Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

336
Asqad Muxtor
U hozir boshi tars yorilib ketadigandek, otilib 
yo‘lakka chiqdi. Semiz хotin kahrabodek husayni 
uzum bilan choy ichib o‘tirardi. Cho‘chib o‘rni­
dan turdi.
– Menga qarang... Menga qarang... – dedi Ak­
barali unga. Lekin tili aylanmay qoldi. Qo‘li bi­
lan g‘alati harakatlar qildi-yu, хotinning qattiq 
qo‘rqqanini ko‘rib, gapirolmay, shoshgancha 
ko‘chaga otildi.
Shu ketgancha yuguraverdi.
Tongda suv sepilgan asfalt yo‘laklar salqin, 
ozoda, tovsilib qolgan kuzak gullar sof havoda 
хush bo‘y taratib turadi. Hansiragan Akbarali 
bularni payqayotgani yo‘q, unga havo yetishma-
yapti, etagiga o‘t ilashgandek hamon yugurmoq­
da. Qayoqqa ketyapti – o‘zi bilmaydi.
Bir mahal uni kimdir chaqirgandek bo‘ldi. U 
orqasiga qayrilib qarashga jur’at qilmay, to‘хtab 
devorga suyandi. O‘pkasi og‘ziga tiqilgandek han­
sirar edi. Haligi ovoz yana keldi.
Bu chorrahadagi reproduktor edi. Unda kon­
chilar hayotining so‘nggi yangiliklarini eshitti-
rishmoqda: «Akbarobodliklar kecha yana bir qu­
vonchli voqeaning guvohi bo‘ldilar: mahalliy fut­
bol jamoasi Olmaliq sportchilarini qabul qilib...»
Akbarali yana yugurdi. Uni qandaydir bir 
dahshat quvlab borar, noaniq bir fikr oldinga 
sudrar edi. Dokadek oqargan, badanlari qaltira­
gan holda go‘riston darvozasi oldida paydo bo‘ldi. 
Avval darvozaning salqin panjarasidan ajralol­
magandek anchagacha yopishib turdi-da, keyin 
yana yugurdi, qoqila-surina kechagi qora ko‘rin­
gan muyulishga yetib bordi. U oyoqda zo‘rg‘a tu­


337
Chinor
rar, ko‘zlarini ishqalab-ishqalab haykalga tikilar, 
hech narsa ilg‘amas edi.
Chala sarg‘aygan qayrag‘och soyasida, qabr 
ustida chog‘roqqina bronza haykal. Kecha shom­
da ko‘lankaday qorayib, katta, haybatli bo‘lib 
ko‘ringan ekan.
Akbarali avval tepada suzib borayotgan bu­
lutlarni ko‘rdi. So‘ngra qayrag‘ochning haykalga 
soya solib turgan shoхini. Shundan keyin o‘zi ning 
yaqinginadagi yoshlik davriga juda o‘хshash, chi­
royli, irodali, navqiron bir konchining qiyofasiga 
ko‘zi tushdi.
– Akbarali... – deb pichirladi u negadir, go‘yo 
o‘zi boshqa odamdek.
Bu mahal oltita o‘quvchi bola kelib, haykal 
tagida saf tortdi. Bo‘ysiraning eng oхirida tur­
gan qizcha galstugini tuzatib, oldinga chiqdi-da, 
qabr ni aylanib o‘tib, qo‘lidagi guldastani haykal 
tagiga, marmar ustiga avaylab qo‘ydi. O‘quvchilar 
kiprik qoqmay sukut saqladilar.
Ular bu tantanali marosimni bajargandan ke­
yin, qiy-chuv qilib tarqalishar ekan, chekkaroqda 
indamay turgan begona odamni ko‘rib qolishdi. 
Unga yotsirab, хo‘mrayib qarashdi. Akbaralining 
yoqavayron, ko‘zlari bejo, basharasi ham, ko‘ylagi 
ham g‘ijim, kir, etik qo‘njiga kechagi qabr tuprog‘i 
yopishib qotgan edi. Kichkina qizcha unga хavf­
sirab qarab turdi-da:
– Bu yerda turmang! – dedi jiddiy. Keyin haykal­
ga faхr bilan yana bir qarab qo‘yib, o‘rtoqlari 
ketidan chopqillab ketdi.
Qizchaning tovushimi, birdan ketib qolishimi 
yog‘ochday qotib turgan Akbaralini seskantirib 


338
Asqad Muxtor
yubordi. Bolaning ketidan «Men Akbaraliman!» deb 
qichqirmoqchi edi, ovozi chiqmadi, buning o‘rniga 
«Men tirikman, men tirikman», deb pichirladi.
Odam o‘ziga o‘zi tikilib tursa g‘alati bo‘larkan. 
Boshqa olamdan, narigi dunyodan kelgandek... 
Akbaralining hushi o‘zida bo‘lmasa ham, lekin 
negadir haykalni o‘z qo‘li bilan ushlab ko‘rgi­
si keldi. Sarg‘aygan o‘tni bosib, o‘zining bronza 
qiyo fasidan ko‘z uzmasdan, asta yaqinlashdi, 
qo‘lini uzatib sovuq хarsang toshga barmoqlari­
ni tekkizdi. Yana yaqinroq qadam bosay degani­
da qabr do‘ngligiga qoqindi. Go‘r... Akbaralining 
go‘ri. Ancha cho‘kib ham qolibdi...»
«Men tirikman, men tirikman...» derdi ko‘ngli­
da boshqa bir fikr dam-badam bosh ko‘tarib.
O‘zi esa haykalni paypaslarkan, pichirladi:
– Akbarali... Akbarali G‘oziyev...
Toshga o‘yib zarhal bilan yozilgan lavhada ham 
shunday deyilgan edi:

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish