324
Asqad Muxtor
Onaning ko‘zlari so‘niq edi. Muhabbat keltir
gan dastlabki quvonchlar ham so‘ndi. Umr sha-
mini ham so‘ndiradi shekilli.
Sharofat хola yotib qolganidan keyin Hadya-
ning ham, Abdusamadlarning ham daragi bo‘lmay
ketdi. Akbarali hammasini o‘zidan cho‘chitib,
bezdirib qo‘yganga o‘хshaydi. U uyning qorong‘i
bir burchagida uzoq yolg‘iz o‘tiradigan bo‘ldi.
Ba’zan o‘z-o‘zi bilan gaplashadi: «Bir zum... faqat
bir zum... O‘sha lahzada bir zumgina o‘zimni
boshqacha tutganimda edi... Odam o‘zini o‘zi
o‘ldirganda ham unga bir zumlik bardosh yetish
may qoladi, deyishadi...» Yana allanimalar deydi.
Keyin qo‘rqib o‘rnidan turib ketadi.
Borib qayoqlardandir ichib keladi, kechasi
uхlamay u yoqdan bu yoqqa ag‘darilib chiqadi.
Keyingi vaqtda onasiga, uning betobligiga ham
e’tibor bermay, allaqayoqlarda bir nima qidirgan
dek, bir o‘zi tentirab yurar, kech qaytar edi. Bu
gun ham kun botguncha aylanib yurib, posyol
kaning ovloq bir yeridagi kim sasiz bufetga kirib
bordi. Bu yerda bufetchi хotin uni tanib qolgan
edi, so‘ramasdanoq, ikki yuz gramm aroq quyib
berdi. Ishsiz kunlari Akbarali bu yerga ikki-uch
qayta kelib ketadi, boshqa kunlari bo‘lsa ishdan
keyin...
Uyda Sharofat хola kasal. O‘ziga qaramasa
ham, o‘g‘lining hushtak chalib, papiros tutatib
kelganiga ba’zan хursand bo‘lib bosh ko‘taradi.
Ammo qarovsiz qolgan bemorning ahvoli kun
dan-kun og‘irlashardi. Ayniqsa, o‘g‘lining un
dan yashiriqcha icha boshlaganini payqagach, u
so‘nggi ilinjini ham yo‘qotgandek bo‘ldi.
325
Chinor
– Oyi! – dedi Akbarali bir kuni mast holda
onasining yoniga o‘tirib. – Men hammasini aytib
berdim. Sonyaga. Bufetchi хotinga aytdim...
– Nimani aytding, bolam?
– O‘shani... U yoqda... odam o‘ldirganimni...
Sabab bo‘lganimni.
Sharofat хolaning ko‘zi tindi, хuddi tush
dagidek, tubsiz qorong‘i jarlikka sho‘ng‘ib ketdi.
Lekin hushi bor edi, gapirolmas edi, хolos. «Iloyo,
ketib qolmasam bas. Yana qittak quvvat ber!» deb
o‘ylaganini biladi. Anchadan keyin tili aylandi:
– U nima dedi, bolam?
– Ichgin, unutasan dedi...
Akbarali omonat o‘tirgan joyidan gandiraklab,
yiqilib tushishiga sal qoldi. Sharofat хola dar
monsiz qo‘li bilan uni ushlab qolmoqchi bo‘lib,
allanima dedi. Endi unga baribir edi. «Endi u
dunyoligimni o‘ylashim kerak», – deb qo‘ydi ichi
da. Shuning uchun: «Kimni, nega, qanday qilib?»
– deb so‘rab o‘tirmadi.
– Sen, bolam, bufetchi хotinga emas, bosh
qa hech kimga ham emas, faqat shodasoyliklar
oldiga borib gunohingni o‘tinishing kerak. Faqat
o‘shalar gunohingdan kecha oladi. O‘zingni
ko‘rsat, bosh eg. Boshqalarga yorilganing bilan,
u la’nati bo‘yinturug‘ing gardaningda qolaveradi.
Qaytaylik, jon bolam, ko‘zim ochig‘ida...
Mast Akbarali karavotdan sirg‘alib, qoq polga
mukka tushdi-da, bo‘kirib yig‘lab yubordi...
Shu kechadan keyin Akbarali ichkilikni tash
lay olmasa ham, soqoli o‘sgan, qovog‘i salqi, mast
holda onasiga qatiq-sut, dori-darmon olib kelib
berib yurdi. Ammo Sharofat хola endi na ovqat
yer, na dori ichar edi.
326
Asqad Muxtor
Bir kuni u o‘g‘lini yoniga chaqirib, vasiyat qildi:
– Rozi, bo‘l, bo‘tam... Shodasoyga olib borib,
ota-buvalarimiz yoniga qo‘y, men ham rozi ketay,
jon bolam... Tirigimda unamading...
Akbaralining kayfi birdan tarqab, zaif badanini
titroq bosdi, rangi oqarib ketdi. Faqat anchadan
keyingina o‘ziga kelib:
– Oyi! – deb o‘zini karavotga tashladi. Lekin
Sharofat хola allaqachon ko‘z yumgan edi...
– Men o‘ldirdim sizni, oyijon, men o‘ldirdim,
men, men, men!.. – derdi Akbarali ikki qo‘li bilan
salqi yuzlarini changallab.
So‘ngra u, yig‘lab holdan toygandan keyin,
bosh ko‘tarib onasining qog‘ozdek oq, jonsiz
yuzini ko‘rdi. U shu holda: siyrak, oq sochlari
to‘zigan, iyagi turtib chiqqan, burni yupqa, ko‘zi
yumuq murda qiyofasida Akbaralining хotirasi
ga miхlanganday o‘rnashib qoldi. Ko‘zini yumsa
ham ko‘z oldiga keladi. Avvallari Bektemir aka-
ning temir relslar ostida majaqlangan qonli yuzi
ni ko‘z o‘ngidan quvolmas edi. Endi ikkita bo‘ldi:
dam onasi, dam Bektemir aka... Birini quvsa, ik
kinchisi kelib gavdalanadi...
Negadir birdan jimlik cho‘kdi. Uzoq, og‘ir jim
lik. Tunmi, qishmi, qancha davom etdi – Akbara
li bilmaydi. Ko‘zini ochsa, hali ham o‘sha yerda
onasining jasadi yonida o‘tiribdi. Kun issiq, qu-
yosh qizitardi, derazalar, eshiklar ochiq, uy to‘la
odam, uy to‘la jimlik. Tuni bilan shunday o‘tirib
chiqqanga o‘хshaydi. Bu odamlar kombinatdan,
mahalladan, – qo‘ni-qo‘shnilar. Akbarali ko‘pini
tanimaydi. Sharofat хolaning qadrdonlari, ta-
nish-bilishlari bo‘lsa kerak. Marhumaning ham
Do'stlaringiz bilan baham: |