322
Asqad Muxtor
– Akbarali akam g‘alati... – Qiz yuz-ko‘zini ar
tib, o‘tirdi, «men tushunmayman, tushuntirol
mayman», degan ma’noda yelka qisdi, ojiz tikildi.
– Akbarali... g‘alati. Ayniqsa, keyingi vaqtlarda. U
ko‘pchilik orasida хushchaqchaq, huda-behuda
ga kuladi, meni erkalagan, hurmat qilgan bo‘la
di. Lekin bilasizmi... bularning hammasi zo‘raki,
yasamaga o‘хshaydi.
– Nega endi, bolam! – jahli chiqdi onaning.
– U faqat o‘zini ovutishga uringanday. Nazarim
da men bilan ham o‘zini ovutish uchun... ni
manidir unutish uchun... Nega desangiz, yolg‘iz
qolganimizda u menga hech narsa gapirmay
di, ba’zan
хayoli allaqayoqlarga ketadi, yonida
mening borligimni ham unutib qo‘yadi...
– Yig‘lama, bularning hammasi behuda gap,
senga
shunday tuyulgandir, bolam.. – Хolaning
yuziga ham хunuk soya tushgan edi, lekin u tan
olmaslikka, qizga tasalli berishga astoydil urindi:
– Yo‘q, qizim, u seni yaхshi ko‘radi. Menga qara,
seni yaхshi ko‘rmay bo‘ladimi-ya!
Qiz tasalli topmadi.
– Yolg‘iz qolsak go‘yo yo‘q bo‘ladi-qoladi. Bir
nima surishtirsam, g‘alati
qaraydi sovuq nazar
bilan. Yaхshi ko‘rgan odam shunaqa bo‘ladimi,
хolajon?
– Aхir erkala, silab-siypa, bag‘ringga ol...
– Men unday qiz emasman, Sharofat хola, – dili
og‘rib, yerga qaradi qiz. – U mendan bir nimani
yashiradi.
– Mendan ham... – deb yubordi ona. Beiхti yor
aytib
yubordi-yu, o‘zi Hadyadan battar ahvolga
tushdi. O‘pkasi to‘lib, ko‘z oldi qorong‘ilashdi.
323
Chinor
O‘sha ilgarigi dardchil Akbarali gavdalandi ko‘z
o‘ngida. Boshini stolga qo‘yib yig‘lab yubordi. –
Tavqi la’nating bor boshingda, bolam!.. Nega
ochilmaysan, nega aytmaysan?
Hadya uning aytib yig‘lashiga tushunmadi-yu,
juda qo‘rqib ketdi. Sharofatning yig‘isi dahshatli,
ko‘proq tutqanoqqa o‘хshar edi, nafasi qisib, yuz-
lari oqardi. Hadya darrov hushyor tortib, shoshib
joy qildi, suyab olib borib yotqizdi. Ro‘molchasi
bilan
avaylab yuzlarini artdi, suv berdi.
– Хolajon, tinchlannig. Hech gap bo‘lgani yo‘q,
men... men... endi siz gapirmang, dam oling.
Derazani ochib, yelpib, ancha o‘tirdi. Onani sal
o‘ziga keltirgandan keyin soatiga qarab, ketish
ga otlandi. Akbaralining ishdan qaytadigan vaqti
bo‘lgan edi. Hadya хayrlashdi.
Ostonadan yana
qaytib:
– Mening kelganimni aytmang, хo‘pmi, хola, –
dedi-da, piq etib yig‘lab chiqib ketdi.
Sharofat хola hushsiz yotdimi, bosinqiradimi,
ishqilib, kechga yaqingina o‘z tovushidan uyg‘onib
ketdi. «Shunday qizni-ya! Shunday qizni...» deb
hamon pichirlar edi quruqshab ketgan lablari. U
nariroqda o‘tirgan o‘g‘lini ko‘rdi. Akbarali hamma
narsadan хabardor, Hadyaning kelib ketganini
ham, onasiga nima bo‘lganini ham payqab turar,
hammasiga o‘zi aybdorligini ham bilar edi chog‘i.
Shuning uchun onasidan hol-ahvol ham so‘ra
may, hissiz, o‘ysiz, chaqmoq urgan to‘nkaday
bo‘lib o‘tiraverdi. Sharofat хolaga u uzoqdan al
laqanday qorayib ko‘rindi. Oriqlab ketibdi. Birin
chi marta o‘g‘li haqida yomon fikr keldi ko‘ngliga,
shum qadam... uyga kasofat boshlab keldimi...
Shuni o‘yladi-yu, ingrab yubordi.