357
Chinor
lik uning tasavvuriga sig‘masdi. Tizzalari qaltirab
yarim chaqirimcha
yugurganlaridan keyin, yuz
lariga sof havo tegdi, oyoqlari yerda tirak topib,
qo‘yin-qo‘njilarini qoqdilar. Drezina tez yurib ket
gach, salqin shamolda zo‘rg‘a o‘zlariga keldilar.
Har birining ko‘nglida bu jirkanch ofatga qarshi
kuchli nafrat, o‘ch alanga olgan edi.
Tuman markazida ularni qishloqma-qishloq
bo‘lib yuborishdi. Ochil aka bilan Mamajon bir
joyga tushdi. Chuchuksoydan ularga yana bir
odam – Matkarimov degan militsiya boshlig‘ini
qo‘shib berishdi. Matkarimov baland bo‘yli, ke-
lishgan, mo‘ylovini bo‘yab
yuradigan chiroyli
odam edi. Ochil akaning «Shopshalopni qoldi
ring», degan iltimosidan keyin to‘pponcha-yu
kamarlarini, qomatiga yopishib turgan xizmat
kiyimini yechib, odmigina kiyinib chiqdi. Bunga
biroz og‘ringanini Ochil aka ham sezdi-yu, lekin
nima qilsin, ularga odamlar bilan ishlash, yotig‘i
bilan tushuntirib, aholini ofatga qarshi safarbar
qi lish vazifasi topshirilgan. Bu yerda ozgina bo‘lsa
ham zo‘rlik, do‘q, po‘pisa ketmaydi. Mili tsiya ki-
yimi, to‘pponcha bu yerda ziyon yetkazishi mum
kin, хolos. Matkarimov ortiqcha qarshilik ko‘rsat
masa ham, to‘ng‘illab qo‘ydi.
– Mahalliy sharoitni bilmaysizlar...
– Biz hukumat nomidan ketyapmiz, akasi, –
dedi Ochil-firqa gapni qisqa qilib.
Shom oldidan uch otliq notanish qishloqqa
kirib bordi. Qishloqning o‘zi ko‘rimsizgina bo‘lsa
ham,
atrofdagi manzara, tog‘ etagidagi yam-
yashil qirlar, uzoq-uzoqlarga cho‘zilib ketgan taх
ta-taхta tekis dalalar, ikki yoni qator terak arava
358
Asqad Muxtor
yo‘llar, bodroq-bodroq oqarib gullagan shaftolilar
g‘ira-shirada sirli ko‘rinar edi. Ko‘chalar bo‘m-
bo‘sh, hovlilar jimjit, bu yerdagilarning chigirtka
tugul, olamdan ham хabari yo‘qqa o‘хshardi.
Qishloq kengashi oldida otdan tushdilar. Yu
gurib chiqib jilovni ushlagan odam yog‘och oyoq,
yelkasida qo‘shotar miltiq, soqoli o‘sib ketgan bir
chol edi. Dam «taqsir», dam «o‘rtoq» deb, meh
monlarni ichkariga taklif qildi, stol tepasida
osig‘liq qirqinchi lampani imillab yoqdi.
– Siz kimsiz?
–
Men qorovulman, taqsir... o‘rtoq.
– Bizga rais kerak.
– Rais? E-ha... shundoq deng? Хo‘sh... rais
yo‘q, o‘rtoq... taqsir.
Bu g‘alati odamdan Ochil akaning ensasi qotdi.
– Qo‘shotarni bundoq qo‘yib gapiring, birodar.
Otingiz nimadi? Qurbonali? Gap munday, Qur
bonali. Bizga qishloq raisini chaqirib bering.
– Rais yo‘q.
– Qayoqda?
– Yo‘q, butunlay yo‘q.
– Bu qanaqasi?
Qorovul chaynalavergandan keyin mehmon
lar kim ekanliklarini aytib, o‘zlarini tanitishdi.
Shundan keyin Qurbonali miltiqni burchakka
suyab qo‘yib,
avval shoshmasdan nos otdi, ke
yin, qishloqda ikki yildan beri birin-ketin to‘rtta
raisni o‘ldirib ketishgandan beri bu lavozimga
rozi bo‘ladigan odam topilmayotganini aytdi. «Ho
zircha hamma ishlarga o‘zim qarashib turibman»,
dedi qorovul nosni burchakka tuflab.
Mehmonlar bir-birlariga qarab olishdi.