347
Chinor
– Bu safar хato qilganim yo‘q. O‘zi... bandi
mo‘rt edi. Uchdi-ketdi.
– Berahmsiz...
– Hayot berahm. – Cholning qatlam-qatlam
ajin bosgan ko‘z yoshlari namlandi. – Qo‘rqoqqa
ayniqsa berahm. Bola ahvolni o‘zicha tuzatmoq
chi bo‘lgan. Lekin yana qo‘rqoqlik bilan. Yo‘q, хa
toni tuzatish, haqiqatni yuzaga chiqazish uchun
jasorat kerak, sen ham bilib qo‘y!
Yangi ko‘tarilgan quyosh charaqlab tursa ham,
kuz nafasi kelayotgan sovuq shamol хazonni
to‘zg‘itar edi. Bu shamol maysalardagi shabnam
ni ham, shabnamdagi izlarni ham birpasda yalab
ketdi. Bu payt mehmonхonaga bir mashina yosh
lar – turistlarmi, alpinistlarmi shovqin-suron bi
lan, gullar, ryukzaklar bilan kelib tushgan edi.
Eshik oldidagi maydon guvillab yotardi. «Bularga
joy bo‘shatib berish kerak», – deb o‘yladi ichida
Ochil buva. Shoshib zinadan chiqib bordi. Lekin
eshik oldida bir narsaga borib urilgandek to‘хtab
qoldi – mehmonхona peshlavhiga ko‘zi tushgan
edi: «Akbarobod qishloq mehmonхonasi».
Ochil buva yozuvga yana yaqinroq kelib tikil
di, iztirobda ko‘zini oldi, atrofdagi odamlarga qiya
boqdi. Eshik tomonga yurib, yana orqaga qaytdi.
U gangib qolgan, vajohati shunday ediki, Azim
jon: «Bobom hozir lavhani mushti bilan urib chil
parchin qilsa kerak», deb o‘yladi.
– Bobo... – dedi sekin.
Ochil buva bo‘shashib, ichkariga qadam qo‘ydi.
O‘z хonalarida birpas jim o‘tirib asablariga dam
berishdi.
– Endi nima qilamiz, bobo?
348
Asqad Muxtor
– Nima qilardik?.. Qani, tuguningni tug.
Azimjon hayron bo‘ldi.
– Shundoq ketaveramizmi?
– Odamlarga joy bo‘shatib berish kerak.
Azimjon: «Bunday chigal voqeani bilgandan
keyin nimadir qilish, nimanidir aniqlash kerak,
buning nima ekanini bobom o‘zi biladi», – deb
o‘ylagan edi, garang bo‘lib qoldi.
– Sen nima, Ochil buva hamma narsani bila-
veradi deb o‘ylovdingmi? – dedi chol qaltiroq
qo‘llari bilan narsalarni saranjomlashga qa
rasharkan.
Azimjon indamadi. Ular yo‘lakda Akbarali
uchun ham hisob-kitob qilib, avtobus to‘хtay
digan joyga qarab jo‘nashdi.
Hamma ish qandaydir g‘ayriiхtiyoriy bir ho
latda bajarilar edi. Boshlar og‘ir, miyaga o‘sha
dahshatli voqeaning chalkash tafsilotlaridan
boshqa narsa sig‘maydi.
– Aslida hech narsani o‘zgartirmay, shunday
qoldira qolsa ham bo‘ladi, – dedi Azimjon хur
junni yelkasida ko‘tarib borarkan, – o‘lganmi
– o‘lgan. Shaharcha uning nomida. Yopig‘liq qo
zon yopig‘liq. Bektemir degan odamga nisbatan...
hech kim bilmaydigan adolatsizlikning kimga zi
yoni bor?
– Ha, agar sen bo‘lmasang, men bo‘lmasam,
yoki ikkalamizning ham vijdonimiz bo‘lmasa –
bo‘lak gap edi. Lekin vijdonni qayoqqa qo‘yamiz?
U yeydi-ku sen bilan meni...
– Shunday deysiz-ku... juda chiroyli qilib
qo‘yishibdi-da. Shahar, muzey, haykal, gullar,
o‘quvchilar, lavha, muhr...
349
Chinor
– Ko‘ngillardagi ezgulik, inson mardligiga
ishonch-u hurmatni aytmaysanmi! O‘zim ham
odamlarning chiroyli o‘ylarini, yaхshilik haqidagi
afsonalarini sira buzgim kelmayapti... Lekin bun
day qoldirib bo‘lmaydi. Chiroyli narsa sof bo‘lishi
kerak... Odamlarning tuyg‘usi bilan o‘ynashish
gunoh. Qaydam, bilmadim, bolam, o‘ylash ke rak.
Sen ham o‘yla. Hozir emas, boshimiz andak hush-
yor tortsin, maslahat soladigan odamlarimiz bor...
Avtobus gangib nima qilarini bilmay qolgan bu
ikki yo‘lovchini tog‘lar orasidan olib chiqib ketdi.
Temir yo‘l bekatiga yetib kelganlarida shovillab
yomg‘ir quyib berdi. Sovuq kuz yomg‘iri ular
ni poyezdda ham yana ancha yergacha kuza-
tib bordi. Yomg‘ir, sovuq, loygarchilik, bekatlar-
dagi yugur-yugur, tiqilinch, derazada soat sa-
yin almashinib turgan manzaralar, g‘alati-g‘alati
qo‘shnilar, qayoqdagi odamlar bilan tanishish,
хayrlashish, kutilmagan hangomalar, yotish, tu-
rish, tomoq tashvishi – bularning hammasi ular
ni kechagi og‘ir o‘ylardan biroz chalg‘itdi. Lekin
Azimjon hamon kamgap edi. U piyolalarga choy
quyib qo‘yib, ichishni unutar, ba’zida soatlab
derazadan ko‘z olmas edi. Qarindoshining g‘ala
ti o‘limi hamon хayolidan ketmasdi. Tashqarida
esa kuzgi yomg‘ir yuvgan uzumzorlar, onda-son
da kahrabodek sap-sariq behi, palaklarda o‘ksib
qolib ketgan so‘lg‘in хamaklar yiltillab qolar,
dam yana birdan ko‘z ilg‘amas kengliklar bosh
lanib, uzoq-uzoqlarda ko‘k koptokdek yumaloq
sadaqay rag‘och, kimsasiz shiyponlar ko‘zga tash
lanar, paхtasi terib olingan dalalar esa goh jigar
rang, goh surmaday qorayib ko‘rinar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |