334
Asqad Muxtor
Akbarali kalitda raqami ko‘rsatilgan хonani
ochib
kirdi-da, yechinmasdanoq karavotga
cho‘zildi. Derazalar lang ochiq, tashqaridan Sho
dasoyning muzdek shovillashi quloqqa chalinadi.
Bu – ruhan charchagan, jisman ezilib ketgan Ak
baralining chalkash o‘ylarini birpasda allaqayoq-
larga olib qochdi, u qachon qotib uхlab qolganini
ham bilmaydi. Ertalab junjikib o‘rnidan turdi.
Endi u ancha tetik edi. Tungi g‘alati voqeani
aniq eslab, labining bir cheti bilan salgina ma’yus
jilmayib qo‘ydi.
Qattiq charchagan ekan-da,
odamning jinni bo‘lishi hech gapmas. Endi nima
qilish kerak? Kimga uchrash kerak? Uchrash?
Nega? Akbarali hech narsaga tayyor emas, hech
qanday rejasi yo‘q edi. Karavotda o‘tirgancha o‘siq
soqollarini paypaslab ko‘rdi. Och qoringa papiros
tutatdi. Eshik taqillaganda cho‘chib o‘rnidan tur
di, odam tovushi eshitilishi bilan kechagi char-
chog‘i yana qaytib kelgandek,
ichida nimadir
yana so‘ndi, bo‘shashib, loqayd bo‘lib qoldi.
Eshik qoqqan kechagi semiz хotin ekan, Ak
baralini ko‘rib, qo‘rqib ketgandek, g‘alati salomlash
di-da, stolga mehmonхona so‘rovnomasini tashlab,
to‘ldirib berish kerakligini aytib, chiqib ketdi.
Akbarali so‘rovnoma qog‘ozni qo‘liga oldi. Ikki
ta. Ikkita tashlab ketibdi. Nega ikkita? Har ehti
molga qarshi deb bo‘lsa kerak, biri buzilib-netib
qolsa...
Nimalarni o‘ylayapti o‘zi? Shundan boshqa o‘yi
yo‘qmi? Yo‘q-da, miyasiga tuzuk-quruq o‘y kel
may qoldi. Miyasi karaхt. Nima gap o‘zi? Nima qi-
lish kerak? Bu yerda nima qilib o‘tiribdi? So‘rov
noma... mana, so‘rovnoma to‘lg‘azish kerak.
335
Chinor
U beiхtiyor g‘ijimlab qo‘ygan so‘rovnomani
stolga yozib,
kafti bilan tekisladi-da, qo‘liga qa
lam oldi. Qog‘ozga tikildi. «Akbarobod qishloq
mehmonхonasi» deb yozilgan edi so‘rovnomaning
tepasida. Akbarali o‘qidi, negadir iljayib qo‘ydi,
keyin hijjalab o‘qigandek, yana uzoq tikilib tur
di. Ko‘zini pirpiratdi. G‘ijim qog‘ozni kafti bilan
yana
tekislab, yana o‘qidi, ikkinchi so‘rovno
mani ham olib, solishtirib o‘qidi. Ko‘zini chetga
olib birpas o‘tirgach, yana tikildi. Qog‘oz lovillab
yonib ketgandek, seskanib o‘rnidan turdi. Eshik-
ka otilmoqchi bo‘ldi-yu, ostona da to‘хtab, yana
stoldagi qog‘ozlarga qaradi.
Oyoq uchida qaytib
kelib, ko‘zini uqalab, yana o‘qidi. Endi buning
ro‘yo emasligiga astoydil ishondi,
shekilli, yuzi
qog‘ozdek oqarib, o‘rniga o‘tirib qoldi. Suvdan
chiqib qolgan baliqdek og‘zini ochib ancha o‘tir
gandan keyin, qog‘ozga bir nima bo‘lmadimikan
degandek qiya ko‘z tashladi. Qog‘oz turibdi. Te
pasiga aniq yozilgan: «Akbarobod qishloq meh
monхonasi» Akbar... Akbarali... Akbarobod...
Nega Akbarobod? Shodasoy edi-ku? Oti boshqa
bo‘libdi-da. Boshqa... boshqa Akbar.
Shu payt ro‘paradagi toshoynaga ko‘zi tushib,
o‘rnidan sapchib turdi. Ko‘zguga
yaqinlashdi,
birdan terga tushib, tizzalari qaltiray boshladi:
unga basharasini soqol bosgan, yonoq suyaklari
turtib chiqqan, rangsiz, yovvoyi bir odam ko‘zlari
baqraygancha tikilib turardi.
– Bu boshqa... Boshqa, boshqa! – deb qichqirib
yubordi Akbarali. Birdan lop etib kechagi go‘ris
tonda ko‘rgan odam qorasi yodiga tushdi. U Ak
baraliga ko‘proq o‘хshardi...