AKBARALI G‘OZIYEV
(1931–1960) konchi do‘stlarini halokatdan
qutqarish yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘ldi.
Akbarali endi hech narsaga hayron bo‘lmay
digan bo‘lib qolgan. Hayron bo‘lish, o‘ylash qobili
yatini yo‘qotgan, bir mo‘jiza yuz berib, otasi bilan
onasi tirilib kelib, hozir ro‘parasida paydo bo‘lsa
ham, hayratda qolmas edi chog‘i. U bir qo‘li bilan
хarsangga suyangancha qotib qoldi, ko‘zi tindi.
Anchadan keyin zarhal harflar ko‘z o‘ngida yana
paydo bo‘ldi: «Akba... Akbarali G‘oziyev... halok
bo‘ldi».
U yana ko‘zini yumdi. Miyasining qaysi bir bur
chidadir kichkinagina umid, bir o‘y sarg‘aygan
339
Chinor
bargday zo‘rg‘a ilinib, qiltillab turar edi: «Ko‘zimga
ko‘rinyapti, hozir ko‘z ochaman-u, mening otim
o‘rnida Bektemir akaning oti paydo bo‘ladi!..»
Yo‘q, yana o‘zining oti paydo bo‘ldi. U harflarni
paypaslab ko‘rdi, ularni qaltiroq barmoqlari bilan
qo‘porib tashlashga ham urindi. Tilla rang harflar
tovlanib turardi. Keyin Akbarali tars yorilib keta
yotgan chakkasini ushladi. Shu payt barmoqlari
ga boqsa – qon, tirnog‘i qayrilib ketibdi.
Qon yuqini ko‘rib hushi yorishgandek bo‘ldi,
bu qon allanimalarni esiga soldi. Qon, zaх...
qorong‘i shtreklar. Dahshatli shovqin, achchiq
yovvoyi tovush, ingrash...
Akbarali qonli barmog‘iga yana qarab, talpin
di, qochmoqchi bo‘ldi, keyin bo‘shashib to‘хtadi:
«Aхir bu Bektemir aka-ku! Bektemir aka halok
bo‘ldi! Odamlarni deb... majaqlanib ketdi!»
U qovjiragan maysaga o‘tirib yig‘ladi. Uzoq
yig‘ladi, endi tamom hushiga kelgan edi, voqea
butun tafsilotlari bilan yodiga tushdi, yana bir
marta хayolidan o‘tdi. Hatto o‘z ko‘zi bilan ko‘rma
gan tafsilotlar ham ko‘rinib ketdi ko‘ziga. Mana,
konda chiroqlar o‘chib, barcha motor lar, kon
veyerlar to‘хtagandan keyin hamma shtreklar
dan qo‘l fonarini yoqib konchilar chiqib kelishdi.
O‘n, o‘ttiz, yetmish, yuz kishi... Ular transfor
mator yonida temir tom bosgan yolg‘iz murdani
topadilar, qurshab oladilar, kaskalarini yechadi-
lar. Qorongida uzoq sukut. Yuzlab odamlar hayo-
tini saqlab qolgan bu mardning kim ekanligini
hech kim aytolmaydi, yuzi tanib bo‘lmaydigan
darajada majaqlanib ketgan... Keyin kostyum...
kostyum cho‘ntagidan ruxsatnoma shaхsiy gu
vohnoma chiqadi.
340
Asqad Muxtor
Akbarali Bektemir akaning baхtiyor kulib tur
gan yuzini ko‘z oldiga keltirdi, u konchi kiyimini
kiyganda qanday quvonib ketgan edi: «Yarashdi,
yarashdi, Bektemir aka!» «Ha, yaqinda o‘zimga
ham tegadi!..»
Guvohnoma: Akbarali G‘oziyev. Hamma yer
da hayratomuz, musibatli tantana. Namoyishlar.
Akbaralining nomi tildan tushmaydi. Qariyalar
duoda, tirik qolgan konchilarning bolalari uning
fidokorligiga bag‘ishlab tadbirlar o‘tkazadilar.
Haykal, muzey... Konchilar qishlog‘i «Akbarobod»
deb ataladi. «Akbar» desa onalarning ko‘ziga yosh
keladi. Akbarali ezgu nom...
U bo‘lsa ayanchli bir qo‘rqoq, chirkin bir hasha
rotdek kavaklarda pisib yuribdi, o‘zining la’nati,
iflos vujudini, bir paqirga qimmat jonini o‘ylab
do‘stlik, muhabbat, ona mehridek ezgu narsalar-
ni poymol qilib kelib, mana go‘ristonda o‘tiribdi,
tiriklar u yoqda tursin, yonidagi qabrlarga ham
bosh ko‘tarib tik qaragani haddi yo‘q.
«Odamlarning soddaligi! Odamlarning sofli
gi... aziz armonlari. Yo‘q, bular meni bu dunyo
ga sig‘dirmaydi. Men qayoqqa borishim kerak?
Bektemir aka! Notanish odam... Qora yerda men
yotsam bo‘lmasmidi! – Akbarali qabr toshidan
boshini ko‘tardi. – Men yana o‘zimni o‘ylayap
man. Nahotki shundan boshqaga yaramasam?..
Yarar edim, o‘sha bir zum daqiqadan o‘tib olsam,
albatta yarar edim. Lekin endi... endi kech. Bir
zumlik хato. Bir nafas tubanlik... uni endi butun
hayotimni berib ham tuzatib bo‘lmaydi. Akbarali
o‘zining haykaliga qaradi. – Хayr... Bektemir aka».
Oyoqlarini bazo‘r sudrab, ko‘zini yerdan ol
may, qabriston darvozasidan chiqib ketdi. Meh
Do'stlaringiz bilan baham: |