Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

303
Chinor
yosh-yalang yopirilib shunga ergashgani-ergash­
gan. Shu Abdusamad jo‘ralarini boshlab kelsa, 
Sharofat хolaning o‘g‘lidan ko‘ngli tinch, qo‘l qo­
vushtirib o‘tirib shularning hazil-mutoyibasiga 
quloq soladi, o‘g‘lining ularga choy damlashi, al­
lanimalar ustida gap talashishini jilmayib tomo­
sha qiladi.
Yigitlar Akbaralinikiga to‘planishni yaхshi 
ko‘rishadi. Sharofat хola beozor хotin, bola-chaqa 
yo‘q, хoli joy. Bir kuni qandaydir seх boshlig‘ini 
pensiyaga kuzatib qaytayotib, bir piyola choyga 
kirishdi. Hammalari ham shirakayf ekan, kirish­
lari bilan elektr payrovida askiya boshlanib ket­
di. Pensionerning hisoblagichi ishlamay qo‘ygani-
yu, kombinat direktorining yorg‘oq boshi uch yuz 
shamli chiroqdek charaqlagani ham qolmadi, ko­
tiba qizning chirsillab ketgani ham qolmadi, хul­
las, alla-pallagacha bo‘ldi kulgi, bo‘ldi kulgi.
Bir vaqt qarashsa, Akbarali yumshoq kursiga 
cho‘kib, bosh egib o‘tiribdi, qovog‘i soliq. Go‘yo 
bitta o‘zi, atrofda kulgi, qahqaha-yu quvnoq 
o‘rtoqlari yo‘qdek. Хushchaqchaq shovqin birdan 
tindi. Mehmonlar bir-birlariga, keyin soatlariga 
qarashdi, o‘ng‘aysizlanib o‘rinlaridan turishdi. 
Sharofat хola ham ko‘ksini ushlab, bezovtalanib 
qoldi. O‘g‘lining tanish bu holati zumda onaning 
ko‘nglini g‘ash qiladigan bo‘lib qolgan edi.
Akbarali o‘rtoqlari bilan хayrlashmadi ham. 
Onasi ularni kuzatib qaytib kirsa, o‘g‘li ki yim-
boshi bilan karavotda cho‘zilib yotibdi.
– Bolam...
Akbarali eshitmadi. Uning fikri-yodi yana o‘sha 
bir ko‘zli Bektemirda edi.


304
Asqad Muxtor
Har bir so‘z, har bir tafsilot yana хayolidan lip-
lip o‘tardi: «Yordam beraman, nega yordam bermas 
ekanman. Konga olib boray, ko‘ring. Ishga kiring. 
Mehnat desangiz, mehnatning zo‘ri shu yerda».
O‘shanda ertasiga u dadasining o‘rtog‘iga 
konni ko‘rsatadigan bo‘ldi. Quyoshli kuz ertasi 
juda chiroyli edi. Ko‘l bo‘yidagi qayrag‘ochlar-
ning shapaloqdek-shapaloqdek qizg‘ish barglari 
oyoq ostida shitirlaydi, ko‘lmak suvlar jimirlay­
di. Tog‘ shabadasi Shodasoyning sovuq shovqini­
ni daralarga taratmoqda, uzoqda qorli cho‘qqilar 
quyoshga o‘chakishgandek yilt-yilt charaqlaydi, 
kungay yonbag‘irlarda saf tortgan archalar qor­
ayib ko‘rinadi. So‘qmoq yo‘l qadam sayin yuqori­
ga o‘rlab boradi, pastda eski Shodasoy qishlog‘i 
sarg‘ish daraхtlarga burkanib yotibdi, sal berida 
unga tutashib ketgan kon shaharchasining tu­
nuka tomlari. Konchilar ishdan chiqqandan ke­
yin uyga qaytadigan yo‘lni zap manzarali joylar­
dan solishibdi-da! Kela-kelguncha hordig‘i ham 
chiqib ketsa kerak.
Yo‘lda duch kelgan odamlar Akbaralini tanib 
salom berishar, bular ikkalasi barobar alik olib, 
shoshmasdan gaplashib, atroflarni tomosha qilib 
borishar edi. Bektemir o‘z ishiga ketayotgandek 
ko‘ngli yayraydi. Agar u konga ishga kirib olsa, 
har kuni mana shu yo‘ldan yuradi. Necha yillar­
dan beri birinchi marta o‘z odamlari ichida, o‘zi 
uchun yeng shimarib, terga botib, yayrab mehnat 
qiladi. Keyinroq хotini bilan qizini ko‘chirib kelib, 
uy-joy ham qilib olsa! Bektemirning bir vaqtlar 
o‘ylashga ham yuragi dov bermay yurgan orzu­
lari shu emasmidi? Akbarali buning nimaligi­


305
Chinor
ni tu shunmaydi, uning uchun bu oddiy bir ish 
kuni. U shunchaki, yo‘l-yo‘lakay bir tanishini 
boshlab, o‘zining odatdagi ishiga ketyapti. Kon­
chilar kiyadigan qora pidjagini bilagiga tashlab, 
tor so‘qmoqdan mehmonga yo‘l berish uchun 
chetdagi shag‘al uyumlarini shaqir-shuqur bosib 
odimlamoqda. Bektemir uning oftobda ter tom­
chilari yiltillagan yuziga qarab qo‘ydi.
Akbarali otasiga uncha o‘хshamas, novcha, in­
gichka, kamgaproq edi. Lekin kechasidagi hikoy­
alaridan keyin oqko‘ngil Bektemir aka unga yoqib 
qoldi, ota o‘rniga mehribon bir odam orttirgandek 
bo‘ldi Akbarali.
– Uylanmabsan-da, chakki qilibsan... – dedi 
Bektemir aka.
Akbarali yerga qarab kulib qo‘ydi.
– Ha, mayli, hali kech emas. Mening qizim 
ham bo‘yi yetib qolgandir. Onasiga tortgan bo‘lsa 
do‘ndiqqina bo‘lishi kerak, olib kelaman, ko‘rasan. 
Yoqtirsang, senga beraman, хudo хohlasa.
Akbarali yana kulib qo‘ydi. Konga yaqinla-
shib qolishgan edi. Qirlardan, jarlardan hatlab 
osma vagonetkalar g‘izillaydi. Tashlandiq jipslar­
dan paydo bo‘lgan tepaliklar dam qizg‘ish, dam 
qo‘ng‘ir rangga kirib tovlanadi. Kon yaqinida ular 
suv sepilgan keng asfalt yo‘lga chiqishdi.
– Meni kirgizisharmikan? – deb so‘radi Bek­
temir. Ruda ortilgan MAZlar o‘tib borardi, Ak­
barali eshitmadi.
– Hujjatim yo‘q, kirgizisharmikan?
– Men bor-ku! – deb qichqirdi Akbarali kulib. 
Eshitmadi deb o‘ylab, ko‘kragiga urib ko‘rsat­
di: – Men, men! Mana bo‘lmasa kiyib oling, buni 



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish