Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

341
Chinor
monхonaga yetib borguncha yerdan bosh ko‘tar­
madi.
Yana bir kun karavotda cho‘zilib yotdi. Bu 
uyqu ham emas, tush ham, o‘y surish ham emas, 
qandaydir his-tuyg‘usiz, qorong‘iga – yoruqqa, 
sukutga – shovqinga loqayd, karaхt bir holat edi. 
Yotgan yerida nimadir kavshadi grafindan suv 
ichdi-da, yana chiqib ketdi.
O‘zining ilgari turgan uyiga bordi. Bu yerda 
negadir o‘quvchilar ko‘p, odamlar tinmay kirib-
chiqib turardi. Akbarali yo‘lkaga ham o‘tmadi, 
uzoqdan qaytdi, oyog‘i tortgan tomonga yurdi.
Bironta tanish uchramasdi. Хotinlar, bolalar 
negadir uni chetlab o‘tishadi. Faqat daraхtlar, 
ariqlar, ko‘priklargina tanish. O‘sha, necha yil­
lar maktabga, ishga qatnagan ko‘chalari. Lekin 
hamma narsa, ariq bo‘yida o‘sgan yalpizgacha 
begona. Butun olam begona...
U negadir kon boshqarmasiga, keyin qishloq 
kengashiga borib qoldi. Hamma joyda, pesh­
lavhlarda o‘zining otini ko‘rib orqaga qaytdi, 
kaltak yegan daydi kuchukdek o‘zini panaga oldi.
Odamlardan qo‘rqadigan bo‘lib qoldi.
Bugun kechasi bulutdek bug‘ qaynab turgan 
kutubхonada «Choy quyib bera qolay» degan to­
vush necha kundan beri qulog‘i eshitmagan bi-
rinchi mehribon inson tovushi edi.
– Meni hech kim tanimayapti, bobo! Hech kim 
tanimayapti... – deb yig‘lab yubordi Akbarali qis­
sasini tugatar ekan.
Ko‘zlarini javdiratib ag‘rayib o‘tirgan Azimjon­
ga ham u endi bu dunyoning odami emasdek 
tuyulib ketdi. Yuzi uniqqan, oriq, cho‘kib ketgan 


342
Asqad Muxtor
ko‘zlari nursiz. Odamga tikiladi-yu, hech narsani 
ko‘rmayotgandek. Shuncha hikoyadan keyin 
ham u Azimjonga begonaligicha qoldi.
Uzoq jimlik cho‘kdi. Vaqt yarim kechadan og‘ib 
qolgan, tun salqin edi. Ochiq derazadan Sho­
dasoyning salqini bilan qayerdandir pishgan behi 
hidi anqib kirdi. Qizg‘ish chiroq zirillab yonar, 
Ochil buvaning ajin peshanasida ikki tomchi ter 
yaltirar edi.
O‘rtadagi stolda o‘sha to‘ldirilgan so‘rovno-
malar yotibdi. Azimjon bu jimlikdan nima bilan 
shug‘ullanishini bilmay, stolda yotgan qalamni 
olib, so‘rovnomaga bir nimalar chizdi. Kirill harf-
larini mashq qilib, «Akbarobod.. Akbarobod» deb 
takrorlab yozdi. Qiziq... U Akbarobodda o‘tiribdi. 
O‘z хolavachchasi Akbaralining shahri. Chiroyli 
shahar. Chiroyli afsona. Sirli mangulik... (Azim­
jonning ko‘zi Akbaraliga tushdi.) Faqat mana bu 
odam.
Хona hamon jimjit. Tun ham bu uch odam 
o‘rtasidagi sirni saqlashga qasd qilgandek, og‘ir 
sukutga tolgan edi. Lekin Ochil buva jimlikni 
buzdi:
– Ha, bolalarim... Odam deb o‘lgan odam – 
doim tirik bo‘ladi.
Bobo o‘zi o‘ylab o‘tirgan gapni yakunladi shek­
illi. Azimjon bunga uncha tushunmadi. Voqea 
butunlay buning aksini ko‘rsatib turibdi-ku: 
odamlarni deb o‘lgan Bektemir aka degan kishi; 
u o‘lib nom-nishonsiz ketgan. Tiriklar – boshqa...
Lekin Azimjonga bobosining gapi yoqdi: «Odam 
deb o‘lgan odam – doimo tirik». Azimjon buni 
hatto so‘rovnoma qog‘ozining orqasiga mashq 


343
Chinor
qilayotgan ruscha harflari bilan yozib ham qo‘ydi, 
yana bir o‘qib ko‘rdi.
Akbarali ma’nosiz ko‘zlari bilan bo‘shliqqa 
tikilib o‘tirar edi. Ochil buva «Yotib dam olish 
kerak», deb o‘rnidan turganida u birdan ko‘zlari 
mo‘ltillab unga yolvorganday termilib qoldi: «Ay-
tadigan gapingiz shumi? Endi men nima qila­
man?» degan qo‘rquv bor edi ko‘zlarida.
– Ertalab miya tiniqroq bo‘ladi. Bir chorasini 
toparmiz, hozir kech bo‘lib qoldi, sen ham yotib 
damingni ol.
U soqolini silab o‘rnidan turganda, salobat­
li gavdasi хonani to‘ldirgandek bo‘ldi. Uning bir 
maslahat bermay o‘rnidan turishi Akbaraliga 
o‘lganning ustiga tepgandek bo‘ldi shekilli, battar 
quti o‘chdi. Azimjon u bilan bir zum yolg‘iz qol­
ishga qo‘rqqandek bobosiga ergashdi.
Ular o‘z хonalariga chiqib yotishdi. Qayerdadir 
хirqiroq хo‘roz qichqirardi.
– Adashib qolgan jo‘jaхo‘roz bu. Hali vaqt bor, 
uхla, damingni ol, – dedi Ochil buva chiroqni 
o‘chirib yotarkan.
Lekin Azimjon payqadiki, boboning o‘zi 
uхlayotgani yo‘q. U hadeb u yoqdan bu yoq-
qa ag‘darilaverdi. Akbaralining fojiasi uni endi 
to‘lg‘antira boshladi shekilli. Dam nafasi ichiga 
tushib ketar, dam uzun, chuqur uf tortar edi.
Azimjon bir vaqt boshini ko‘tarib qarasa, bo­
bosi qorong‘ida oppoq bo‘lib karavotda o‘tiribdi: 
soqoli oq, ko‘ylak-lozimi oq. Tushundiki, bobo-
ning Akbaralining oldidan «Yotamiz, dam olamiz», 
deb chiqib kelgani yotish, dam olish uchun emas 
ekan.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish