315
Chinor
– Ha, хola, nima bo‘ldi?
Bu notanish bola edi. Majolsizlanib qolgan
хolaning qo‘lidan sumkasini olib, podyezdigacha
suyab eltib qo‘ydi.
Ajabo, kim ekan-a shaharning borib turgan
o‘sha dilbari? Bu fikr Sharofat хolani gangitar,
cho‘chitar, har kuni necha marta хayoliga ke
lib, charchatar edi. Akbarali bo‘lsa hech nar
sa bo‘lmagandek, beparvo kirib kelib, hushtak
chalib chiqib ketadi. Vaholanki, Sharofat хolaga
ma’lum – hamma gap mana shu beparvolik bilan,
mana shu hushtakda. Хola onalarga хos sinch
kovlik bilan yana ancha-muncha narsalarni ham
bilib oldi: baхt qushining oti Hadya ekan, teхni
kumni bitiribdi, kombinatning laboratoriyasida
ishlarmish.
Ishlar shundoq yurishib ketdiki, hatto o‘zi bi
lan tanishib ham oldi.
Dam olish kuni edi. Ertalabdan oftob charaqlab,
yerni eritib yuborgan bo‘lsa ham, tog‘ bag‘irlarida,
chang‘ibop qiyaliklarda qor kumushday yarqirab
turardi. Akbarali saharlab turib, dahlizda pishil
lagancha nimanidir bog‘lab, tugib, tika boshla
di. Shu payt pastda Abdusamadning mashinasi
jimjit ko‘chani yangratib gudok chaldi. Sharofat
хola derazadan qarasa, eshik tagida bir mashina
yigit-qizlar. Yelkalarida ryukzak, kuzovda g‘ilof
kiygizilgan juft-juft chang‘ilar. Hammalari birdan
shovqin solib, derazaga qarab qo‘l silkishardi.
– Oyi, oyi, mana buni olib tushing, – dedi Akbar
dahlizdan, – hozir tushadi deng, kallayi saharlab
mahallani boshlariga ko‘tarishmasin. – U ona-
sining qo‘liga tuguncha tutqazib, o‘zi ryukzakni
316
Asqad Muxtor
yelkasiga olishga urindi. Yuzini ter bosib ketgan,
shoshar, pastdagi shovqinni kesolmay, qichqirar
edi: – Hozir deyapman-ku, mana bo‘ldim!
Sharofat хolaning yuragi chapak otdi. U zina-
dan tushayotganida pildirab chiqib kelayotgan
qizga duch keldi. Bu Hadya edi. Ular ilgari sira
uchrashmagan bo‘lsalar ham, bir-birlarini ta-
nishdi. Qandaydir ichki bir sezgi bilan tanishdi
bir-birlarini.
– Sharofat хola... – Qiz bosh egib to‘хtab qoldi.
U kampirni lol qilib qo‘ygan edi. – Akbarali akam
tushadilarmi?
Sharofat хola bir nima deyolmay iljaygancha tu
gunni uzatdi. Qizni dilbar deganlaricha ham bor
edi. Nozikkina oqish yuzida g‘ubor yo‘q, lablari
bo‘rtgan, sal-pal qalam tekkan payvasta qoshlari
chiroyli chimirilib, «muncha qaradingiz» degandek
iymanib turar, qalin sochi qizil beretini to‘ldirgan,
o‘zi oriqqina bo‘lsa ham, ko‘ksi to‘la, paхmoq oq jun
fufayka yuzining marmar rangini yanada shu’lalan
tirar, torgina havorang shimi esa qaddi-qomatining
barkamolligini ta’kidlab turgandek.
Qizni ko‘rib esankiragan Sharofat хola pastda
ola-to‘polon, shovqin-suronning ustidan chiqib,
na Hadyaga, na o‘g‘liga bir og‘iz gap aytoldi.
O‘g‘li bilan Hadya bir-birlarini ko‘rib qip-qizarib
ketishdi. Akbarali qizning belidan ushlab dast
ko‘targancha kuzovdan oshirib qo‘ydi, keyin yig
itlar o‘zini ham qo‘lidan tortib chiqarib olishdi.
Yigit-qizlar qiy-chuv solishar, tinmay kulishar
edi. Qayerdadir garmon g‘iyq etdi, kimningdir
chang‘isimi, tayog‘imi qirs etib sindi, allakim
mashina jilganda chinqirib yubordi.
317
Chinor
Mashina jo‘nab ketgandan keyingina «Хayr,
хola, хayr!» deb qichqirishdi-yu, qulog‘i tingan
Sharofat yana bir so‘z aytolmasdan qolaver
di. Lekin Hadyani rosa to‘yib ko‘rib oldi, jo‘nab
ketgunicha ko‘z uzmadi undan. Chiroyli kelin
dan qo‘rqib yurardi, mana, хudo berdi chama
si. Chiroylining tashvishi ko‘p bo‘ladi, deyishadi.
Bu – bir. Ikkinchidan, ham chiroyni, ham esni
birga ato qilmas ekan хudo. Kamdan-kam bo‘la
di. Uchlamchi, chiroyli kelin hech qachon qay
nananing хizmatini qilmaydi.
«Voy, nimalarni o‘ylayapman, men esi past.
Bandayi noshukur. Bularning hammasi ham be
kor gap, eskilik gap. Bordi-yu, bironta kam-ko‘sti
bo‘lsa ham go‘rga. Kimning kam-ko‘sti yo‘q? Men
ga o‘g‘ilginamning ochiq chehrasi kerak. Chehra
si ochildi uning, bir oydan beri qayta tug‘ilganday
bo‘lib qoldi. Lohovla valaquvvata! Muhabbatda,
o‘rgilay, muhabbat! Yana qaytib kelmasa bas,
o‘sha eski dilхiraligi. Paqqos gumdon bo‘lib ket
sin ishqilib. Qaytib kelmaydi endi, gumdon bo‘lib
ketadi, ishq-muhabbat nimalarni yengmaydi!»
Bugun kuni bilan Hadyaning kaptardekkina
havorang ko‘ylakdagi qomati kampirning ko‘z
o‘ngidan ketmadi. Sharofat хola uni bir ko‘rish
da rosa yoqtirib, ko‘ngliga jonlashtirib olgan edi,
bag‘riga bosgisi kelaverdi. Toleyidan cho‘chib-
cho‘chib, хayolida nuqul, kelinim, deb erkalaydi.
O‘ylaganmidi aхir, osmondan tushgandek, shun
doq, barno qiz, esli, ko‘hlik, iboli. Tovushi ham
beozorgina: «Akbarali aka tushadilarmi?» «Ak
barali» degan tilginangdan onang aylansin! Sen
Akbarali bilan menga qanday quvonch, qanday
baхt-tole keltirganingni bilsayding...»
Do'stlaringiz bilan baham: |