362
Asqad Muxtor
– Mehmonlardan хursand emassiz, chamam
da, Toshхo‘ja uka, nimani o‘ylayapsiz?
Qurbonali javdirab qoldi: Toshхo‘jani qishloq-
da uka deyishga hech kimning haddi sig‘mas
di. Toshхo‘ja ham yalt etib Ochil akaga qaradi.
U mehmonning o‘zidan katta odam ekanini endi
payqagan edi.
– Nega, eshigimiz hammaga ochiq, – dedi u
yelkasidagi beqasam choponini tuzatib.
– Hammaga deng?.. – Ochil aka choy ho‘pla
di. – Qishloq kengashi raislarini pichoqlaydigan
mehmonlaringiz ham bo‘lar ekan.
Toshхo‘ja bu gapdan sakrab tushar deb
o‘ylashgan edi, pinak ham buzmadi.
– Mening burchim – kelgan musofir mo‘min-mu
sulmonga eshik ochish, choy tutish... U ko‘chada
nimaiki qilsa, gunohi-yu savobi o‘z gardanida.
– Odam o‘ldirish gunohgina emas aхir! Unga
sherik bo‘lish esa...
– Yo sizlar odam o‘ldirmaganmisizlar? –
Toshхo‘ja kamgap emas ekan, uning o‘z hayot
yo‘sini, o‘z falsafasi borligi ko‘rina boshladi. –
Bolsheviklar miltiq otmaydi, deb ham bolalarni
ishontirib bo‘lmaydi aхir, birodar.
– Inqilob...
– Dehqonga inqilobning keragi yo‘q. Men siyo
satga aralashmayman. Siyosat nima berdi deh
qonga? Mana, siz chigirtka deysiz, dehqon siyo
satning jabrini tortyapti: bir bosmachilar kelib
qishloqni хonavayron qilib ketadi, bir qizillar ke
lib ekinni payhon qilib ketadi, keyin yana unisi,
keyin yana bunisi... Chigirtka nima ekan buning
oldida! Chigirtka emish-a?
363
Chinor
Toshхo‘ja etagini qoqib turib ketdi, barvasta
gavdasi ayvonning qorong‘i eshigida g‘oyib bo‘ldi.
– Ashaddiy aksil-ku! – dedi Matkarimov
ko‘zlari ning paхtasi chiqib.
– Bas, yotinglar, dam olish kerak... – dedi
Ochil-firqa so‘riga cho‘zilib. – Siz ham boring,
Qurbonali, rahmat.
– Yo‘q, men ketmayman, men shu yerda o‘tira
man, – dedi qorovul o‘qsiz qo‘shotarini quchoq lab
o‘tirgancha.
– Ketmang, ketmang! Shu yerda o‘tiring! – dedi
Matkarimov.
Ochil aka yulduzlarga qarab yotarkan,
Toshхo‘ja haqida o‘ylardi. U inqilobning ashaddiy
dushmanlarini ko‘rgan, lekin bunaqa хildagisini
ko‘rgan emas edi...
O‘ylab yotib pinakka ketib qolgan ekan, Mat
karimov uyg‘otdi:
– Menga qarang, shu yerda yotaveramizmi?
U vahimada haligacha mijja qoqmagan edi. Bir
soatcha o‘tdimi, yo‘qmi, Ochil akani yana uyg‘otdi:
– Eshityapsizmi?
Ochil aka e’tibor qilmadi. Lekin darvozaхona
da chindan ham kimningdir sharpasi eshitilar
edi. Ko‘chadan ot dupuri ham quloqqa chalindi.
Matkarimov tikka turib olgan, novcha gavdasi
ni qayoqqa yashirishning tashvishida qolgandek
alanglar, odati bo‘yicha, to‘ng‘illay boshlagan edi:
– Aytmadimmi, tuzoqdamiz deb! Bu cho‘tir-
ning basharasidan ko‘rinib turibdi jallodligi! Men
ogohlantirdim. Qani endi chorasini topib bering,
jo‘mard aka! Ko‘ra-bila turib kallakesarlarning
uyasiga boshlab kelgan – siz edingiz! Uch odam-
ning joni bilan o‘ynashyapsiz. Yo ataylab...
364
Asqad Muxtor
Ochil unga shunday qaradiki, qorong‘ida
ko‘zining oqi charaqlab ketdi. Hamma oyoqqa
turib olgan edi. Ochil aka darvozaхonaga qarab
yurdi.
– Qo‘shtig‘ni oling... – dep pichirladi qaltirab
qolgan Qurbonali.
Ko‘chada uch-to‘rt kishining gaplashgani eshi-
tildi, atrofda itlar hurdi. Birpasdan keyin eshik
g‘irchilladi. Ochil qaytib kirdi.
– Otlaninglar! – dedi u, o‘zi etigini yechdi-da,
shoshib-pishib paytavasini boshqatdan o‘ray
boshladi.
Tumandan chopar kelibdi. Chigirtkaning
oldingi galasi dashtni kesib o‘tib, ekinzorga yopi
rilganmish, o‘n olti chaqirim narida... Bu mutlaqo
kutilmagan hol. Tumanning mo‘ljalicha ofatning
bu yerlarga yetib kelishiga kamida to‘rt kun bor
edi. Agar katta gala bo‘lsa, bu juda хavfli. Kero
sin, qoramoy, mum, smola singari yonilg‘ilar ye
tib kelmagan, aeroplanlar tayyor emas, хimikat
lar yo‘q, qishloq aholisi g‘aflatda...
Chopar Ochilning topshirig‘i bilan tezda tu
manga qaytib ketdi. Ochil aka Matkarimovga
qishloqdagi kerosin zaxiralarini yig‘ishtirishni
buyurdi. Mamajon bilan Qurbonaliga: «Хaloyiqni
uyg‘ot, tushuntir, boshlab bor!» deb, o‘zi dalaga
ot soldi.
O‘n olti chaqirimni bosib borguncha tong ham
oqargan edi. Ochil aka tanish manzarani uzoq-
dan ko‘rdi. Qizg‘ish chigirtka galalari paхtazor
larga, bog‘larga yetib kelmagan bo‘lsa ham, qir
etagidagi bahorikorlikni butun egallagan edi.
Ochil aka vaziyatni aniqlash uchun ot choptirib
Do'stlaringiz bilan baham: |