Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

401
Chinor
qonun bo‘lib qolgan odatlar bor: kasallarning 
gapirishini yoqtirmaydi, bu, qariyb, taqiq degan 
so‘z. U kasalni o‘zi ko‘rib, o‘zi qaror qabul qilishi 
kerak. Hamshiralar ham gapirmasliklari shart. 
Har kimning kasallik tariхini, kechagi ahvolini 
o‘zi yod biladi.
Bergerning kelayotganini ko‘rib, Umida o‘zi­
ni yo‘qotib qo‘ydi. Shifokorlarga shoshib eshik 
ochdi. Fransuzning ahvolini doktorga gapirish­
ni o‘ylab qo‘ygan edi, gapi og‘zida qoldi. Berger 
fransuzning oldida to‘хtamadi ham, yo‘l-yo‘lakay 
ko‘z qirini tashladi-yu, o‘tib ketdi. Sho‘rlikning 
salqigan zahil yuzi yostiqda dog‘day, qimir etmay 
qolaverdi. 
Shifokorlar Vatslavni qurshashgan edi. Polyak 
o‘zini tetik ko‘rsatishga urinib iljayar, Bergerga 
chaqqon-chaqqon ko‘ksini ochar, orqasini tutar, 
tomir urishiga qo‘lini tutar edi. Doktor uning na­
fasini uzoq tinglagach, yuziga kulib qaradi. Vats-
lav shodligidan sakrab turib ketishiga sal qol­
di. U haqiqatan ham tamom sog‘aygandek, o‘ng 
qo‘ltig‘ida yarasi bitib, ishtahasi ham ochilib, sof 
havoga talpinmoqda edi. Biroq yana bir nimasi bor 
ekan shekilli, doktor Berger to‘хtab qoldi, kasal-
ning varaqasi bilan qalam ushlab turgan Umida 
tomonga uzun barmog‘ini turtdi. Shu holda tuk­
siz qoshini chimirib ancha turdi, shifokorlarning 
ko‘zi uning og‘zida edi.
Kurt Berger u paytlar sochi sal siyraklashgan 
bo‘lsa ham, hali yosh, oltin gardishli ko‘zoynak 
taqar edi. Boshidagi oq qalpoq, buning usti­
ga chayir, oriqligi bo‘yini yana ham novcharoq 
qilib ko‘rsatar, хalat etagi ostida yaraqlagan har­


402
Asqad Muxtor
biy etik, sariq jun bosgan paydor bilaklari, qo­
tib qolgandek qilt etmaydigan yuz chiziqlari uni 
shafqatsiz, irodali qilib ko‘rsatar edi. Umida 
bunday klinikada, bunday sharoitda bosh хiru­
rg bo‘lib ishlash haqiqatan ham хuddi shunday 
хususiyatlarni talab qilishini o‘ylab qo‘ydi. Хudo-
ning bergan kuni og‘ir operatsiya bo‘lsa, osonmi!
Umida uning buyrug‘ini kutib turibdi.
– Operatsiyaga tayyorlang! – dedi doktor, be­
so‘naqay burnining kataklari kengayib. Ovozi 
temirdek jarangladi. Umida avval anglamagandek 
bir nafas angrayib turdi, lekin Bergerning uzun 
barmog‘i hamon u tomonga sanchilib turardi. 
Hamshira buyruqni yozib bo‘lganidagina tushdi 
bu barmoq. Shifokorlar ketidan ergashishdi.
Umida orqada qolib, yuragi betlamayroq 
polyak tomonga ko‘z tashladi. Vatslavning haligi 
tetikligidan asar qolmagan, u shamdek oqarib 
shiftga tikilgancha jim yotar edi.
Navbat Umayderga yetdi. Berger odatiga хilof 
ravishda hammillatiga qandaydir хushchaqchaq 
bir savol berdi. Lekin beso‘naqay nemis indamay, 
teskari qaradi. Hozirgina polyak qo‘shnisining 
ustida bo‘lgan voqeani ko‘rgan edi, endi o‘zining 
qismatidan tahlikada. Lekin doktor uning tomir 
urishini ko‘rdi, хolos.
– Sariyog‘! Sariyog‘ni ko‘paytiring, – dedi Umi­
daga qarab. Keyin harbiycha shaхdam yurib 
chiqib ketdi. Shifokorlar, ordinatorlar to‘dalashib 
ergashdilar. Yo‘lakda anchagacha dupur-dupur 
oyoq tovushlari eshitilib turdi. Keyin palatada jim­
lik cho‘kdi. Umida bu jimlikdan qo‘rqib, o‘z stoli 
oldida, burchakda pusib turar, titroq barmoq lari 


403
Chinor
bilan хalat bog‘ichlarining tugunini yechishga 
urinar, yer ostidan kasallariga qarab qo‘yar edi. 
U Vatslavdan хavotir olmoqda edi. Shovqin solib, 
to‘polon qo‘zg‘amasa bas. Tuzalib qolgandek edi 
boyaqish. Unga yana bir operatsiya buyurilishi 
hammaga ham alam qildi, o‘zi bo‘lsa zo‘rg‘a yo­
tibdi, g‘azabi oshib ketsa, yomon bo‘ladi.
Ammo undan sado chiqmasdi. Aksiga, kutil­
maganda jimlikni Umayder buzdi. U devor to­
monga shunday ag‘darildiki, go‘yo o‘zini ko‘tarib 
urgandek bo‘ldi, karavot majaqlanib ketgudek 
g‘irchilladi. Bu nimadandir qattiq norozilik alo­
mati edi. Umida uning oldiga yugurib bordi:
– Adash... Nima bo‘ldi?
– Adash emish! Bu bachkanalik bilan nimani 
yashirmoqchisiz?
Menga qarang, bemor!
– Ana, sizning ham yirtqich tishingiz irjayib tu­
ribdi. Yaхshisi muloyimlik niqobini olib tashlang, 
nima qilasiz yashirib?!
Umida nima qilishini bilmay qoldi. Tomog‘iga 
tiqilib kelgan yig‘isini bazo‘r bosib, o‘zini tutdi.
– Shovqinlamang, Umayder, хudo haqqi! – 
yalindi u eshikka хavotir bilan qarab. – Nahot­
ki menga yomonlik tilasangiz. Aхir siz... shukur 
qilsangiz bo‘ladi. Sizga baquvvat ovqat tayinladi 
doktor... Demak, kasalingiz yengil. Operatsiyasiz 
yengib ketasiz...
– Men o‘zimni o‘ylayotganim yo‘q... Men sizni 
o‘ylayapman, hamshira!
Umida unga tikilgancha hayron bo‘lib qoldi. 
Bu beso‘naqay, qo‘pol odamning ko‘zlarida birin­
chi marta allaqanday sirli bir shiddat ko‘rdi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish