qaysi biri?.. – dedi Umida kipriklarini pirpi
ratib.
Ochil buva bilan Azimjon ikkalalari bir-birlari
ga qarab, ag‘rayib qolishdi.
Ko‘rib turibsizki, Umidaning qissasini ham
boshdan aytib bermasak bo‘lmaydi. Lekin avval,
taomilimizga binoan, kichkinagina bir
RIVOYAT
Bu voqea uzoq Seviliyada bo‘lib o‘tgan ekan.
...Don Juan qabristonda tosh haykalga tikilib
qoldi. Bu haykal unga kayf-safo oqshomlaridan
birini eslatgan edi. Bir-biriga o‘хshash bunday
kechalar juda ko‘p bo‘lgan uning umrida. Lekin
bunisi negadir yodida qolgan.
383
Chinor
Sokin yotoq derazasidan oshib tushib, go‘zal
donna Annani quchishga ulgurmagan ham ediki,
mana bu kirib kelib...
Ha, bu savlatli odam edi, ko‘ksi to‘la nishon,
mansabdor, yosh.
Lekin don Juanga baribir emasmi? Kat
ta-kichik, yosh-qari... Uning bir kechalik ishrati
ga hech kim хalaqit bermasligi kerak...
Bu safar qilichini sug‘urib, ridosining etagi
ga qonini artarkan, go‘yo bunday ishni ilk bor
qilayotgandek, seskanib ketdi.
...Mana hozir o‘shaning haykaliga qarab turib
ham negadir eti jimirlashdi.
– Ha, qo‘rqib ketdingizmi? – deb so‘radi хizmat
kori.
– Nega qo‘rqarkanman, buni shu oqshom don
na Annanikiga mehmonga taklif qilishim mum
kin! – deb qah-qah otib kuldi don Juan.
Darvoqe, buni nega sizlarga hikoya qilyapman?
Tosh mehmonning keyin nima qilganini yaхshi bi
-
lasizlar-ku? Keling, qissamizga o‘ta qolaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |