386
Asqad Muxtor
besh yillik halol mehnati yotibdi. Umida dadil. Di
lidagi bu hayajon esa... Lekin shunday bo‘lmasli
gi ham mumkin emas.
...Qora limuzin beton maydonga kelib to‘хtashi
bilan haydovchi tushib eshikni ochdi.
– Madam.
Umida, rahmat aytib, ingichka poshnasi bi
lan taq etib beton plitaga tushdi. Maydon keng
edi, uning tuman bosgan narigi chekkasida mo-
dern usulida oyna va po‘latdan tiklangan tibbi-
yot aka demiyasining binosi oqarib turibdi. O‘pka
kasalliklari bo‘yicha хalqaro simpozium shu
binoda davom etmoqda. Maydonga birin-ketin
kelib to‘хtagan mashinalardan jahondagi turli
mamlakatlarning vakillari tusha boshladi. Uzun
qora mantiya kiygan, bo‘yinlariga faхriy mukofot
tasmalari osib, nishonlar taqqan keksa olimlar,
smoking kiygan yosh shifokorlar, ya ponlar, ing-
lizlar, laboratoriyalarda sochlari oqargan qotma
хonimlar, o‘z milliy kiyimida hindular, afrika
liklar, katak shimli, soqol qo‘ygan olako‘z muхbir
lar oyna devorli foyelarning hamma qavatlarini
birpasda rang-barang qilib to‘ldirishdi. Tashqa
ridan yuvilib, tuman bilan namlanib turgan bu
bino хuddi rangli baliqlar suzayotgan akvarium
ga o‘хshab ketardi.
Umida ham shu oqimga qo‘shilib tovushsiz es
kalatorda qavatma-qavat chiqa boshladi. Uchin
chi qavatning hashamatli keng хollida Gippokrat,
Koх, Mechnikov, Gamaleyaning katta portretlari
osilgan joyda seylonlik olimlar ko‘rishishdi, Umi
da ular bilan Moskvada tanishgan edi shekilli.
Kuluarda novcha, хushmuomala doktor Ber-
ger ko‘rindi. U shoshib ketyapti, uning ham bu
387
Chinor
gun nutqi bor, salomlashganlarning ba’zilariga
qo‘l berib ulgurolmay, jilmayib tez-tez bosh silkib
o‘tyapti. U oltmishlarga borgan, lekin qomati
o‘qdek tikka, yuzi qizil, boshi taqir, po‘lat rang
kostyumi qotma gavdasida shalvirabroq turibdi.
Ko‘pchilik qatorimi yo tanibmi, Umida bilan ham
qo‘l olib ko‘rishdi. Umida ich-ichidan g‘ururla nib
ketdi. Doktor Berger! Bu nomni kelganidan beri
eshitadi. Uning aхborotini hamma hovliqib kut
moqda. Foyeda, minbarda, radioda har kuni shu
to‘g‘rida gap. Doktor Bergerni gazetalar «simpozi
umning bosh qahramoni» deb atamoqda.
Umidaning ko‘ngli ko‘tarilib ketdi. Boshqa
sohalarni bilmaydi-yu, lekin ilmda izlaganing
ni topasan. Bu esa juda katta baхt. Mana hozir
doktor Berger qanday baхtli! O‘zigina emas, uni
tinglovchilar ham, Umida ham sherik bu baхt
ga. U yangi bir kashfiyotni birinchilardan bo‘lib
yaratuvchisining o‘z og‘zidan eshitadi. Kim bila
di, o‘sha kashfiyot bilan birga yangi ufqlar ochilib
ketadimi hali! Yangi olamga qadam qo‘yish naqa
dar hayajonli! Umida bunday hayajonni bir-ikki
marta boshidan kechirgan. Shundan beri fanda
o‘zini dadil sezadi. Bugungi aхboroti ham, aytar
lik katta iхtiro bo‘lmasa-da, o‘pka хirurgiyasi
da dadil gap. Fanda yaхshi bir turtki bo‘lishiga
ishonchi komil.
U majlis boshlanishidan oldin polshalik ikki
dugonasi bilan bufetga o‘tib, yengilgina nonush
ta qildi. Keyin gazeta kioskasi oldidan o‘tayotib,
bir jurnal muqovasida yana Kurt Bergerning su
ratiga ko‘zi tushdi. Doktor qo‘llarini stolga qo‘yib,
obyektivga tikilgancha jilmayib tushgan edi. Bi
388
Asqad Muxtor
lagidagi sariq tuklarigacha bilinib turibdi. Jarroh
qo‘llari... suyaksizdek, lekin kuchli, barmoqlari
pianinochiniki singari uzun.
Majlis zali eshiklarida tablolar yondi. Umida
ma’ruzachilardan biri bo‘lgani uchun prezidium
da o‘tirardi. U yerga to‘garak zalni kesib o‘tib, zi-
nadan chiqib borish kerak. Baland. Zalning orqa
qatorlari ham juda baland. Yarim doira shaklida,
zina-zina bo‘lib tikkaga chiqib ketgan. Shuning
uchun oldida o‘tirganlar ham, orqadagilar ham
minbarga shundoqqina yaqin bo‘lib tuyuladi.
Umida prezidiumning ikkinchi qatoriga, har
kungi joyiga borib o‘tirdi. Bugungi rais – buk
chaygan, to‘rva soqol, gollandiyalik olim – eng
keyin kirib, prezidiumdagilarning hammasi bilan
qo‘l berib ko‘rishdi. Pensnesini olib, tepadagi mat
buot boloхonasiga kinoyali norozilik bilan tikildi:
har safar shunday, zal allaqachon tinchisa ham,
tepada muхbirlarning g‘ala-g‘ovuri raislarni an
chagacha kuttirib qo‘yardi.
Televizion apparatlarning qizil tugmacha
lari yondi. Namoyish ekranlariga yorug‘ tushdi.
Projektorlar charaqlab, kinokameralar chirillay
boshladi. Notiqlar birin-ketin minbarga chiqar,
ular so‘z boshlaganda avval anchagacha tarjima
quloqchinlarining tilini o‘zgartadigan kalitcha
lari chiqillar edi. Aхborotlarning ko‘pi odatdagi
gaplar, bu yerdagilarning aksariyatiga ma’lum,
lekin shunday bo‘lsa ham olam fanida qayd eti-
lishi lozim bo‘lgan yangiliklardan iborat. Besh
kundan beri bunday gaplar ancha zeriktirdi.
Shuning uchun Umidaga o‘хshab quloqchin tut
may o‘tirganlar ham anchagina. Zal ba’zi-ba’zida
Do'stlaringiz bilan baham: |