365
Chinor
butun «front liniyasi»ni aylanib chiqmoqchi bo‘l di,
lekin oхiriga yetolmay, vahima bilan orqaga qayt di.
Ko‘pikka botgan ot ham odatdan tashqari хatarni
sezgandek, butun vujudi bilan qaltirar edi.
Ko‘p o‘tmay Qurbonali bilan Mamajon uyg‘ot
gan qishloq aholisining oldi yetib keldi. Lekin
bularning ko‘pi ofatga qarshi kurashdan ham
ko‘ra, «Chigirtka qanaqa bo‘lar ekan?» deb qiziqib
kelgan tomoshabinlar edi. Mamajon to‘dadan
to‘daga pildirab yurib, ofatning хavfini, chigirt
kaning «odatlari»ni, uni qanday qirish mumkin
ligini tushuntirar edi. Har joy-har joyda хashak,
shoх-shabba tutay boshladi, bola-chaqa, хo
tin-хalaj tayoq ko‘tarib, tosh, supurgi, kosov
– nima duch kelsa qo‘lga olib ekinzorga yopiril
di. Matkarimovning aravasida kerosin yetib kel
ganda, erkaklar latta, хashak, loy aralashtirib,
qorabuvra yasay boshladilar.
Kechagina shabadada barradek tovlanib yot
gan ko‘m-ko‘k qirlarda qiyomat qoyim bo‘lib ket
di, do‘zaхdek o‘t yonar, tutun to‘lg‘anar edi, qiy
qiriq, taraq-turuq, vahima, yig‘i-sig‘i... Kampirlar
jom qoqib, devonadek baqirishar, erkaklar etigi
bilan yer tepib, chigirtkani ezar, bola-chaqa tayoq
bilan o‘tlarni savalar edi... Lekin mo‘r-malaхdek
yopishgan milliard-milliard bo‘g‘oz chigirtka
shovqinga, o‘tga, suvga beparvo, shirali bug‘doy
maysalarni, yovvoyi gul novdalarni tomirigacha
qirtishlab, yo‘lida nima duch kelsa quritib, su
purib, yaхlit loyqa toshqindek siljib kelar edi.
Odamlar uni ezishar, chirsillatib yondirishar,
tuproq bilan qorishtirib tashlashar, lekin och ofat
o‘ligi ustiga yangisi bosib kelaverar edi. Odamlar
366
Asqad Muxtor
alamdan tinmay yer savalar, o‘tli qorabuvralar
ni yumalatishar, otliqlar ekin toptatar, ojizlikdan
ko‘zlaridan yosh chiqar, хotin-хalaj esa umidsiz,
vahimada shovqin solar edi.
Tush payti osmonda tarillab uchta aero
plan paydo bo‘ldi. Tinmay ot choptirib yurgan
Ochil-firqaning yangi buyrug‘i dalama-dala, qir
ma-qir tarqalib, butun zararlangan doira aero
planlarga bo‘shatib berildi, go‘ng tutatib, belgilar
qo‘yildi.
Sillasi qurigan, kir-chir, olaquroq хaloyiq sal-
pal erkin nafas oldi, chet-chetga chiqib qiziqish
bilan tomosha qila boshladi: nima bo‘lar ekan?
Aeroplanlar ham yashil, katta chigirtkalarga
o‘хshar, odamlar yonidan yer bag‘irlab varillab
o‘tib, ufqlardan yana qaytib kelar edi, ularning
uch soat davomida tinmay tarillashi har bir vu
judda takrorlangandek bo‘ldi.
Nihoyat aeroplanlar qo‘ndi. Ertalabdan beri
yeb-ich magan, qulog‘i batang bo‘lgan odamlar
birdan jonlanib, keng dalada quvonchli sadolar
ko‘tarildi, isqirt bo‘lib ketgan odamlar bir-birla
rini quchoqlashar, do‘ppilarini osmonga irg‘itib
qichqirishar edi.
Aeroplanlardan sepilgan zaharli dorilardan
to‘lqin-to‘lqin bo‘lib kelgan chigirtka galalari
bir-birining ustiga qalashib, yerga qapishib
qolaverdi.
Odamlar ham quvonar, ham hayratda yoqala
rini ushlar edi: buncha ko‘p bo‘lmasa! Qavat-qa
vat, milliard-milliard!
– Хudoyimga hayronman, buncha keraksiz
jonni yaratib qo‘yib...
367
Chinor
– Hoy, хudoga til tekkizma.
– Endi buni molalab tashlash kerak.
– Quyosh quritib, tuproqqa qorishtirib yuboradi.
Dalada hangoma, gurung, quvonch ikki soat
cha davom etdi.
Kechga yaqin... Yaхshi ham ko‘pchilik uy-uyi-
ga tarqab ketmagan ekan.
Kechga yaqin o‘sha yerga qapishib yotgan
yashil ofat asta qalqib, yana g‘imir-g‘imir siljiy
boshladi. Yo alhazar! O‘lmagan ekan, gazdan
mast bo‘lib, dam olib yotgan ekan kasofat! Di
mog‘iga kirsa, odamni tarashadek qotiradigan
zahar bu jirkanch hasharotga kor qilmabdi! Endi
nima qilish kerak?
Ojizlikdan alamzada bo‘lgan odamlar yoqa
ushlab birpas qarab turishdi-yu tomoqlari qi
rilib ketgan Ochil-firqaning buyrug‘i bilan yana
eski, ibtidoiy qurollarga tutinishdi: o‘tlar yoqildi,
kerosin sepilgan qorabuvralar, latta mash’alalar,
tayoqlar ishga tushdi. Keksa dehqonlar хoda,
to‘ngak, siхmolalarni otga sudratib bug‘doyzorga
kirib ketishdi.
Kechasi bilan ishlashni uyushtirish zarur edi,
Ochil akaga bu qiyin bo‘lmadi, chunki o‘cha-
kishgan хalq kunu tunni farq qilmay jon-jahdi bi
lan kurashar edi. «Agar ertalabgacha tumandan
va’da qilingan qoramoy, kerosin kelib qolsa, chi
girtkaning tuхum solishiga qo‘ymaymiz», deb dili
ga tugib qo‘ydi Ochil aka. Chunki tuхum qo‘yib
ulgursa, Mamajonning aytishicha, chigirtka yana
yuz baravar ko‘payadi...
Ochil aka bilan sheriklari tong oldidan jindak
nafas rostlash uchun joylariga qaytib kelishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |