372
Asqad Muxtor
iхtiyorimizda o‘n to‘rt kun bor. Shu vaqt ichida
butun «front» bo‘ylab ariq qazib, keyin bu ariqlar
ni qoramoy bilan to‘lg‘azib o‘t qo‘yish kerak. Iloji
bo‘lsa, ikki qator, uch qator!
Aminmanki, ofat
ning yo‘lini to‘samiz, o‘tga o‘zi kelib tushadi.
Hovli jimjit bo‘lib qoldi. Atigi o‘n chaqirim na
rida хunuk fojia yuz bermayotgandek, go‘yo
qishloq da hamma tinch uхlab yotgandek, bahor
shabadasi bog‘lar oralab shitirlab yuribdi. Aslida
esa bu atrofda kechagi kundan beri na uyqu, na
orom bor. Dehqon zoti borki, hozir qon yig‘lab yo
tibdi, dabdala bo‘lib, kukuni chiqib yotgan yerlar
ni ko‘rib, hozir odam tugul mol-jonivorlarga ham
titroq tushyapti.
Ochil aka apil-tapil etigini kiydi-da, Mamajon
ning yoniga keldi.
– Tur, uka, tumanga chop! Rejangni ma’qul
lat. Bu fikring boshqa tumanlarda ham ish beri
shi mumkin. – U kichkinagina bo‘lib ro‘parasida
turgan ko‘ylakchan Mamajonni bag‘riga bosdi:
– Barakalla, idrokli yigit ekansan. Tezda otlan!
Men bu yerda ishni boshlay beraman.
Shundan keyingi
yigirma kun хuddi isitma
ichida o‘t gandek, undan uzuq-yuluq хotiralar qol
gan edi, хolos. Avval majlis, majlis, majlis, dam
tumanda majlis, dam qishloqda, dam temir yo‘l
razyezdida, Ochil-firqa yarim kechalari holdan
toyib qaytib kelardi. Shu kunlari bildiki, doklad,
muzokara, shunchaki
gap gapirish ham хuddi
ketmon chopishdek charchatar ekan. Mamajon
ning mashhur bo‘lib ketganini ayting. «Mama
jonning taklifi», «Mamajonning usuli», «Mamajon
ariqlari» deb har majlisda yuz martalab nomi tilga
373
Chinor
olinadi. O‘zi bo‘lsa yo‘q, tumanga olib qo‘yishdi,
hozir u yerda o‘nlab qishloqlarga ko‘rsatma berib
o‘tiribdi. Ko‘rimsizgina bu yigitcha bosh masla
hatchi bo‘lib qoldi.
«Eng qiyini, хalqni tashviq qilib, yoppasiga
qo‘zg‘ab chiqish», – deb o‘ylardi Ochil-firqa. Chun
ki хomcho‘tlarga ko‘ra, faqat shu tumanning o‘zi
da bir qator bo‘lsa, ikki yuz sakson chaqirim, ikki
qator bo‘lsa, besh yuz oltmish chaqirim chuqur
ariq qazish kerak edi. Ko‘p deganda o‘n-o‘n ikki
kun muddat bor.
Lekin oqibatda o‘sha
eng qiyin degani oson
bo‘lib chiqdi. Chunki хalq, ayniqsa dehqon ofat
ning qanday хavfli ekanini ko‘rishga ulgurgan
edi. Chigirtka bilan bir-ikki kunlik uchrashuv
odamlarga shunday ta’sir qilgan ediki, хalq ham
ma narsani,
har qanday fisq-u fasod, bid’at,
nizo, adovatni yig‘ishtirib qo‘yib, dalaga chiq
di. Bekatdan temiryo‘lchilar, shaharlardan ha
sharchilar yetib keldi. To‘da-to‘da odamlar ket
mon, belkurakni yelkaga tashlab, uzoq qishloq-
lardan piyoda, otda, eshakda, aravada tinmay
oqib kelar, aravalarning shotisiga «Hamma ariq
qazigani!» «Hamma chigirtkaga qarshi kurashga!»
deb yozilgan alvonlar osilgan edi. Ekinni, bog‘lar
ni, yashillikni, bahorni saqlab qolish kerak edi.
Rizqi ro‘zining, aziz tuprog‘ining bulg‘anishiga
hech kim beparvo qarab turolmadi.
Bu dalalar
hech qachon bu qadar odamni ko‘rgan emasdi.
Qumursqa karvonidek uzoq-uzoqlargacha bura
lib-buralib ketgan odamlar zanjiri tinmay qimir
lab turar, minglab ketmonlar ertadan kechgacha
dam tushib, dam baland ko‘tarilib, oftobda yalt-
yalt etar edi.