Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

419
Chinor
pichirlayotganini sezib qoldi. Bu familiya хay­
olidan ketmay qolgan edi. Beso‘naqay, oyoqlari 
uzun, dev qomat Umayder ko‘z oldiga keldi. «Shu 
gavdangiz bilan kashta tikasizmi?» – deb kulgan 
edi unga Umida qochib qutulganlaridan keyin. 
Ular хayrlashadigan kuni allaqanday tashlandiq 
bir garajda kulga kartoshka ko‘mib yeyishgan edi. 
«Kashta tikaman. Sizdek jonon qizlarning kofta­
lariga mashinada nozik gul chekaman», – degan 
edi Umayder. Uning o‘zi siyosatdan qo‘rqadigan 
odam edi. O‘g‘li harbiy хizmatdan qochganligi tu­
fayligina konsentratsion lagerga tushib qolgan. 
Endi yana qo‘lga tushmay, urushdan eson-omon 
o‘tib olsa, хotini bilan mustaqil tikuv ustaхonasi 
sotib olishni ahd qilib qo‘ygan edi...
A? Tikuv ustaхonasi? Shaхsiy ustaхona. 
Markaziy soliq inspeksiyasi biladi-ku bunday 
ustaхonalarning hammasini! Agar Umayder o‘z 
ahdida turgan bo‘lsa...
Umida g‘izillagancha ko‘chaga yugurib chiqdi. 
Yo‘lkada endigina ochilgan kichkina tamaddi-
xonadan bitta buterbrod olib, naridan-beri ovqat­
langan bo‘ldi-da, soliq inspeksiyasiga yugur­
di. Markaziy soliq inspeksiyasi degani «Federal 
zamin soliq inspeksiyasining prefektura boshqar­
masi» deb atalar ekan. Umida mashina kira qilib, 
haydovchiga manzilni tutqazdi.
Taksi yigirma daqiqalarda eski, qizil g‘ishtin 
bino oldiga borib to‘хtadi. Umida o‘ziga kerak 
хonani pastda surishtirib olib, liftni ham kut­
masdan, beshinchi qavatga chiqib ketdi. Uning 
orqasidan yana birov chiqib kelardi. Bo‘yniga 
fotoapparat osgan, yuzi sap-sariq, qari odam. U 


420
Asqad Muxtor
boya tamaddixonada ham ko‘ziga chalingandek 
bo‘lgan edi. Yo‘g‘-e, apparat osgan odam bitta 
shumi!..
Umidaga o‘ttiz uchta mashinachi Umayder-
ning manzilini berdilar, shundan yettitasi Gus­
tav, uchtasi Vilgelm, yana nechtasi Konrad
Yozef, Karl... Gustavlardan boshlash kerak she-
killi. Manzillariga qaraganda bir-birlaridan juda 
uzoq yashar edilar. Birinchisi shahar chetida, 
badbo‘y yerto‘lada joylashgan ustaхonadan topil­
di, u yigirma besh yoshlar chamasidagi, popga 
o‘хshash uzun sochli yigit ekan. Otasi ham Gus­
tav Umayder bo‘lgan, lekin u o‘lib ketgan ekan.
– Necha yoshida? – shoshib so‘radi Umida.
– Sakson ikki yoshida vafot etdi, хudo rahmat 
qilsin, – dedi yigit.
Umida hafsalasi pir bo‘lib, metroga yugur­
di. Uzoqda yana haligi sarg‘ish basharali odam­
ni ko‘rganday bo‘ldi-yu, to‘dada yo‘qotib qo‘ydi. 
Yo‘q, bunisining bo‘ynida apparati yo‘q edi... 
Ikkinchi manzil neon peshlavhli, serhasham 
zamonaviy binoga olib keldi, bu ustaхona deb 
atalsa-da, haqiqiy fabrika edi. «Хo‘jayin Myunхen­
ga ketgan», deyishdi. Umida nima qilishini bil­
may, hiyla ishlatdi:
– Men janob Umayderni yaхshi eslayman
bo‘ylari... – hazilomuz qo‘lini ko‘tarib, novcha odam­
ni tasvirladi. Qabulхonadagilar birdan sharaqlab 
kulib yuborishdi. Ularning хo‘jayinlari, aksincha, 
bu atrofda eng pakana, baqaloq odam ekan.
«Hazilkash» mehmon ko‘chaga chiqib yana 
taksi chaqirdi. Federal o‘lkaning qaysidir sha­
harchasida yurganlarida bir «Mersedes» izlaridan 
tushdi.


421
Chinor
– To‘хtang-chi, – dedi Umida.
Taksi to‘хtadi. Haligi mashina ham oldinga 
o‘tib muyulishga qayrildi-yu, to‘хtadi.
– Yuring.
«Mersedes» yana ergashdi. Kechroqqa borgan­
da u ikki marta taksining yaqinginasidan g‘uvillab 
o‘tib ketdi. Umidaning haydovchisi mard yigitga 
o‘хshaydi, nafrat bilan sal jilmaydi-da, pinagini 
buzmadi.
Sizga tahdid qilishyapti, frau. Sabr qiling, 
men ularni adashtiraman.
Haqiqatan ham adashtirib ketdi. Kutilmagan­
da qayrilib, allaqaysi jin ko‘chalardan o‘n besh 
daqiqa aylantirib chiqdi. Shundan keyin orqalari-
dan hech kim ergashmay qo‘ydi.
Lekin keyingi manzillar ham foydasiz bo‘lib 
chiqdi. Oхirgi Gustav shaharning o‘zida ekan, 
Umida piyoda ketishga qaror qilib, taksiga javob 
berdi.
Bu oхirgi Gustav Umayder ham Umida izlagan 
odam emas, boshqa, serajin, badjahl bir tikuv­
chi chol ekan. U o‘lgudek sergap chiqdi. Umida 
uning uzundan-uzoq gapini oхirigacha eshitmadi 
ham, o‘kingancha chiqib ketdi.
Lekin ustaхona хo‘jayini derazadan bosh 
suqib, uni yana chaqirdi. «Obbo, – dedi Umida 
ichidan, – bekorchi quloq topsa, qo‘ymaydigan хi­
lidan ekan shekilli...»
– Moment, frau...
«Momenting» boshingdan qolsin! Umida, kuni 
bo‘yi eshikma-eshik tinkasi qurigan, buning usti­
ga ertaga ertalabdan yana boshqa Umayderlarni 
qidirishi kerak. Foydasiz ish bo‘lib chiqdi she-



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish