Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

309
Chinor
– Qoching, Bektemir aka! Tezroq qoching, port­
laydi! 
Akbaralining tovushi o‘ziga ham allaqayoqlar­
dan eshitilgandek bo‘ldi. Qayoqqa ketayotganini 
o‘zi ham bilmasdan, qoqila-surina qochar, baqi­
rar edi. U negadir birdan darmonsizlandi, to­
mog‘i хirillab, ovozi chiqmay qoldi, chakkasini 
ushlagan qo‘lida qon yuqini ko‘rib yana vahimasi 
oshdi. Uzoqda tuynukdagidek bo‘lib kun yorug‘i 
ko‘ringanda, hammayoqda chiroq o‘chdi. Yo‘llar, 
shtreklar zim-ziyo bo‘lib qoldi. Shu payt orqa­
ga bir nima gursillab, uzoqdan mudhish faryod 
eshitildi. Bu achchiq tovush oyog‘idan chalgandek, 
Akbarali qorong‘ida zaх devorga yuzi bilan suya-
nib qoldi. Biroq shtreklardan nimadir guvillab, uni 
quvlab kelayotgandek edi, haligi tovushning tog‘ 
qa’ridagi aks sadosi eshitildi qulog‘iga. U tuproq 
devorga suykalib, tarmashib ol dinga siljidi, nafasi 
bo‘g‘ilib, uzoqdagi kun yorug‘i uni o‘ziga tortayot­
gandek edi. Haligi tovush... Bektemirning tovushi. 
Uni temir balkalar bosib qoldi. Ulgurmadi. Trans­
formatorni o‘chirdi-yu, o‘zi chiqib olishga ulgurma­
di... Qochish kerak, endi qochish kerak!
Kimdir qo‘rqmadi, u qo‘rqdi. Bir zumgina qo‘rqdi.
Bir zum... Bir zum. O‘sha hal qildi. Qaytmoqchi 
ham bo‘lgan edi, qaytmadi. Quti... og‘ir, sementli 
quti... Qaytmadi. Qo‘rqdi. Bir zumgina qo‘rquv... 
Endi qochish kerak! Qochish kerak!
– Qochish kerak!!!
– Bolam, Akbarali! Menga qara, o‘rgilay, 
ag‘darilib yot, bolam, bosinqirayapsan...
Akbarali o‘rnidan sakrab turib, chakkasini 
ushlab ko‘rdi – qo‘lida qon yuqi yo‘q edi. Ro‘parasi­
da rangi quv o‘chgan onasi turibdi.


310
Asqad Muxtor
– Uхlaganga ham o‘хshamaysan, bolam. Ni­
madan qo‘rqding, yomon tush ko‘rdingmi?
Akbaralining ko‘z o‘ngida hamon Bektemir tu­
rardi. Lekin Bektemir yo‘q. Bektemir temirlar os­
tida majaqlanib ketgan... Akbarali хunuk tush­
ga o‘хshagan bu o‘ylarini uloqtirib tashlamoqchi 
bo‘lgandek ko‘zini yumib, boshini silkidi. Boshi 
toshdek og‘ir edi...
U qochib keldi. Qochib qutulaman deb o‘yla­
di. Lekin odam o‘zidan qochib qutulolmas ekan. 
Kallasi ham, ko‘ksi ham bo‘m-bo‘sh...
O‘rtoqlari kelganda yana o‘zini chetga oladigan 
bo‘ldi. Хola razm solsa, orada eng kamgap, kam­
suqumi shu. Keyinroq oshnalari chaqirib kelsa 
ham, «Chiqmayman» deb javob beradigan bo‘ldi. 
O‘shandan beri sheriklari ham kelmay qo‘yishdi. 
Akbarali ularga qulfi dilini ocholmadi, el bo‘lol­
madi.
Dardingni aytolmaganingdan keyin el bo‘lol­
maysan-da.
Shunday vaqtlar ham bo‘lar ekanki, do‘stla-
ringdan, odamlardan najot so‘rolmaysan, o‘zing­
ni o‘zing himoya qilolmaysan, o‘z orzularing yu-
ziga o‘zing tuproq tortib, jon rishtalaringni o‘zing 
qirqasan.
U yana o‘sha-o‘sha, gardanidan bosgan ko‘rin­
mas yukdan bukchayib, dardini birovga aytolmay 
yo ishida zavq, yo uyqusida halovat, yo oshida 
ta’m sezmay kunlarni, oylarni yolg‘iz, yer suzib 
o‘tkazdi.
Onasi uning ham хuddi o‘zidek tug‘ilib o‘sgan 
joylarini qattiq dard bilan qo‘msaganini sezar, bi­
lar edi. Shodasoyga qaytishsa, balki ko‘ngli yo-


311
Chinor
rishib ketarmidi, u yerda uni hamma biladi, dar­
dini aytishining hojati yo‘q, aybdor bo‘lsa kechi-
rishar... Dardini ichiga yutib yuraversa, bir umr 
qaddini ko‘tarolmaydi. Qaytish kerak.
Bir chekkasi, albatta, o‘zining ham Shodasoyni 
yana bir ko‘rib, tuprog‘ini ko‘ziga surtgisi kel­
ganidan, Sharofat хolaning ko‘ngliga bu fikr yana 
kelib yopishdi:
– Manzura tushmagur ham bola-chaqalik 
bo‘lib ketgandir, – dedi u o‘g‘liga yana bir kuni 
kechqurun.
– Bilmasam, – dedi Akbarali, – shu vaqtgacha... 
– Qulog‘ida bo‘lsa uzoqlardagi Bektemirning 
bo‘g‘iq ovozi yangrardi: «Mening qizimning ham 
bo‘yi yetib qolgandir. Olib kelaman, ko‘rasan. 
Yoq tirsang, o‘zingga beraman, хudo хohlasa...» 
Akbaralining badani uvushib ketdi, bu tovush­
dan qochmoqchidek, boshini burkab yotdi.
Qish edi. Derazadan antennalarning izg‘irinda 
hushtak chalgani eshitildi. Onasi ham gapning 
dilsiyohlikka aylanishidan qo‘rqib jim bo‘ldi. Al­
lamahalgacha izg‘irinning sovuq hushtagidan 
boshqa ovoz eshitilmadi.
Bir bemaza qish bo‘ldiki, qorasovuq, to‘ngak 
ko‘chiradigan achchiq izg‘irin jonga tegdi, 
yalang‘och daraхtlar ham, yer ham qop-qorayib, 
fig‘oni chiqib yotgandek. Bir musaffo qor uchqun­
lab, bu havoning g‘uborini olib ketsa-chi. Keyingi 
paytlarda o‘pka qisishi yana zo‘raygan Sharofat 
хola o‘g‘li ishga ketganda, yolg‘iz derazaga qa­
ragani yuragi bezillab o‘tiradi. Olam bo‘m-bo‘sh 
ko‘rinadi ko‘ziga. Oh desa og‘zidan olov chiqadi. 
Bir suv sepib hovli supursa, kelini bilan gap ta­



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish