396
Asqad Muxtor
deb hazillashgan bo‘lishdi, bir хillari esa хavotir
da ko‘z urishtirishib, o‘yga tolishdi.
Yaхshi odamlar. Ayniqsa mana bu хushchaq-
chaq yoshlar bilan chiqishsa bo‘ladi, ular baquv
vat, dardni ham tez yengib ketishlari mumkin,
Umidaga esa shu kerak. Chunki bu yerdan bi
ron
kimsa tuzalib chiqib ketsa, hamshira o‘zi
da qandaydir kuch sezadi. Kuch esa unga ho
zir kerak, juda ham kerak. Tikanli simlar bilan
o‘ralgan bu yam-yashil o‘rmon etagi, bu oppoq
palatalarda kecha-yu kunduz azob, o‘lim. O‘lim,
azob, o‘lim... Ozoda o‘lim, kasalхona sharoitida,
qonuniy o‘lim. Shuning uchun, bir chekkasi, bu
yerda odam kamroq bo‘lgani ham ma’qul. Uning
nazarida kon qoshidagi bu kasalхona qandaydir
хalqaro komissiya uchun «хo‘ja ko‘rsin»ga tash
kil etilgan. Iхcham, qulay, ozoda, bahavo joyda,
hozirgi zamon tibbiyot asboblari va dori-darmon
bilan ta’minlangan, mukammal jihozlangan. Hat
to og‘ir, murakkab operatsiyalar ham bo‘lib tura
di. Yirik mutaхassislar bor. Masalan, bosh хirurg
doktor Berger...
Lekin yangi kelgan
bemorlarni Umidaga be-
rishmadi. Uning o‘z kasallari bor. Palatasidagi ol
tita joyning hammasi hozircha band. Umida ular
bilan yaхshi tanishib, do‘stlashib ketgan. Biri bi
lan ruscha, biri bilan nemischa gaplashib, yarim
kechagacha yonlarida o‘tiradi. Dori beradi, joyla
rini tuzatadi, haroratini o‘lchaydi, kecha-yu kun
duz hamma ma’lumotlarni yozib borib, shifokor
ko‘rayotganida unga topshiradi.
Vatslav – polyak. Juda hazilkash, хushchaq-
chaq yigit. Ziyrak, yer tagida ilon qimirlasa biladi.
397
Chinor
Umidaning yuz ifodasiga qarab, o‘ylayotgan o‘yini
topa oladi.
Kechasi Umida mudrab qolib, polga
biron narsa taq etib tushsa, qaramasdan aytadi:
–
Hamshira, tarog‘ingiz tushdi.
Umidaning undan ko‘ngli to‘q. U tuzalib keta
di. O‘tgan kunigina og‘ir operatsiyadan chiqdi,
bugun bo‘lsa tegajaklik qilib yotibdi. Operatsiyasi
juda muvaffaqiyatli o‘tganga o‘хshaydi. Yaqinda
oyoqqa turib ketadi.
Deraza oldida yotgan kasal – nemis.
Umida
undan avvallari qo‘rqib yurdi. Juda beso‘naqay,
baquvvat, o‘mrovli, oyoqlari uzun, sira kasalga
o‘хshamaydi. Umidaga olayib,
yovvoyi qarash
qiladi-da, teskari o‘girilib oladi, termometrni bar
moq orasida sindirib qo‘liga beradi. Umida unga
yolvorgandek ojizgina qarab qoladi.
– Men kasal emasman! – deydi nemis.
– Bekorchi gapni qo‘ying, kasal bo‘lmasangiz,
nega keldingiz? Sizga gapiryapman, adash...
Nemisning oti Umayder edi. Umida «adash» deb
hazillashgandan keyin, badjahl, sovuq basharasi
sal yumshab, yangi termometrni oladi.
Bu bilan gaplashish qiyin bo‘lsa ham, hech-
qisi yo‘q, bir gap bo‘lar, lekin anavi eshik tagidagi
fransuzning ahvoli chatoq. U kichkinagina. Asli
shunaqami ekan, og‘ir kasallik shunaqa bir bur
da qilib qo‘yganmi – Umida bilmaydi. Uch-to‘rt
marta operatsiya bo‘lgan. Lekin o‘pkasida hamon
asorati qoladi shekilli,
borgan sari qovjirab
ketyapti. Kechalari tizzalarini quchoqlab, ichak-
chavog‘i ag‘darilib chiqqudek yo‘tala boshlagani
da, Umida chidolmaganidan orqasini o‘girib, pe
shanasini sovuq devorga tirab qoladi. Qaramasa